Mualliflar

  • Muxlisa Umiruzoqova
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  • Zuhra Mahmatkulova
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.66069

Kalit so‘zlar:

Sellyuloza kompositsion polimerlar tola paxta linti mexanik xususiyatlar erituvchi modda

Annotasiya

Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan davlat jamiyatlarda ekologik sabablarga ko'ra yashil materiallarga talab ortib bormoqda, yoqilg'ilarni kamayishi va o'sib borayotgan ekologik tashvishlar. Kelajak avlodga sanoat va etkazib beruvchilardan resurslar mavjudligi sababli duch keladigan qiyinchiliklardan ko'proq xabardor bo'lishlari va barqaror va qayta tiklanadigan xom ashyolardan foydalanishlari talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan, sellyuloza o'zining ko'pligi, biopolimer sifatida ko'p qirraliligi, turli xil shakllari va potentsial qo'llanilishi tufayli materiallar uchun muhim manba bo'lishini kutish mumkin. Ushbu maqolada so'nggi yutuqlarni qamrab olgan ishlarning qisqacha tavsifini taqdim etishga mo'ljallangan sellyuloza kompozitlari, turli xil sellyuloza manbalari, erituvchilar uchun ishlab chiqarish va qayta ishlash texnikasida, shuningdek ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

60

Universaljurnal.uz

Umiruzoqova Muxlisa G'olib qizi., Mahmatkulova Zuhra Xolmurodovna

Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Uzbekistan

muxlisaumiruzoqova@gmail.com

Annotatsiya.

Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan davlat jamiyatlarda ekologik sabablarga ko'ra yashil

materiallarga talab ortib bormoqda, yoqilg'ilarni kamayishi va o'sib borayotgan ekologik tashvishlar.

Kelajak avlodga sanoat va etkazib beruvchilardan resurslar mavjudligi sababli duch keladigan

qiyinchiliklardan ko'proq xabardor bo'lishlari va barqaror va qayta tiklanadigan xom ashyolardan

foydalanishlari talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan, sellyuloza o'zining ko'pligi, biopolimer sifatida ko'p

qirraliligi, turli xil shakllari va potentsial qo'llanilishi tufayli materiallar uchun muhim manba bo'lishini

kutish mumkin. Ushbu maqolada so'nggi yutuqlarni qamrab olgan ishlarning qisqacha tavsifini taqdim

etishga mo'ljallangan sellyuloza kompozitlari, turli xil sellyuloza manbalari, erituvchilar uchun ishlab

chiqarish va qayta ishlash texnikasida, shuningdek ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Sellyuloza kompositsion polimerlar, tola, paxta linti, mexanik xususiyatlar, erituvchi

modda.

Аннотация:

В настоящее время во многих развитых странах спрос на экологически чистые

материалы растет по экологическим причинам, истощению запасов топлива и растущим

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

SELLYULOZA BIRIKMALARI: BIOPOLIMERLAR TUZILISHI, XUSUSIYATLARI VA

QO'LLANILISHI BO'YICHA TADQIQOTLAR TAHLILI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 2

Published: 14.02.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

6

1

экологическим проблемам. Следующее поколение потребует от промышленности и поставщиков

большего осознания проблем, с которыми они сталкиваются из-за доступности ресурсов, и

использования экологически чистого и возобновляемого сырья. В этом контексте можно ожидать,

что целлюлоза станет важным источником материалов из-за ее распространенности,

универсальности как биополимера, разнообразия форм и потенциальных применений. Целью этой

статьи является предоставление краткого обзора последних достижений в технологиях

производства и обработки целлюлозных композитов, различных источников целлюлозы,

растворителей и их свойств.

Ключевые слова:

Целлюлозные композиционные полимеры, волокна, хлопковый ворс,

механические свойства, растворитель.

Abstract:

Nowadays, in many developed societies, there is an increasing demand for green materials

due to environmental reasons, fuel depletion and growing environmental concerns. Future generations are

required to be more aware of the challenges faced by industry and suppliers due to the availability of

resources and to use sustainable and renewable raw materials. In this context, cellulose can be expected to

be an important source for materials due to its abundance, versatility as a biopolymer, diverse forms and

potential applications. This article aims to provide a brief overview of the recent advances in cellulose

composites, different cellulose sources, production and processing techniques for solvents, as well as their

properties.

Keywords:

Cellulose composite polymers, fiber, cotton lint, mechanical properties, solvent.

Language:

Uzbek

Citation:

Umiruzokova , M., & Mahmatkulova , Z. (2025). CELLULOSE COMPOUNDS:

ANALYSIS OF RESEARCH ON THE STRUCTURE, PROPERTIES AND APPLICATIONS OF

BIOPOLYMERS. Universal International Scientific Journal, 2(2), 60–70. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1439

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14881975

Google scholar:

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=SELLYULOZA+BIRIKMALARI%3A+BIOPOLIMERLAR+TUZILISHI%2C+XUSUSIYATLARI+VA+QO%27LLANILISHI+BO%27YICHA+TADQIQOTLAR+TAHLILI&btnG=

KIRISH

Dunyo miqyosida paxta lintidan

fizik-kimyoviy

xossalari

yaxshilangan

sellyuloza

olish

texnologiyalarini

modernizatsiyalash borasida bir qancha
amaliy

ishlar

olib

borilmoqda.

Respublikamizda

bir

yilda

ishlab

chiqariluvchi 87900 tonna paxta lintining
42% qayta ishlashga yaroqsiz bo‘lib,
ulardan

reaksion

qobiliyati

yuqori

sellyuloza olish texnologiyasini ishlab
chiqish va amaliyotga qo‘llash muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

62

Bugungi kunda yuqorida keltirilgan

mahsulotlarga, ya’ni oldindan xossalari
belgilangan polimer materiallar, sellyuloza
asosidagi kompozitsion materiallar, turli
xossaga ega qog‘oz materiallari, qurilish
materiallariga talabning o‘sib borishi,
ularga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligi sababli,
O‘zbekistonda ham sellyulozaga talab
yildan-yilga o‘sib bormoqda.

Respublikamizda

oxirgi

yillarda

kimyo

sanoati

korxonalarini

modernizatsiya

qilish,

raqobatbardosh

mahsulot turlari va hajmini kengaytirish,
mahalliy xomashyolar asosida sellyuloza
va

uning

efirlarini

olish,

kimyo,

farmatsevtika,

oziq-ovqat,

qog‘oz

sanoatida

qo‘llash

borasida

ilmiy

tadqiqotlar

olib

borilib,

muayyan

natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasini

yanada

rivojlantirish

bo‘yicha

Harakatlar

strategiyasida

«sanoatni sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarish, mahalliy xomashyo manbalarini
chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotlar
ishlab chiqarishni jadallashtirish, yangi
turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni
o‘zlashtirish» vazifalari belgilab berilgan.
Bu borada, jumladan samarali usullarni
qo‘llab tabiiy polimerlar asosida reaksion
qobiliyati yuqori sellyuloza olishning
innovatsion texnologiyalarini yaratish,
atsetatsellyuloza

plyonkalarining

sifat

ko‘rsatgichlarini yanada oshirish muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-
4947-son “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2017-yil 23-
avgustdagi

PQ-3236-son

«2017-2021

yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish
dasturi to‘g‘risida»gi, 2019-yil 3-apreldagi
PQ-4265-son «Kimyo sanoatini yanada
isloh qilish va uning investitsiyaviy
jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi, 2019-yil 1-maydagi PQ-
4302-son

«Sanoat

koorporatsiyasini

yanada rivojlantirish va talab yuqori
bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa

me’yoriy-huquqiy

xujjatlarda

belgilangan vazifalarni amalga oshirishga
ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan
darajada xizmat qiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston o‘zining

jug‘rofiy joylashuvi tufayli cho‘llar va
tog‘li hududlardan iborat bo‘lganligi, unda
o‘rmon zonalari deyarli yo‘qligi sababli bir
yillik o‘simliklardan sellyuloza manbai
sifatida

foydalanish

tavsiya

etiladi.

Shuning uchun mahalliy xomashyo asosida
sellyuloza zaxiralarini izlab topish, ularni
ajratib olish, xossalarini o‘rganish hozirgi
kunda

dolzarb

masalalardan

biri

hisoblanadi.

Mahalliy bir yillik o‘simliklardan

sellyuloza olishning eng afzal tomoni
ularni har yili tabiatning o‘zi tomonidan
yangilanishi, zaxirani qisqa muddatlarda
yaratilishi hisoblanadi.

Respublikamizda bir yillik o‘simliklar

orasida paxta sanoatining ikkilamchi
xomashyosi bo‘lgan kalta tolalardan iborat


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

63

lint, siklonda hosil bo‘lgan momiq,
nostandart tolalar va boshqalar, ya’ni
to‘qimachilik sanoati uchun tola sifatida
ishlatilmaydigan qismi sellyuloza olish
uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Paxta
lintining tarkibi 98% gacha sellyulozadan
iborat bo‘lib, Respublikamizda yiliga
qariyb 87900 tonnaga yaqin to‘planadi.
Ushbu qimmatbaho homashyoning atigi bir
qismi kimyo sanoatida, hamda sellyuloza
va qog‘oz sanoatida ishlatilib kelinmoqda.

Jahonning

yetakchi

olimlari

tomonidan paxta sellyulozasini o‘rganish

borasida

ko‘plab

tadqiqotlar

olib

borilganiga qaramay uni kimyoviy faol
xolatga keltirish, uni xossalari tomonidan
yog‘och sellyulozasi o‘rnida ishlatish
imkoniyatlarini ishlab chiqish borasida
deyarli

izlanishlar

olib

borilmagan.

Respublikamizda yetishtiriladigan paxta
linti to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Quyidagi
jadvallarda

oxirgi

yillarda

Respublikamizda yetishtiriladigan paxta
hosili bo‘yicha paxta linti miqdori bo‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan.

1.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda paxta hosilidan to‘plangan paxta linti

bo‘yicha ma’lumot [2; 116 b.]

Nav

I – II

A Tip (tonna)

Nav

I – II

B Tip (tonna)

Sinflar

Sinflar

Oliy

O‘rta

Iflos

Oliy

O‘rta

Iflos

Jami

50980

Jami

36920

Jami

87900

1.2.-jadval

Paxta lintining O‘z DSt 645:2010 bo‘yicha navlari

Tip

Nav

Sinflar bo‘yicha iflos aralashmalar va butun chigitlarning

massa ulushi, ko‘pi bilan

Oliy (1)

O‘rta (2)

Iflos (3)

А, B

I

II

4,5
8,0

6,0

11,0

8,5

15,0

A

– tipdagi paxta linti, asosan qog‘oz, etrol va boshqalarda xomashyo sifatida ishlatiladi.

B

– tipdagi kimyoviy qayta ishlash uchun ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda paxta linti O‘z DSt

645:2010

standart

bo‘yicha

“Paxta

linti”ning texnik tavsifi O‘z DSt 645:2010

standart bo‘yicha o‘lchash usullari bilan
aniqlanadi [3; 14 b.].

Sellyuloza

kompositsion

polimerlarining turli xil kompozitsion


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

6

4

materiallar qog‘oz materiallari, filtrlovchi
materiallar, sun’iy tolalar, qoplamalar, lak-
bo‘yoq materiallar, portlovchi moddalar
kabi mahsulotlar uchun asosiy xomashyo
sifatida

ishlatiladi.

Tibbiyotda

paxta

lintidan bir tomondan sirtga, ikkinchi
tomoni esa silliq yuzaga ega bo‘lgan
jarrohlik kiyimlarini ishlab chiqarish uchun
ishlatiladi.(1-rasm)da

Sellyulozaning

umumiy tuzulishi keltirilgan.

1-rasm.

Sellyulozaning tuzulishi

Sellyuloza birikmalari:

Paxta linti

– chigitdan yog‘ olish uchun tuksizlantirish
jihozi jin apparatidan keyin urug‘lar ustida
qolgan qisqa va uzun tolalar bo‘lib, ular
chigitdan paxta tozalash korxonalarida
GOST 3818.0-72 da belgilangan texnik
shartlar asosida ajratib olinadi [4; 71-76 b.].
Dastlab, urug‘lardan begona jismlar va
kalta paxta tolalari aralashmasi olinib,
ulardan

sanoat

maqsadlarida

foydalanilmagan.

Keyinchalik

bu

aralashmalardan paxta linti ajratib olinib,
xalq

xo‘jaligining

ba’zi

sohalarida

foydalanila boshlandi. Hozirgi vaqtda
paxta lintidan sellyulozani ajratib olishning
bir necha usullari mavjud: fizik-kimyoviy
va mexanik.

Paxta tozalash sanoati korxonalarida

asosiy maqsad chigitdan tolani ajratib
olish, paxta terish dastgohlariga esa yuqori
mahsuldorlik, kam energiya sarfi, paxta
chigitining yaxlitligini saqlash, zamonaviy
ergonomika va hosil bo‘lgan mahsulotning
yuqori tozaligi kabi talablar qo‘yilib, bu
jarayonlarning hech birida paxta lintinig
tozaligi,

uning

sifatini

saqlash

va

boshqalarga ahamiyat berilmaydi. Shuning
uchun chigitdan ajratilgan paxta lintining
ifloslanish darajasi turlicha bo‘ladi. Paxta
lintidan

olingan

sellyulozaning

sifat

ko‘rsatkichlari

uni

qay

darajada

ifloslanganligiga, uni qo‘shimchalardan
tozalashning samarali va optimal usulini
tanlashga bog‘liq [5; 211 b.].


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

65

Paxta

tozalash

sanoatida

chiqarilayotgan lintning ko‘p miqdori
talablarga to‘liq javob bermasligi sababli
uni tozalash masalasi doim muhim
ahamiyatga

ega

bo‘lgan.

Ayniqsa

mashinada

terilgan

paxta

navlarini

jinlashda

olingan

chigitlarda

ifloslik

ko‘payib ketadi. Shuningdek, paxta lintini
ajratish jarayonining chigit qobig‘ining lint
bilan ajralishi hisobiga lintning ifloslik
darajasi ortadi.

A.M.

Zaripov

va

boshqalar

tomonidan GOST 3818-72 talablariga
muvofiq paxta tozalash korxonalarida
ishlab chiqariladigan paxta tolasining
og‘irligi va paxta lintining ifloslanish
darajasini sellyuloza sifat ko‘rsatkichlariga
ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, ular sellyuloza
ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha
miqdordagi

tozalagichlar

kiritilishini

tavsiya etishgan [6; 11-15 b.]. Mualliflar
eng optimal usul saralash usuli ekanligini,
sellyulozani yo‘ldosh qo‘shimchalarni
massa farqi bilan olib tashlash prinsipi,
ya’ni markaziy tozalash usulini tavsiya
etishgan.

Akademik T.M. Mirkomilov va

boshqalar

tomonidan

tavsiya

etilgan

texnologik sxemada sellyulozani yo‘ldosh
qo‘shimchalardan

tozalash

uchun

sentrokliner o‘rnatish, ya’ni pishirishdan
oldin yoki quritishdan oldin, talab
etilganda, uni bir necha joyga qo‘yish
mumkinligi o‘rganilgan [7; 48 b.]. Boshqa
olimlarning izlanishlari past navli paxta
sellyulozasi uchun sentrokliner tozalash,
yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarga ko‘ra,

qo‘shimcha ishlov berishni talab qiladi –
ya’ni maydalash muhimligi, silliqlash
uchun tolalar, rulonlar, konusning va disk
tegirmonlaridan foydalanilishi o‘rganilgan.

Akademik T.M. Mirkomilov va

boshqalarning ilmiy ishlarida paxta
sellyulozasini

ishlab

chiqarish

texnologiyalarini

o‘rganish

natijalari

berilgan, sellyuloza sifati va hosildorligiga
ta’sir qiluvchi omillar, ishlab chiqarish
sharoitiga qarab uning tuzilishini o‘zgarishi
va uni xalq xo‘jaligining turli sohalarida
qo‘llash imkoniyati o‘rganilgan [8; 49 b.].

Akademik

X.U.

Usmonov

va

boshqalar tomonidan tarkibida Sellyuloza
kompositsion

polimerlari

tutgan

xomashyolardan sellyuloza olish usullari
ko‘pligi, belgilanish usullarini tasniflash
uchun umumiy qabul qilingan tizim
mavjud

emasligi,

ammo

barcha

mutaxassislar

ishlatilgan

kimyoviy

moddalarning turi va xususiyatlari uchun
asos bo‘lishi kerak deb hisoblashgan.
Shundan kelib chiqqan holda, ular
sellyuloza ishlab chiqarishning barcha
ma’lum usullarini to‘rtta asosiy guruhga
bo‘lish mumkinligini ko‘rsatib o‘tishgan.
Ular kislotali, ishqoriy, neytral va
kombinatsiyalash usullardir [9; 83 b.].

Yuqorida

keltirilgan

usullardan

ishqorda pishirish (natron usuli) paxta
sellyulozasi

texnologiyasi

sohasidagi

taniqli olimlarning ko‘plab asarlariga va
ilmiy ishlarida keltirilgan. Akademik T.M.
Mirkomilovning dastlabki ishida paxta
tolasidan

sellyuloza

olishda

asosan

ishqorda pishirish (natron) usuli keng


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

66

o‘rganilgan: natron usuli bilan reagent
sifatida natriy gidroksid eritmasi ishlatilib,
ushbu

usulning

optimal

sharoitlari

keltirilgan [10; 272 b.].

Bir qator ilmiy ishlarda sellyuloza

ishlab chiqarish jarayonida uning reaksion
faolligini oshirishga, shuningdek, bu
maqsadda kislorod-ishqorli va kislorod-
sodali pishirishdan foydalangan holda past
navli lint va siklon momiqlarni ishlatishga
bag‘ishlangan [11; 243 b.].

G.L.Akim va uning xodimlari paxta

tolasini yaxshiroq singdirish va uning
reaksion

faolligini

oshirish

uchun

pishirishda kislorod-sodali usulni taklif
qilishgan [14; 99-104 b.].

Chet ellik olimlar tomonidan paxta

tolasini

doimiy

ravishda

pishirish

texnologiyasi taklif qilinib, bu sellyuloza
hosilini (95% gacha) oshirishga imkon
berishi o‘rganilgan. Ular dastlab paxta linti
10 daqiqa davomida 80°C haroratda ishqor
bilan singdirilishi, so‘ng namligi 45%-
gacha

bo‘lgan

suyuqlik

pishirish

moslamasiga kiritilishi, pishirish vaqtini
15-40 minut davomida olib borilishi yuqori
samara berishini tavsiya etishgan [15; 33-
36 b.].

Kislorod-ishqorli

pishirish

usuli.

O‘simlik xomashyosidan sellyulozani

ajratishning

kislorod-ishqorli

pishirish

usuli V.M. Nikitin, G.L. Akim, T.M.

Mirkomilov, E.T. To‘rayev va R.S.

Sayfutdinov tomonidan taklif etilgan [11].

Jarayon mohiyati sellyulozali xomashyoga

ishqorli muhitda molekular kislorod bilan

yuqori

xaroratda

ishlov

berishga

asoslangan. Pishirish jarayonida paxta

tolasi chiqindilarning asosiy qismidan

tozalanadi.

Lekin

bunda

tabiiy

qo‘shimchalar, ya’ni pektin moddalar,

protein,

yog‘-mum

miqdorlarining

hammasi

toladan

chiqmaydi.

Oddiy

ishqorli qaynatishdan so‘ng toladan 25-

30% atrofida mum va pigment moddalar

qoladi, bu moddalar qaynatilgan tolaga

sarg‘ish tus beradi. Tolani oqartirish uchun

takroriy oqartirish jarayonidan o‘tkaziladi.

Paxta sellyulozasi natriy gipoxlorit,

xlor (II) oksid, vodorod peroksid, kislorod

ishtirokida ishqorli usullarda oqartiriladi.

Gipoxlorit

tuzlari

bilan

paxta

sellyulozasi

oqartirilganda

sellyuloza

tarkibidagi lignin va pigment moddalar

eruvchan holatga o‘tadi. Lekin usulning

kamchiligi – gipoxlorit tuzlari sellyulozani

parchalaydi, karbonil va karboksil guruxlar

miqdorini ko‘paytiradi va sellyulozani

saqlashnishi davrida sarg‘ayishiga olib

keladi

.

Xlor (II) oksidning sellyulozani

oqartirish uchun qo‘llanilishiga sabab,

uning yuqori oqartirish xossasiga egaligi va

sellyulozani oksidlay olishidir. Oqartirish


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

67

jarayoni 800S da 1 soat davomida olib

boriladi. Bunda sellyuloza miqdori deyarli

o‘zgarmaydi [28; 665-672 b].

Paxta sellyulozasini vodorod peroksid

bilan oqartirish

60-800S oralig‘ida olib

boriladi. Bu usulda sellyulozani oqartirish

jarayonini ma’lum vaqtdan keyin to‘xtatish

kerak, aks holda tolaning oqlik darajasi

kamayib ketadi.

Kislorod-ishqorli usulda

sellyulozani

oqartirish yuqori haroratda va ishqorli

muhitda

olib

boriladi.

Bu

usulda

sellyulozani

pishirish

va

oqartirish

jarayonlari birga boradi. Kislorod bilan

oqartirish atrof-muhitni zararli chiqindilar

hosil bo‘lmaydi hamda reagentlardan

foydalanish va jarayonni arzonlashtirish

hamda jihozning ishlab chiqarish quvvatini

oshirish mumkin [33].

2.1.-jadval

Qayta ishlanmagan paxta lintining asosiy tavsiflari

Xususiyatlari

O‘lchov

birliklari

Paxta

1

Ligninning miqdori

%

3,24

2

Yog‘-mum miqdori

%

0,80

3

Kul miqdori

%

2-3

4

Oqlik darajasi

%

yuqori

5

Ifloslik darajasi

kul rangi

6

Polimerlanish darajasi

2800-3100

7

α-sellyuloza miqdori

%

90-95,5

8

Namligi

g/100g

4,5-5,6

An'anaviy kompozit ishlab chiqarish

uchun neftga asoslangan polimerlardan

foydalanish ularning sintezidan kelib

chiqadigan ifloslanish va ular bilan bog'liq

axlat muammolari tufayli global ijtimoiy

tashvish tug'dirdi. Shuning uchun bio-

asosli

kompozit

materiallar

tadqiqotchilarning e'tiborini tortmoqda.

Paxta linti:

Tajriba uchun paxta

lintining B tip, II-nav tanlab olindi. O‘z

DSt 645:2010 standart bo‘yicha “Paxta

linti”ning texnik tavsifi O‘z DSt 645:2010

standart bo‘yicha o‘lchash usullari bilan

aniqlandi [3].


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

6

8

Qayta

ishlanmagan

paxta

linti

xomashyosining ma’lumotlari quyidagi

jadvalda keltirilgan.

Biokompozitlarni ishlab chiqishning

asosiy motivatsiyasi ishlab chiqarish,

qo'llash va qayta ishlash nuqtai nazaridan

ekologik

jihatdan

mos

keladigan

kompozitlarning yangi avlodini yaratishdir.

Sellyuloza yerdagi eng keng tarqalgan

biopolimer va neftga asoslangan plastik

materiallarning

katta

miqdorini

kamaytirish va almashtirish uchun eng

istiqbolli

bio-qayta

tiklanadigan

resurslardan biridir.

XULOSALAR

Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, hozirda

mavjud bo‘lgan sellyuloza ishlab chiqarish

usullariga nisbatan, tavsiya etilayotgan

kislorod-ishqorli usulni qo‘llash orqali

olingan paxta sellyulozasining asosiy sifat

ko‘rsatkichlari

polimerlanish

darajasi

hamda uning oqlik darajasi – 5-10% yuqori

bo‘lishi bilan birgalikda, jarayon oxirida

ajralib chiqayotgan oqova suvlar hajmining

miqdori kamligi, ya’ni ishlatiladigan toza

suv va kimyoviy moddalarni 2–5 marotaba

kam sarf bo‘lishi, bu usulni boshqalariga

qaraganda ustunligi shu bilan bir qatorda

Respublikamiz uchun juda dolzarbligidan

dalolat beradi;

Yuqoridagilarga ko‘ra, paxta linti

sellyulozasidan

yuqori

sifatli

atsetatsellyuloza va uning mahsulotlar

ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish

va rivojlantirish, kislorod-ishqorli usulda

pishirsh, bu sohadagi muhim ilmiy va

texnologik muammolarni hal qilishda qo‘l

keladi.

Biokompositsion

materiallar

orasida katta guruh, to'liq sellyuloza

kompositsion

polimerlarining

alohida

qiziqish toifasi hisoblanadi. Sellyulozaning

turli manbalari va ularning kompozitsion

xossalari o'rganilgan. Bundan tashqari, turli

xil qayta ishlash sharoitlari va turli xil

erituvchilar,

shuningdek,

ularning

sellyuloza kompozitlarining ta'siri batafsil

ko'rib chiqildi.

Sellyuloza

kompositsion

polimerlarining

yaqinda

rivojlanishi

akademiklar uchun ham, sanoat uchun ham

yangi imkoniyatlar yaratish mumkin.

Sellyuloza kompositsion polimerlarining

boshqa biokompozitlarga nisbatan asosiy

afzalligi

tuproq

ko'milgan

to'shak

yordamida tez biologik parchalanishdir,

ammo degradatsiyaning katta potentsiali

mos ravishda ba'zi ilovalarda Sellyuloza


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

6

9

kompositsion polimerlaridan foydalanishni

cheklaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Каримкулов К. Классификация стратегически важных товаров для таможенных целях //

Монография. - Германия. - 2013. - C. 116.

2. O’zDSt 645:2010 Пахта линти. Техникавий шартлар. // - Тошкент. - 2010. – Б. 14.
3. Кайминь И.Ф., Иослович М.Я., Слим Л.И. Влияние активаторов на структурно-физическое

состояние целлюлозы. Физ. физ-хим. аспекты активации целлюлозы. // Тез. докл. – Рига. – 1981. -
C. 71-76.

4. “Справочник по первичной обработке хлопка” книга I, «Меҳнат» - Ташкент. -1994. - С. 211.
5. Зарипов А.М., Плотникова М.В., Тишабаев У., Игамбердиев И.И., Усманов Х.У.

Возможность использования засоренных сортов линта для получения высококачественной
хлопковой целлюлозы. В кн.: Структура и модификация хлопковой целлюлозы. Ташкент: ФАН. –
1986. - С. 11-15.

6. Миркамилов Т.М. Высококачественная хлопковая целлюлоза из низких сортов линта //

Автореф. дисс. доктора технических наук. – Рига. – 1983. - С. 48.

7. Сайфутдиноав Р.С. Разработка технологии получения древесно стружечных плит и

целлюлозы из целлозосодержащего сырья // Автореф. дисс. доктора технических наук. - Ташкент. –
1999. - С. 49.

9. Усманов Х.У., Минина В.С., Зарипова А.М. Перспективы химической переработки отходов

хлопководства // - Ташкент: Наука. – 1984. - С. 83.

10. Миркамилов Т.М. Технология хлопковой целлюлозы // - Ташкент: ФАН. - 1996. - С. 272.
11. Сайфутдиноав Р.С. Разработка технологии получения древесно стружечных плит и

целлюлозы из целлозосодержащего сырья // дисс. доктора технических наук. - Ташкент. – 1999. - С.
243.

13. Ҳакимов И.Ҳ. Пахта целлюлозасининг химияси // - Тошкент: Ўқитувчи. – 1981. – Б. 253.
14. Аким Г.Л., Ермолинский В.Г., Быстрова Т.А. Основные проблемы кислородно-щелочной

отбелки целлюлозы // В кн.: I Всесоюзная конференция по химии и физике целлюлозы: Тезисы
докладов. - Рига: Зинантне. – 1975. - С. 99-104.

15. Shamolina I.I., Bochek A.M., Zabivalova N.M., Medvedeva D.A., Grishanov S.A. An

investigation of structural changes in short flax fibres in chemical treatment // Fibres &Textiles in Eastern
Europe. - 2003. V11. - №1.(40) Р. 33-36.

18.

BochekA.M.,

ZabivalovaN.M.,.ShamolinaI.I,

AsnisL.M.,

GrishanovS.A.

Separationandinvestigationofpropertiesofflaxfibre pectin // Abstacts of "The First Central Europian
Conference on Fibres and Special Textiles". Lodz. - Poland. - 2000. - Р. 27-29.

19. Zabivalova N.M., Bochek A.M., Kalyuzhnaya L.M. Mixed cellulose ethers based on cellulose of

the different origin and their physical-chemical properties // Book of Abst. of the 5-th Intern. Symposium
"Molecular Mobility and Order in Polymer Systems". S. – Petersburg. - 2005. - Р. 109.

20. Махкамов K.M., Ульмасова Б.Т., Арипов Х.Ш., Иоелович М.Я. Надмолекулярная

структура хлопковой целлюлозы разного происхождения // ДАН РТ. - Т.39. - 1996. - №11-12. - С. 72.

22. Никитин Н.И. Химия древесины и целлюлозы // Монография. - 1972.- С.412.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

70

24. Kenji Kamide. Cellulose and Cellulose Derivatives // Elsevier. - 2005. - Р. 652.
25. Pratima Bajpai. Environmentally-Friendly Production of Pulp and Paper. // - United States. - 2010.

- Р. 366.

26. Liisa Viikari, R.Lantto. Biotechnology in the Pulp and Paper Industry//- United Kingdom. - 2002.

- Р. 344.

27. Миркамшов Ш.М. Некоторые экологические аспекты в роизводстве хлопковой целлюлозы

// Тезисы докл. Научно-практической онф.: Эколого-экономические проблемы лесного комплекса
(на примереро-Западного региона России). - Санкт-Петербург. - 1997. - С. 97.

28. Сайфутдинов Р.С. Получение целлюлозы из низкосортного линта и циклонного пуха с

применением кислородно-содовой варки для химической переработки и производства бумаги. //
Дисс.канд.тех. наук. Л.:, - 1982. - С. 134.

29. Шубаков А.А., Елькина Е.А., Федорова Э.И. Отбеливание лиственное сулфатной

целлюлозы перманганатом калия // Химия растительного сырья. - 2002. - №2. - С. 29-31.

30. Гоготов А.Ф.. Нитрозолигнин в качестве стабилизатора целлюлозы при гипохлоритной

отбелке // Химия растительного сырья. - 1999. - №4. - С. 9-12.

31. Лазарева Г.М., Аким Л.Е. Влияние щелочной и водной обработок хлопкового линта на

качество хлопковой целлюлозы, предназначенной для химической переработки // В кн.: Труды
Ленинградского технологического института целлюлозно-бумажной промышленности. М., вып. 30,
изд. Лесная пром. – 1973. - С. 20-29.

32. Погосов Ю.Л., Шапошникова С.Т. Получение целлюлозы из делинта хлопковых семян //

Бумажная пром. – 1982. - №7. - С.12-14.

33. Асқаров М.А., Исмоилов И.И.. Полимерлар кимёси ва физикаси // - Тошкент: Ўзбекистон.

– 2004. – Б. 412.

34. Nortoji, X., & Muxriddin, A. (2023). ORGANIK DEHQONCHILIKNI DUNYO

MAMLAKATLARI VA RESPUBLIKAMIZDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.

Science and

innovation

,

2

(Special Issue 6), 92-97.

35. Тухтабоева, Ф. М., Хашимджанова, Н. Н., Юсупов, А. Н., & Абдуталипов, М. (2016).

Изменения фракций белков при воздействии стимуляторов.

European research

, (6 (17)), 10-13.

Bibliografik manbalar

Каримкулов К. Классификация стратегически важных товаров для таможенных целях // Монография. - Германия. - 2013. - C. 116.

O’zDSt 645:2010 Пахта линти. Техникавий шартлар. // - Тошкент. - 2010. – Б. 14.

Кайминь И.Ф., Иослович М.Я., Слим Л.И. Влияние активаторов на структурно-физическое состояние целлюлозы. Физ. физ-хим. аспекты активации целлюлозы. // Тез. докл. – Рига. – 1981. - C. 71-76.

“Справочник по первичной обработке хлопка” книга I, «Меҳнат» - Ташкент. -1994. - С. 211.

Зарипов А.М., Плотникова М.В., Тишабаев У., Игамбердиев И.И., Усманов Х.У. Возможность использования засоренных сортов линта для получения высококачественной хлопковой целлюлозы. В кн.: Структура и модификация хлопковой целлюлозы. Ташкент: ФАН. – 1986. - С. 11-15.

Миркамилов Т.М. Высококачественная хлопковая целлюлоза из низких сортов линта // Автореф. дисс. доктора технических наук. – Рига. – 1983. - С. 48.

Сайфутдиноав Р.С. Разработка технологии получения древесно стружечных плит и целлюлозы из целлозосодержащего сырья // Автореф. дисс. доктора технических наук. - Ташкент. – 1999. - С. 49.

Усманов Х.У., Минина В.С., Зарипова А.М. Перспективы химической переработки отходов хлопководства // - Ташкент: Наука. – 1984. - С. 83.

Миркамилов Т.М. Технология хлопковой целлюлозы // - Ташкент: ФАН. - 1996. - С. 272.

Сайфутдиноав Р.С. Разработка технологии получения древесно стружечных плит и целлюлозы из целлозосодержащего сырья // дисс. доктора технических наук. - Ташкент. – 1999. - С. 243.

Ҳакимов И.Ҳ. Пахта целлюлозасининг химияси // - Тошкент: Ўқитувчи. – 1981. – Б. 253.

Аким Г.Л., Ермолинский В.Г., Быстрова Т.А. Основные проблемы кислородно-щелочной отбелки целлюлозы // В кн.: I Всесоюзная конференция по химии и физике целлюлозы: Тезисы докладов. - Рига: Зинантне. – 1975. - С. 99-104.

Shamolina I.I., Bochek A.M., Zabivalova N.M., Medvedeva D.A., Grishanov S.A. An investigation of structural changes in short flax fibres in chemical treatment // Fibres &Textiles in Eastern Europe. - 2003. V11. - №1.(40) Р. 33-36.

BochekA.M., ZabivalovaN.M.,.ShamolinaI.I, AsnisL.M., GrishanovS.A. Separationandinvestigationofpropertiesofflaxfibre pectin // Abstacts of "The First Central Europian Conference on Fibres and Special Textiles". Lodz. - Poland. - 2000. - Р. 27-29.

Zabivalova N.M., Bochek A.M., Kalyuzhnaya L.M. Mixed cellulose ethers based on cellulose of the different origin and their physical-chemical properties // Book of Abst. of the 5-th Intern. Symposium "Molecular Mobility and Order in Polymer Systems". S. – Petersburg. - 2005. - Р. 109.

Махкамов K.M., Ульмасова Б.Т., Арипов Х.Ш., Иоелович М.Я. Надмолекулярная структура хлопковой целлюлозы разного происхождения // ДАН РТ. - Т.39. - 1996. - №11-12. - С. 72.

Никитин Н.И. Химия древесины и целлюлозы // Монография. - 1972.- С.412.

Kenji Kamide. Cellulose and Cellulose Derivatives // Elsevier. - 2005. - Р. 652.

Pratima Bajpai. Environmentally-Friendly Production of Pulp and Paper. // - United States. - 2010. - Р. 366.

Liisa Viikari, R.Lantto. Biotechnology in the Pulp and Paper Industry//- United Kingdom. - 2002. - Р. 344.

Миркамшов Ш.М. Некоторые экологические аспекты в роизводстве хлопковой целлюлозы // Тезисы докл. Научно-практической онф.: Эколого-экономические проблемы лесного комплекса (на примереро-Западного региона России). - Санкт-Петербург. - 1997. - С. 97.

Сайфутдинов Р.С. Получение целлюлозы из низкосортного линта и циклонного пуха с применением кислородно-содовой варки для химической переработки и производства бумаги. // Дисс.канд.тех. наук. Л.:, - 1982. - С. 134.

Шубаков А.А., Елькина Е.А., Федорова Э.И. Отбеливание лиственное сулфатной целлюлозы перманганатом калия // Химия растительного сырья. - 2002. - №2. - С. 29-31.

Гоготов А.Ф.. Нитрозолигнин в качестве стабилизатора целлюлозы при гипохлоритной отбелке // Химия растительного сырья. - 1999. - №4. - С. 9-12.

Лазарева Г.М., Аким Л.Е. Влияние щелочной и водной обработок хлопкового линта на качество хлопковой целлюлозы, предназначенной для химической переработки // В кн.: Труды Ленинградского технологического института целлюлозно-бумажной промышленности. М., вып. 30, изд. Лесная пром. – 1973. - С. 20-29.

Погосов Ю.Л., Шапошникова С.Т. Получение целлюлозы из делинта хлопковых семян // Бумажная пром. – 1982. - №7. - С.12-14.

Асқаров М.А., Исмоилов И.И.. Полимерлар кимёси ва физикаси // - Тошкент: Ўзбекистон. – 2004. – Б. 412.

Nortoji, X., & Muxriddin, A. (2023). ORGANIK DEHQONCHILIKNI DUNYO MAMLAKATLARI VA RESPUBLIKAMIZDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 92-97.

Тухтабоева, Ф. М., Хашимджанова, Н. Н., Юсупов, А. Н., & Абдуталипов, М. (2016). Изменения фракций белков при воздействии стимуляторов. European research, (6 (17)), 10-13.