Mualliflar

  • Baxodir Shamayev
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.71691

Kalit so‘zlar:

korroziya polimer komrozitsion material adgezion

Annotasiya

Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar korroziyaga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lib, bu ularning xizmat muddatini qisqartiradi va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda uskunaları korroziyadan samarali himoya qilish maqsadida kompozitsion polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning optimal tarkibini ishlab chiqish usullari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida polimer matritsalar (masalan, epoksi, poliuretan) va korroziyaga qarshi xususiyatlarni oshiruvchi qo‘shimchalar (nanozarrachalar, inhibitorlar) kombinatsiyasi sinovdan o‘tkazildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan qoplamalar kimyoviy agressiv muhitda (tuz, kislota va namlik) korroziya tezligini 80% gacha kamaytiradi. Qoplamalarning oziq-ovqat bilan aloqa qilishdagi xavfsizligi va mexanik mustahkamligi ham tekshirildi. Ushbu usul oziq-ovqat sanoati uskunalarining chidamliligini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish uchun samarali yechim sifatida tavsiya etiladi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

13

Universaljurnal.uz

Shamayev Baxodir Ergashevich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

"Kimyo muhandisligi" kafedrasi dotsenti

Uzbekistan

nazokat3007@gmail.com

Annotatsiya.

Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar korroziyaga yuqori sezuvchanlikka ega

bo‘lib, bu ularning xizmat muddatini qisqartiradi va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu

tadqiqotda uskunaları korroziyadan samarali himoya qilish maqsadida kompozitsion polimer materiallar va

ular asosidagi qoplamalarning optimal tarkibini ishlab chiqish usullari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida

polimer matritsalar (masalan, epoksi, poliuretan) va korroziyaga qarshi xususiyatlarni oshiruvchi

qo‘shimchalar (nanozarrachalar, inhibitorlar) kombinatsiyasi sinovdan o‘tkazildi. Eksperimental natijalar

shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan qoplamalar kimyoviy agressiv muhitda (tuz, kislota va namlik) korroziya

tezligini 80% gacha kamaytiradi. Qoplamalarning oziq-ovqat bilan aloqa qilishdagi xavfsizligi va mexanik

mustahkamligi ham tekshirildi. Ushbu usul oziq-ovqat sanoati uskunalarining chidamliligini oshirish va

xarajatlarni optimallashtirish uchun samarali yechim sifatida tavsiya etiladi.

Kalit so‘zlar:

korroziya, polimer, komrozitsion material, adgezion.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

OZIQ-OVQAT SANOATI USKUNALARINI KORROZIYADAN HIMOYA QILISH UCHUN

KOMPOZITSION POLIMER MATERIALLAR VA ULAR ASOSIDAGI

QOPLAMALARNING SAMARALI TARKIBINI OLISH USULI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 3

Published: 03.03.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

1

4

Аннотация:

Оборудование, используемое в пищевой промышленности, весьма

чувствительно к коррозии, что сокращает срок его службы и отрицательно влияет на качество

продукции. В данном исследовании изучены методы разработки оптимального состава

композиционных полимерных материалов и покрытий на их основе с целью эффективной защиты

оборудования от коррозии. В ходе исследований была опробована комбинация полимерных матриц

(например, эпоксидной, полиуретановой) и добавок, повышающих антикоррозионные свойства

(наночастицы, ингибиторы). Результаты экспериментов показали, что разработанные покрытия

снижают скорость коррозии в химически агрессивных средах (соли, кислоты и влага) до 80%. Также

были исследованы безопасность и механическая прочность покрытий, контактирующих с

пищевыми продуктами. Этот метод рекомендуется как эффективное решение для повышения

долговечности оборудования пищевой промышленности и оптимизации затрат.

Ключевые слова:

коррозия, полимер, коррозионный материал, адгезия.

Abstract:

Equipment used in the food industry is highly susceptible to corrosion, which reduces their

service life and negatively affects product quality. In this study, methods for developing the optimal

composition of composite polymer materials and coatings based on them were studied in order to

effectively protect equipment from corrosion. During the research, combinations of polymer matrices (e.g.,

epoxy, polyurethane) and additives (nanoparticles, inhibitors) that increase anti-corrosion properties were

tested. Experimental results showed that the developed coatings reduce the corrosion rate by up to 80% in

chemically aggressive environments (salt, acid, and moisture). The safety and mechanical strength of the

coatings in contact with food were also tested. This method is recommended as an effective solution for

increasing the durability of food industry equipment and optimizing costs.

Keywords:

corrosion, polymer, corrosion material, adhesion.

Language:

Uzbek

Citation:

Shamayev , B. (2025). METHOD FOR OBTAINING EFFECTIVE COMPOSITION OF

COMPOSITE POLYMER MATERIALS AND COATINGS BASED ON THEM FOR PROTECTION OF

FOOD INDUSTRY EQUIPMENT FROM CORROSION. Universal International Scientific Journal, 2(3),

13–20. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1460

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14980752

Kirish. Jahonda adgezion mustahkam,

agressiv

muhitga

chidamligi

yuqori

bo‘lgan kompozitsion qoplamalarni olish
imkonini beradigan polimer materiallar
mavjud

bo‘lib,

ulardan

samarali

foydalanilmoqda. [1]Agressiv muhitda
qo‘llaniladigan kompozitsion polimer
qoplamalar ishlab chiqarishda ularning
tarkibiga qo‘shiladigan organik mineral
moddalarning

tabiati,

turi,

tarkibiga


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

1

5

bog‘liqligiga alohida eʼtibor qaratilgan.[2]
Shu bilan birga oziq-ovqat sanoati
ichimliklari

ishlab

chiqarishda

qo‘llaniladigan

asbob-uskunalarni

korroziyadan himoyalashda antikorrozion
kompozitsion

polimer

qoplamalarning

tuzilishi va xolatini o‘rganish va olish
texnologiyasini ishlab chiqish asosiy o‘rin
egallaydi.[3.4]

Respublikamizda

oziq-ovqat,

alkogolli va alkogolsiz ichimliklar ishlab
chiqarish

uskunalarini

korroziyadan

himoyalash

uchun

agressiv

muhitga

chidamli materiallar va ular asosida
qoplamalar ishlab chiqarish bo‘yicha keng
qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib,
raqobatbardosh

maxsulotlar

ishlab

chiqarish borasida muhim natijalarga
erishilmoqda.[5] Bu borada, oziq-ovqat,
alkogolli va alkogolsiz ichimliklar ishlab
chiqarish

uskunalarini

korroziyadan

himoya qilish uchun kompozitsion polimer
materialar

va

ular

asosidagi

qoplamalarning yangi samarali tarkiblarini
va

ularning

ishlab

chiqarish

texnologiyasini

yaratish

va

takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-
tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.[6]

Tadqiqotning obyekti va usullari. Olib

borilayotgan taddqiqotlarimiz davomida
EIS-1, E-181- epoksi oligomerlari, past
zichlikka

ega

polietilen

(PZPE),

dibutilftalat

plastifikatori

(DBF),

polietilenpoliamin (PEPA) - qotiruvchi va
piperidin tanlangan bulib obyektlardan
foydalangan xolda standart usul va
qurilmalardan

foydalanilgan.

Shartli

qovushqoqlik GOST 8420-74 , adgeziv
zichlik GOST 14-760-69 , egiluvchanlik
kuchi

GOST

4648-71,

elektrofizik

xossalari GOST 6433.2.3.4.-71 bo‘yicha,
issiqlikka chidamliligi VIK qurilmasida,
korroziyaga chidamliligi esa GOST 120-
20-72 lar bo‘yicha aniqlangan.

Olingan natijalarning taxlili. Epoksid

va

epoksipolietilen

aralashmalarining

mustahkamlik xossalarini o‘rganish. Ishlab
chiqilgan kompozitsiyalarning sezilarli
farqi bu mustahkamlilik xossalarining
noadditiv o‘zgarishi hisoblanadi. 1-rasmda
epoksipolietilen kompozitsiyalarini bir
o‘qli

cho‘zilishidagi

mustahkamlilik

chegarasining polietilen konsentratsiyasi
va deformatsiya tezligiga bog‘liqligi
keltirilgan. 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki,
egri chiziqlar tabiatan maʼlum bir
muntazam qonuniylikni anglatadi va
ularning bu kabi qonuniyatga bo‘ysinishi
materiallarning

mustahkamlik

ko‘rsatkichlarini

o‘rganilgan

barcha

deformatsiya

tezligida

va

tarkib

intervallarida aniqlash imkonini beradi.
Termodinamik jihatdan mos bo‘lmagan
kompozitlardan

farqli

o‘laroq,

termodinamik

jihatdan mos bo‘lgan

epoksid polimerlari va ular asosidagi
kompozitlarning cho‘zilish mustaxkamlilik
ko‘rsatkichi ancha murakkab xarakterga
ega (1-rasm, a, b).

Keltirilgan maʼlumotlardan ko‘rinib

turibdiki,

tarkib

va

mustaxkamlilik

ko‘rsatkichi

o‘rtasida

additivlik

kuzatilmaydi, vaholanki, cho‘zilish vaqtida
mustahkamlilikning o‘sishiga moyillik


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

1

6

ko‘zga tashlanadi (1a-rasm). Kam tarkibli
E-181ning (5-10 mass.q) xududida ushbu
ko‘rsatkich sezilarli darajada oshgan, bu
kam

miqdordagi

qo‘shimchalarning

sezilarli boshqaruvchanlik taʼsiriga asosan

tushuntiriladi. E-181 epoksi oligomerining
tarkibiy miqdori ortishi bilan cho‘zilish
mustahkamligi

ko‘rsatkichi

dastlabki

holatigacha pasayishi kuzatiladi.

a)

b)

b) – Kompozitsiyadagi E-181 oligomer tarkibi:
1-0 mass.q; 2-5 mass.q.; 3-10 mass.q;

5-20 mass.q. 6-50 mass.q.

a) Uzilishdagi cho‘zilish tezligi:

1 – 10 mm/m; 2-20 mm/m; 3-50 mm/m;

4-80 mm/m; 5-100 mm/m

1-rasm. Epoksid kompozitsiyalari (EIS-1: E-181) mustaxkamlilik chegarasining turli

cho‘zilish tezligida E-181 oligomer tarkibiga (a) va kompozitsiyadagi E-181

oligomerning turli tarkibida cho‘zilish tezligiga (b) bog‘liqligi

Epoksid

va

epoksipolietilen

aralashmalari adgezion birikmalarining

mustahkamliligini (ABM) o‘rganish.

ABM

tadqiqotlari, bir vaqtning o‘zida uzilish

mustahkamligini

aniqlash

mobaynida,

ikkita polimer aralashmasida olib borildi: 1

aralashma – epoksid oligomer EIS-1 –

polietilen; 2- aralashma - epoksid oligomer

EIS-1

– epoksid oligomer E-181.

Cho‘zilish tezligining ABMga taʼsiri

bo‘yicha tadqiqotlar keng diapazondagi

(10-100 m/min) tezlikda o‘tkazildi. Olib

borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki (2-

rasm, a), kompozitsiyadagi polietilen

miqdorining 5 mass.q gacha ortishi bilan,

100

mm/min.dan

tashqari,

barcha

cho‘zilish tezligi uchun ABMda sezilarli

o‘sish kuzatiladi. Birinchi xolda,

ABMning

oshishi

matritsaning

mo‘rtlashishi, uning ichki tortishish

kuchlarining pasayishi bilan izohlanishi

mumkin. Ko‘p miqdordagi polietilen bilan

matritsa tizimi qovushqoqligi sezilarli

oshadi va polietilenning 20 mass.q.

miqdorida

kompozitsiya

kompaundlik

xossasini o‘zlashtiradi. Polietilen o‘zining


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

1

7

past zichligida yuqori extimollik bilan

matritsada katta joyni egallaydi va

matritsaning

mutanosib

ravishda

to‘ldirilishi munosabati bilan mos ravishda

kompozitsiyadagi

bog‘larning

faktik

maydonini kamaytiradi va ABMning

pasayishida polietilen taʼsirchan omil

hisoblanadi. Matritsali tizimlar uchun

deformatsiya tezligi o‘zgarishi bilan

adgeziv

mustahkamlikning

o‘zgarish

qoidasi ham buziladi. Epoksi-epoksid

kompozitsiyalarida ABMning tarkibga

bog‘liqligi yanada murakkab xarakterga

ega

bo‘ladi,

ushbu

epoksi-epoksid

kompozitsiyalari asosidagi tizimlar ABM

ning absolyut ko‘rsatkichlari polietilen

bilan

modifikatsiyalangan

kompozitsiyalarnikiga nisbatan yuqoriroq.

2-rasm. Epoksid (EIS-1 : E-181) kompozitsiyalar adgeziv birikmalari

mustahkamligining E-181 oligomeri tarkibiga (a) va cho‘zilish tezligiga (b) bog‘liqligi

1

va

2-jadvallarda

kompozit

materiallarning

uzilish

mustahkamligi

polietilen

miqdorining

ortishi

bilan

kamayishi,

bukilish

va

qisilish

mustahkamligi esa nazorat namunalarining
ko‘rsatgichlari

darajasida

saqlanishi

ko‘rsatilgan.

Bunda, E-181 epoksid oligomerning

polimer

kompozitsiyalarning

fizik-

mexanik xossalariga ijobiy taʼsirini
kuzatish mumkin. Bu holat o‘zaro
birikuvchi to‘rlar hosil bo‘lishi oqibatida
kompozitsiya tarkibida yuz beruvchi
strukturaviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

a

b

a) Kompozitsiyadagi polietilen tarkibi:

1-0 mass.q; 2-5 mass.q; 3-10 mass.q;

4-20 mass.q. 5-50 mass.q.

b) Uzilishdagi cho‘zilish tezligi:

1 – 10 mm/m; 2-20 mm/m; 3-50 mm/m;

4-80 mm/m; 5-100 mm/m


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

1

8

1-jadval

Polietilenning turli miqdorlarida epoksi-polietilen kompozitsiyalari fizik-mexanik

xossalarining qiyosiy tavsifnomasi


Ko‘rsatkichlar

EIS-1-

100 mass.q.

PP-7

mass.q.

Polietilen tarkibi, mass.q.

5

10

15

20

25

Uzilish mustahkamligi, MPa
Bukilish mustahkamligi, MPa
Qisilish mustahkamligi, MPa
Zarba qayishqoqligi, kDj/m

2

Adgeziv mustahkamligi, MPa
Brinel bo‘yicha qattiqligi, MPa
Vik bo‘yicha issiqbardoshlik,

0

S

24 soatda suvshimuvchanlik, %

27,0
70,0

180,0

7

22,0

200,0
150,0

0,4

18,8
68,0

178,0

8,5

27,0

195,0
146,0

0,27

17,5
76,0

180,0

10,0
26,6

190,0
142,0

0,17

17,5
80,0

186,0

12,5
26,2

188,0
141,0

0,12

13,5
78,0

174,0

12,5
21,6

180,0
140,0

0,11

11,0
73,0

171,0

12,0
19,2

176,0
137,0

0,10

Shunday qilib, EIS-1-100 mass.q.,

piperidin-7

mass.q.,

polietilen-10-15

mass.q., E-181-20-30 mass.q. miqdordagi,

yuqori fizik-mexanik xossaga ega bo‘lgan

va oziq-ovqat ichimliklari sanoatidagi

uskunalarni

turli

agressiv

muhitdan

samarali himoya qila oladigan, optimal

tarkibli kompozitsiya ishlab chiqildi.

2-jadval

E-181 oligomerining turli miqdorlarida epoksi-epoksid kompozitsiyasi materiallari

fizik-mexanik xossalarining qiyosiy tavsifnomasi


Ko‘rsatkichlar

EIS-1-

100

mass.q.

PP-7

mass.q.

E-181 oligomerining 100 mass.q ga tarkibi

10

20

30

40

50

Uzilish mustahkamligi, MPa
Bukilish mustahkamligi, MPa
Qisilish mustahkamligi, MPa
Zarba qayishqoqligi, kDj/m

2

Adgeziv mustahkamligi, MPa
Brinel bo‘yicha qattiqligi, MPa
Vik bo‘yicha issiqbardoshlik,

0

S

24 soatda suvshimuvchanlik, %

27,0
70,0

180,0

7

22,0

200,0
150,0

0,4

23,5
74,0

182,0

7,5

20,1

210,0
150,0

0,34

18,6
80,0

188,0

8,0

22,0

220,0
154,0

0,26

27,4
85,0

194,0

8,5

29,0

218,0
160,0

0,19

28,1
80,0

190,0

8,1

26,9

205,0
155,0

0,22

29,2
71,0

183,0

8,2

21,4

195,0
150,0

0,25

«

Epoksipolietilen va epoksi-epoksid

kompozitsion materiallarning korroziyaga

chidamliligini

o‘rganish

jarayoniad

kompozitsiyali

epoksi-polietilen

va

epoksid materiallar va ular asosidagi

qoplamalarning

oziq-ovqat

ichimliklar

ishlab chiqarish va saqlash sharoitida suvga

bardoshligi va chidamliligini o‘rganish

bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

1

9

Oziq-ovqat

ichimliklari

ishlab

chiqarish

sanoatida

ishlatiladigan

texnologik uskunalar, asosan, kuchsiz

kislotali, kuchsiz asosli va suvli muhit

taʼsiriga uchraydi. Salqin ichimliklar

tarkibida 95-97%gacha suv bo‘ladi. 3-

rasmda 24 soat davomida epoksipolietilen

va epoksi-epoksid kompozitsiyalarining

suvni o‘ziga singdirish darajasining E-181

epoksid smolasi va polietilen miqdoriga

bog‘liqligini

o‘rganish

natijalari

ko‘rsatilgan,

bunda

asosiy

komponentlarning tarkibiy qismi - EIS-1 -

100 mass.q., qotiruvchi piperidin esa - 7

mass.q. ni tashkil etdi.

a

b

EIS-1ning 100 mass.qismli, piperidinning esa 7 mass.qismli tarkibi

3-rasm. Epoksipolietilen va epoksi-epoksid kompozitsiyalari suvshimuvchanligining

24 soat (a), 90 sutka (b) davomida polietilen (1) va epoksid smolasi E-181 (2)ning

mavjudlik miqdoriga bog‘liqligi

3a-rasmning

egri

chiziqlaridan

ko‘rinib

turibdiki,

epoksipolietilen

kompozitsiyasi

tarkibidagi

polietilen

miqdori oshgani sayin, suvshimuvchanlik

pasayishi yuzaga keladi. Suv singishining

0,4 dan 0,13% gacha keskin pasayishi,

kompozitsiya tarkibidagi polietilenning

miqdorini 0 dan 15 mass.q. gacha

oshirilishida kuzatiladi. Epoksipolietilen

kompozitsiyasi suv shimuvchanligining

undagi polietilen miqdoriga bog‘liq

qonuniyati, polietilenning EIS-1 epoksid

oligomeriga nisbatan ko‘proq gidrofob

ekanligi, suv o‘tkazmaslik xususiyatiga

egaligi

va

buning

natijasida

kompozitsiyaning suvshimuvchanligining

pasayishiga olib kelishi bilan izohlanishi

mumkin.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

20

Shunday qilib, 100 mass.q. EIS-1

epoksid smolasi tutgan korroziyabardosh

kompozitsiyalarda

polietilenning

eng

maqbul miqdorini 15 mass.q. ga, E-181

epoksid smolasini esa 30 mass.q. deb qabul

qilish

mumkin.

Namunalarning

suvshimuvchanlik xossasini uzoq vaqt

taʼsiriga chidamliligini aniqlash uchun, 90

kun davomida ularni suvda saqlash usuli

bilan,

ishlab

chiqilgan

ushbu

kompozitsiyalar

namunalarining

suv

shimuvchanlik xossalarining bog‘liqlik

qonuniyatlari o‘rganildi (3b-rasm).

Xulosa.

Salqin ichimliklar muhitida

bo‘lgan epoksi-epoksid kompozitsiyalari

namunalari vaznining past darajasi, E-181

va EIS-1 epoksid smolalarining, qotiruvchi

piperidin ishtirokida, o‘zaro taʼsirida

yanada zich to‘rli strukturani hosil qiladi,

ushbu strukturaviy holat esa suv va oziq-

ovqat ichimliklarida mavjud bo‘lgan

boshqa komponentlarni namunalarning

chuqur qismiga singib kirishiga yetarlicha

to‘sqinlik qiladi.

Demak,

ushbu

kompozitsiyalar

oziq-ovqat sanoati uskuna va qurilmalarini

korroziyadan himoya qilishda, xususan,

oziq-ovqat ichimliklar ishlab chiqarish va

saqlash sharoitida foydalanilishi mumkin

deb ishonchli xulosaga kelish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1.

Долгих В.И., Лякишев Н.П., Фролов К.В. Защита металлофонда от коррозии. //

Металлы. 1990. - № 5. - С. 5-14.

2.

Шодиев Хамза Рузикулович, Негматова Комила Соибжановна, Негматов Сайибжан

Садыкович, Абед Нодира Сойибжановна, Насриддинов Азизбек Шамсиддинович, Султанов Санжар
Уразалиевич, Камалова Дилнавоз Ихтиёровна АНТИКОРРОЗИОННЫЕ КОМПОЗИЦИОННЫЕ
МАТЕРИАЛЫ НА ОСНОВЕ ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ ИНГРЕДИЕНТОВ // Universum:
технические науки. 2021. №1-1 (82). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/antikorrozionnye-
kompozitsionnye-materialy-na-osnove-organomineralnyh-ingredientov (дата обращения: 01.02.2023).

3.

Sultanov S. et al. & Nasriddinov, A.(2022, June). Anti-corrosion coating for engineering

purposes //AIP Conference Proceedings. – Т. 2432. – №. 1. – С. 050016.

4.

Sultanov, S., Babakhanovа, М., Yulchiyeva, S., Masharipova, M., & Jovliyev, S. (2022).

Research of the Chemical Destruction Process of Composite Epoxide Materials Under the Influence of
Environment. Journal of Optoelectronics Laser, 41(6), 782-787.

5.

Вахабов

Д.А., Негматов С.С., Тошматов А.У. и др. Изучение и выбор полимерных

материалов для разработки эффективных антикоррозионной композиций и покрытий на их основе
с учетом моделей химического разрушения. // «Композиционные материалы». 2003. -№1.-С. 54-55.

6.

Бобылев В.А. Современное производство эпоксидныхсмол. Диановые и специальные

смолы на основебисфенола и его производных. Композитный мир, 2006,№ 5, с. 10 – 14.

Bibliografik manbalar

Долгих В.И., Лякишев Н.П., Фролов К.В. Защита металлофонда от коррозии. // Металлы. 1990. - № 5. - С. 5-14.

Шодиев Хамза Рузикулович, Негматова Комила Соибжановна, Негматов Сайибжан Садыкович, Абед Нодира Сойибжановна, Насриддинов Азизбек Шамсиддинович, Султанов Санжар Уразалиевич, Камалова Дилнавоз Ихтиёровна АНТИКОРРОЗИОННЫЕ КОМПОЗИЦИОННЫЕ МАТЕРИАЛЫ НА ОСНОВЕ ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ ИНГРЕДИЕНТОВ // Universum: технические науки. 2021. №1-1 (82). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/antikorrozionnye-kompozitsionnye-materialy-na-osnove-organomineralnyh-ingredientov (дата обращения: 01.02.2023).

Sultanov S. et al. & Nasriddinov, A.(2022, June). Anti-corrosion coating for engineering purposes //AIP Conference Proceedings. – Т. 2432. – №. 1. – С. 050016.

Sultanov, S., Babakhanovа, М., Yulchiyeva, S., Masharipova, M., & Jovliyev, S. (2022). Research of the Chemical Destruction Process of Composite Epoxide Materials Under the Influence of Environment. Journal of Optoelectronics Laser, 41(6), 782-787.

Вахабов Д.А., Негматов С.С., Тошматов А.У. и др. Изучение и выбор полимерных материалов для разработки эффективных антикоррозионной композиций и покрытий на их основе с учетом моделей химического разрушения. // «Композиционные материалы». 2003. -№1.-С. 54-55.

Бобылев В.А. Современное производство эпоксидныхсмол. Диановые и специальные смолы на основебисфенола и его производных. Композитный мир, 2006,№ 5, с. 10 – 14.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари