Mualliflar

  • Dilrabo Sayfiddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74028

Kalit so‘zlar:

statistika surdopegagogika inkluziv ta’lim tiplopedagogika oligofrenopedagogika

Annotasiya

ushbu maqolada ta’lim muassasalarida surdopedagogika toifasidagi
bolalar va ularga ta’lim-tarbiya berish shakllari haqida bayon etiladi va metodik tavsiyalar
berib o‘tiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

223

TA’LIM MUASSASALARIDA SURDOPEDAGOGIKA TOIFASIDAGI

BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH

Sayfiddinova Dilrabo Otabek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Pedagogika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya

: ushbu maqolada ta’lim muassasalarida surdopedagogika toifasidagi

bolalar va ularga ta’lim-tarbiya berish shakllari haqida bayon etiladi va metodik tavsiyalar
berib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar:

statistika, surdopegagogika, inkluziv ta’lim, tiplopedagogika,

oligofrenopedagogika, logopediya, total, integratsiya, detsibel, audiometrik.

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo bo‘ylab nogiron bolalarni tug‘ilish statistikasi

ortib bormoqda.Ilmiy kuzatishlar va pedagogik yondashuv asosida bunday bolalarni
korreksiyalash va integtallashtirish ishlarini rivojlantirish zarurligi aniqlandi. O‘z navbatida
nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni ijtimoiylashtirish masalalari
inkluziv hamda integratsion ta’limning tashkil topishi va rivojlanishiga bo‘lgan ehtiyojni
yuzaga keltirdi. Bugungi kunda inkluziv ta’lim o‘z ichiga juda keng tarmoqni qamrab oldi:
surdopedagogika, tiflopedagogika oligofrenopedagogika, logopediya, motorli tayanch
harakat a’zosida nuqsoni bo‘lgan bolalar ushbu tarmoqning katta qismini tashkil etadi.

Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar guruhlarini katta qismini surdopedogogika

toifasidagi ya`ni, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarning bir qancha darajalari aniqlandi: Total (to‘liq) karlik, xuddi total ko‘zi
ojizlik uchramagani kabi, juda kam uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha karlikda baland nutqiy
bo‘lmagan tovushlami, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlami idrok etish
darajasida bo‘lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi.

Audiometrik tekshiruv eshitishning 80 db. (detsibel - tovushni idrok etishni o‘lchashda

qo‘llanuvchi o‘lchov birligi) dan yuqori darajada yo‘qolganini ko‘rsatadi. Zaif eshituvchilik
eshitishning turg‘un pasayishi bo‘lib, unda ushbu eshitish qoldig‘i asosida nutqiy zaxirani
minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin
masofada idrok etish imkoniyati bo‘Iadi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db.dan kam
bo‘lmagan pasayishini ko‘rsatadi.[2.189b]. O‘z navbatida kar va zaif eshituvchi bolalar ham
turkumlarga bo‘linib, ularning har biri alohida pedagogik tashxis va yondashuvlarga
asoslanadi.

Karlar: 1) tug‘ma yoki ilk yosh davrida eshitish qobiliyati yo‘qolgan va nutqni egallay

olmagan kar bolalar; 2) eshitish qobiliyati kech yo‘qolib, nutqi saqlanib qolgan kar
bolalar.[2.190b]. Total karlik bosqichidagi bolalarga alohida ta’lim muassasalari tashkil
etilib, ko‘proq ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil etish
tavsiya etiladi.

Zaif eshituvchilar: 1) nutqida qisman chetga chiqishi (nutqining grammatik tizimida

me’yordan chetga chiqishlar: qo‘shimchalami noto‘g‘ri qo‘llash yoki tushirib qoldirish,
ba’zan talaffuz muammolari) bo‘lgan zaif eshituvchi bolalar; 2) chuqur nutqiy muammolarga
ega bo‘lgan (lug‘at zaxirasi o‘ta chegaralangan, nutqi qisqa, noto‘liq so‘zlardan, grammatik
tizimi so‘z-gapdan, bo‘g‘in-so‘zlar qatoridan iborat) zaif eshituvchi bolalar [2.190b].

Bunday bolalarning eshitish darajasi qisman bo‘lsada shakllangan bo‘lib, ularni

sog‘lom bolalar qatoriga qo‘shib o‘qitishga hech qanday to‘siqlar kuzatilmaydi. Zaif
eshituvchi bolalarni ijtimoiylashishi va ta’lim olishida alohida pedagogik yordam ko‘rsatish
tavsiya etiladi. Masalan: ularga eshitishni tiklovchi apparat(OKA)lar yordamida eshitish
qobiliyati holatini yaxshilash va nutqini shakllantirish maqsadida jismoniy-pedagogik


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

224

mashqlar o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sinf xonasida ularga qulaylik yaratish
hamda sifatli ta’lim olishlarini ta`minlash maqsadida ularni sinfning old qatoriga,
o‘qituvchining o‘ng tomoniga o‘tkazish pedagogik jihatdan samarali usul deb topilgan.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning psixikasi sog‘lom bolalar psixikasidan tubdan farq

qiladi. Risoladagidek eshitadigan bolaning psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganilishi,
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni samarali tashkil
etish, ta'lim-tarbiya texnologiyalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

L.S.Vigotskiyning “Eng yaqin rivojlanish zonalari”, eshitish qobiliyatida nuqsoni

bo‘lgan bolalar psixik rivojlanishining umumiy qonuniyatlari mavjudligi haqidagi
nazariyalari katta ahamiyatga egadir. L.S.Vigotskiy psixologik va pedagogik nuqtai nazardan
eshitmaydigan bolalarga nisbatan xuddi normal eshitadigan bolalarga qaragandek
munosabatda bo‘lish kerakligini e’tirof etgan.

Eshitadigan bola hayotining dastlabki yetti yillik o‘sish davrida psixik rivojlanishida

kuzatilgan xususiyatlar, eshitishining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyalarni
aniqlashga yordam beradi[1.3b]. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar hamda sog‘lom
bolalalar psixikasi va ta’limiga alohida,ularning xususiyatlariga ko‘ra yondashish pedagogik
talab bo‘lib kelmoqda.

Amaliy pedagogik metodikalarni qo‘llash va psixologik treninglar va didaktik o‘yinlar

orqali bu toifadagi bolalarni o‘qitish va ijtimoiylashtirish ancha samarali natijani
beradi.Shuning bilan birgalikda,eshitish muammosi turli darajada bo‘lgan yoshlarning
eshitishini tiklashda turli-tuman apparat(OKA)lardan foydalanish orqali ularni jamiyat
hayotiga ijtimoiylashishlarini jadallashtirish hamda umumta`lim muhitiga moslashtirish
ancha samarali natijani beradi. Bundan tashqari pedagog-psixologlar tomonidan targ‘ib
etilayotgan amaliy-didaktik, psixologik tadqiqotlar ularning o‘z dunyosidan chiqib
atrofdagilar bilan integrallashish imkonini yaratmoqda.

Ilmiy kuzatish faktlarni ob’ektiv va aniq qayd etishni talab qiladi. Kuzatish metodi

eshitish qobiliyati buzilgan bolalar ta`lim muassasalarida tashkil etilayotgan korreksion-
tarbiyaviy ishlarni kuzatish maqsadida qo‘llaniladi.

Pedagogik kuzatish jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar faoliyatining

xususiyatlari, ta’lim dasturida belgilangan bilim va malakalarni egallash samaradorligi,
qo‘llaniladigan metod va uslublar to‘g‘risidagi faktlarni to‘plash, sistemalashtirish va tahlil
qilish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Surdopedagog va tarbiyachilar faoliyatini kuzatish,
metod va usullarni tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Kuzatishlar natijalari aniq-
ravshan bo‘lishi uchun yozma bayonnomalar bilan birga audio va video yozuvlar hamda
fototasvirlardan foydalaniladi.

Pedagogik tadqiqotlarda eksperiment o‘quv yoki tarbiyaviy ishda amalga oshiriladigan

ilmiy tarzda qo‘yilgan tajriba katta o‘rin tutadi[1.4b]. Amalga oshirilgan tadqiqotlar
natijasida bolaning psixologik holati tahlil qilinib uning jamiyat hayotiga ijtimoiylashish va
ta’lim-tarbiya olish mayli kuchaytiriladi.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lom bolalar ruhiy va jismoniy holatiga

yaqinlashrish maqsadida korreksion-pedagogik ishlarni amalga oshirilishi ham samarali usul
hisoblanadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning

psixologik va fiziologik holati sog‘lom bolalarnikiga nisbatan ancha murakkabdir. Shuni
hisobga olgan holda ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida insoniylik tuyg`usini ustun
qo‘ymoqlik va shuning bilan birgalikda pedagogik mahoratning yuqori bo‘lmog‘i zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

225

1.

X.J.KALBAEVA. U.Fayzieva A.Avloniy nomidagi XTXMOMI kaf. mud.,

prof. D.Nurkeldieva Nizomiy nomidagi TDPU dos., p.f.n. “MAKTABGAChA
SURDOPEDAGOGIKA”(o‘quv qo‘llanma)[3,4b]

2.

Maxsus pedagogika (Darslik). -

Т

.: «Fan va texnologiya», 2014[189,190b]

Bibliografik manbalar

X.J.KALBAEVA. U.Fayzieva A.Avloniy nomidagi XTXMOMI kaf. mud.,

prof. D.Nurkeldieva Nizomiy nomidagi TDPU dos., p.f.n. “MAKTABGAChA

SURDOPEDAGOGIKA”(o‘quv qo‘llanma)[3,4b]

Maxsus pedagogika (Darslik). -Т.: «Fan va texnologiya», 2014[189,190b]