Universal International Scientific Journal
8
Sotvoldiyeva Nilufar Ilhomjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Uzbekistan
GINKGO BILOBA L. O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI
VA AHAMIYATI
Abstract:
This article discusses the morphology, botanical description, distribution, and importance
of the ginkgo biloba plant. Ginkgo biloba is an open-seeded plant. It can be used in landscaping. It is a
beautiful plant that is resistant to fungal diseases, insects, and air pollution.
Keywords:
Ginkgo biloba, silver fruit, silver apricot, Jurassic, Cretaceous, Tertiary, evergreen tree.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ginkgo biloba o`simligining morfologiyasi, botanik tavsifi, tarqalishi,
ahamiyati yoritib berilgan. Ginkgo biloba ochiq urug’li o’simlik hisoblanadi. Ko’kalamzorlashtirishda foydalansa
bo’ladi. U zamburug’ kasalliklariga, hasharotlarga, havoning ifloslanishiga yaxshi chidaydigan chiroyli o’simlik
hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
ginkgo biloba, kumush meva, kumush o’rik, yura, bo’r, uchlamchi davr, umrboqiy daraxt.
Аннотация:
В этой статье описаны морфология, ботаническое описание, распространение и значение
растения гинкго двулопастный. Гинкго двулопастный - растение с открытыми семенами. Можно
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9
International indexes
Universal International Scientific Journal
9
использовать в ландшафтном дизайне. Это красивое растение, устойчивое к грибковым заболеваниям,
насекомым и загрязнению воздуха.
Ключевые слова:
гинкго двулопастный, плоды серебристые, слива серебристая, юра, мел, третичный
период, вечное дерево.
Language:
Uzbek
Citation:
Sotvoldiyeva , N. BOTANICAL DESCRIPTION, DISTRIBUTION AND IMPORTANCE OF
GINKGO
BILOBA
L.
Universal
International
Scientific
Journal,
1(9),
8–10.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1199
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14293458
Ginkgoales hozir Ginkgoaceae degan atigi
bitta oilani o’z ichiga oladi, bu oilaning birdan-
bir vakili ginkgo ( Gingko biloba) dir. O’tmish
geologik davrlarda bu tartib anchagina
formalarga ega bo’lib, Ginkgo biloba hozir
yovvoyi holda uchramaydi va Xitoy bilan
Yaponiyada, shuningdek, G’arbiy Yevropaning
botanika bog’larida ko’plab o’stiriladigan
madaniy o’simlik sifatidagina ma’lum. Bu
o’simlik 1960- yilda fanga ma’lum bo’lgan.
1712- yilda esa Gollandiyaning Yaponiyadagi
elchixonasining tabibi B. Kempfer tomonidan
unga ginkgo, yaponchadan tarjima qilinganda
"kumush o’rik" yoki "kumush meva" deb nom
bergan. Yaponiya bozorlarida uning iste’mol
qilinadigan urug’ini shunday deyishgan.
Ginkgoni bo’yi 30 m va undan undan ham
balandroq, tanasining diametri 3 metrdan
ortiqroq keladigan yirik daraxt. Yoshligida
piramidasimon ko’rinishda bo’ladi. Yon
shoxlari deyarli to’g’ri burchak hosil qilib
chiqadi. Po’stlog’i kulrang tusda, g’adir- budur.
Ginkgo (Ginkgo biloba) - ochiq urug’li
o’simliklar bo’limining ginkgodoshlar oilasiga
mansub hozirgi yagona vakili. Daraxtning yosh
niholi ba’zi nina bargli daraxtlarga o’xshab
ketadi, ammo bora- bora tashqi ko’rinishdan
terak
tusini
oladi.
Barglari
bandli,
yelpig’ichsimon, o’rtasida o’yig’i bor, kuzda
to’kiladi. Bargining chetlari tekis, egri- bugri
yoki bir oz kesilgan bo’lib, uchlari ikki pallaga
bo’lingan, barg bandi 10-12 sm uzunlikda.
Ginkgo barg tashlovchi daraxtdir. Gullari
mayda va ko’rimsiz. May-iyun oylarida
gullaydi, oktyabr-noyabr oylarida meva beradi.
Mevasi cho’ziq tuxumsimon bo’lib, olxo’ri
mevasiga o’xshab, qo’lansa hidli bo’ladi. Ochiq
urug’li o’simliklar ichida ginkgoda harakatchan
spermatozoidlar borligini birinchi marotaba
yapon olimi S. Xiraze 1896- yili Tokio
universitetining
botanika
labaratoriyasida
aniqlangan. Ginkgo madaniylashtirilgan daraxt.
U o’zining chiroyli va yirik barglari bilan eng
manzarali o’simliklar qatorida turadi. Ginkgo
ikki uyli o’simlik, erkak va urg’ochi gullari
kichikroq kuchalalarga to’plangan. Urug’i
Universal International Scientific Journal
10
yumaloq, danakli mevaga o’xshaydi. Mevasi va
urug’i yeyiladi. Janubiy Xitoyning ba’zi
joylaridagina yovvoyi holda o’sadi. Qrimning
janubida va Kavkazning Qora dengiz sohilida
ekiladi.O’rta Osiyoda ginkgoning barg va
yog’och qoldiqlari yuqori perm va trias davriga
tegishli yotqiziqlarda topilgan. O’rta osiyo
hududida ginkgoning 15 dan ortiq turi o’sgan.
Jumladan 2 turi Janubiy O’zbekistonda,
Tojikiston va Turkmanistonda o’sganligi
aniqlangan. Ginkgoning bir qancha turlari
Shimoliy
O’zbekiston,
Qozog’iston,
Qirg’iziston va deyarli hamma davlatlarda
Yura, Bo’r va Uchlamchi davr qatlamlaridan
topilgan.
Ginkgo tabobatda dorivor o’simlik sifatida
mevasini qaynatib va qovurib ozuqa sifatida
iste’mol qilib kelingan. Yog’ochlari bo’sh
bo’lganligi tufayli duradgorlikda ishlatilgan.
Ginkgo turli sernam tuproqlarda yaxshi o’sadi,
havoning changligiga, tutunlarga, shamolga,
sovuqqa chidamli, ildizi mahkam, kuchli
daraxt, tez o’sadi, yaxshi novdalar hosil qiladi.
O’simtalar daraxt to’nkasi va ildizlaridan
chiqadi. Ginkgo urug’i hamda qalamcha
yo’llari bilan yaxshi ko’payadi. Uni yozda och-
yashil, kuzda tilla-sariq rangli bargli o’simlik
bo’lganligi tufayl turli bog’larda, janubiy
rayonlarda
tashkil
qilinayotgan
qo’riqxonalarda,
buyurtmalarda
o’stirish
maqsadga muvofiqdir. Chunki ginkgo bahordan
to kech kuzgacha yaxshi ko’rinishli manzara
hosil qilib, odamlarni o’ziga jalb qiladi, bironta
inson uning oldidan to’xtamasdan o’ta olmaydi.
Ginkgoning bog’larini muhofaza qilish, yo’q
joylarda ekish, daraxtni ko’paytirish - har
birimizning vazifamizdir. Hozirgi kunda ginkgo
deyarli hamma mamlakatlarning botanika
bog’lari va parklarida madaniy holda o’stiriladi.
Ginkgo- umrboqiy o’simlik. Xitoy Yaponiya,
Koreyada 1000 yoshli va undan ham
kattaroqlari bor. Ginkgoni urug’i hamda
qalamchasidan ko’paytirish mumkin. Shuning
uchun ko’kalamzorlashtirishda foydalansa
bo’ladi.
U
zamburug’
kasalliklariga,
hasharotlarga, havoning ifloslanishiga yaxshi
chidaydigan chiroyli o’simlik hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Zaxarov V.B..Mamatov S.,Обшая биология. M., 2002;
2.
Chyen-sov Yu.S., Обшая цитология, M., 1984;
3.
Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1-3. M., 1990;
4.
Mavlonov O., Biologiya (Ma’lumotnoma), T., 2003.
5.
N.Grin va boshq. "Biologiya". 1990y.
6.
A.S.Troshin va boshq. "Sitologiya". 1970y-.
7.
T.B.Boyqobilov, X.Ikromov "Sitologiya."1980y.
8.
Sattiboev M.S. "O'simlik hujayrasi".T. 1990y.
