Universal International Scientific Journal
57
Eshanova Zilola Qo‘chqarovna
Andijon davlat universiteti doktoranti,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Uzbekistan
https://orcid.org/0009-0002-8162-356X
SHARIFA SALIMOVA BAXSHIYONALARINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Abstract:
The article illuminated the features of works in the Bakhshiyana style in the poetry of
Sharifa Salimova based on their analysis, is also highlighted the poetess's skill in using various elements
of folklore to describe the problems of that time. It is also substantiated that Sh. Salimova's cycle
“Bakhshiyana” lacks a uniform compositional structure and is crafted through the stylization of folk
dastans, fairy tale motifs, and imagery.
Keywords:
folklore, folk dastans, folk tales, folklorism, stylized folklore, dastan stylization, motif stylization,
synthesis, bakhshiyana, bakhshi.
Annotatsiya:
Maqolada Sharifa Salimova ijodidagi baxshiyona asarlar tahlili orqali ularning o‘ziga xos
xususiyatlari hamda davr muammolari tasvirini berishda folklorning turli unsurlaridan foydalanishdagi shoira
mahorati yoritilgan. Shuningdek, Sh.Salimovaning “Baxshiyona” turkumi bir xil kompozitsion strukturaga ega
emasligi, xalq dostonlari, ertakona motiv va obrazlar stilizatsiyasi asosida shakllantirilgani asoslangan.
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9
International indexes
Universal International Scientific Journal
5
8
Kalit so‘zlar:
folklor, xalq dostonlari, xalq ertaklari, folklorizm, stilizatsion folklorizm, doston stilizatsiyasi,
motiv stilizatsiyasi, sintez, baxshiyona, baxshi.
Аннотация:
В статье освещены особенности произведений в стиле бахшияна в творчестве поэтессы
Шарифы Салимовой на основе их анализа, а также освеCщено мастерство поэтессы в использовании
различных элементов фольклора для описания проблем того времени. Также обосновано, что цикл
Ш.Салимовой “Бахшияна” не имеет одинаковой композиционной структуры и сформирован на основе
стилизации народных дастанов, сказочных мотивов и образов.
Ключевые слова:
фольклор, народные дастаны, народные сказки, фольклоризм, стилизационный
фольклоризм, стилизация дастана, стилизация мотива, синтез, бахшияна, бахши.
Language:
Uzbek
Citation:
Eshanova , Z. (2024). SHARIFA SALIMOVA’S CHARACTERISTICS OF BAHKSHIYANA.
Universal International Scientific Journal, 1(9), 57–63.
https://doi.org/10.69891/3060-4540.2024.85.10.001
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14444301
https://doi.org/10.69891/3060-4540.2024.85.10.001
KIRISH
Usmon Azim, Rauf Subhon, Halima
Xudoyberdiyeva, Faxriyor, Xurshid Davron,
Sharifa Salimova kabi shoir va shoiralar
g’oyaviy maqsadlarini berishda folklor sintezi
va
folkorizmlardan
ijodiy
foydalanib
kelmoqdalar. Xususan, ularning ijodida xalq
dostonlari stilizatsiyasi asosida yaratilgan
baxshiyona asarlar mavjud. Biz avvalgi
maqolalarimizda turli ijodkorlar, xususan,
Halima Xudoyberdiyeva ijodidagi baxshiyona
asarlarni tadqiq qilgan edik[1]. Ushbu
maqolamizda esa Sharifa Salima ijodidagi
“Baxshiyona” turkumidagi asarlarning tahlili
orqali shoiraning folklorga xos syujet, motiv va
obrazlardan ijodiy foydalanish mahoratini
yoritishni
maqsad qildik. Ma’lum bir
ijodkorning xalq og‘zaki ijodi an’analari
vositasida
yaratilgan
ijod
namunalarini
o‘rganish istiqlol davri o‘zbek she’riyatining
o‘ziga xosligi, folklordan ijodiy foydalanish
tamoyilining qay holda istefoda qilinish
qonuniyatlarini
yoritishga
xizmat
qiladi.
S.Mirzayeva ham “Folklor va yozma adabiyot
munosabatlari masalasi tadqiq etilar ekan,
tarixiylik
tamoyillariga
amal
qilishni
unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, ushbu
tamoyil istalgan so‘z san’atkorining ijodidagi
folklor an’analarining o‘rni, ularning muayyan
adib yoki shoir ijodidagi rivojlantirilganligi
aniq tarixiy davr nuqtayi nazardan, qolaversa,
individual ijodkor mahorati nuqtayi nazaridan
to‘g’ri, obyektiv yoritilishiga imkon berishini
[2,6] ta’kidlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA
METODLAR
Universal International Scientific Journal
5
9
O‘zbek adabiyotshunosligida J.Suvonova
[3],
N.Shukurov[4],
F.N.Buriyeva[5],
D.Xoliqova[6], Sh.Jumanovalar[7] baxshiyona
asarlarning turli jihatlarini o‘rganganlar. Ushbu
tadqiqotlarning hech birida Sharifa Salimova
ijodidagi baxshiyona asarlar tadqiqot obyekti
sifatida olinmagan. Shu bois shoira ijodidagi
baxshiyona asarlar struktural va germenevtik
tahlil metodlari asosida tahlil qilindi, ularning
o‘ziga xos xususiyatlari yoritildi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Lirikada turkumning mohiyati, lirik
turkumning paydo bo‘lishi, yaratilishi va
rivojlanish qonuniyatlarini yoritib bergan
M.N.Darvinga ko‘ra, “lirik turkum —
tanlangan asarlar sarhadida paydo bo‘ladigan
yangi ma’nolar bilan kesishgan, butunlik
g’oyasi bilan singib ketgan va bu butunlikning
badiiy dinamik qiyofasini tiklaydigan shakl
[8,157-173].
Sharifa
Salimovaning
“Baxshiyona”
turkumida
“Baxshiyona”,
“Ertakdan so‘ng”, “Yo‘qolgan ishonch yoxud
yolg‘onchi shoh haqida” deb nomlangan uch
asar mavjud. Ko‘rinadiki, shoira folklor
an’analari, xalq dostonlari, ertakona obraz va
motivlar
stilizatsiyasi
asosidagi
asarlarni
turkum sifatida olmoqda. Ushbu turkumdagi
asarlar tematik mundarijasi, kompozitsion
xususiyatlariga ko‘ra mustaqil. Ular alohida
olinganda ham ma’lum g‘oyaviy mazmunni
anglatishi mumkin. Biroq ushbu turkumdagi
asarlar bir butunlikda olinsa, mazmuniy yaxlit
va
tugal
konsepsiya
kelib
chiqadi.
Sh.Salimovaning “Baxshiyona” turkumi bir xil
kompozitsion strukturaga ega emas, bunday
“tematik jihatdan turkumlangan sikllarda esa
janriy rang-baranglik kuzatilaveradi.”[9, 355]
Sharifa Salimovaning “Baxshiyona” asari
ham
boshqa
baxshiyonalar
kabi
xalq
dostonlariga xos nasr va nazm ifoda usuli
asosida shakllantirilgan. Unda xalq dostonlariga
xos epik voqelik bayoni nasriy yo‘lda sa’j
asosida berilgan, murojaat va kechinma tasviri
esa 7 bo‘g‘inli nazmda ifodalangan. Uning
kirish
qismida
xalq
dostonlari
zachin
qismidagidek ayol hayoti haqida axborot
beriladi:” Ayol baxtli edi, vaqti choq edi. Yurti
behisht kabi to‘kkan bog‘ edi. O‘g‘illari
suyangan tog‘i, qizlari husn mulkiining shohi
edi. Ona tufrog‘i quyosh emib bilqillab turardi,
qozonida moy kilkillab turardi.”[10,18]
Asardagi birgina voqelik bayoni orqali ayol
kechinmalar tasviri berilgan. Asar konflikti ham
axborot tarzida aytib o‘tiladi:” Kunlardan bir
kun charxi kajraftor teskari aylandi: daryolar
quridi, baliqlar chiridi. Yerning sho‘ri
peshonasiga tepdi. Sarin havolar qumu tufrog‘
sepdi.” [10]
Ushbu
“Baxshiyona”ning
asosiy
obrazlari ayol va baxshi. Ayol umumlashma
obraz sifatida xalq, vatan timsoli sifatida kelsa,
el baxshisi unga yo‘l ko‘rsatuvchi rahnamo,
Universal International Scientific Journal
60
yorug‘ kunlar haqida xabar beruvchi obraz
sifatida gavdalanadi. Shoira o‘z davridagi
ummonning qurishi va u bilan bog‘liq boshqa
muammolarni xalq dostonlari stilizatsiyasi
asosida yoritadi.
“Baxshiyona”da makon va zamon
kategoriyasi xalq dostonlaridan farqlanadi,
unda
hozirgi
kundagi
voqelik
tasviri
beriladi:Ona allalari yoddan chiqa boshladi,
xastalik go‘daklarni bir-bir yiqa boshladi. Ayol
chidolmadi: uydan chiqib yurt aylandi. Bog‘
aylandi, ko‘rdiki ahvol chatoq, ko‘ksi to‘la dog‘
aylandi. Qaddi bukildi, ostonaga yetar yetmas
yiqildi. Shunda uzoqdan bo‘taday bo‘zlab el
baxshisi keldi.”[10] Sharifa Salimovaning
“Baxshiyona” asarida ham el baxshisi obrazi
mavjud va muallifning g’oyaviy maqsadi bu
obraz orqali beriladi. U allalari yodidan
ko‘tarilgan ayollarga qarata:
Qaddingni tik tut, ayol,
Alamlaring yut, ayol.
Boq, bu bir kam dunyoda
Kimning baxti but, ayol [10] – deydi.
El
baxshisining
nasihatlari
nazmda
berilgan, el baxshisi xalqning boshiga bunday
qiyinchiliklarning tushishiga sabab bo‘lgan
omillarni ko‘rsatadi. El baxshisiga ko‘ra,
begonalarga ishonib, g‘ururni ularning qo‘liga
tutqazish hayot degan o‘yinda ko‘p narsalarni
yutqazishga olib kelgan. Sharifa Salimova el
baxshisi tilidan yurtining mustamlaka qilingani,
tilining sotilgani haqidagi fikrlarni va erksizlik
yurtdagi ummonning qurishiga va u bilan
bog‘liq muammolarning yuzaga kelishiga
sabab bo‘lgani haqidagi xulosasini beradi:
Bilmabmiding vafoga,
Bu olam torligini.
Behishtdayin bu yurtda
Ilonlar borligini.
Alla aytgan tilingni
Sotgan asli kim edi?
O‘z elini tufroqqa
Otgan asli kim edi?[10]
Baxshi obrazi ushbu asarda ayollarni
g’aflat uyqusidan uyg’otib, yosh avlodni
vatanga
muhabbatli
qilib
tarbiyalashga
chaqiruvchi obraz sifatida keladi. Baxshi
so‘zlaridan ruhsiz tanasiga jon kirgan ayol
“quriyotgan ummon sohillari tomon yo‘l
olibdi”, deyiladi “Baxshiyona”ning xulosa
vazifasini bajaruvchi so‘nggi qismida. Ushbu
asar xotimasi:”Baxshining so‘zidan ayolning
ruhsiz
tanasiga
jon,
yonoqlariga
qon
yuguribdi.... Baxshi bilan ko‘p so‘zlashibdi,
xo‘p so‘zlashibdi, xo‘p sirlashibdi. So‘ng ayol
xasta
bolasini
bag‘riga
bosib,
baxshi
do‘mbirasini yoniga osib, quriyotgan ummon
sohillari tomon yo‘l olibdi”[10,19], deya
yakunlanadi.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash lozimki,
bu davr adabiyotidagi epos va she’riyat sintezi,
baxshi haqidagi mifologik qarashlar sintezi kabi
Universal International Scientific Journal
61
jihatlar ko‘zga tashlangan ekan, ular folklordagi
baxshilardan nimasi bilan farq qiladi, degan
haqli savol tug’iladi. Bu davr adabiyotida
yaratilgan baxshi obrazi elni ga’flat uyqusidan
uyg’otuvchi, unga o‘zligini anglatuvchi,
farzandlarni
vatanga
muhabbatli
qilib
tarbiyalashga undovchi, xullaski, xalqni yorug’
kunlarga olib chiquvchi, yovni tanituvchi va
uning hiylalariga qarshi sabot bilan kurashuvchi
g’oyaviy rahnamo sifatida gavdalanadi.
Shoiraning “Baxshiyona” turkumidagi
“Ertakdan so‘ng” she’rida turg‘unlik yillaridagi
paxta yakkaxokimligi bilan bog‘liq muammolar
tasviri beriladi. Ushbu she’r voqeband bo‘lib,
uning olti bandi 4 misrali, ilk va so‘nggi bandi
5 misradan iborat.
She’rning lirik subyekti qiyinchiliklardan
ezilgan qiz. She’rning ilk bandida lirik
subyektning ertakdagi shohning kenja qizi
bo‘lishni orzu qilishi berilgan (band “shohning
kenja qizi bo‘lsam, gulro‘yli” refren misrasini
ilk bandda va so‘nggi bandda takrorlash orqali
shakllangan) band bilan boshlanadi:
Bir kungina malikaga aylansam...
Shohning kenja qizi bo‘lsam, gulro‘yli.
Liboslarim bulutlardan tikilsa,
Dunyo g‘ami ertaklarda o‘qilsa,
Shohning
kenja
qizi
bo‘lsam,
gulro‘yli.[10,20]
Shoira qizning kechinmalarini ertakka
xos shohning qizidagi barcha imkoniyatlarning
borligi motividan o‘z davridagi paxta
yakkahokimligi,
ayollarning
og‘ir
va
mashaqqatli mehnati, ayollarning o‘zini yoqishi
kabi dolzarb muammolar tasvirini berishda
foydalanadi:
Ko‘zlarimdan silqqan qonli tomchilar,
Adog‘i yo‘q egatlarda tommasa.
Turkistonning mohitobon qizlari
Gulxanlarga qo‘shilishib yonmasa...[10]
She’rning xotima vazifasini bajaruvchi
so‘nggi bandida lirik subyektning ritorik
so‘roqlar asosidagi xitoblari va orzusi beriladi:
Ertakdan so‘ng... sira yerga tushmasam,
Bir kunga malikaga aylansam. [10,21]
She’rning oxirida yondosh matn vazifasini
bajaruvchi muallif fikri unda berilgan g‘oyaviy
mazmunni tushunishga imkon beradi:”Biz
turg‘unlik yillari deb atagan yillar nazdimda
og‘ir, noxush tushga, asta-sekin ta’sir qiladigan
shirin og‘uga, fojialar bilan insonni aldagan,
ruhini iztirobga, o‘kinchga soladigan ertakka
o‘xshaydi.”[10,21]
“Yo‘qolgan ishonch yoxud yolg‘onchi
shoh haqida” voqeaband she’rida shoira
ertaklarga xos shoh obrazini stilizatsiya qilish,
folklorga xos ma’lum bir obrazlarni zamonaviy
badiiy asarlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirish,
qaysidir davrda yashagan yolg‘onchi shohga
ritorik
murojaat
qilish
orqali
paxta
yakkaxokimligi, millatning tili va tarixining
unutishilishi, jaholatning avj olishi kabi
Universal International Scientific Journal
62
muammolar
tasvirini
beradi.
She’r
sarlavhasidan so‘ng rivoyat degan izoh
qo‘yilgan bo‘lsa-da, unda rivoyatga xos tasvir
yo‘q. She’rda zamon (kategoriyasi) qadim
o‘tmishga qaratilgandek ko‘rinadi, biroq she’r
matnidagi kechinmalar silsilasidan uning yaqin
o‘tmishdagi voqealar ta’sirida shakllangani
ayon bo‘ladi:
Yolg‘onchi shoh, yolg‘onchi shoh,
Yolg‘onchilarning shohi.
Qora terga botgan xalqning
Neda edi gunohi?
Paykallarda umri o‘tib,
Ko‘zlarida tomsa qon.
Sharaf deya evaziga yozding quruq
dasturxon.[10,22]
She’rda retrospeksiya asosida lirik
subyektning yoshligida ishongan tuzum oxiri
o‘z xalqini qul qilgan shaxslar hukmronligiga
asoslangani haqidagi armonlari ifodasi bilan
yakunlanadi:
O‘zbekiston jarohati
Yuragimga aylanar,
Menku sodda go‘dak edim,
Yo‘llaringga sochgan gul.
O‘sha ishonch evaziga
Egatlarga qilding qul.[10,24]
XULOSA
Istiqlol
davri
o‘zbek
adabiyotida
folklordan foydalanish tamoyili taraqqiy etdi,
mazkur davr she’riyatida sintezlashgan va
stilizatsion folklorizmlar asosida yuzaga kelgan
sintez shoirlar tomonidan istefoda qilindi. Ana
shunday ijodkorlardan biri Sharifa Salimova
bo‘lib, u baxshiyona asarlar yaratib, mustabid
tuzum va turg‘unlik yillarining keyingi davr
uchun keltirgan ayanchli oqibatlari: paxta
yakkahokimligi, Orolning qurishi, til va
tarixning unutilishi, ayollarning mashaqqatli
turmush tarzi kabi muammolar tasvirini berdi.
Shoira ushbu g‘oyaviy maqsadini xalq
dostonlari, ertakka xos obraz va motivlar
stilizatsiyasi orqali amalga oshirdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Eshanova Z. Halima Xudoyberdiyeva ijodida baxshiyona // Til va adabiyot.uz, 2024. –
№19. – B.34-36. https://tilvaadabiyot.uz/
2.
Mirzayeva S. O‘zbek realistik adabiyotida folklor an’analari. – Andijon, 2005. – 60 b.
3.
Suvonova J. Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy izlanishlar (Usmon Azim ijodi misolida).
Filol. fanlari nomz. ... diss. – Toshkent, 2000.
4.
Shukurov N. So‘z sehri – she’r mehri. – Samarqand: Zarafshon, 1992.
5.
Buriyeva F.N. Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar va shakllar rang-barangligi (Usmon Azim
va Xurshid Davron misolida). Filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). ... diss. – Samarqand, 2023.
6.
Xoliqova D. Usmon Azim ijodida xalqona motivlar // O‘zbek tili va adabiyoti. 2009. – № 6.
71-74 betlar.
Universal International Scientific Journal
63
7.
Jumanova Sh.I. Usmon Azim she’riyatida peyzaj tipologiyasi. Filol. fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD). ... diss. – Farg’ona, 2023.
8.
Дарвин М.Н. Циклизация / Теория литературных жанров : учеб. пособие ... /
М.Н.Дарвин, Д. М. Магомедова, Н.Д.Тамарченко, В. И.Тюпа; под ред. Н.Д.Тамарченко. —
М.:Академия, 2011. – С157-173.
9.
Quronov D.va boshq. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – 408 b.
10.
Sharifa Salimova. Tanlangan asarlar. She’rlar. – Toshkent: Adabiyot, 2022. – 480 б.
