Mualliflar

  • Yulduz Akramova
    Toshkent Oriental Universiteti Linvistika (ingliz tili) fakulteti 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.65267

Kalit so‘zlar:

ona tili so‘z so‘z birikmasi gap xususiyat kognitivlik birikma moslashuv boshqaruv bitishuv mantiq ega kesim

Annotasiya

Ushbu maqolada so’z va so‘z birikmalarining ta’rifi, ularning xususiyatlari va turlari haqida aytib o‘tilgan. Bundan tashqari so‘z birikmalarining tarjima sohasidagi o‘rni va ahamiyati ham alohida misollar va ta’riflar bilan tushuntirib o‘tilgan.  So‘z birikmalarining gap, so‘z, matndan farqi aytib qiyoslab berilgan. O‘zbek tilida so‘z birikmasining amaliy ahamiyati va tilshunoslik fanidagi o‘rni alohida ta’kidlab ko‘rsatib o‘tilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

25

Universaljurnal.uz

Akramova Yulduz Isroilovna

Toshkent Oriental Universiteti
Linvistika (ingliz tili) fakulteti

2-bosqich magistranti

Uzbekistan

y1689909@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada so’z va so‘z birikmalarining ta’rifi, ularning xususiyatlari va turlari

haqida aytib o‘tilgan. Bundan tashqari so‘z birikmalarining tarjima sohasidagi o‘rni va ahamiyati ham

alohida misollar va ta’riflar bilan tushuntirib o‘tilgan. So‘z birikmalarining gap, so‘z, matndan farqi aytib

qiyoslab berilgan. O‘zbek tilida so‘z birikmasining amaliy ahamiyati va tilshunoslik fanidagi o‘rni alohida

ta’kidlab ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

ona tili, so‘z, so‘z birikmasi, gap, xususiyat, kognitivlik, birikma, moslashuv,

boshqaruv, bitishuv, mantiq, ega, kesim.

Аннотация:

В данной статье дается определение слов и словосочетаний, их характеристика и

типы. Кроме того, на конкретных примерах и определениях поясняется роль и значение

словосочетаний в сфере перевода. Сравнивается разница между словосочетаниями и

предложениями, словами и текстами. Подчеркивается практическое значение словосочетаний в

узбекском языке и их роль в лингвистике .

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

SO‘Z BIRIKMASI VA UNING TURLARI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 2

Published: 10.02.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

2

6

Ключевые слова:

родной язык, слово, словосочетание, предложение, характеристика,

когнитивный, сочетание, адаптация, контроль, союз, логика, притяжательный, причастие.

Abstract:

This article describes the definition of words and word combinations, their characteristics

and types. In addition, the role and importance of word combinations in the field of translation is explained

with specific examples and definitions. The difference between word combinations and sentences, words,

and texts is compared. The practical importance of word combinations in the Uzbek language and their role

in linguistics are emphasized.

Keywords:

native language, word, word combination, sentence, characteristic, cognitive,

combination, adaptation, control, conjunction, logic, possessive, participle.

.

Language:

Uzbek

Citation:

Akramova , Y. (2025). WORD COMPOUND AND ITS TYPES. Universal International

Scientific

Journal,

2(2),

25–31.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1433

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14859709

Google scholar:

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=SO%E2%80%98Z+BIRIKMASI+VA+UNING+TURLARI&btnG=

KIRISH
Dunyodagi

fanlarning

eng

qadimiylaridan biri - tilshunoslik necha o‘n
asrlardirki, til deyiladigan tilsimning
tabiatini, tub mohiyatini tushunish va
tushuntirish yo‘lida tinimsiz izlanadi. Ayni
izlanishlarning hosilasi o‘laroq bu fanda
xilma-xil yo‘nalishlar, ilmiy qarashlar
nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan
bugun bexabar bo‘lgan tilshunos yo‘q. Shu
bois keyingi yillarda lisoniy qurilishning
umumiy qonuniyatlarini o‘zbek tili
materiallari asosida yangicha tadqiq etish
va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar
silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning
salmog‘i kundan kunga oshib bormoqda.
Sintaksis grammatikaning bir qismidir.
Grammatika so‘z tuzilishini va gap
tuzilishini, demak, tilning Grammatik
qurilishini o‘rgatadigan fandir. Grammatik
qurilish tilning asoslaridan biridir: har bir

tilning negizi uning grammatik qurilishi
bilan leksikasidir.

Grammatika

morfologiya

va

sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya
so‘zning strukturasini: so‘z formalarini,
ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zning
nutqda o‘zgarish qoidalarini belgilaydi –
so‘zlarning morfema sostavini va leksik-
grammatik

katergoliyalarini,

so‘z

turkumlarini

o‘rgatadi.

Morfologiya

odatda so‘z yasalish masalalarini ham
tekshiradi; sintaksis esa so‘z birikmasida
va gapda so‘zlarning birikish yo‘llarini,
gapning

strukturasini,

tiplarini,

gap

bo‘laklarini tekshiradi. So‘zning o‘z
formasini

o‘zgartirishi odatda uning

boshqa so‘z bilan bog‘lanishini ko‘rsatadi.
Masalan, uning daftari, maktabga bor.
Yana

bir

misol:

kelishik

affikslari

morfologiyada so‘zning turli formalari
sifatida o‘rganiladi, sintaksisda esa bu kabi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

2

7

formalarning qo‘llanishi – so‘z birikmasi
va gapdagi vazifasi tekshiriladi, ular
sintaktik munosabatning vositasi sifatida
qaraladi. So‘zning har bir konkret formasi
butun sistemaning bir ko‘rinishidir. Har bir
gapda ma’lum funksiyani bajaruvchi so‘z
har gal shu ayrim formaga ega bo‘ladi.
So‘zlar turli formalarda o‘zaro bog‘lanib,
o‘z morfologik xususiyatlaridan tashqari,
ma’lum sintaktik xususiyatlarga ega
bo‘ladi: tilning fikr bayon qilish
sistemasida biror grammatik funksiyani
bajaradi (ega, kesim va boshqalar). Demak,
morfologiyadagi so‘z turkumlari nutqda
gap bo‘laklari vazifasini bajaradi. Bu narsa
so‘z turkumlari bilan gap bo‘laklarining
bog‘lanishini ko’rsatib turadi.

Nutqda, gapda so‘zlar ma’lum

grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan
bog‘langan bo‘ladi. Masalan, uning qizi
(gapirdi), yosh bola (yugurdi), sekin
gapirdi.

Misollardagi

har

bir

juft

grammatik butunlikni hosil qilgan bo‘lib,
yaxlit, biroq o‘z ichida qismlarga
bo‘linadigan tushunchani, bir butun
tushunchani bildiradi. Bu kompleksdagi –
qo‘shilmadagi

so‘zlarning

aloqasi

grammatik jihatdan shakllangadir. Ikki
yoki undan ortiq mustaqil so‘z dan tuzilib,
bir grammatik butunlik, semantik yaxlitlik
tashkil qilgan har bir kompleks so‘z
birikmasi sanaladi. Nutqdagi har qanday
butunlik bir so‘z birikmasi bo‘lavermaydi,
bu bog‘lanishning boshqacha ko‘rinishlari
ham bor. Moslashuv. Bunda bog‘langan
har ikki so‘z bir-biriga muvofiqlashib, tobe
so‘z shu aloqaga mos hokim so‘z formada

keladi; ulardan birining o‘zgarishi bilan
boshqasi ham o‘zgarib, shunga mos
formaga o‘tadi – o‘z shakllanishini unga
barobarlashtiradi. Masalan, terimchining
hikoyasi.

Qaratqich

bilan

qaralmish

moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi; shaxs va
sonda moslashadi. Bunday tobelanishning
asosiy xususiyati tobelanish bir qismning
boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir.
Tobe so‘z bilan hokim so‘z bir-biriga
moslashadi, harakat, belgi va predmetning
qaysi predmetga tegishliligi ko‘rsatiladi.
Masalan, mening vatanim, gullarning guli,
talabalarning o‘qishi. Gullarning guli -
Nargis . Bunda guli (hokim) so‘z talaba
bilan gullarning (tobe so‘z ) qaratqich
kelishik qo‘shimchalarini olib kelgan.
Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek
sayraydi kabi. Moslashuv hodisasi so‘z
birikmasining

doirasi

bilangina

cheklanmaydi. Ega va kesim moslashuv
yo‘li bilan bog‘lanadi.

Bunday birikma “qaratuvchi va

qaralmish” qolipida tuziladi; birinchi a’zo
ot, ot tur yoki otlashib kelgan leksema bilan
ifodalanadi, qaratqich kelishigida bo‘ladi.
Shunday leksema shakl sintaktik jihatdan
ikkinchi a’zoga bog‘lanadi. Ikkinchi
a’zoga birinchi a’zo bilan sintaktik
bog‘lanish tufayli nisbatlovchi qo‘shiladi;
nisbatlovchidan

oldin

sonlovchi

qatnashadi, birlik yoki ko‘plik sonlovchisi
obyektiv voqelikka ko‘ra tanlab qo‘shiladi;
turlovchi esa birikmaning boshqa bir
leksema yoki birikma bilan sintaktik
bog‘lanishi natijasida qo‘shiladi, shunga
ko‘ra ikkinchi a’zo (birikma yaxlitligicha)


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

28

asli leksema (birikma) holatida bo‘ladi,
leksema shaklga (birikma shaklga) keyingi
sintaktik bog‘lanish natijasida aylanadi:
hovlining o‘rtasi , cholning nabirasi- kabi.
a’zo munosabati jihatidan qaralmishdan
anglashiladigan

predmet

yoki

belgi

qaratuvchidan anglashiladigan predmetga
(predmet tasavvuridagi belgiga) tegishli
ekani (nisbat berilayotgani) ifodalanadi:
o‘rta hovliga, nabira cholga tegishli.
Qaratuvchili

birikma

ifodalaydigan

ma'nolar deb xoslik, butunning bo‘lagi,
to‘dadan ajratilgan qism, o‘ringa, vaqtga
munosabat ma'nolari ta'kidlanadi. Asli bu
ma’nolar – birikmaning ma’nolari emas,
balki

qaratuvchi,

qaralmish

bo‘lib

keladigan leksemalardan anglashiladigan
ma’nolar.

Qaratuvchili birikmada turlovchilar

paradigmasining

bir

vakili-qaratqich

kelishigi bilan nisbatlovchilar paradigmasi
morfemalari orasidagi bog‘liqlik namoyon
bo‘ladi. Bunda kelishik sintaktik aloqani
ta’minlashda qatnashadi va sintaktik vazifa
ko‘rsatkichi bo‘ladi; nisbatlovchi esa
sintaktik aloqani ta’minlashda qatnashadi,
lekin shakl o‘zgartiruvchi ekanidan qat’i
nazar, sintaktik vazifaga nisbatan betaraf
bo‘ladi.

Qaralmishga

nisbatlovchi

qaratuvchidan anglashiladigan shaxs, son,
modal ma’nolarga muqobil holda tanlab
qo‘shiladi. Qaralmishga qaysi nisbatlovchi
qo‘shilishini qaratuvchining kelishik shakli
emas, balki kelishik qo‘shiladigan asos,
shu asosdan anglashiladigan shaxs, son,
modal ma’no belgilaydi: mutanosiblik
asosdan

anglashiladigan

grammatik

ma’nolar bilan morfema (nisbatlovchi)
ifodalaydigan ma’nolar orasida voqe
bo‘ladi.

Qaratuvchi tarkibidagi kelishik shakli

va

qaralmish

tarkibidagi

sonlovchi

mutanosiblik

aloqasida

qatnashmaydi.

Mutanosiblik

qaratuvchi

bilan

qaralmishning grammatik shakllarida voqe
bo‘lmaganligi sababli bunday birikma
a’zolari

orasidagi

sintaktik

aloqa

moslashuv emas, balki muvofiqlashuv
deyiladi (Rus tilshunosligida ega bilan
kesim

orasidagi

bunday

aloqa

koordinatsiya deb nomlanadi: lot. co(n) -
birgalikda, ordinatio - “tartibli joylashuv”.
Bunday sintaktik aloqaga sootvetstviye
ham

deyiladi).

Qaralmishga

qaysi

nisbatlovchining

qo‘shilishi

qaratuvchining qanday turkum leksemasi
bilan

ifodalanishiga,

qisman

uning

grammatik shakliga bog‘liq:

1. Qaratuvchi kishilik olmoshi bilan

ifodalanganida qaralmishga shu olmoshga
mutanosib nisbatlovchi qo‘shiladi: mening
uy + im- , mening uylar +im- , sening uy +
ing- , sening uylar + ing- , uning uy + i- ,
uning uylar + i- ,bizning uy + imiz- ,
bizning uylar + imiz- kabi.

2. Qaratuvchi ot leksema bilan,

boshqa

turkum

leksemalarining

ot

tabiatlituri, shuningdek otlashib kelgan
holati bilan ifodalanganida qaralmishga III
shaxs nisbatlovchisi qo‘shiladi:

a) ot leksema bilan ifodalanishi:

uyning devor +i- , uylarning devor +i-,
uyning devorlar + i - , uylarning devorlar +
i- kabi;


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

29

b) fe'lning otdosh shakli bilan

ifodalanishi: rozi qilishning yo‘l + i- , rozi
qilishning yo‘llar + ikabi;

d) olmoshning ot turlari bilan

ifodalanishi: kimning kitob + i- ,
kimlarning kitob + i-, kimning kitoblar + i-
, kimlarning kitoblar + i- , allanarsa-ning
sharpa + si- , allanarsalarning sharpa + si- ,
allanarsaning

sharpalar

+

i-

,

allanarsalarning sharpalar + i- kabi;

e) boshqa turkum leksemasining

otlashib kelgan holati bilan ifodalanishi:
yaxshining fazilat + i- , yaxshilarning
fazilat + i-, yaxshining fazilatlar + i- ,
yaxshilarning fazilatlar + i- ; buning qilig‘
+ i- , bularning qilig‘ + i- , buning qiliqlar
+ i- , bularning qiliqlar + i- kabi;

f) ikki va undan yuqori miqdorni

anglatadigan miqdor son, shuningdek
hamma- kabi leksema bilan ifodalanishi:
o‘nning yarm + i- , hammaning fikr + i
kabi.

3. Qaratuvchi bo‘lib ko‘plik ma’nosi

ifodalanadigan jamlovchi son, hammakabi
leksema kelganida kelishikdan oldin
odatda ko‘plik nisbatlovchisi qo‘shiladi:
ikkala + miz + ning istag + imiz- , ikkala +
ngiz + ning istag + ingiz- , ikkala + si +
ning istag + i- ; hamma + miz + ning istag
+ imiz- kabi.

Qaratuvchi

tarkibidagi

nisbatlovchidan ko‘rinib turibdiki, bunday
qurilma

asli

uch

a’zoli:

bizning

ikkalamizning istagimiz- kabi. Bunday uch
a’zoli qurilma alohida ta’kidlash zarur
o‘rinda-gina ishlatiladi; boshqa o‘rinlarda
ikki a’zoli qurilma ishlatiladi, shu yo‘l

bilan uslubiy g‘alizlik, ortiqchalik bartaraf
qilinadi.

Bunday

qaratuvchi

bilan

qaralmish tarkibiga nisbatlovchilarning
ko‘plik shakli o‘zaro moslashib qo‘shiladi.
Bu yerdagi moslashuv muvofiqlashuv
aloqasi tarkibida ichki hodisa sifatida voqe
bo‘ladi.

4. Yuqoridagi bandda tasvirlangani

kabi hodisa qaratuvchi o‘z- ta’kid birligi
bilan ifodalanganida ham voqe bo‘ladi;
yuqoridagi ifodalanishdan asosiy farqi
shuki, bu yerda nisbatlovchilarning birlik
shakllari ham ishlatiladi: o‘z + im + ning
uy + im- , o‘z + imiz + ning uy + imiz- kabi.
Bunday

qaratuvchi

ta’kidma’nosini

ifodalashgagina xizmat qiladi. Ikkinchi
farq shuki, bunday vazifada kelgan o‘z
leksemashakli grammatik ko‘rsatkich, shu
jumladan nisbatlovchi qo‘shilmagan holda
ham keladi: o‘z + im + ning uy + im- - o‘z
uy + imkabi. Bunda o‘z leksemashakli
tashqi ko‘rinishda sifatlovchini eslatadi.

O‘zimning uyim- birikmasida oldingi

a’zo tarkibidagi nisbatlovchi keying a’zo
tarkibidagi

nisbatlovchiga

o‘zaro

moslashib qo‘shiladi, natijada ortiqchalik
voqe

bo‘ladi.

Bunday

ortiqchalik

tilshunoslikda

pleonazm

deyiladi

(yunoncha pleonasmus “ortiqchalik”).
Тilning tejamkorlik qoidasiga binoan
oldingi

a'zo

tarkibidagi

nisbatlovchi

tushiriladi, ayni vaqtda qaratqich kelishigi
affiksi ham tushiriladi, chunki kelishik
affiksi

o‘zta’kid

birligiga

bevosita

qo‘shilmaydi.

Qaratuvchi

qaralmishsiz

ishlatilmaydi, chunki qaratqich kelishigi-


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

3

0

ning o‘zi doirasida tugallik bo‘lmaydi,
qaralmish

tarkibidagi

nisbatlovchi

bilanbirgalikda-gina grammatik shakl tugal
tus oladi. Qaralmish ham asosan qaratuvchi
bilan

birgalikda

ishlatiladi.

Faqat

qaratuvchi

kishilik

olmoshi

bilan

ifodalanganida,

qaratuvchi

nutqning

oldingi qismida aniq ifodasini topganida
bunday qaratuvchini tushirish, keltirmaslik
mumkin: mening uyim- birikmasining
birinchi a'zosi tushirilib, uyim- tarzida
ishlatilishi kabi.

Bunday tushirishga asos bor: kishilik

olmoshi leksik ma'no anglatmaydi, faqat
shaxs, son, o‘rni bilan modal ma'noni –
grammatik ma'nolarni ifodalashga xizmat
qiladi. Xuddi shu grammatik ma'nolarni
nisbatlovchi ham ifodalaydi. Natijada
o‘ziga xos pleonazm hosil bo‘ladi. Bu
yerdagi pleonazm qaratuvchi vazifasidagi
leksema shaklni ishlatmaslik bilan bartaraf
qilinadi, natijada birikmaga teng holat
yo‘qoladi. Ikkinchi a’zoda qaralmishlik

holati yo‘qolmaydi: nisbatlovchi bunga
yo‘l qo‘ymay Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, mantiq urg‘usi tushganida,
shuningdek boshqa ayrim talablarga ko‘ra
bunday

ifodalanadigan

qaratuvchi

tushirilmaydi: Mening singlim – a’lochi
kabi. Тushirilgan qaratuvchini zarur
o‘rinda bemalol tiklash mumkin: Singlim –
a’lochi – Mening singlim – a’lochi kabi.

XULOSA
Xulosa qilib aytaydigan bo’lsak,

moslashuvli so’z birikmalarida faqatgina
shakliy butunlik emas, ma’noviy butunlik
ham ahamiyatga ega. Qaratqich kelishigi
tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik
qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga
bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos.
Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar
qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning
ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib,
mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi
vositalardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Hojiyev A. O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. – Toshkent:”O’zbek tili

va adabiyoti jurnali”,2007. 3-4 – betlar

2. Hojiyev A. O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. – Toshkent:”O’zbek tili

va adabiyoti jurnali”,2007. 3-4 – betlar

3. Nurmonov A., Sarimsoqov B. Til sistemasida so’zlarning o’rni va so’zlarni

turkumlarga ajratish, 1999.

4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. Toshkent, 2006.
5. Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova

Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent: 2010.

6. Кононов А.Н. Грамматика срвременного узбекского литературного

языка.М.,Л.,1960. 77- стр


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

31

7. Alimova D. So’z va uning xususiyatlari:.. ziyonet.uz. – Samarqand, 2011.
8. Fayzullayev M. O’zbek tilida so’z turkumlari tasnifi masalalari: …ziyonet.uz . –

Buxoro, 2014. Shakarova N. O’zbek tili morfologiyasining shakllanish
tamoyillari(zamonaviy tilshunoslik materiallari asosida): Filol.fan.nomz.diss . –
Samarqand, 2012.

Bibliografik manbalar

Hojiyev A. O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. – Toshkent:”O’zbek tili va adabiyoti jurnali”,2007. 3-4 – betlar

Hojiyev A. O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. – Toshkent:”O’zbek tili va adabiyoti jurnali”,2007. 3-4 – betlar

Nurmonov A., Sarimsoqov B. Til sistemasida so’zlarning o’rni va so’zlarni turkumlarga ajratish, 1999.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. Toshkent, 2006.

Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent: 2010.

Кононов А.Н. Грамматика срвременного узбекского литературного языка.М.,Л.,1960. 77- стр

Alimova D. So’z va uning xususiyatlari:.. ziyonet.uz. – Samarqand, 2011.

Fayzullayev M. O’zbek tilida so’z turkumlari tasnifi masalalari: …ziyonet.uz . – Buxoro, 2014. Shakarova N. O’zbek tili morfologiyasining shakllanish tamoyillari(zamonaviy tilshunoslik materiallari asosida): Filol.fan.nomz.diss . – Samarqand, 2012.