Mualliflar

  • Boburjon Tillabayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57788

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim o‘z-o‘zini rivojlantirish kredit-modul reja va “Yutuq-yutuq” menejmenti

Annotasiya

ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim olishida o‘z-o‘zini rivojlantirish metodikasi berilgan bo‘lib ba’zi xorijiy tajribalar ilmiy tahlil qilingan va tushuntirilgan


background image

289

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

TALABALANING MUSTAQIL TA’LIM OLISHIDA O‘Z-O‘ZINI

RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Farg‘ona politexnika instituti

Tillabayev Boburjon Shavkatjon o‘g‘li

“Oliy matematika” kafedrasi assistenti

Annotatsiya:

ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim olishida

o‘z-o‘zini rivojlantirish metodikasi berilgan bo‘lib ba’zi xorijiy tajribalar ilmiy
tahlil qilingan va tushuntirilgan.

Аннотация

:

в

данной

статье

представлена

методика

саморазвития

в

самостоятельном

обучении

студентов

,

а

также

научно

проанализирован

и

объяснен

некоторый

зарубежный

опыт

.

Annotation:

in this article, the method of self-development in

independent education of students is given, and some foreign experiences are
scientifically analyzed and explained.

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kredit-modul,

reja va “Yutuq-yutuq” menejmenti.

Ключевые

слова

:

самостоятельное

образование

,

саморазвитие

,

кредитный

модуль

,

план

и

управление

«Win-Win».

Keywords:

independent education, self-development, credit module, plan

and “Win-Win” management.

Bugungi kunda barcha oliy ta’lim muassalarida joriy etilgan kredit-modul

tizimi tufayli talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun soatlar ko‘pligi sababli
talabalardan tizimli va mustaqil ishlash talab qilinmoqda. Bu jarayonda mustaqil
ta’lim olish metodlarini o‘z-o‘zini rivojlantirish metodlari bilan birgalikda
foydalanish natijasida o‘z sohasida yetuk va hayotiy barcha vaziyatlarni chuqur
tahlil qila oladigan kadrlar yetishib chiqadi.

”Getting things done” tizimidan foydalanish ortiqcha kuch sarflamasdan,

hech qanday qiyinchiliklarsiz va vaqtdan unumli foydalangan holda yuksalish sari
yo‘l ochishdir. Bu tizim-uskunalar majmui hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib bu
tizimdan nafaqat ishda balki turmushda ham foydalanila boshlangan.

“Getting things done” tizimini ishga tushurish uchun:

[

]

1, 72

Birinchidan: barcha ishlar, vazifalar, uchrashuvlarni tezlik va

puxtalik bilan rejalashtirilgan hujjatlar kerak bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki,
bu tizim sizning hayolingizni band qilishi kerak emas.

Ikkinchidan: o‘zingizni doimo kelgusi harakat uchun tayyor reja olib

yurishga o‘rgating.

Masalan, ish faoliyatingiz bo‘yicha uchrashuv belgilangan bo‘lsa,

uchrashuv davomida nimalarga e’tibor qaratishingiz, qanday suhbatlashishingiz
haqida eng kichik qismlarigacha yozib oling. Shuningdek, iloji boricha suhbatni
qisqaroq qiling. Bu orqali miyangizda ortiqcha ma’lumotlarni saqlab turishingiz
shart bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni saqlash uchun ko‘p narsalardan foydalanish
mumkin: yon daftarcha, qog‘ozchalar, elektron xatlar yoki ovozli tasmalar. Eng
asosiysi nima qayerdaligini bilsangiz bo‘ldi.


background image

290

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Muhim uchrashuvlar yoki muddati belgilangan vazifalarni saqlash uchun

eslatish tizimidan foydalanishingiz mumkin. Bu tizimning ma’nosi xar kuni
topshiriqlar ro‘yhatini tuzishga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotishdir. Ya’ni eslatish
tizimida siz har kun uchun rejalar tayyor bo‘lgan papkani olasiz. Bu tizimdan
foydalanish uchun 43 ta papka yoki fayl kerak bo‘ladi. 12 ta papka oylar uchun,
31 ta papka oyning har bir kuni uchun. Papkalarga mos ravishda imzo qo‘yish
lozim va ularni belgilangan tartibda qo‘yish kerak. Barcha papkalar o‘z navbati
va raqami bilan yuritiladi. Barcha papakalarni bajarilishi kerak bo‘lgan vaqtga
qarab taxlanadi. Xar kuni ertalab bugungi kun uchun atalgan papkani olasiz.
Uning ichidagi ma’lumotlarga ko‘z yugurtirib, bo‘sh papkani bir oy oldinga olib
qo‘yasiz. Agar bugungi rejalashtirilgan ishlarning birortasiga ulgimay qolsangiz,
papkani keying raqam bilan belgilaysiz. Buning ma’nosi hali tugallanmagan ishlar
mavjud degani. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o‘z-o‘zini rivojlantirish
ko‘nikmasi ham rivojlanib boradi. Turli topshiriqlarni bajarish yoki yaqin vaqt
oralig‘ida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun Allen tizimini qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Bunda barcha narsalar quyidagi mezon bilan o‘lchanadi.

Stiven Kovi “Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi” nomli kitobida

shunday yozadi: “universitetda dars berib yurgan kezlarim, oldindagi maqsadni
yutuq-yutuq asosida o‘zaro tushunish usulini yaratgan edim. Bu eng yaxshi
tajribalarimdan biri bo‘lgandi. Bu-biz amalga oshirishga urinayotgan vazifa.
Mana bu esa, a’lo, yaxshi, qoniqarli baho uchun asosiy mezonlar. Mening
maqsadim har biringizga a’lo baho olish uchun yordam berish. Endi gaplashib
olgan narsalarimizni tahlil qiling va xulosa chiqaring. Nimani qilmoqchiligingiz
to‘g‘risida bir qarorga keling. Shundan keyin olmoqchi bo‘lgan bahoyingiz va
unga erishish uchun nimalar qilish kerakligini birgalikda muhokama qilamiz”.

“Yutuq-yutuq” kelishuvini tuzish muhim paradigma almashinuvini talab

qiladi. Bunda vazifani bajarish usuliga emas, vazifaning natijasiga e’tibor
qaratiladi. Insonning o‘ziga xos imkoniyatini yuzaga chiqaradi.

[

]

3,82

Yutuq-yutuqda insonlar o‘ziga, o‘z ishiga baho beradi. Odamlar o‘zlarini

baholashda foydalanadigan an’anaviy o‘yinlar zerikarli va noqulaydir. Yutuq-
yutuqda insonlar, o‘zlarini rivojlantirishga qaratilgan mezondan foydalanib
o‘zlariga baho beradi. Agar mezonni to‘g‘ri o‘rnatgan bo‘lsangiz, insonlar unga
muvofiq bo‘la oladi. “Yutuq-yutuq” asosida vakolatlash kelishuvida, xattoki yetti
yosh bolakay ham hovlini “yashil va toza” saqlashga o‘ziga va’da beradi.

Bunday kelishuvlarda vazifa bajarilgach, ishlab chiqaruvchini qanday

mukofot yoki jazo kutayotgani belgilab qo‘yiladi, shu sababli har ikki tomon ham
bir-birini alday olmaydi. Barchasi oldindan ayon bo‘ladi.

Boshqaruvchilar yoki ota-onalar nazorat qila oladigan asosan to‘rt turdagi

oqibat (mukofot yoki jazo) mavjud:

·

Moliyaviy

·

Ruhiy

·

Imkoniyat

·

Mas’uliyat


background image

291

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Moliyaviy oqibatlarga daromad, nafaqa yoki jarima kabi mablag‘ bilan

bog‘liq mukofot yoki jazo kiradi.

Ruhiy oqibatlarga tan olish, tasdiqlash, xurmat, ishonch bildirish yoki

yo‘qotishdir. Iqtisodiy qiyinchilik bo‘lmagan sharoitda kishilarni moliyaviy
rag‘batga qaraganda ruhiy mukofot ko‘proq rag‘batlantiradi.

Imkoniyat-ta’lim, taraqqiyot, imtiyozdir.
Mas’uliyat-kuchaytiriladigan yoki kamaytiriladigan vakolat bilan bog‘liq.
Ta’lim sohasida o‘qituvchilar kelishilgan mezonlarga ko‘ra, shaxsning

ijrosiga asoslangan baholash tizimini yaratib, talabalarni o‘zaro hamkorlikka
da’vat qilishi, birga o‘rganib, yutuqlarga birga erishishga undashi mumkin. Bu
orqali talabalar “yutuq-yutuq” ruhida fikrlash tamoyilini o‘rganadi va to‘g‘ri
tizimni yaratibgina qolmay, uni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladilar. Ular keraksiz
raqobat va muammoli vaziyatlarni yo‘qotib, o‘zaro hamkorlikni shakllantiradi va
bu orqali samaradorlikka erishadilar.

“Yutuq-yutuq” ruhida fikrlashga- hech qachon yutuq-mag‘lubiyat yoki

mag‘lubiyat-yutuq paradigmasi bilan erishib bo‘lmaydi. Harvard universitetining
ikki huquqshunos professori R.Fisher va Uilyam Yuri “Rozilik tomon yo‘l” nomli
foydali va mazmunli kitob yozishgan. Ular ushbu kitobda ayirboshlashning
tamoyilli va mavqeli yondashuvlarini bir-biriga taqqoslab ko‘rgan. Garchi “yutuq-
yutuq” so‘zi ishlatilmasada, kitobning ruhi va asosiy falsafasi ushbu yondashuvga
mos keladi. Ularning fikricha, tamoyilli muzokaralar mohiyati-insonni
muammodan ajratish, mavqega emas, foydaga e’tibor berish, o‘zaro manfaat
uchun variantlarni kashf qilish va har ikki tomon uchun birdek qadrli bo‘lgan
tamoyillar, ob’ektiv mezonlarni taklif qilishdan iboratdir.

“Yutuq-yutuq” shaxs texnikasi emas. Bu shaxslararo munosabatlarning

umumiy paradigmasi bo‘lib, to‘g‘rilik, yetuklik, bag‘rikenglik kabi xislatlardan
kelib chiqadi, yuksak ishonchga asoslangan munosabatlarda unib-o‘sadi.

Kredit-modul o‘quv jarayonida mustaqil ta’limning asosiy jihatlari:
Maqsadlarni belgilash: Talabalar o‘z faoliyati uchun maqsad va vazifalarni

mustaqil ravishda belgilash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ta’lim jarayoni uchun
shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga yordam beradi. Mustaqil ta’lim jarayonida
maqsadlarni belgilash kredit-modul tizimida muhim nuqta hisoblanadi. Keling, bu
qanday sodir bo‘lishini va talabalarga qanday foyda keltirishini batafsil ko‘rib
chiqaylik.

[

]

3,15

1. Maqsadni belgilash jarayoni:

Maqsadlarni shakllantirish:

-Talabalar o‘quv materialini o‘rganadilar va o‘z qiziqishlari va ehtiyojlaridan

kelib chiqib, mavzuning qaysi jihatlariga e’tibor qaratishni tanlashadi.

- Maqsadlar ham umumiy (aniq kurs yoki mavzuni o‘zlashtirish), ham maxsus

(aniq masalani o‘rganish, muayyan muammoni hal qilish) bo‘lishi mumkin.
Maqsadlarni belgilash va ularni amalga oshirish jarayonida SMART usulidan
foydalanish tavsiya etiladi.

2. Shaxsiy javobgarlikni shakllantirish;

O‘zini-o‘zi boshqarish:


background image

292

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

-Talabalar o‘z oldiga o‘quv topshiriqlari uchun maqsad qo‘yib, o‘z vaqtlari va

resurslarini boshqarishni o‘rganadilar, bu esa o‘z-o‘zini tarbiyalashning
rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Mashg‘ulotdagi faol pozitsiya:

- Maqsadlarni tanlash qobiliyati talabalarni ta’lim jarayonining faol

ishtirokchisiga aylantiradi, bu ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi va qiziqishini
oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1. Brain Tracy. Time management (The Brian Tracy Success Library):

American Management Association, 2008-1-1.-138 P.

2. GOKARAJU RANGARAJU. Time management: Institute of Engineering

and Technology/ India, 1997. 12 C.

3. Devin Allen. Getting things done: New-York 2001, 267 P.
4.

Автореферат

:

НИЗАМОВА

ЧУЛПАН

ИЛЬДАРОВНА

.

РАЗВИТИЕ

САМООРГАНИЗАЦИИ

СТУДЕНТОВ

В

УЧЕБНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

С

ПРИМЕНЕНИЕМ

ТЕХНОЛОГИИ

ТАЙМ

-

МЕНЕДЖМЕНТ

:

Казань

– 2021.

5.

Стивен

Р

.

Кови

.

Муваффақиятли

инсонларнинг

7

кўникмаси

(

Шахсий

камолотнинг

қудратли

қуроли

): “Ofset-print”

МЧЖ

, “Nihol”

нашриёти

, 2020.

380

б

.

Bibliografik manbalar

Brain Tracy. Time management (The Brian Tracy Success Library): American Management Association, 2008-1-1.-138 P.

GOKARAJU RANGARAJU. Time management: Institute of Engineering and Technology/ India, 1997. 12 C.

Devin Allen. Getting things done: New-York 2001, 267 P.

Автореферат: НИЗАМОВА ЧУЛПАН ИЛЬДАРОВНА. РАЗВИТИЕ САМООРГАНИЗАЦИИ СТУДЕНТОВ В УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ С ПРИМЕНЕНИЕМ ТЕХНОЛОГИИ ТАЙМ-МЕНЕДЖМЕНТ: Казань – 2021.

Стивен Р.Кови. Муваффақиятли инсонларнинг 7 кўникмаси (Шахсий камолотнинг қудратли қуроли): “Ofset-print” МЧЖ, “Nihol” нашриёти, 2020. 380 б.