Jild 2 № 2 (2025)
Maqolalar
O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN AYRIM O’SIMLIKLARNING YALLIG’LANISHGA QARSHI XUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Hozirgi kunda yallig’lanishning yangidan-yangi turlari kelib chiqmoqda. Ularning har biri alohida organlar va organlar sistemasining faoliyati bilan bog’liq. Umumiy qilib olganda, hamma kasallik aslida “Yallig’lanish” hisoblanadi. Ularning rivojlanishi o’tkir va surunkali holatlarga qarab har xil bo’ladi. Bu maqolada ularning molekular mexanizmlari hamda unga qarshi kurashishda xalq tabobatida qo’llaniladigan o’simliklarning ayrimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan
FAZODA TEKISLIK VA TO‘G‘RO CHIZIQ TENGLAMALARI
Ushbu ishda fazoda tekislik va to‘g‘ri chiziq tenglamalarining analitik ifodalanishi, ularning turlari, geometrik talqini hamda o‘zaro joylashuv holatlari o‘rganiladi. Fazodagi uch o‘lchamli koordinatalar sistemasida tekislikning umumiy, nuqta-vektorli va normal ko‘rinishdagi tenglamalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, to‘g‘ri chiziqning parametrik va yo‘nalish vektorli tenglamalari yoritiladi. Ish davomida tekislik va to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning kesishish shartlari, parallel va perpendikulyar bo‘lish holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nuqtadan tekislikka yoki to‘g‘ri chiziqqa bo‘lgan masofa, burchak va proyeksiya kabi muhim geometrik tushunchalarga ham e’tibor qaratiladi.
Mazkur mavzu matematikaning analitik geometriya bo‘limida muhim o‘rin egallab, muhandislik, fizika va kompyuter grafikasi sohalarida keng qo‘llaniladi. Ish natijasida talabalar fazodagi asosiy geometrik obyektlarni analitik shaklda ifodalash va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
FAZODA TEKISLIK VA TO‘G‘RO CHIZIQ TENGLAMALARI
Ushbu ishda fazoda tekislik va to‘g‘ri chiziq tenglamalarining analitik ifodalanishi, ularning turlari, geometrik talqini hamda o‘zaro joylashuv holatlari o‘rganiladi. Fazodagi uch o‘lchamli koordinatalar sistemasida tekislikning umumiy, nuqta-vektorli va normal ko‘rinishdagi tenglamalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, to‘g‘ri chiziqning parametrik va yo‘nalish vektorli tenglamalari yoritiladi. Ish davomida tekislik va to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning kesishish shartlari, parallel va perpendikulyar bo‘lish holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nuqtadan tekislikka yoki to‘g‘ri chiziqqa bo‘lgan masofa, burchak va proyeksiya kabi muhim geometrik tushunchalarga ham e’tibor qaratiladi.
Mazkur mavzu matematikaning analitik geometriya bo‘limida muhim o‘rin egallab, muhandislik, fizika va kompyuter grafikasi sohalarida keng qo‘llaniladi. Ish natijasida talabalar fazodagi asosiy geometrik obyektlarni analitik shaklda ifodalash va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
RESURSTEJAMKORLIK ASOSIDA MOʻYNADAN TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISHNI YARATISH USULLARI
Maqolada resurstejamkorlik asosida moʻynadan tikuv buyumlarini ishlab chiqarishdagi asosiy usullar va texnologiyalar keltirilgan.Tikuv buyumlarini tayyorlash jarayonida resurslarni tejash, mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish va ekologik samaradorlikni ta'minlash haqida bayon qilingan
MOʻYNADAN TIKILGAN BUYUMLAR UCHUN ADGEZION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Maqolada moʻynadan tikilgan buyumlar ishlab chiqarishda adgezion texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati, ularning turlari va qoʻllash usullari, shuningdek, zamonaviy sanoatda bu texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi
RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ASOSIDA AYOLLAR UCHUN MO‘YNALI KIYIM LOYIHALASH VA OVQAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada tabiiy mo'yna va teridan tikilgan ayollar ustki kiyimlarining fizik, mexanik va gigienik xususiyatlari o'rganilgan
BUG`DAY DONASIDAN FUNKSIONAL UN ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK JONLARI.
Ushbu maqola bug'doy donidan funktsional un olish texnologiyasiga bag'ishlangan
YOMG’IR SUVLARINI YIG’ISH QURILMASI
Suv rеsurslaridan rasional foydalanish haqidagi masalalar davlatimiz oldida turgan muhim muammolardan biridir. Iqlim sharoitiga ko’ra, O’zbеkiston adir hududda joylashgan. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligining (xususan, sug’oriladigan dеhqonchilik) irrigasiyasiz barqaror rivojlanishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Aholi o’sishi, sanoat rivojlanishi va sug’oriladigan еr maydonlarining kеngayib borishi suv rеsurslariga ham miqdor, ham sifat jihatdan ehtiyojning ortishiga olib kеladi. Bunday vaziyatdan chiqish uchun mavjud suv rеsurslaridan oqilona foydalanish, sug’oriladigan tizim samaradorligini oshirish, suvni to’g’ri taqsimlash va dalalarda suvdan oqilona foydalanish yo’llarini izlab topish zarur. Buning uchun esa suv tеjovchi tеxnologiyalarni yoyishga, hattoki ekinlarni taqsimlashga turlicha yondashuv zarur.
Suv - bu bebaho ne’mat bo’lib, qadimdan mamlakatimizda suv hayot manbai hisoblangan, tirikchilikning birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab- avaylab, tejab-tergab sarflangan. Bu qarashlar o’zining mohiyatini bugun ham yo’qotgan emas. Nafaqat qishloq xo’jaligini, butun eko va bio tizimni suvsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Butun yеr yuzida qishloq xo’jaligini rivojlantirish hayotiy zaruriyatga aylangan. Ko’pchilik mintaqalarda va umuman yеr sharida aholi sonini o’sishi davom etmoqda. Shundan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi hududida ham aholi soni tez suratlar bilan o’sib, hozirgi vaqtda qariyib 37mln kishini tashkil etadi. Aholining so’ngi 100 yil ichidagi o’rtacha solishtirma o’sish miqdori Respublikada taxminan 300-400 ming kishi yiliga to’g’ri keladi. Bu o’z navbatida oziq-ovqat maxsulotlari va suvga bo’lgan talabni o’sishini keltirib chiqaradi.
QANDALALARNING FARG‘ONA VODIYSIDAGI TARQALISHI: EKOLOGIK OMILLAR VA AGROEKOTIZIMLARGA TA’SIRINING ILMIY TAHLILI
Ushbu tadqiqot O‘rta Osiyoning Farg‘ona vodiysida Heteroptera turkumiga mansub qandalalarning (Pyrrhocoris apterus va Nezara viridula) tarqalish dinamikasi, ekologik adaptatsiyasi va qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’sirini o‘rganadi. Vodiyning kontinental iqlimi (+27…+35°C yozgi harorat), sug‘oriladigan yerlarning ko‘pligi va monokultural qishloq xo‘jaligi qandalalarning populyatsiya zichligini oshiruvchi asosiy omillar sifatida aniqlanadi. Tadqiqotda qandalalarning fitofag faoliyati paxta, beda va sholi ekinlarida 15-30% hosil yo‘qotishlariga olib kelishi ko‘rsatilgan. Populyatsiya nazorati uchun integratsion zararkunandalarga qarshi kurash (IPM) strategiyalari, jumladan, feromon tuzoqlari, agrotexnik choralar, neonikotinoidlar va tabiiy dushmanlardan foydalanish taklif etiladi. Tadqiqot natijalari agroekotizimlarning barqarorligini ta’minlashda molekulyar biologiya va geoinformatsion tizimlardan foydalanish zarurligini ta’kidlaydi
SHAYBONIYLAR SULOLASINING KELIB CHIQISHI VA UNING MOVAROUNNAHRDAGI HUKMRONLIGI
ushbu maqolada Shayboniylarning hukmronlikka kelish sabablari, ularning boshqaruv tizimi, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari va bu jarayonning umumiy ahamiyati yoritiladi. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi jarayoni tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA SUN’IY INTELLEKT ELEMENTLARI VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt (AI) elementlarining o‘rni va ulardan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish imkoniyatlarini beradi. Maqolada AIning ta’limdagi afzalliklari, qo‘llash metodikasi va kelajakdagi istiqbollari yoritilgan. Ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni integratsiya qilish orqali o‘quvni yanada qiziqarli, samarali va innovatsion qilish mumkinligi ta’kidlangan
INFOGRAFIK DASTURLAR VA ULARDAN O'QUV JARAYONIDA FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada infografik dasturlar va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash metodikasi masalalari ko‘rib chiqilgan. Infografikalar vizual ma’lumotlarni yetkazishning samarali usuli sifatida ta’lim jarayonida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Maqolada infografik dasturlarning turlari, ularning afzalliklari, o‘quv jarayonida qo‘llash metodikasi va pedagogik jihatlari yoritilgan. Shuningdek, infografikalar yaratishda qo‘yiladigan talablar va ularni takomillashtirish yo‘llari haqida tavsiyalar keltirilgan. Infografik dasturlardan foydalanish orqali o‘quv materiallarini qiziqarli, tushunarli va samarali qilish mumkinligi ta’kidlangan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOG‘CHALAR TARBIYACHILARI FAOLIYATINI TARTIB BO‘YICHA ME’YORIY HUJJATLARNING MAZMUNI VA MOHIYATI.
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilarining pedagogik faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarning mazmuni va mohiyati tahlil qilinadi. Maktabgacha ta'lim tizimi bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta'minlashning muhim bosqichidir. Binobarin, pedagoglarning pedagogik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ular faoliyati samaradorligini oshirish, uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy javobgarligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi
YOSHLARNING MA'NAVIYAT DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHDA UZLUKSIZ TA'LIM JARAYONLARINING O'RNI (RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI MISOLIDA)
Bugungi rivojlanayotgan davrda yoshlarning ma'naviy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida uzluksiz ta'lim tizimining o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ta'lim jarayonlari orqali yoshlarning axloqiy, estetik, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o‘zlashtirish mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, uzluksiz ta'limning samarali metodlari, innovatsion yondashuvlari va ularning yoshlar ma'naviy kamolotiga ta'siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro tajribani tahlil qilish orqali O‘zbekiston ta'lim tizimi uchun foydali bo‘ladigan tavsiyalar ishlab chiqiladi
DIZARTIRIYA NUTQ KAMCHILIGINI BARTARAF ETISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMYATI
Dizartiriya – nutqning ba'zi jihatlari, jumladan, talaffuz yoki ritmida buzilishlarga olib keladigan nutq buzilishi hisoblanib, unga qarshi samarali kurashishda didaktik oʻyinlarning ahamiyati katta. Maqolada didaktik oʻyinlarni individual va guruhli faoliyatlar orqali nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qo'llanilishi, shuningdek, bu o'yinlarning bolalar va kattalar uchun rivojlanishga yordam berishdagi samaradorligini ko'rsatilgan. O'yinlar orqali, ko'proq rag'batlantiruvchi muhit yaratib, tilni tushunish, talaffuzni to'g'ri shakllantirish, va nutqni yaxshilash mumkin. Didaktik oʻyinlar bolalarda nutq faoliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv sifatida ishlatiladi
SELLYULOZA BIRIKMALARI: BIOPOLIMERLAR TUZILISHI, XUSUSIYATLARI VA QO'LLANILISHI BO'YICHA TADQIQOTLAR TAHLILI
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan davlat jamiyatlarda ekologik sabablarga ko'ra yashil materiallarga talab ortib bormoqda, yoqilg'ilarni kamayishi va o'sib borayotgan ekologik tashvishlar. Kelajak avlodga sanoat va etkazib beruvchilardan resurslar mavjudligi sababli duch keladigan qiyinchiliklardan ko'proq xabardor bo'lishlari va barqaror va qayta tiklanadigan xom ashyolardan foydalanishlari talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan, sellyuloza o'zining ko'pligi, biopolimer sifatida ko'p qirraliligi, turli xil shakllari va potentsial qo'llanilishi tufayli materiallar uchun muhim manba bo'lishini kutish mumkin. Ushbu maqolada so'nggi yutuqlarni qamrab olgan ishlarning qisqacha tavsifini taqdim etishga mo'ljallangan sellyuloza kompozitlari, turli xil sellyuloza manbalari, erituvchilar uchun ishlab chiqarish va qayta ishlash texnikasida, shuningdek ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG’ULOTLARI NAZARIYASI VA METODIKASI BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH SPORTIGA YOSH SPORTCHILARNI TANLAB OLISH METODIKASI
Ushbu maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turining tarixi va rivojlanish bosqichlari, mamlakatimizda mazkur sport turining rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yoritilgan hamda yosh sportchilarni tanlab olish metodiqasi tog’risida malumotlar keltirilgan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish sporti bo‘yicha yosh sportchilarni tanlab olish metodikasi o‘rganilgan. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining nazariy va metodik asoslari tahlil qilinib, yosh sportchilarning jismoniy, psixologik va texnik tayyorgarligini baholash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, sportchilarning individual qobiliyatlari, genetik omillari va o‘sish dinamikasini inobatga olgan holda tanlab olish jarayoni bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqolada sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslari va samaradorligini oshirishga doir metodik yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan
MAHALLADAGI IJTIMOIY XIZMAT AGENTINING ASOSIY VAZIFALARI
Mazkur maqolada mahalladagi ijtimoiy xizmat agentlarining asosiy vazifalari, ularning aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari va jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, agentlarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish yoʻllari ham muhokama qilinadi. Muallif agentlikning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari – yetim bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar va keksalar uchun ko‘rsatayotgan yordami haqida batafsil ma’lumot beradi. Shuningdek, agentlikning ijtimoiy muammolarni hal etish, aholiga psixologik, moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilingan.
Maqolada, shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Ushbu maqola ijtimoiy soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va mahalla faollari uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
FUTBOLCHILARINI JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI OSHIRISH USULLARI
Maqolada futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligi togrisida batafsil malumotlar keltirilib o‘tilgan bo‘lib, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish usullari ham keng bayyon qilingan. Futbolchilarning chidamliligi, tezligi, kuch-quvvati va harakat koordinatsiyasini rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulot metodikalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy sport ilm-fani va texnologiyalarining jismoniy tayyorgarlikka ta’siri o‘rganilib, turli yosh va darajadagi futbolchilar uchun mos keluvchi mashg‘ulot dasturlari taklif etiladi. Maqolada aerobi va anaerob mashg‘ulotlar, reabilitatsiya usullari hamda ovqatlanish rejimining futbolchilar tayyorgarligidagi ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, jismoniy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar va ilmiy tadqiqot natijalari keltirib o‘tilgan
TASHKILOTNING ICHKI IQTISODIYOT NAZORAT TIZIMIDA ICHKI AUDIT SAMARARINI BAXO BERISH: O‘ZBEKISTON MILLIY BANK MISABI BILAN.
Zamonaviy iqtisodiy va texnologik taraqqiyot sharoitida risklarni samarali boshqarish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash tashkilotlar, ayniqsa, O‘zbekiston Milliy banki kabi yirik moliya institutlari uchun ustuvor vazifalarga aylandi. Ichki audit ichki nazorat tizimida hal qiluvchi rol o'ynaydi va jarayonlarning shaffofligiga, operatsiyalarni optimallashtirishga va xavflarni kamaytirishga sezilarli hissa qo'shadi. Ushbu maqola O‘zbekiston Milliy bankida ichki audit samaradorligini baholashga, xususan, ichki audit va tashkilotning boshqa bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, shuningdek, ichki audit funksiyasini baholash va takomillashtirish usullariga alohida e’tibor qaratilgan. Mavjud ma’lumotlar va hisob-kitoblar tahlili asosida moliya sektoridagi jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirishni hisobga olgan holda ichki nazorat usullarini takomillashtirish va ichki audit samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda
INGLIZ VA O'ZBEK TILIDA TA'LIM BILAN BO'LGAN FRASEOLOGIK BIRLIKLAR
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida taʼlimga oid frazeologik birliklar koʻrib chiqiladi, ularning maʼnosi, madaniy ahamiyati va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilidagi idiomalar ko‘pincha o‘rganishdagi mehnat va kurashni ta’kidlasa, o‘zbek frazeologiyasida donolik, axloqiy kamolot va o‘qituvchi hurmatini ko‘rsatadi. Qiyosiy tahlil o'xshashlik va farqlarni ko'rsatadi, ta'limga bo'lgan aniq madaniy munosabatlarni aks ettiradi. Ushbu frazeologik birliklarni tushunish madaniyatlararo muloqotni kuchaytiradi va tilshunoslikka hissa qo'shadi
SO‘Z BIRIKMASI VA UNING TURLARI
Ushbu maqolada so’z va so‘z birikmalarining ta’rifi, ularning xususiyatlari va turlari haqida aytib o‘tilgan. Bundan tashqari so‘z birikmalarining tarjima sohasidagi o‘rni va ahamiyati ham alohida misollar va ta’riflar bilan tushuntirib o‘tilgan. So‘z birikmalarining gap, so‘z, matndan farqi aytib qiyoslab berilgan. O‘zbek tilida so‘z birikmasining amaliy ahamiyati va tilshunoslik fanidagi o‘rni alohida ta’kidlab ko‘rsatib o‘tilgan
O‘RTA ASR SHAHARLARI VA ULARNING SANOAT VA SAVDO YO‘LLARIDAGI RO‘LI
Ushbu maqola O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharlar tarixini o‘rganishda arxeologik tadqiqotlar, tarixiy ma’lumotlar, tarixiy manbalar, arab va xitoy manbalarining muhim o‘rin haqida. O‘rta asr shaharlarining rivojlanishi, ularning iqtisodiy va madaniy hayotdagi ahamiyati hamda sanoat va savdo yo‘llaridagi roli tahlil etiladi. Shaharlarning shakllanish omillari, geografik joylashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi yoritilib, ularning savdo markazi sifatida tutgan o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, karvon yo‘llari, bozorlardagi faoliyat va hunarmandchilik markazlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada O‘rta asr shaharlarining mahalliy va xalqaro savdodagi o‘rni hamda ular orqali iqtisodiy aloqalarning kengayishi yoritilgan
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI ISHLAB CHIQISHIDA MODDIY VA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARINI ICHKI AUDITI AMALIYASI: MATERIAL VA MAHSULOT RESURSLARINI BOSHQARISH SAMARALILIGINI BAHOLANISH VA MUAMMOLARINI ANIQLASH.
Maqolada O‘zbekistondagi Namangan davlat universiteti (MDU) misolida moddiy-ishlab chiqarish resurslarining (MPR) ichki auditi amaliyoti muhokama qilinadi. Cheklangan resurslar va ta’lim sifatiga talab ortib borayotgan sharoitda moddiy resurslarni samarali boshqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada MPRdan foydalanish samaradorligini baholash usullari, masalan, xarajatlarni tahlil qilish va resurslardan foydalanish koeffitsientini hisoblash ko'rsatilgan. NDUdagi har xil turdagi resurslarning xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etiladi, boshqaruvdagi muammolar va kamchiliklar aniqlanadi, buxgalteriya hisobi va nazorat qilish jarayonlarini optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar taklif etiladi. Tadqiqot moddiy resurslardan samarali foydalanish nafaqat xarajatlarni kamaytirish, balki ta’lim xizmatlari sifatini oshirish imkonini berishini tasdiqlaydi.
ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARIDA INNOVASION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH USULLARI
Ushbu maqolada Mamlakatimizda innovasion faoliyatni rivojlantirish va moliyalashtirish, iqtisodiyotning xar kaysi tarmogʻidagi sanoat korxonalarning jadal suratlar bilan rivojlanishini ta'minlash haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ishlab chiqaruvchi korxonalarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish usullari tahlil qilinadi. Innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat dasturlari, bank kreditlari, venchur kapitali, xususiy investitsiyalar va xalqaro moliyaviy manbalar muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, samarali moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish, investitsion muhitni yaxshilash va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqolada moliyalashtirish jarayonida uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ham yoritilgan