Universal International Scientific Journal
26
R.Y.Latipova., N.R.Xamidullayeva., S.I.Xusanov., D.S.To’ychiyeva
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis) o‘simligini yetishtirish
texnologiyasi yo‘ritilgan. Maqolada rozmarinning biologik xususiyatlari, agrotexnik, iqlim va tuproq
sharoitlariga qo‘yiladigan talablar, o‘simlikni parvarishlash va hosilni yig‘ib olish usullari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni
rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida ushbu sohaning ahamiyati va istiqbollari tahlil qilingan. Maqolada
dorivor rozmarin yetishtirish orqali fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va eksport
salohiyatini rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
rozmarin, kraft qog‘oz, qalamcha, plantatsiya, ko‘chat, geteroauksin, optimal muhit.
Аннотация:
В данной статье описана технология выращивания растения розмарин
лекарственный (Rosmarinus officinalis). В статье рассмотрены биологические свойства розмарина,
требования к агротехническим, климатическим и почвенным условиям, уходу за растениями и
способам сбора урожая. Также на основании постановления Президента Республики Узбекистан,
направленного на развитие выращивания и переработки лекарственных растений,
проанализированы значение и перспективы данной сферы. В статье даны практические
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
DORIVOR ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH
HAQIDA
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 3
Published: 07.03.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
2
7
рекомендации по повышению экономической эффективности фермерских хозяйств и развитию
экспортного потенциала за счет выращивания розмарина лекарственного.
Ключевые слова:
розмарин, крафт-бумага, загон, плантация, рассада, гетероауксин,
оптимальная среда.
Abstract:
This article discusses the technology of growing medicinal rosemary (Rosmarinus
officinalis). The article considers the biological properties of rosemary, requirements for agrotechnical,
climatic and soil conditions, methods of plant care and harvesting. Also, the importance and prospects of
this industry are analyzed based on the resolution of the President of the Republic of Uzbekistan on the
development of the cultivation and processing of medicinal plants. The article provides practical
recommendations for increasing the economic efficiency of farms and developing their export potential
through the cultivation of medicinal rosemary.
Keywords:
rosemary, kraft paper, cuttings, plantation, seedling, heteroauxin, optimal environment.
Language:
Uzbek
Citation:
R.Y.Latipova, R., N.R.Xamidullayeva, N., S.I.Xusanov, S., & D.S.To’ychiyeva, D. (2025).
ABOUT GROWING THE MEDICINAL ROSEMARY (ROSMARINUS OFFICINALIS) PLANT.
Universal
International
Scientific
Journal,
2(3),
26–30.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1462
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14986269
Rozmarin kabi dorivor o‘simliklarni
yetishtirishning
ahamiyati
yurtimizda
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va
sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash
siyosati bilan uyg‘unlashadi. Jumladan,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan qabul qilingan “Dorivor
o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va
qayta ishlash hamda davolashda ulardan
keng foydalanishni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-
maydagi PQ-251-son qarori) ushbu sohani
yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan
muhim hujjat bo‘lib, dorivor o‘simliklarni
sanoat miqyosida yetishtirish, ularni qayta
ishlash va eksport salohiyatini oshirishga
keng yo‘l ochib berdi.
Mazkur
qaror
doirasida
yer
resurslaridan
samarali
foydalanish,
innovatsion texnologiyalarni joriy etish va
dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga
moslashtirish
orqali
fermer
va
tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlashga
alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai
nazardan, rozmarin kabi yuqori iqtisodiy va
Universal International Scientific Journal
2
8
ekologik qiymatga ega o‘simliklarni
yetishtirish dolzarb masalalardan biriga
aylangan.
Ushbu
maqola
rozmarin
yetishtirish texnologiyasi haqida batafsil
ma’lumot berib, uni muvaffaqiyatli
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan amaliy
tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
So‘nggi
yillarda
rozmarin
yetishtirishga bo‘lgan qiziqish ortib
bormoqda. Bu o‘simlikning iqtisodiy
samaradorligi, yuqori hosildorligi va
qurg‘oqchilikka chidamliligi uni tijorat
maqsadida yetishtirish uchun jozibador
qiladi.
Shunga
qaramay,
rozmarin
yetishtirish texnologiyasini to‘g‘ri tashkil
qilish va agrotexnik talablarga rioya qilish
muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada
rozmarin
o‘simligini
muvaffaqiyatli
yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy
texnologiyalar, tuproq va iqlim talablaridan
boshlab, parvarishlash va hosil yig‘ish
jarayonlarigacha bo‘lgan bosqichlar ko‘rib
chiqiladi.
Dorivor rozmarin qalamchasidan,
kamdan kam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2-3
yillik koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan
keyin 2-3-yildan boshlab bargi va
toʻpguli yigʻib olinadi. Hosildorligi 40-120
s/gani tashkil etadi. Butalari 7 - 9 yilda
yoshartiriladi. Rozmarin 20-25 yilgacha.
hosil beradi. Barglari va toʻpgullari
tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda
ishlatiladigan 1,5 - 2,5% (quruq
moddaga nisbatan) efir moyi, 0,5%
gacha rozmaritsin va boshqa alkaloidlar,
ursol va rozmarin kislotalari bor.
O‘simlikni plantatsiyasini tashkil
etish
uchun
avvalambor,
ko‘chat
tayyorlash zarur. Urug’idan unuvchanligi
past. Shu sababli asosan vegetativ usulda
qalamchalardan ko‘paytiriladi.
O’zFA
ma’lumotlariga
ko’ra,
yetilmagan
(hali
yog‘ochlanmagan)
qalamchalarga ishlov berish uchun past,
chala yetilganlari uchun o‘rta,
yog‘ochlangan qalamchalar uchun esa
yuqori darajadagi o‘stiruvchi moddalar
aralashmasi
ishlatiladi.
Qalamcha
tayyorlashda geteroauksindan foydalanish
ildiz otishini 10-15%ga oshiradi. Oz
miqdorda
margansovka
eritmasi
yordamida ishlov berish ham ildiz otishni
tezlashtirib, tuproqdagi chirish jarayonini
pasaytiradi.
Qalamchalar
iyul-avgust
oylarida
poyasi
yog‘ochlangan
novdalardan 15-20 sm uzunlikda kesiladi.
Universal International Scientific Journal
2
9
Nam matoga o‘ralgan qalamchalar 25
tadan qilib bog‘lanadi va bog‘-bog‘i
bilan vannachaga yoki shisha, sirli,
zanglamaydigan po‘lat idishga joylanadi.
Eritma qatlami 3-3,5 sm dan baland va
1,5-2 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qalamchalarga soat 17.00-17.30 da ishlov
beriladi, tuni bilan qoldirilib, ertalab
ichimlik suvida yaxshilab yuviladi va
tuoroqqa ekiladi. Ildiz ottirish uchun
bunday qalamchalarni issiqxonalarda
maxsus tayyorlangan substratlarga qadash
kerak. Issiqxonada 1 m2 ga 2 chelak
nisbatda tayyorlangan chirigan go‘ng bilan
o‘g‘itlangan va yaxshilab chopilgan,
tekislangan, ustiga 15 sm qalinlikda
daryo qumi to‘shalgan tuproq qalamcha
ekish uchun optimal muhit hisoblanadi.
Qalamchalar
5-10
sm
chuqurlikka
qiyalatib ekiladi. Kuniga 4 marta, har
uch soatda sug‘orib turiladi. Qalamcha
ekilganidan 20-30 kun o‘tgach, ildiz
otish nuqtalari bo‘rtishi namoyon bo‘ladi.
Bu vaqtga kelib kundalik sug‘orish
miqdori 2 martagacha kamayadi (ertalab
va kechqurun). Oktyabr oyida sug‘orish
miqdori
1
martagacha
kamaytiriladi
(ertalab). So‘ngra haftasiga bir marta
ko‘chat tayyor bo‘lgunga qadar sug‘oriladi.
Qalamchalar issiqxonalarda erta bahorda
tayyor ko‘chat bo‘lib yetiladi. Tayyor
bo‘lgan ko‘chatlar plantatsiyaga
ekilgunga qadar, maydon 25-30 sm
chuqurlikda haydaladi, tekislanadi va 60-
70 sm oralig‘ida qator tortiladi. Tuplar
oralig‘i 20 sm masofada ko‘chatlar
o‘tkaziladi va zaxlatib sug‘oriladi. Yil
davomida
o‘simliklar
8-9
marta
sug‘oriladi. Har 2-3 sug‘orishdan keyin
kultivatsiya qilinadi, begona o‘tlardan
tozalanadi. Tavsiya etilgan agrotexnikaga
qat’iy amal qilinganda o‘simlikning
o‘sish va rivojlanishi talab darajasida
bo‘ladi. Hosildorlik, yani o‘simlikning
asosiy poyasi va yon shoxlarining 10-15 sm
uchki qismi va butun tupdagi barglari,
gektar hisobida 5-7 sentnerni tashkil etadi.
Shunday qilib, rozmarin yetishtirish
yurtimizda iqtisodiy jihatdan foydali va
ekologik barqaror qishloq xo‘jaligi
faoliyatlaridan biri sifatida katta ahamiyat
kasb etadi. Ushbu maqolada rozmarin
o‘simligining
agrotexnik
talablari,
parvarishlash
usullari
va
yetishtirish
texnologiyalari ko‘rib chiqildi. Rozmarin
yetishtirish texnologiyasiga to‘g‘ri rioya
qilish nafaqat fermer xo‘jaliklarining
Universal International Scientific Journal
30
daromadini oshiradi, balki mamlakatimiz
qishloq xo‘jaligida yangi innovatsion
yo‘nalishlarni
rivojlantirishga
xizmat
qiladi. Ushbu sohada samarali ish olib
borish uchun ilmiy izlanishlarni davom
ettirish va amaliy tajribalarni kengaytirish
muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Dorivor
o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng
foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qarori)
2.
B.Yo.To’xtayev, T.X.Mahkamov, A.To’laganov, A.V.Mahmudov «Dorivor va
ozuqabop o’simliklarni plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash bo’yicha
metodik qo’llanma», Toshkent, 2015.
3.
Международный научный журнал «Новости образования: исследование в
XXI веке», ноябрь, 2023 г., № 15(100), часть 2, c.1035-1036.
4. https://www.ozon.ru › club › article › kak-vyrastit-rozmarin.
5. http://www.sort-semena.ru › vegetech › rozmarin.
6. https://indoor-plants.org › katalog-rastenij › rosmarinus.
