Universal International Scientific Journal
54
Yunusaliyev Abror Nurali o’g’li
Osiyo xalqaro universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turining tarixi va rivojlanish
bosqichlari, mamlakatimizda mazkur sport turining rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yoritilgan hamda
yosh sportchilarni tanlab olish metodiqasi tog’risida malumotlar keltirilgan. Baydarka va kanoeda eshkak
eshish sporti bo‘yicha yosh sportchilarni tanlab olish metodikasi o‘rganilgan. Jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlarining nazariy va metodik asoslari tahlil qilinib, yosh sportchilarning jismoniy, psixologik va
texnik tayyorgarligini baholash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, sportchilarning individual qobiliyatlari,
genetik omillari va o‘sish dinamikasini inobatga olgan holda tanlab olish jarayoni bo‘yicha tavsiyalar
berilgan. Maqolada sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslari va samaradorligini oshirishga doir
metodik yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
baydarka, kanoe, eshkak, eshish, sport, tur, tarixi, rivojlanish, bosqichlar.
Аннотация:
В данной статье освещены история и этапы развития гребли на байдарках и
каноэ, вопросы, связанные с развитием этого вида спорта в нашей стране, а также представлена
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG’ULOTLARI NAZARIYASI VA METODIKASI
BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH SPORTIGA YOSH SPORTCHILARNI
TANLAB OLISH METODIKASI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 2
Published: 13.02.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
55
информация о методе отбора юных спортсменов. Изучена методика отбора юных спортсменов в
спорте гребли на байдарках и каноэ. Проанализированы теоретические и методические основы
физического воспитания и спортивной подготовки, выделены критерии оценки физической,
психологической и технической подготовленности юных спортсменов. Также даются
рекомендации по процессу отбора с учетом индивидуальных способностей, генетических факторов
и динамики роста спортсменов. Также в статье рассматриваются научно-методические основы
подготовки спортсменов и методические подходы к повышению их эффективности.
Ключевые слова:
каякинг, гребля на каноэ, гребля, гребля, вид спорта, вид, история,
развитие, этапы.
Abstract:
This article covers the history and stages of development of kayaking and canoeing, issues
related to the development of this sport in our country, and provides information on the methodology for
selecting young athletes. The methodology for selecting young athletes in kayaking and canoeing is studied.
The theoretical and methodological foundations of physical education and sports training are analyzed, and
the criteria for assessing the physical, psychological and technical readiness of young athletes are
highlighted. Recommendations are also given for the selection process, taking into account the individual
abilities, genetic factors and growth dynamics of athletes. The article also considers the scientific and
methodological foundations of athlete training and methodological approaches to increasing its
effectiveness.
Keywords:
kayaking, canoeing, rowing, rowing, sport, type, history, development, stages.
Language:
Uzbek
Citation:
Yunusaliyev , A. (2025). THEORY AND METHODOLOGY OF PHYSICAL
EDUCATION AND SPORTS TRAINING METHODOLOGY OF SELECTING YOUNG ATHLETES
FOR THE SPORT OF KAYAK AND CANOEING. Universal International Scientific Journal, 2(2), 54–
59. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1438
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14874983
KIRISH
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
sport turining tarixi shundan kelib
chiqadiki, qayiqlar (Eskimo qayiqlari) ko‘p
yillar davomida insoniyatga xizmat qilib
kelgan, eng qadimiy prototiplari 2000
yildan ortiq tarixga ega hisoblanadi.
Shotlandiyalik Jon Mak Gregor birinchi
marotaba bu qayiqlarni eshkak eshish sport
turi sifatida targ‘ib qilgan. Aynan u 1865
yilda o‘zi uchun uzunligi 4,57 m va
kengligi 0,76 m bo‘lgan “Rob-Roy” deb
nomlangan
baydarka
qayig‘ini
loyihalashtirgan edi. Taqqoslash uchun
Universal International Scientific Journal
5
6
shuni aytish joizki, zamonaviy baydarka va
kanoelarda
eshkak
eshish
qayiqlari
quyidagi o‘lchamlarga ega: bir kishilik
qayiq - 5,2 m; ikki kishilik - 6.5 m,
baydarka to‘rt kishilik - 11 m, kanoeda to‘rt
kishilik - 9 mga o‘lchamlarga tengdir. Mak
Gregor Markaziy Yevropa bo‘ylab sayohat
qilishni juda yaxshi ko‘rardi va tez orada
baydarka va kanoeda eshkak eshishni-sport
turi sifatida xalqaro miqyosda shuhrat
qozondi. 1866 yilda birinchi eshkak eshish
klubi - ya’ni “Angliya baydarka va
kanoeda eshkak eshish qirollik klubi”
tashkil
topgan.
Keyinchalik
shunga
o‘xshash klublar Amerika, Kanada va
Skandinaviyada paydo bo‘la boshladi.
1867 yilda baydarkada eshkak eshish
bo‘yicha birinchi regatta tashkil etildi.
1924
yilda
Kopengagenda
(Daniya)
xalqaro tashkilot - “Kanoechilarning
xalqaro vakolatxonasi” tashkil etildi, u
yerda
qayiqlarning
o‘lchamlari
va
musobaqalar o‘tkazish uchun masofalar
uzunligini ham tasdiqlandi. 1933-yilda
Pragada birinchi Yevropa chempionati,
1939-yilda esa Vaksgolmda (Shvetsiya)
baydarka va kanoeda eshkak eshish
bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib
o‘tdi. 1924 yilda Parijdagi Olimpiya
o‘yinlarida birinchi ko‘rgazmali poygalar
o‘tkazildi, ammo baydarka va kanoeda
eshkak eshish Olimpiya o‘yinlari dasturiga
faqatgina 1936 yilda kiritilgan. [1, 172].
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
sportining xususiyatlari – baydarka va
kanoeda eshkak eshish - Olimpiya sport
turi hisoblanadi, eshkak eshish: maksimal
tezlik bilan suv muhiti, sharoiti va mushak
faoliyatining standart sharoitda qayiq
harakatlanishni ta’minlashdadir. Baydarka
va kanoeda eshkak eshish siklik (davriy)
xarakterga ega dinamik ishdir. Baydarka va
kanoeda eshkak eshishning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, barcha harakatlar
eshkak
eshuvchilar
beqaror
tayanch
holatda, o‘tirgan (baydarka qayig‘ida) yoki
bir tizzada (kanoeda) tik turgan holda
amalga oshiriladi. Bu sport turidagi
qayiqlarning ajralib turadigan xususiyati
shundan iboratki, uning eshkagi akademik
eshkak eshuvchilar eshkagi singari qayiq
bilan bevosita aloqaga ega emas, ya’ni
alohida, buning natijasida eshkakchi
ko‘proq harakat erkinligiga ega bo‘ladi. Bu
harakatlar muvozanatini sezilarli darajada
murakkablashtiradi.
Shuning
uchun,
eshkak eshish kabi murakkab mahoratni
o‘zlashtirish uchun, muvofiqlashtirish va
texnik qobiliyatlarini yuqori darajada
rivojlantirish kerak. Eshkak eshuvchining
harakatlari odamning kundalik va mehnat
faoliyatida kamdan-kam uchrashi sababli
texnikani o‘zlashtirish murakkablashadi.
Eshkak
eshuvchilar
harakatining
to‘liq davri ikkita bosqichdan iborat -
qayiqning o‘ng va chap tomonlarga
eshkakni eshish bilan - baydarkachilar
uchun va bitta eshkakni eshish kanoechilar
uchun. [2, 286]. O‘z navbatida, har bitta
eshkak eshish davri shartli ravishda ikkita
asosiy bosqichga yo‘naltirilgan: eshkakni
suv
ichidan
o‘tkazish
bosqichi
(suyanchiqli), eshkakni suvga kirgizish,
suvni olish, suvni itarish, eshkakni suvdan
Universal International Scientific Journal
5
7
chiqarish.
Bu
davrlarda
eshkakchi
eshkakni suvga kiritgan holda tortadi, shu
tarzda qayiqni oldinga siljitadi va ikkinchi
faza eshkakni suv ichidan o‘tkazish
bosqichi (suyanchiqsiz) bunda keyingi
eshkakni
eshish
uchun
tayyorgarlik
ko‘riladi.
Suyanchiqsiz
fazaga
xos
xususiyat suv va eshkak o‘rtasidagi faol
bog‘liqlikning bo‘lmasligi, minimal kuch
ishlatishi va mushaklarning maksimal
bo‘shashidir. Suyanchiqli fazaga esa
eshkak va suvning o‘zaro munosabati,
mushaklarning taranglashuvi va katta
jismoniy kuch ishlatilishi xosdir. Provodka
boshi o‘tkazuvchi faza hisoblanib, u
qayiqning
oldingi
faol
harakatini
ta’minlaydi.
Faza
harakatlar
koordinatsiyasining murakkabligi katta
inertsional kuch ishlatishning tezlashib
borishi bilan xarakterlanadi. Provodka
oxiri ham o‘tkazuvchi faza hisoblanib,
uning bajarilish jarayonida “Eshkakchi -
eshkak - suv” tizimi erkin siljish rejimiga
o‘tadi. [3, 72].
Sportchilarning
qancha
yuqori
tajribaga ega bo‘lishi, ularning ritm,
tempni saqlashda shuncha turg‘unlikka ega
bo‘lishlarini
ta’minlaydi.Tajribali
eshkakchilar xali tajribasiz eshkakchilarga
nibatan harakatlar koordinatsiyasini ancha
keng
diapozon
ritmida
saqlaydilar.
Eshkakchining
texnik
tayyorgarligi
jarayonida, mashg‘ulotlarning maqsadi va
vazifalari
bilan
xarakterlanuvchi
sportchining texnik tayyorgarligi darajasini
belgilovchi mustaqil bosqichlarni ajratish
mumkin. Bu bosqichlarning ajratilishi
texnik
tayyorgarlikni
yaxshiroq
rejalashtirib, uni boshqa harakatlar bilan
takomillashtirishga imkon beradi.
Eshkak eshish submaksimal va yuqori
intensivlik
ish
hisoblanadi.
Mashg‘ulotlardan
so‘ng
eshkak
eshuvchilar ko‘pincha tana funktsiyalari
faolligining pasayishiga duch kelishadi,
organizmni qayta tiklanishi ko‘pincha bir
kun yoki undan ko‘proq vaqtni oladi: buni
murabbiy yosh eshkak eshuvchilar bilan
ishlashda hisobga olishi kerak. [4, 22].
Eshkakchining ishini tezlik va kuch
sifati orqali tavsiflash mumkin. Shuning
uchun eshkak eshuvchi kuch va tezlikni
yetarlicha yuqori darajada rivojlantirishi
kerak.
Shu
bilan
birga,
eshkak
eshuvchining
500
metrlik
poyga
masofasida o‘rtacha 200 marotaba yoki
undan ortiq eshkak eshish zarbalar
bajarishini hisobga olsak, eshkak eshuvchi
kuch va tezlik bilan bir qatorda eshkak
eshish qobiliyatini hamda chidamlilik sifati
rivojlantirishi zarurligi ayon bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarning
zamonaviy
metodologiyasi
sportchilarni
har
tomonlama
jismonan
rivojlantirishga
qaratilgan. Mashg‘ulot va musobaqa
jarayonida eshkak eshuvchi ko‘plab
harakatlar, usullarini bajaradi. Buning
natijasida ularni avtomatlashtirishning
yuqori
darajasiga
erishiladi,
sport
jihozlarining yuqori barqarorligi barcha
komponentlari
va
elementlarining
takrorlanishi ta’minlaydi.
Qo‘llar va eshkaklarning harakatlari
ma’lum trayektoriyalar bo‘ylab amalga
Universal International Scientific Journal
58
oshiriladi; tana segmentlari va eshkakning
harakat
yo‘nalishini
o‘zgartirish
to‘xtamasdan amalga oshirilishi kerak.
Shunday qilib, harakatlarning birligi va
o‘zaro
muvofiqlashuviga
erishiladi.
Mushaklarning
taranglashuvi
va
bo‘shalishining almashinuvi ish paytida
yuqori samaradorlikni saqlashning eng
muhim shartidir. To‘g‘ri, eshkak eshish
paytida barcha mushak guruhlarini to‘liq
bo‘shashtirish mumkin emas, chunki
doimiy ravishda mushaklarning tarang
holotdaushlab turish kerak, bu esa eshkak
ustida
muvozanatni
ushlab
turishni
ta’minlaydi.
Bir xillik dinamik muvozanatni
saqlash,
eshkak
eshishda
vosita
faoliyatining o‘ziga xos tarkibiy qismidir.
Qayiqda muvozanatni saqlash doimiy
nazoratni
tartibga
solish
bilan
ta’minlanadi. Texnik mahorat bilan
muvozanatni
saqlash
mahorati
avtomatlashtirilgan
sportchining
ongi
texnikaning muhim xususiyatlarini (temp,
ritm, ehkak eshish amplitudasi, harakat)
nazorat
qilish,
shuningdek,
taktik
muammolarni hal qilish uchun xizmat
qiladi.
Eshkak
eshish
jarayonida
sportchining mushaklari dinamik rejimida
(eshkakning
suvda
va
havoda
harakatlanishini ta’minlaydigan barcha
mushak guruhlari), shuningdek izometrik
rejimda
(pozitsiyani
ta’minlaydigan
mushak guruhlari) qisqaradi, saqlanadi va
eshkak ushlab turiladi. Dinamik rejimida
mushaklarning
kuchlanishi
kamroq
aniqlanadi,
ammo
u
eshkakchining
quruqlikdagi
maxsus
jismoniy
tayyorgarligida qo‘llanilishi mumkin.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
1936 yildan beri Olimpiya sport turi
hisoblanadi (u birinchi marta 1924 yilgi
Olimpiyadada norasmiy sport turi sifatida
kiritilgan). Baydarka va kanoeda eshkak
eshish bo‘yicha jahon musobaqalari
Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) maqomi
ostida o‘tkaziladi.
Olimpiya
dasturi
bo‘yicha
musobaqalar
quyidagilar
asosida
o‘tkaziladi:
K-1 200 m (yakka baydarka), erkaklar
va ayollar;
K-1 1000 m (yakka baydarka),
erkaklar;
K-2 200 m (ikki juftlik), erkaklar;
K-2 1000 m (ikki juftlik), erkaklar;
K-4 500 m (to‘rt juftlik), ayollar;
K-4 500 m (to‘rt juftlik), erkaklar;
K-1 500 m (yakka baydarka), ayollar;
K-2 500 m (ikki juftlik), ayollar.
Kanoe ham erkaklar, ham ayollar
qatnashadilar. Silliq suvda kanoeda eshkak
eshish (inglizcha Flat water Kayak),
Olimpiya turlari:
С-1 1000 m;
С-1 200 m (kanoeda bittalik);
С-2 1000 m (kanoe-ikkitalik).
Jahon va Osiyo kuboklari hamda
chempionatlari dasturiga silliq suvda
baydarka va kanoeda eshkak eshishning
boshqa yo‘nalishlari ham kiritilgan.
Poyga musobaqalarini tashkil qilish
uchun ideal sharoitlar - bu tinch suv
Universal International Scientific Journal
59
havzalari, sokin, eng yaxshi himoyalangan
ko‘llar yoki suv omborlari hisoblanadi.
Kuchli oqimga ega suv havzalarida
o‘tkaziladigan
regattalar
ko‘pincha
noto‘g‘ri
natijalar
beradi,
chunki
sportchilar qulay holatda bo‘lishmaydi
ya’ni oqimning o‘rtasida bo‘ladi. Regata
natijalari
musobaqaning
barcha
ishtirokchilari uchun mutlaqo bir xil
sharoitlarni
yaratishni
talab
qiladi,
masalan, suvning zichligi, shamol, to‘lqin
shakllanishi
va
kemalarning
tezroq
harakati
tufayli
musobaqalar
uchun
himoyalanmagan ko‘llardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Regatta
o‘tkazish uchun namunali suv inshooti
eshkak eshish kanallari (O‘zbekiston
xududiga ham maxsus Samarqand eshkak
eshish kanali mavjud) hisoblanadi, eni 9 m
bo‘lgan hamda 9 ta chiziqdan iborat kanal,
bir-biridan yo‘laklar bilan ajratilgan.
Kanalning minimal chuqurligi 3 m va 2 m
tekis taglik mavjud suv inshootlari talabga
javob beradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda baydarka
kanoeda eshkak eshish sport turining tarixi
va
rivojlanish
bosqichlari
hamda
mamlakatimizda
bu
borada
amalga
oshirlayotgan
ishlar
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni malaka oshirish sharoyitda
tinglovchilarga yetkazish ularda bilim,
ko‘nikma va malakalarini takomllashtiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. P.A.Petrov, I.S.Denisyuk “Dopolnitelnaya predprofissionalnaya programma po tsiklichnomu vidu
sporta GREBLYA NA BAYDARKAX I KANOE” 2015-yil.
2. A.A.Cherkashin “Silovaya podgotovka grebsov na baydarkax i kanoe» 2012-yil.
3. S.Y.Djukov, O.A.Tarasova, V.A.Zagovorskiy “Iskusstvo bit trenerom po grebli” 2021-yil.
4. N.V. Jmarev “Trenirovka grebsov” 1981 yil.
5. Теория и методика физического воспитания. Под ред. Т.Ю. Круцевич. - К.: Олимпийская
литература, 2003. - 424 с.
6. Теория и методика физической культуры / Под ред., Ю.Ф. Курамшина, В.И. Попова. - СПб.:
СПбГАФК им. П.Ф. Лесгафта, - 1999. - 374 с.
7. Гребля на байдарках и каноэ. Примерная программа спортивной подготовки для детско-
юношеских спортивных школ, специализированных детско-юношеских школ олимпийского
резерва. – М.: Советский спорт, 2004. – 120 с.
8. Гребля академическая: Примерная программа спортивной подготовки для детско-
юношеских спортивных школ, специализированных детско-юношеских спортивных школ,
специализированных детско-юношеских школ олимпийского резерва и школ высшего спортивного
мастерства. – М.:Советский спорт, 2004. – 192 с.
9. Джалилова, С. М. (2024, November). Лингвокультурные особенности пословиц испанского
языка. In
Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit
(pp. 331-333).
10. Джалилова, С. М. (2024, November). Цветовые образы в испанском языке:
этнолингвистические аспекты. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 150-
