Universal International Scientific Journal
183
Toʻraev Farxodjon Farmonovich
Alfraganus University
Uzbekistan
Annotatsiya:
Bu ishda umumiy oʻrta maktablar va akademik litseylarda kvant fizikasi fanini va OTM
larda kvant mexanikasi fanini izchillik prinsipi asosida oʻqitish metodikasi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Uzluksiz ta'lim, kvant fizikasi, kvant mexanikasi, oʻqitish metodikasi, izchillik
prinsipi, oʻqitish metodikasi.
Аннотация:
В данной работе описана методика преподавания квантовой физики в средних
школах и академических лицеях и квантовой механики в высших учебных заведениях по рабочему
принципу.
Ключевые слова:
Непрерывное образование, квантовая физика, квантовая механика,
методика обучения, принцип работы, методика обучения.
Abstract:
In this paper describes the science of quantum physics in general schools and the academic
lyceums, as well as the method of teaching quantum mechanics on principles consistently at universities.
Keywords:
Continuing education, quantum physics, quantum mechanics, teaching methods, the
principle of consistency, teaching methods.
Language:
Uzbek
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA FIZIKANI OʻQITISHDA IZCHILLIK TAMOYILINI
QOʻLLASH
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 1
Published: 31.01.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
18
4
Citation:
TURAEV , F. (2025). APPLICATION OF THE PRINCIPLE OF CONSISTENCY IN
TEACHING PHYSICS IN THE CONTINUING EDUCATION SYSTEM. Universal International
Scientific
Journal,
2(1),
183–186.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1442
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14910281
OTM va AL larda fizika kursining
ilmiy asoslarini chuqur oʻzlashtirilishi,
fizika fani va uni uzluksiz ta'limning turli
bosqichlarida oʻqitishdagi izchilligini
ta'minlashni talab etadi, lekin amalda bu
oʻquv adabiyotlari va oʻqitish amaliyotida
toʻla bajarilmaydi.
Zamonaviy fizika fanida fundamental
qonuniyat deb tan olingan statistik
qonuniyatlar ta'lim tizimidagi oʻquv
adabiyotlarida va fizikani oʻqitishda
oʻzining asosiy oʻrnini egallamagan.
Buning asosiy sababi umumiy va nazariy
fizika kurslari hamda fizika oʻqitish
metodikasida izchillik (preemstvennost)
tamoyilining amalda qoʻllanmasligi, fan
oʻqituvchilarining asosiy qismining ushbu
tamoyilni amaliy faoliyatda qoʻllashni
bilmasligidadir.
Izchillik
masalasiga,
falsafiy
kategoriya sifatida E.A.Baller tomonidan
zamonaviy falsafaga mos keluvchi –
“yangida,
moddiy
ob'ektlarning
rivojlanishida,
eskining,
ayrim
elementlarining
saqlab
qolinishi
tushuniladi”–fikr
bildirilgan.
Ta'lim
muassasalarida fizikani oʻqitish –
zamonaviy
bilimlar,
asosiy
fizik
tushunchalar, qonuniyat va nazariyalarni
puxta oʻzlashtirilishini hamda ularning
ta'limning turli bosqichlardagi izchilligini
ta'minlashi zarur.
Izchillik tamoyilini oʻquv jarayonida
qoʻllashda
1. Izchillikning didaktik tushuncha va
tamoyil ekanligi;
2. Didaktik tatqiqotlarda “izchillik”
va “umumlashtirish”, “izchillik” va
“predmetlararo bogʻlanish”,“izchillik” va
“tizimlashtirish” tushunchalarining oʻzaro
bogʻlanishga egaligi;
3. Izchillik tamoyilining pedagogik va
didaktik tatqiqotlarda metodologik tamoyil
ekanligiga
asoslaniladi.
Shu
asosda
izchillikga ta'rif beriladi: “Oʻqitishdagi
izchillik – oʻquv materialini oʻqitish
bosqichlari boʻyicha toʻgʻri taqsimlanishi,
bilim,
malaka
va
koʻnikmalarning
bosqichma – bosqich rivojlanishidagi
bogʻlanishlar
hamda
ularning
rivojlanishini koʻrsatib, ya'ni oʻqitishning
dastlabki
bosqichidagi
bilimlarning
saqlanib, yangi bilimlarga tayanch sifatida
qoʻllanilishi hamda eski va yangi
bilimlarning
birlashib,
yaxlit
holga
kelishini ifodalaydi” [1].
Talabalarga kvant mexanika kursining
dastlabki boblarida Geyzenberg noaniqlik
munosabatini bayon qilishda mavjud
metodik
qiyinchiliklar
talabalarni
kvantomexanik tasavvur asosida fikrlashga
Universal International Scientific Journal
18
4
oʻrgatish asosida hal etiladi.
Albatta hamma talabalar ham bu
muammolarni tezda engib oʻtaolmaydi,
shu sababli oʻqitishda muammoli ta'lim
metodlari va boshqa zamonaviy metodlarni
qoʻllagan holda koʻrgazmali materiallarni
kengroq tadbiq etish kerak.
OTM larda statistik qonuniyatlar
umumiy fizika kursining molekulyar fizika
va kvant fizikasi boʻlimlarida soddaroq
oʻrganiladi, nazariy fizika kursining kvant
mexanika va statistik fizika boʻlimlarida
mukammallashtirilgan holda oʻrganiladi,
lekin umumiy va nazariy fizikaning
yuqoridagi boʻlimlarining maktab, AL va
OTM larda fizika kurslari bilan etarlicha
bogʻlanmaganligidan,
yuqorida
ta'kidlangan fanlardan olingan bilimlar
OTM va AL larda fizikani oʻqitishda talab
darajasida qoʻllanilmaydi.
Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish
uchun:
1. Umumiy va nazariy fizika
boʻlimlari oʻquv materialini, shartli
umumfizikaviy va kasbiy bilimlarga
ajratish va oʻqitishda izchillik tamoyilini
qoʻllash.
2. Oʻqitish metodikasi va berilgan
materiallarning
oʻzlashtirilishiga
oid
talablar va me'zonlarni ishlab chiqish, shu
asosda ta'lim oluvchilarning bilimga
intilishi va faolligini tarbiyalash taklif
etiladi [2].
Mikroob'ektlarning
klassik
korpuskulalardan keskin farqi, unda toʻlqin
xususiyatlarining mavjudligi hisoblanadi,
mikroob'ektning toʻlqin hususiyatlari bilan
noaniqliklar munosabati va undan kelib
chiqadigan koʻplab natijalar bogʻlangan.
Mikroob'ektlarning klassik toʻlqin
xossalariga ega boʻlsa ham, De- Broyl
gʻoyalari asosida klassik toʻlqindan tubdan
farq qilishi ham koʻrsatiladi. Faraz qilaylik
atomdagi Bor orbitasining uzunligi ga
teng,
bu
orbitada
harakatlanayotgan
elektronning De- Broyl toʻlqin uzunligi .
Elektronning orbitasi uzunligida elektron
De-Broyl
toʻlqin uzunligi marta
joylashadi.
Natijada
momentning
kvantlanish sharti kelib chiqadi [3, 4, 5,6].
Umuman
masala
echish
mashgʻulotlari, oʻquv mashgʻulotlaridan
tashqari
oʻtkaziladigan
seminar
mashgʻulotlarida bu masalani muxokama
etish maqsadga muvofiq boʻladi.
Fizikani oʻqitishda statistik gʻoya va
tushunchalarni shakllantirishdagi izchillik
umumiy oʻrta ta'lim maktablari, OTM va
AL larda yuqoridagi gʻoya va
tushunchalar
toʻgʻrisida
boshlangʻich
ma'lumotlarning sifat jihatdan berilishi,
OTM larda umumiy va nazariy fizika
kurslarida sifat hamda miqdor jihatdan
rivojlantirilishi bilan ifodalanadi. OTM
larda statistik qonuniyatlar umumiy fizika
kursining molekulyar fizika va kvant
fizikasi boʻlimlarida soddaroq oʻrganiladi,
nazariy fizika kursining kvant mexanika
va
statistik
fizika
boʻlimlarida
mukammallashtirilgan holda oʻrganiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Universal International Scientific Journal
18
5
1. Accounts of Chemical Research Islamoglu, Goswami, Li, Howarth, Farha, and
Hupp 2017.
2. Accounts of Chemical Research Jiang, Economou and Panagiotopoulos 2017.
3. D.Djankoli “Fizika 1-tom Moskva “Mir” 1989g
4. T.I. Trafimova “Kurs fiziki” 1990g
5. Sabadi P. Solnechniy dom. - M.: Stroyizdat, 1981.
6. Chakalev K.N., Sadikov J.D. Geliotexnika. 1994. №1.
