Universal International Scientific Journal
127
Ibragimova Ra’no Isakovna
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi
va agrotexnologiyalar instituti
Uzbekistan
HOZIRGI KUN YOSHLAR TARBIYASIDA AKSIOLOGIK YONDOSHUV
Abstract:
The issues of the application of new values and value systems that are formed when periods change
and new states emerge during the transition from one stage of human history to another are also topics studied by the
science of axiology. Axiology, as one of the most influential directions of education based on these values, is gaining
great importance in the recent period.
Keywords:
Axiology, axiological consciousness, value, self-awareness, doctrine, value, feeling.
Annotatsiya:
Insoniyat tarixining bir bosqichidan boshqasiga oʻtishida davrlar almashib, yangi davlatlar
vujudga kelganida shakillanadigan yangi qadriyatlar va qadriyat tizimlarining amalyoti masalalari ham aksiologiya
fani oʻrganadigan mavzular hisoblanadi. Aksiologiya bu qadriyatlarga asoslangan ta’limning eng ta’sirli
yoʻnalishlaridan biri sifatida keying davrda kata ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so‘zlar:
Aksiologiya, aksiologik ong, qadriyat, oʻzini anglash, ta’limot, qadr, tuygʻu.
Аннотация:
Вопросы новых ценностей и систем ценностей, формирующихся при переходе от одного
этапа человеческой истории к другому, а также возникновения новых государств, также являются темами,
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 8
International indexes
Universal International Scientific Journal
12
8
изучаемыми наукой аксиологией. Аксиология как одно из наиболее влиятельных направлений образования,
основанного на этих ценностях, в последние годы приобретает все большее значение.
Ключевые слова:
Аксиология, ценностное сознание, ценность, самосознание, учение, ценность,
чувство.
Language:
Uzbek
Citation:
Ibragimova , R. (2024). AXIOLOGICAL APPROACH TO THE EDUCATION OF YOUTH
TODAY.
Universal
International
Scientific
Journal,
1(8),
127–131.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1189
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14236321
Mustaqillik yillarida falsafiy bilimlar
tizimiga
nafaqat
milliy,
ayni
vaqtda
umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan
qarash imkoni paydo boʻlgani sababli
aksiologiyaga nisbatan ijobiy munosabat qaror
topmoqda, qadriyatlar mavzusiga katta e’tibor
berilmoqda. Bugungi kunda qadriyatlarni
qayta baholash, azaliy milliy qadriyatlarimizni
tiklash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga
bezavol yetgazish, islohat va oʻzgarishlarning
xalqimiz ongida yangicha qadriyatlarga
aylanib
borayotgan
jihatlarini
aniqlash,
mavjud muammolarni hal qilishda ana shu
qadriyatlarga mos usullarni qoʻllash kabi
masalalar paydo boʻldi. Ularni yechish
aksiologik mavzularni kun tarkibiga muhim
masala qilib qoʻya boshladi. Aksiologiya
(yunoncha axio-qadriyat va logus fan,
ta’limot)
qadriyatshinoslik
ma’naviy
xodisalardan biri boʻlgan qadriyatlar sohasini
oʻrganadigan, unung qonun va kategoryalarini
tadqiq qiladigan ilm yoʻnalishi, qadriyatlar
haqidagi fan boʻlib asta-sekin asosiy fanlar
qatorida
mamlakatimizda
oʻrganilib
kelinmoqda.
Aksiologiya XIX asrning ikkinchi yarmida
nemis qadriyatshinos olimi E.Gartman va
fransuz olimi P.Lapi tomonidan ilmiy
istemolga kiritilgan. Aksiologiya aksiologik
ong, qadrlash tuygʻusi, aksiologik bilish,
qadrlash tamoyiliga tayanib, toʻplangan
qadriyatlar toʻgʻrisidagi bilimlar sistemasidir.
Zamonaviy aksiologiyada obektiv, subektiv va
plyuralistik oqim hamda yoʻnalishlar mavjud.
Aksiologiya ‟qadr”, ‟qadrlash”, ‟qadriyatlar”,
‟qadriyatlar
tizimi”
kabi
aksiologik
kategoryalarni, ularning turli shakllarini
oʻrganadi. Qadriyatlar tizimining ijtimoiy
taraqqiyotiga bogʻliq qonun, qadriyatlar
tizimining oʻzgarishi va takomillashuvi bilan
bogʻliq aksiologik qonunlar ham aksiologiya
shugʻullanadigan masalalar doirasiga kiradi.
Ammo qadriyatlar mavzusi koʻhna va
navqiron Sharq, uning tarkibiy qismi boʻlgan
Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston mutafakkirlari
hamda olimlari uchun begona emas!
Qadriyatshunoslik tarixining eng teran
jihatlarini faqat Gʻarbdan emas, balki
Sharqdan
qidirish
ham
foydadan
holi
boʻlmaydi. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn
Sino, Najmiddin Kubro, al-Buxoriy, at-
Termiziy, Yassaviy, Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy,
Mashrab,
Bedil,
Maxtumquli,
Abay,
Behbudiy, A.Avloniy kabi mutafakkir va
olimlarning ijodida ham bu mavzuning izlari
bor. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni
unutmaslikda, yangilab turishda, zamona
realliklari nuqtai nazaridan xolisona talqin
qilishdadir.
Qadriyatlar
muammosining
Universal International Scientific Journal
12
9
falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan
qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat,
dostonlarga, ya’niy xalq ogʻzaki ijodi
namunalariga borib taqaladi. Xalq ogʻzaki
ijodida
koʻproq
umumbashariy
va
umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berilgan,
ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin
qilingan. Spetamen, Alpomish, Tumaris va
Shiroq
toʻgʻrisidagi
dostonlarda
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun
fidoiylik ruhi badiiy tasvirlangan. “Bu
dostonlarni, qadimgi yunonlarning “Iliada” va
“Odisseya”
dostonlari
bilan
qiyoslash
mumkin”. Qadimgi odamlar borliq toʻgʻrisida
oʻylaganlarida,
afsona,
hikoyat
yoki
dostonlardan soʻzlaganlarida olamning qadri,
uning cheksizligi, koinot va odamzod
aloqalari, inson umrining ma’no, mazmuni,
maqsadi hamda botirlik, oqillik, hokisorlik,
yaxshilik, vafodorlik, vatanparvarlik kabi
qadriyatlarga izoh berganlar, hatto ularni
ilohiylashtirganlar.
Qadriyatlar
har
jamiyatning boyligi, milliy iftixori, ularni
avaylab-asrash,
muhofaza
qilish,
yosh
avlodlarga yetkazish ilm ahlining insoniy
burchidir.
Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash -
millatning oʻziga hurmat bilan qarashning
asosiy boʻgʻinidir. Ming yillar mobaynida
shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi
davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar
bilan qoʻshilib taraqqiyotimizni tezlatadi,
gʻoyaviy
va
ma’anaviy
poklanishni
ta’minlashga
koʻmaklashadi.
Qadriyatlarimizning barcha turlari insonning
farovon hayot kechirishi, erkin yashashi,
ma’naviy-ahloqiy kamol topishi uchun xizmat
qiladigan
vositalar
boʻlib
hisoblanadi.
SHuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-
asrash, ularni qoʻriqlash, yuksaltirish inson
hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta
ahamiyat kasb etadi. Bashariyat koʻp ming
yillik tarixi davomida erkin, baxtli va goʻzal
hayot kechirishi uchun zarur boʻgan xilma-xil
qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va
erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar,
siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. Insonning
goʻzal yashishi uchun zarur boʻlgan badiiy
estetik qadriyatlarni rivojlantirdi. Kishilarni
qadriyatlarga iste’molchi yoki kuzatuvchi
sifatida qarash kayfiyatidan holi etib, aksincha
ularni yanada koʻpaytirish, yuksaltirish payida
boʻlishlariga erishishiga alohida e’tibor berish
kerak. Ma’lumki, hayotda hech bir narsa
adabiy
emas.
Bu
qadriyatlarga
ham
taalluqlidir. Qadriyatlar katta ijtimoiy-siyosiy,
falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular
oʻtmish bilan hozirgi kun oʻrtasidagi
vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning
tarixi, uning oʻtmish hayoti, madaniyati
gavdalanadi. SHuning uchun ham har bir
siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlaridan
oʻz maqsadi, manfaati yoʻlida foydalanib
kelgan va hozir ham shunday boʻlmoqda.
Qadriyatlar oʻz-oʻzidan bevosita insonning
ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman
jamiyat
taraqqiyotini
belgilay
olmaydi.
Qadriyatlarning ahvoli, ahamiyati, insonga
koʻrsatadigan ta’siri, uning istiqboli u yoki bu
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan
olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari
bilan uzviy bogʻlangandir. Buni biz oʻzbek
xalqi milliy qadriyatlarning oʻtmishdagi va
hozirgi ahvolidan yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Buyuk olim va mutafakkir Muxammad al-
Xorazmiy
olimning
qadri,
oʻtmishlari
fikrlarini kelajakka xokisor etkazib berishda,
deb hisoblagan va shunday yozgan: ‘Oʻtmish
davrlarda oʻtgan olimlar fanning turli
tarmoqlari, sohasida asarlar yozish bilan
Universal International Scientific Journal
1
30
oʻzlaridan keyingi keladiganlarni nazarda
tutardilar. Ulardan biri oʻzidan avvalgilardan
qolgan
ishlarni
amalga
oshirishda
boshkalardan oʻzib ketadi, uni oʻzidan keyin
keluvchilarga meros qoldiradi, boshqasi
oʻzidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi,
bu
bilan
qiyinchiliklarni
osonlashtiradi,
oʻzidan avvalgilar haqida yaxshi fikda boʻladi,
takabburlik qilmaydi va oʻzi qilgan ishidan
magʻrurlanmaydi”. Bu soʻzlar butun Sharq
olimlari uchun umumiy talab, kamolot
mezoni, hozirgi intellektual mulk egalari
ma’naviy qiyofasining asosiy xususiyati
sifatida namoyon boʻladi.
Qadriyatlar
mavzusini
Abu
Rayxon
Beruniy ham chetlab oʻtmagan. Uning
fikricha, ma’naviy qadriyatlarning vujudga
kelishi ijtimoiy, munosabatlar, kishilarning
yashash tarzi, moddiy ehtiyojlari, qiziqishlari,
manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan
uzviy
bogʻlangan.
Masalan,
kishilar
oʻrtasidagi hamkorlik odamlarning birlashish
ehtiyojlari kucliligi Beruniy hunar, savdo-
sotiq,
mamlakatlararo
madaniy-ilmiy
aloqalarni kuchaytirish, ijtimoiy hayotda ilm-
fanni rivojlantirish, uning rolini oshirishning
tarafdori boʻlgan. Shu bilan birga u arab
bosqinchiligini, ularning yurtimiz madaniy
yodgorliklarini yoʻqotish sohasidagi siyosatini
qoralaydi, madaniy taraqiyotda vorislikning
zaruriy ekanligini ta’kidlaydi.
Qadriyatlar muammosi Abu Ali Ibn
Sinoning (980-1037) ham diqqat e’tiborida
boʻlgan. Olim asarlarining katta qismi falsafiy
muammolarga bagʻishlab yozilgan, afsuski,
ularning koʻpchiligi masalan, “Adolat” nomli
falsafiy ensiklopediyasi, “Sharq falsafasi”,
“Yaxshi ish va gunoh” asarlari bizgacha yetib
kelmagan.
Qadriyatlar
muammosi
Ibn
Sinoning “Donishnoma”, Solomon va Ibsol”
kabi bizgacha yetib kelgan asarlarida ham oʻz
ifodasini topgan. Uning nazarida oʻz ibtidosini
Allohdan olgan borliq va tabiat insonni oʻrab
turuvchi abadiy makondir. Shu jihatdan uning
qadri beqiyos, inson esa hamma boyliklarni
tabiatdan oladi, undan oʻziga davo topadi.
Shuningdek Ibn Sino ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarning
ahamiyatiga ham katta e’tibor bergan.
Uning fikricha, odamning qadri boshqalar
bilan hamkorligi, yaxshi axloqiy fazilatlarga
ega boʻlishga intilishi, donoligi, boshqalarga
yaxshilik qila olishidadir.
Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat
uchun ahamiyatli boʻlgan, millat, elat va
ijtimoiy
guruhlarning
manfaatlari
va
maqsadlari yoʻlida erkinlik, ijtimoiy adolat,
tenglik, xaqiqat, ma’rifat, goʻzallik, yaxshilik,
xalollik, burchga sadoqatli singari fazilatlar
majmun tushuniladi. O’tmishdagi barcha
falsafiy ta’limotlarda qadriyatlarning mohiyati
va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni
masalasiga katta e’tibor qaratilgan.
Qadriyatlar
jamiyat
taraqqiyotining,
moddiy va ma’naviy boyliklar rivojining
yakuni, inson kamolotining kelajak uchun ham
katta
ahamiyat
kasb
etadigan
ijobiy
mahsulidir. Ma’lumki, jahon xoʻjaligiga
kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish
muhim omil boʻlib hisoblanadi. SHunday
ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti
talablariga toʻliq javob bera oladigan
davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yoʻlga
qoʻyish katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada
Prezidentimiz tomonidan, ilmiy asoslab
berilgan va hozirgi kunda izchillik bilan
hayotga tadbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar
strategiyasi qoʻl kelmoqda. Respublikamizda
oʻtkazilayotgan islohotlar yoʻli yetakchi
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar,
Universal International Scientific Journal
1
3
1
jahon jamoatchiligi, jahondagi rivojlangan eng
yirik mamlakatlar tomonidan keng qoʻllab-
quwatlanmoqda. Xalqimizning rang-barang va
boy madaniyati jahon xalqlari madaniyatining
ajralmas qismidir. Koʻp asrlar davomida
shakllanib, mazkur xalqning ruhiy boyligini,
uning
urf-odatlari,
an’analarini
mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni vaqtda
umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini
tashkil etadi. YUksak milliy madaniyat,
ma’naviyat hamma vaqt jahon xalqlarini bir-
biriga yaqinlashtiruvchi vosita boʻlib kelgan
va hozir ham shunday boʻlib kelmoqda.
Xalqimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-odat
va an’analari, boy me’morchilik san’ati jahon
xalqlarida zoʻr qiziqish uygʻotmoqda. Milliy
madaniyat, ma’naviyatimizni mintaqaviy va
umuminsoniy
qadriyatlar
bilan
yaqinlashtirish, jahon xalqlari bilan madaniy
aloqalarimizni mustahkamlash va yanada
taraqqiy ettirish davlatimiz siyosatining
muhim yoʻnalishini tashkil etadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki,
aksiologik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli
boʻlib, olam, voqelik va hayotni qadrlash
tuygʻusi asosida oʻziga xos tarzda aks ettiradi.
Unga asoslangan munosabat, yondashuv,
amaliyot va faoliyatlar ham boshqalardan farq
qiladi. Masalan, huquq kishilarning huquqiy
munosabatlari va bu boradagi faoliyatini aks
ettiradi. Huquqiy talablar va normalar esa
qonun yoki qoidalarga aylangan, muayyan
hujjatlarda aks ettirilgan boʻladi. Aksiologiya
esa boshqalaridan farq qilib, axloq, estetika
bilan bogʻliq qoida va talablarni hayotga joriy
etishda
jamoatchilik
fikri,
faoliyat
va
yashashning ma’naviy mezonlari sifatida
namoyon boʻladi. Ularning foyda yoki
ziyonini aniqlashning aniq oʻlchami yoki
mezonlari yoʻq. Aksiologik ong insonda
tuygʻu, ularning qadrini anglab olish, idrok
qilish, uning ahamiyatini his qilish bilan,
umuminsoniy xususiyatlar bilan ifodasini
topadi.
Olamga
qadriyatli
munosabat
shakllanishi har bir kishining yetuk inson
sifatida voyaga etishi jarayonining tarkibiy
qismidir. Kishi kamolot sari borar ekan oʻzi,
oʻzgalar, tashqi muhit, olam, umr, vaqt, davr
va boshqalarning haqiqiy qadrini anglash
tomon boraveradi.
Literature
1.
Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya) - T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2004. 196 b.
2.
Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. -T.: Yozuvchi, 1996. 276-6.
3.
Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. 1 kitob. - T.: Meros. 1993. 5-bet.
4.
Muxammad ibn Musoal-Xorazmiy. Tanlangan asarlar. - T.: fan, 1983. 59-bet.
5. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998.
6. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: Oʻzbekiston, 1999.
7. Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994.
8. Hakimov I. Sogʻlom muhit - sogʻlom avlod. – Toshkent: Oʻzbekiston, 1999.
9. Achildiyev A.S. Milliy gʻoya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2004.
