Mualliflar

  • Layloxon Obidjonova
    Andijon davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58496

Kalit so‘zlar:

zamburug’lar geterotrof mitselliy substrat gifa lomosoma dikarion

Annotasiya

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug’lar, ularning umumiy tavsifi, asosiy vakillari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Shilimshiqlarga o‘xshash zamburug‘lar ham geterotrof oziqlanish xususiyatiga ega. Zamburug‘larning bunday oziqlanishi va bir qator boshqa xususiyatlari ularning ham o‘simliklarga, ham hayvonlarga o‘xshashligini ko‘rsatadi


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

99

Universaljurnal.uz

Obidjonova Layloxon Akmaljon qizi

Andijon davlat pedagogika universiteti

Uzbekistan

obidjonovalayloxon@gmail.com

TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG’LARNING UMUMIY TAVSIFI,

ASOSIY VAKILLARI

Abstract:

This article provides information about non-improved fungi, their general description, and

their main representatives. Lives on ready-made organic matter, that is, heterotroph. It usually lives in

plants, soil, water, animals or their remains. Fungi similar to slimes also have heterotrophic nutrition. Such

nutrition and a number of other characteristics of fungi show that they are similar to both plants and animals.

Keywords:

fungi, heterotroph, mycelium, water.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug’lar, ularning umumiy tavsifi, asosiy

vakillari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof

organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot

kechiradi. Shilimshiqlarga o‘xshash zamburug‘lar ham geterotrof oziqlanish xususiyatiga ega.

Zamburug‘larning bunday oziqlanishi va bir qator boshqa xususiyatlari ularning ham o‘simliklarga, ham

hayvonlarga o‘xshashligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

zamburug’lar, geterotrof, mitselliy, substrat, gifa, lomosoma, dikarion.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 12.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

100

Аннотация:

В данной статье приведены сведения о неулучшенных грибах, их общее описание

и основные представители. Живет на готовой органике, то есть гетеротроф.Обычно он обитает в

растениях, почве, воде, животных или их остатках. Грибы, подобные слизнякам, также имеют

гетеротрофное питание. Такое питание и ряд других характеристик грибов показывают, что они

сходны как с растениями, так и с животными.

Ключевые слова:

грибы, гетеротрофы, мицелий, вода.

Language:

Uzbek

Citation:

Obidjonova , L. (2024). GENERAL DESCRIPTION OF UNDEVELOPED FUNGI,

MAIN REPRESENTATIVES. Universal International Scientific Journal, 1(9), 99–102. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1224

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14447600

Zamburugʻlar (Mycetes) — eukariot

organizmlar

dunyosi.

Tayyor

organik

moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof

organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda,

tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning

qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish

usuliga qarab parazit va saprofitga boʻlinadi.

Zamburug‘lar turlarining miqdori jihatidan

tuban o‘simliklar ichida eng katta guruh

hisoblanib, l00 mingdan ortiq turi mavjud.

Zamburug‘lar

evolyutsiya

jarayonida

Flagellatlardan kelib chiqqan. Shilimshiqlarga

o‘xshash zamburug‘lar ham geterotrof

oziqlanish

xususiyatiga

ega.

Zamburug‘larning bunday oziqlanishi va bir

qator boshqa xususiyatlari ularning ham

o‘simliklarga, ham hayvonlarga o‘xshashligini

ko‘rsatadi.

Tirik

organizmlarning

an'anaviy

bo‘linishida

zamburug‘lar

o‘simliklar

tarkibiga kiritilib o‘rganilgan. Bunga ularning

substratdan

oziqa

moddalarni

shimib

oziqlanishi, o‘simliklarga o‘xshash yaxshi

shakllangan hujayra qobig‘i borligi va

rivojlanish siklining asosiy qismida harakatsiz

ekanligi asos qilib olingan. Lekin ularning

geterotrof

oziqlanishi

asosida

yuzaga

keladigan modda almashinish jarayonlari

xuddi hayvonlarnikiga o‘xshash o‘tishi, ya'ni

mochevina, glikogen hosil qilishi va hujayra

qobig‘ida

xitin

moddasining

bo‘lishi

hayvonlarga ham o‘xshash ekanligidan dalolat

beradi.

Hozirgi paytda zamburug‘lar eukariot

organizmlarning

alohida

olami

sifatida

ajratilgan va ularga quyidagi tavsif berilgan:

yaxshi shakllangan qalin hujayra qobig‘iga

ega, ko‘payish asosan sporalar yordamida,

vegetativ holatida harakatsiz va qulay

sharoitda cheksiz o‘sish qobiliyati bor,


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

101

geterotrof organizm, zaxira oziqa modda

sifatida

glikogen

to‘planadi.

Zamburug‘larning kelib chiqishi polifilitik

xususiyatga ega bo‘lib, har xil guruhga

mansub

rangsiz

xivchinlilardan

yoki

xivchinlarini

yo‘qotgan

amyobasimon

flagellyatlardan

paydo

bo‘lgan,

deb

hisoblaniladi.

Sodda

tuzilgan

zamburug‘larning

vegetativ

tanasi

shilimshiqlarnikiga o‘xshash yalang‘och

plazmodiy

shaklida

bo‘lib,

boshqa

organizmlarning hujayrasi ichida parazitlik

qilib hayot kechiradi. Lekin zamburug‘larning

asosiy qismida gifa deb ataluvchi shoxlangan

ipchalar hosil bo‘ladi. Gifalar to‘plami

mitseliy deb ataladi. Zamburug‘lar tallomining

tuzilishiga ko‘ra tuban va yuksak guruhlarga

bo‘linadi. Tuban zamburug‘larda vegetativ

tanasi hujayralarga bo‘linmagan, yuksaklarida

esa mitseliylari ko‘p hujayrali bo‘ladi.

Hujayrasining yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek,

zamburug‘larning vegetativ hujayralari ayrim

sodda vakillaridan tashqari ko‘pchiligida

hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan. Hujayra

qobig‘ida mikrofibrilyar strukturasi bo‘lib,

ularning asosini polisaxaridlar tashkil etadi.

Kimyoviy tarkibi jihatidan polisaxaridlar

selluloza, xitin, xitozan va glyukan bo‘lishi

mumkin. Zamburug‘larni yirik sistematik

guruhlarga bo‘lishda hujayra qobig‘ining

tarkibi ham asos qilib olinadi. Hujayra qobig‘i

ostida sitoplazmatik membrana joylashgan.

Ulardagi maxsus tirqishchalar (poralar) orqali

hujayralar o‘zaro bog‘langan. Hujayra

eskirgan sari undagi vakuollarining miqdori va

hajmi kattalashadi. Vakuollarning tarkibini

suvda erigan qand, organik kislotalar, tuzlar,

oqsillar, yog‘ tomchilari, glikogen va

pigmentlar tashkil etadi. Ushbu moddalarning

ayrimlari

sitoplazmada

ham

bo‘ladi.

Zamburug‘lar hujayrasidagi organoidlarining

tuzilishi va funksiyasi jihatidan boshqa

eukariotik

organizmlardan

deyarli

farq

qilmaydi. Lekin ko‘pchilik zamburug‘larning

hujayrasidagi

yadro

kichik

bo‘ladi.

Shuningdek, ko‘pchilik zamburug‘larning

sitoplazmasida unchalik katta bo‘lmagan

tanachalar bo‘lib, ular lomosomalar deb

ataladi.

Lomosomalar

sitoplazmatik

membrana bilan bog‘langan. U membrananing

tashkiliy faoliyatida aktiv qatnashadi.

Tuban

zamburug‘larning

yaxshi

rivojlangan,

hujayralarga

bo‘linmagan

mitseliylari sifonal suvo‘tlariga o‘xshash ko‘p

yadroli. Ayrim yuksak zamburug‘larning

hujayralari

ham

(ayniqsa,

xaltachali

zamburug‘lar) ko‘p yadroli bo‘ladi (ko‘pincha

eski hujayralar). Xaltachali va bazidiyali

zamburug‘larning

jinsiy

ko‘payish

jarayonidan so‘ng yadrolari o‘ziga xos

qo‘shyadrolarni (dikarion) hosil qiladi. Bunda

har xil jins xususiyatiga ega yadrolar o‘zaro


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

102

yaqin joylashib, barobar va bir xil bo‘linadi.

Ko‘pchilik zamburug‘larda giflar bir-biri bilan

parallel qo‘shilgan mitseliy tugunchasini hosil

qiladi va bu rizomorf deyiladi. Ba’zi

zamburug‘larda mitseliy bir-biri bilan o‘ralib,

shoxsimon shakl hosil qiladi, bunga sklerotsiy

deyiladi. Uning hujayrasi zahira oziq moddaga

boy bo‘lib, himoya vazifasini bajaradi.

Hujayra

devorining

80-90%

i

polisaxaridlardan iborat bo‘lib, ular oqsil va

lipidlar bilan bog‘langan bo‘ladi.

Zamburug‘lar vegetativ, jinssiz va

jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetetiv

ko‘payish mitseliyning uzilib mustaqil

individga aylanishi, oidiylar, sklerotsiylar

vositasida va kurtaklanish yo‘li bilan boradi.

Jinssiz ko‘payish ikki xil yo‘l bilan, yani,

endogen

(oomitset,

xitridiomitset)

va

konidiyasporalar (zigomitset) hosil qilish bilan

amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish esa bir necha

usulda boradi: gametogamiya, somatogamiya

va gametangiogamiya hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;

2.

Chyen-sov Yu.S.,Обшая ситология , M.;1984;

3.

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

4.

Mavlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma), T., 2003.

5.

Umaraliyevich, T. M., & Muxiddin ogli, M. O. (2023). QORA SEDANANING

TABOBATDAGI ORNI VA FOYDALI XUSUSIYATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(3), 167-170.
6.

Ruzmatov, E. Y., Tukhtaboeva, F. M., Tadjibaev, M. U., Usmanov, D. D., Khoshimjonova,

N. N., & Yuldashev, K. E. (2022). Study of life forms of some species of the genus Acanthophyllum.
7.

Xolmatova, I. N., & Tojiboyev, M. U. (2023). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING,

QIZIL KITOB" GA (2009) KIRITILGAN PIYOZDOSHLAR OILASI HAQIDA MA’LUMOT.

Bibliografik manbalar

Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;

Chyen-sov Yu.S.,Обшая ситология , M.;1984;

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

Mavlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma), T., 2003.

Umaraliyevich, T. M., & Muxiddin ogli, M. O. (2023). QORA SEDANANING TABOBATDAGI ORNI VA FOYDALI XUSUSIYATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(3), 167-170.

Ruzmatov, E. Y., Tukhtaboeva, F. M., Tadjibaev, M. U., Usmanov, D. D., Khoshimjonova, N. N., & Yuldashev, K. E. (2022). Study of life forms of some species of the genus Acanthophyllum.

Xolmatova, I. N., & Tojiboyev, M. U. (2023). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING, QIZIL KITOB" GA (2009) KIRITILGAN PIYOZDOSHLAR OILASI HAQIDA MA’LUMOT.