Mualliflar

  • Markhabo Solijonova
    Andijan State Pedagogical University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58499

Kalit so‘zlar:

Lichen fungus basidia lichen bushy lichen pioneer

Annotasiya

This article describes the description of lichens, the structure and types of lichens, their importance in nature and economy. Despite the fact that lichens are distributed in the most difficult living conditions, they cannot withstand air pollution. That is why they rarely grow in urban conditions. In general, lichens are also used in the preparation of expensive paints and perfumery products


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

88

Universaljurnal.uz

Solijonova Marxabo Ahmadali qizi

Andijon davlat pedagogika universiteti

Uzbekistan

dunyoyangiliklari139@gmail.com

LISHAYNIKLAR BO’LIMI TAVSIFI, TALLOMINING TUZILISHI,

XILLARI, TABIATDA VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

Abstract:

This article describes the description of lichens, the structure and types of lichens, their

importance in nature and economy. Despite the fact that lichens are distributed in the most difficult living

conditions, they cannot withstand air pollution. That is why they rarely grow in urban conditions. In general,

lichens are also used in the preparation of expensive paints and perfumery products.

Keywords:

Lichen, fungus, basidia lichen, bushy lichen, pioneer.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada lishayniklar bo’limi tavsifi, tallomining tuzilishi, xillari, tabiatda va

xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Lishayniklar yashash sharoiti eng qiyin

joylarda tarqalganligiga qaramasdan havoning ifloslanishiga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun ham

ular shahar sharoitida kam o‘sadi. Umuman esa lishayniklar toshlarda o‘sib, ularni parchalaydi va tuproq

hosil qilishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, lishayniklar qimmatbaho bo‘yoqlar, parfumeriya

mahsulotlari tayyorlashda ham ishlatiladi.

Kalit so‘zlar:

Lishaynik, zamburug’, bazidiyali lishaynik, butasimon lishaynik, pioner.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 12.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

8

9

Аннотация:

В данной статье дано описание лишайников, строение и виды лишайников, их

значение в природе и хозяйстве. Несмотря на то, что лишайники распространены в самых тяжелых

условиях обитания, они не выдерживают загрязнения воздуха. Именно поэтому они редко растут в

городских условиях. В целом лишайники также используются при приготовлении дорогих красок и

парфюмерной продукции.

Ключевые слова:

Лишайник, гриб, базидийский лишайник, кустистый лишайник, пионер.

Language:

Uzbek

Citation:

Solijonova , M. (2024). DESCRIPTION OF THE LICHEN DIVISION, STRUCTURE OF

THE THALLUM, TYPES, IMPORTANCE IN NATURE AND IN THE NATIONAL ECONOMY.

Universal

Xalqaro

Ilmiy

Jurnal,

1(9),

88–91.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1219

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14445632

Lishayniklar

(Lichenes)

-

zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv

oʻtlari va zamburug’lardan tarkib topgan tirik

organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar

lishayniklarga tuban oʻsimliklarning alohida

bir guruhi sifatida qarashadi. Lishayniklar

haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400

turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora

hosil qilishiga binoan, ikki sinf: xaltachali

lishayniklar (maʼlum boʻlgan deyarli hamma

lishayniklar) va bazidiyali lishayniklarga (bir

necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-

yashil yoki yashil suvoʻtlar lishayniklarning

doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda,

lishayniklarning har bir turiga maʼlum bir

suvoʻt turi toʻgʻri keladi. Lishayniklarning

poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon

shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon lishayniklar

sodda tuzilgan bo’lib, donador, g’uborsimon

yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon lishayniklar

birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar

koʻrinishida. Butasimon lishayniklar ancha

murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib

tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini

eslatadi. Lishayniklar anatomik tuzilishiga

koʻra gomomer (suvoʻtlar lishayniklar tanasi

boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer

(suvoʻtlar lishayniklar tanasining faqat ustki

poʻstlogʻi

ostida

joylashgan)

boʻladi.

Lishayniklar

jinsiy,

jinssiz

vegetativ

koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda lishayniklar

zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali

lishayniklar) yoki baʼzan, bazidiyalarda

(bazidiyali lishayniklar) hosil boʻladi. Jinssiz

koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar

vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari o’sadi va

oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi

lishayniklar tallomi — vegetativ tana hosil


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

90

qiladi. Lishayniklar tallomning kichik qismi

orqali vegetativ koʻpayadi. Lishayniklardagi

suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa

avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy

koʻpayishda esa lishayniklar tanasidagi

suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.

Ikki xil organizmning hosilasi bo‘lganligi

uchun lishayniklarning ko‘payishi ham o‘ziga

xos. Lishaynik tarkibidagi suvo‘tlari faqat

bo‘linib, hujayralar miqdorini oshirib borishi

mumkin. Jinssiz va jinsiy ko‘payish

jarayonlari ularda kuzatilmaydi. Zamburug‘lar

esa vegetativ ko‘payishdan tashqari qaysi

guruhga mansubligiga qarab, yoki xaltacha va

xaltachasporalar,

yoki

bazidiya

bazidiosporalar hosil qilib ko‘payishi mumkin.

Lekin ular hosil qilgan jinsiy ko‘payish

hosilalari tarqalgach, o‘ziga xos bo‘lgan, erkin

yashovchi suvo‘tlarini uchratgandagina yangi

lishayniklarning tallomini hosil qiladi. Ayrim

lishayniklarda

hosil

bo‘ladigan

jinsiy

ko‘payish hosilalari tarqalish jarayonida o‘zi

bilan

birga

tallomidagi

suvo‘tlarning

hujayrasini ham yopishtirib olib ketadi.

Vegetativ ko‘payishning yana bir xilida ham

deyarli shunga o‘xshash jarayon kuzatiladi.

Faqat bu holda suvo‘ti va zamburug‘lar

aralashmasi

ustki

tomonidan

zamburug‘larning qalin qobiqli maxsus

hujayralari

bilan

qoplangan

bo‘ladi.

Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi lishayniklar

tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq.

Lishayniklar

qurib

qolsa,

fotosintez

sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon

lishayniklar butasimon lishayniklarga nisbatan

sekin o’sadi. Lishayniklar yiliga oʻrtacha 0,01

mm dan 100 mm gacha o’sadi. Haroratning

koʻtarilishi yoki pasayishi lishayniklarga

uncha taʼsir qilmaydi. Lishayniklar yaxshi

yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar,

togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar

barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va

boshqa

buyumlar

sirtida

uchraydi.

Lishayniklar hamma materiklarda mavjud.

Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa,

tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan.

Yaqingacha

lishayniklar

tanasidagi

zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro

munosabat

simbioz

sifatida

tushuntirib

kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi

munosabat paratizmga asoslangan boʻlib,

ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati

yaqqol koʻzga tashlanadi. Lishayniklar

unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa

oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi

butasimon lishayniklar esa bugʻularning

asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni

keltiradigan, yumshatadigan, qon bosimini

oshiradigan,

vitaminli,

antibiotikli)

lishayniklar ham bor. Lishayniklardan mik-

roblarga qarshi dorivor preparatlar ham

olingan. Ayrim lishayniklardan parfyumeriya


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

91

sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda

foydalaniladi. Daraxtlar tanasida oʻsadigan

poʻstloq

lishayniklari

zararkunanda

hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli

salbiy ahamiyatga ega. Lishayniklar yashash

sharoiti eng qiyin joylarda tarqalganligiga

qaramasdan havoning ifloslanishiga bardosh

bera olmaydi. Shuning uchun ham ular shahar

sharoitida kam o‘sadi. Umuman olganda esa

lishayniklarning suvsiz, oziqa muhiti deyarli

bo‘lmagan joylarda o‘sishini hisobga olib,

ularni o‘simliklarning „pioner“i deb atashadi.

Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyati ham

beqiyos kattadir. Tundra sharoitida o‘sadigan

lishayniklar bug‘ular uchun asosiy oziqa

hisoblanadi.

Umuman

esa

lishayniklar

toshlarda o‘sib, ularni parchalaydi va tuproq

hosil qilishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek,

lishayniklar

qimmatbaho

bo‘yoqlar,

parfumeriya mahsulotlari tayyorlashda ham

ishlatiladi

.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;

2.

Chyen-sov Yu.S.,Обшая ситология , M.;1984;

3.

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

4.

Mavlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma), T., 2003.

5.

Grin.N va boshq. Biologiya. 1990y.

6.

Troshin. A.S va boshq. Sitologiya. 1970y-.

7.

Boyqobilov. T.B, X.Ikromov Sitologiya.1980y.

Bibliografik manbalar

Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;

Chyen-sov Yu.S.,Обшая ситология , M.;1984;

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

Mavlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma), T., 2003.

Grin.N va boshq. Biologiya. 1990y.

Troshin. A.S va boshq. Sitologiya. 1970y-.

Boyqobilov. T.B, X.Ikromov Sitologiya.1980y.