Mualliflar

  • Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58504

Kalit so‘zlar:

epiteka gipoteka xromofor karotin vegetativ palla auksospora choklar

Annotasiya

Ushbu maqolada Diatom suvo'tlar bo'limining morfologiyasi, anatomiyasi, sistematikasi, ekologiyasi, o'ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Diatom suvo'tlar tarqalish jihatdan boshqa suv o'tlardan yaqqol ustunlik qilib, yer yuzining turli sharoitlarida yashashga moslashgan. Tuzilishining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kokkoid tuzilishga ega bo'lgan qalqon bilan tashqi tomondan qoplangan.     


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

64

Universaljurnal.uz

Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li

1

.,

Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi

1

.,

Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli

2

Andijon davlat pedagogika instituti

1

Andijon davlat universiteti

2

Uzbekistan

DIATOM SUVO’TLAR(BACILLARIOPHYTA)NING SISTEMATIK O’RNI,

O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATLI VAKILLARI

Abstract:

This article provides information on the morphology, anatomy, systematics, ecology,

characteristics and importance of the division of diatoms. Diatom algae have a clear superiority over other

algae in terms of distribution and have adapted to live in different conditions of the earth's surface. One of

the distinctive features of its structure is that it is covered from the outside with a shield with a coccoid

structure.

Keywords:

epitheca, hypotheca, chromophore, carotene, vegetative, sexual, auxospore, sutures.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Diatom suvo'tlar bo'limining morfologiyasi, anatomiyasi,

sistematikasi, ekologiyasi, o'ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Diatom

suvo'tlar tarqalish jihatdan boshqa suv o'tlardan yaqqol ustunlik qilib, yer yuzining turli sharoitlarida

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 10.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

6

5

yashashga moslashgan. Tuzilishining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kokkoid tuzilishga ega bo'lgan qalqon

bilan tashqi tomondan qoplangan.

Kalit so‘zlar:

epiteka, gipoteka, xromofor, karotin, vegetativ, palla, auksospora, choklar.

Аннотация:

В статье представлены сведения о морфологии, анатомии, систематике,

экологии, особенностях и значении подразделения диатомовых водорослей. Диатомовые водоросли

имеют явное превосходство над другими водорослями по распространению и приспособились к

жизни в разных условиях земной поверхности. Одной из отличительных особенностей его строения

является то, что он снаружи покрыт щитком кокковидного строения.

Ключевые слова:

эпитека, гипотека, хромофор, каротин, вегетативная, половая, ауксоспора,

швы.

Language:

Uzbek

Citation:

Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li, I. S. X. o’g’li, Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi, I.

M. H. qizi, & Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli, X. S. I. oʻgʻli. SYSTEMATIC POSITION,

CHARACTERISTICS

AND

IMPORTANT

REPRESENTATIVES

OF

DIATOM

ALGAE

(BACILLARIOPHYTA). Universal International Scientific Journal, 1(9), 64–69. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1214

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14360471

Diatom suvo‘tlari bo‘limi turlarining

xilma-xilligi va tarqalishi jihatidan boshqa

suvo‘tlari ichida yetakchi o‘rinda turadi.

Ularning vakillari chuchuk va sho‘r suvlardan

tashqari tuproqda, suv sachratqilarida, namlanib

turadigan qoyatoshlarda ham keng tarqalgan.

Diatom suvo‘tlari tuzilishining o‘ziga xos

xususiyatlaridan biri shundan iboratki, kokkoid

strukturaga ega bo‘lgan hujayralari maxsus

qumtoshli qobiq bilan o‘ralgan. Bunday qobiq

qalqon (sovut) deb ataladi. Qalqon pektinli

matriksdan tuzilgan bo‘lib, skelet moddasi

sifatida esa kremniy kislotasi to‘planadi.

Qalqon ikki bo‘lakdan (palladan) iborat. Ular

quticha va qopqoqchaga o‘xshab biri

ikkinchisiga kirib turadi. Pallasining katta

bo‘lagi epiteka, kichigi gipoteka deb ataladi.

Diatom suvo‘tlari mikroskop ostida ikki xil

shaklda ko‘rinadi. Agarda qalqon pallalarda

yon tomoni bilan turib qolgan bo‘lsa, „belbog‘”

tomonidan ko‘rinish deb ataladi. Aksincha,

pallalarining biri ostida, ikkinchisi ustida

bo‘lsa,

„palla“

tomonidan

ko‘rinishi

hisoblanadi. Ularning qumtoshli pallalari tashqi

muhit bilan modda almashinishi uchun har xil

labirintsimon teshikchalar, g‘ovak va zich

qismlar hosil qilib joylashgan. Bular esa

pallalardan optik zich va g‘ovak bo‘laklarni


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

66

yuzaga keltirib, palla ustida xilma-xil chiziq,

punktir va nuqtalar shaklidagi „naqsh“larni

yuzaga keltiradi. Diatom suvo‘tlarining

sistematik o‘rnini aniqlashda ana shu naqsh va

chiziqlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Diatom suvo‘tlarining pallalari ichini

hujayra qobig‘i bo‘ylab tarqalgan sitoplazma

egallagan bo‘lib, uning o‘simtalari palla

choklariga kirib turadi (chokli vakillarida).

Ko‘pchilik vakillarida bir-ikkita plastinkasimon

xromatofori

bor.

Umuman,

ulardagi

xromatoforlar shakli jihatidan xilma-xil bo‘lishi

mumkin. Sentriksimonlarda ko‘p sonli va

mayda, patsimonlarda yirik va bo‘lakli bo‘ladi.

Xromatofor tarkibida bir qancha karotinoidlar –

diatomin, beta, gamma – karotin, fukoksantin,

neofukoksantin, diadinoksantin, diatoksantinlar

uchraydi. Xlorofillardan asosan xlorofill C1 va

C2 uchraydi, ba’zi vakillarida C3 ham topilgan

(primneziofitlar va pelagofitslilar).

Diatom suvo‘lari vegetativ va jinsiy yo‘l

bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishda

pallalari asta-sekin ajralib, hujayra ikkiga

bo‘linadi. Hosil bo‘lgan yangi hujayralarining

biri epitekani, ikkinchisi esa gipotekani saqlab

qoladi. Ikkala yangi hujayra o‘ziga gipoteka

sintezlaydi. Natijada gipoteka pallasini o‘zida

saqlab qolgan hujayrada ona hujayradan

olingan gipoteka sintezlanadi. Shuning uchun

yosh

hujayralarning

biri

ikkinchisidan

pallasining ikki tomonidagi gardish qalinligida

kichikroq bo‘ladi. Ana shunday bo‘linib

ko‘payishning

ketma-ket

qaytarilishi

hujayraning ancha kichiklashib ketishiga olib

keladi. Hujayraning kichiklashib borishiga chek

qo‘yuvchi va asl kattaligini tiklovchi omil

auksospora hosil qilib jinsiy ko‘payish

hisoblanadi.

Ushbu

jarayon

diatom

suvo‘tlarining har xil sistematik guruhlarida

o‘ziga xos amalga oshadi. Patsimonlar sinfiga

mansub

vakillarining

jinsiy

ko‘payishi

desmidiya suvo‘tlaridagi matashishni eslatadi.

Ikkita hujayra bir-biriga yaqinlashib, umumiy

shilimshiq bilan qoplanadi va pallalari ochiladi.

Har bir hujayra yadrolari reduksion bo‘linadi

(ko‘pincha sitoplazma ham bo‘linadi) va

ularning biri nobud bo‘ladi. Hayotchan yadrolar

o‘zaro qo‘shilib, auksospora (o‘suvchi spora)ga

aylanadi.

Auksospora

ushbu

turga

xos

kattalikkacha

o‘sgach

epitekani,

keyin

gipotekani

sintezlaydi.

Natijada

hujayra

birlamchi kattaligini tiklaydi va yana vegetativ

ko‘payishga o‘tadi. Sentriksimonlar sinfiga

mansub vakillarda jinsiy ko‘payishi oogamiya

yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda ayrim

vegetativ

hujayralarining

yadrolari

ikki

martadan bo‘linib, to‘rttadan spermatozoid va

tuxum

hujayralar

hosil

qiladi.

Tuxum

hujayralarning uchtasi nobud bo‘lib, bittasi

spermatozoidlar

bilan

otalanadi

va

auksosporani vujudga keltiradi. Diatomtoifa

suvo‘tlarining sinflarga bo‘linishiga asos qilib


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

6

7

ularning

pallalarining

radial

tuzilishi

(sentriksimonlar sinfi) va ikki tomonlama

simmetrikligi (patsimonlar sinfi) olingan.

Patsimonlar sinfining keng tarqalgan tipik

vakillaridan biri pinnulariya (Pinnularia), u

palla tomonidan ellips yoki lansetsimon,

belbog‘ tomonidan esa to‘rtburchak cho‘ziq

quticha

shaklidagi,

chuchuk

suvlarda,

ko‘pincha suv ostiga cho‘kkan holda yashovchi

bir hujayrali suvo‘tidir. Bittasi markazida,

ikkitasi palla uchlarida joylashgan, po‘st ostki

qismining qalinlashishidan hosil bo‘lgan

tugunchalari, ular orasini birlashtirib turuvchi

yoriqchalar (choklar) va palla chetidan

markaziy qismiga qarab taralgan „qobirg‘a“

chiziqlari

pinnulariyani

palla

tomonidan

naqshli bo‘lib ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.

Pallasidagi chok va teshikchalari pinnulariya

protoplazmasini tashqi muhit bilan bog‘laydi va

protoplazmasi substratga surilib, uning oqimiga

qarshi harakat qiladi. Pinnulariyaga o‘xshash

patsimon tuzilgan navikula (Navicula), simbella

(Cymbella) va sinedra (Synedra) ham keng

tarqalgan. Ular tuproqda va suv ostida

yashovchi vakillar hisoblanib, palla uchlarining

ingichkaligi,

qayiqchasimon

yoki

tayoqchasimon ko‘rinishda bo‘lishi bilan

pinnulariyadan farq qiladi. Sinedraning choklari

va tugunchalari bo‘lmasligi sababli tashqi

muhitga

protoplazmatik

suyuqlik

ajratib

chiqarmaydi.

Diatom suvo‘tlarining sentriksimonlar

sinfiga mansub vakillaridan biri siklotella

(Cyclotella) bo‘lib, u chuchuk va sho‘r suvda

hayot kechiradi. Siklotellaning linzaga o‘xshash

pallasi radial naqshli bo‘ladi. Diatom suvotlari

bo‘limi 11 ta tartib, 300 ga yaqin turkum va 25

mingga yaqin turlardan tashkil topgan. Ammo

ayrom tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, ularning

soni 200 mingtaga yetishi mumkin. Eng yirik

turkumi esa Navicula turkumi bo‘lib, tarkibiga

10 mingdan ziyod turni birlashtiradi.

Sentriksimonlar (Centrophyceae) sinfi va

uning asosiy vakillari.

Bu sinf vakillari dengiz va okeanlarda

keng tarqalgan bo‘lib, plankton xolda hayot

kechiradi va organik moddalar hosil qilishda

asosiy manba hisoblanadi. Ular 1 xujayrali va

koloniyali organizmlar bo‘lib, hujayrasi radial

va simmetrik tuzilganligi bilan farqlanadi. Sinf

vakillarida chok va tuguncha bo‘lmaganligi

sababli, faol harakatlana olmaydi. Jinsiy

ko‘payishi oogamiya.

Sentriksimonlar sovutining shakli va

tavaqalarining maxsus belgilari bo‘yicha 4 ta

tartibga bo‘linadi.

1.

Kossinodisklilar

(Coscinodiscales)

2.

Talassiozirlilar (Talassiosirales)

3.

Melozirlilar (Melosirales)

4.

Hetoserotlilar (Chaetoserotales)

Kossinodisklilar tartibiga chuchuk suv


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

6

8

havzalarida va dengizlarda tarqalgan va

plankton hayot kechiruvchi Cyclotella kiradi. U

zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Hujayrasi

dumaloq, doirasimon qutichaga o’xshash.

Coscinodiscus radial yoki tangential shakldagi

hujayraga ega. Tavaqasida tartibsiz joylashgan

nuqtalar yoki areolar, ba’zi turlarida tavaqaning

chetlarida tukchalar bo‘ladi.

Melosira turkumi vakillari chuchuk va

sho‘r suvlarda bentos va plankton xolda

tarqalgan.

Hujayrasi

silindrsimon

yoki

bochkasimonquticha

ko‘rinishida

bo‘lib,

tavaqalari shilimshiqlanib, ipsimon koloniya

hosil qiladi.

Chaetoseros hujayrasi atrof bo‘ylab

o‘sgan naqshlarga ega. Dengiz suvlarida

tarqalgan va plankton hayot kechiradi.

Patsimonlar

(Pennatophyceae)

sinfi

vakillarining tallomi bir hujayrali yoki kolonial

shaklda bo‘lib, ko‘pincha chuchuk suv

havzalarida, ayrim vakillari dengiz suvlarida

tarqalgan.

Hujayralari

cho‘ziq

yoki

lansetsimon, ellipssimon, duksimon, ikki

tomoni simmetrik tuzilgan. Sovuti patsimon

shaklda. Ularning orasida chokli va choksiz

vakillari

uchraydi.

Choklilari

biroz

harakatchan, choksizlari harakatsiz vakillardan

tashkil topgan.

Bu sinf vakillari choklarining mavjudligi

va tuzilishiga qarab, quyidagi 7 ta tartibga

bo‘linadi:

1.

Fragilarlilar (Fragilariales)

2.

Tabellyarlilar (Tabellariales)

3.

Axnantlilar (Achnanthales)

4.

Simbellilar (Cymbellales)

5.

Navikulalilar (Naviculales)

6.

Batsillalilar (Bacillariales)

7.

Surirellilar (Surirellales)

Pinnularia – chuchuk suv havzalari ostida

va qirg‘oqlarida tarqalgan. Oxakli suvlarda

yaxshi o‘sadi. Bir hujayrali, ellipssimon yoki

chozinchoq shaklda. Tavaqasining o‘rtasidan

chok o‘tgan. Chetlarida parallel qovirg‘alar

joylashgan. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.

Navicula – chuchuk suv havzalarida va

ayniqsa dengizlarda tarqalgan. Hujayralarining

uchki

qarama-qarshi

tomonlari

ingichkalashganligi

bilan

pinnullariyadan

farqlanadi. Ko‘rinishi qayiqchaga o’xshash

bo‘ladi. Uning ba’zi turlari suvo‘tlari va yuksak

suvo‘tlari ustida epifit xolda yashaydi.

Gyrosigma

chuchuk

suvlarda,

Pleurosigma – dengiz suvlarida uchraydi.

Nitzschia – har xil suvlardatarqalgan,

harakatchan va bentos hayot kechiradi.

Surirella – bentos xolda chuchuk suv

havzalarida va dengizlarda yashaydi.

Cymbella - chuchuk suv havzalari ostida

keng tarqalgan. Tavaqasining qorin tomoni

botiq, yelka tomoni bo‘rtgan bo‘ladi. Koloniya

hosil qilib yashaydi.

Gomphonema – shilimshiqsimon oyoqcha


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

6

9

hosil qilib, substratga yopishgan xolda koloniya

hosil qilib yashaydi. Ularning hujayrasi

assimmetrik bo‘ladi.

Coconeis – boshqa suvo‘tlari (Vaucheria,

Cladophora)ga yopishgan xolda yashaydi.

Hujayrasi ellipssimon ko‘rinishda.

Bu

sinfning

Synedra,

Fragillaria,

Tabellaria, Asterionella turkumlari vakillari

harakatsiz va plankton xolda hayot kechiradi.

Diatom suvo‘tlarining tarqalishi va

ahamiyati.Diatom suvo‘tlari tabiatda har xil

ekologik sharoitlarda keng tarqalgan bo‘lib,

ba’zan suv havzalarida aloxida senozlarni hosil

qiladi. Suvning kimyoviy tarkibi har xil,

yoritilganlik darajasi turlicha, ifloslangan va

organik moddalarga boy suvlarda ko‘proq

tarqalgan bo‘ladi. Ularning tarqalishida suv

tarkibidagi azot va fosfor tuzlarining ahamiyati

katta. Bunday suvlarda ularning o‘sishi

tezlashadi.

Diatom suvo‘tlari suv havzalarining

tarkibini

aniqlashda

indikator

vazifasini

bajaradi.

Masalan,

Planktoniella

vakili

vositasida ocean va ochiq dengizlardagi

Golfstrim oqimi aniqlanadi.

Tabiatda plankton diatom suvo‘tlarining

ahamiyati yuksak. Ular asosiy biomassani hosil

qilib, suvdagi umurtqasiz hayvonlar va ba’zi

baliq turlari uchun asosiy ozuqa manbai

hisoblanadi. Lekin ularning haddan ziyod

ko‘payib ketishi ham baliq lichinkalariga salbiy

ta’sir qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Dariyev A. S. va bosh. Botanika o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi –

Toshkent – “ILM-ZIYO”-2012

2.

Tojiboyev Sh. J. va Naraliyeva N.M. Botanika:Tuban O’simliklar –

“Namangan”nashriyoti-2016

Tojiboyev Sh. J. va Qarshiboyeva N.H. Mikologiya Algologiya – Jizzax “Sangzor

nashriyoti” – 2014

3.

Великанов Л. Л. Ва бошк. Тубан усимликлар – Тошкент-“Укитувчи”-

1995

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Diatom_suvo’tlar

5.

http69s://docx.uz/document/diatom-suvo-tlar-bo-limi-diatomeae-

bacillariophyta

Bibliografik manbalar

Dariyev A. S. va bosh. Botanika o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi – Toshkent – “ILM-ZIYO”-2012

Tojiboyev Sh. J. va Naraliyeva N.M. Botanika:Tuban O’simliklar – “Namangan”nashriyoti-2016

Tojiboyev Sh. J. va Qarshiboyeva N.H. Mikologiya Algologiya – Jizzax “Sangzor nashriyoti” – 2014

Великанов Л. Л. Ва бошк. Тубан усимликлар – Тошкент-“Укитувчи”-1995