“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
217
MAKTABLARDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI
O‘QITISHDA TALIM TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Tursunova Nasibaxon Abdurashit qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabdagi inklyuziv talim mohiyati hamda amaldagi
natijalariga to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga maktablarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish
to‘g‘risidagi Nizom to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Inkluziv ta’lim, o‘quv jarayonlari, ehtiyojmant bolalar, ,integratsion
ta’lim, umum ta’lim muassasalari.
Inklyuziv ta’lim—hamkorlikdagi ta’lim bo‘lib, butun hamjamiyati tomonidan eng
insonparvar va samarali ta’lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta’lim bu shunday ta’limtarbiya
jarayoniki, unda jismoniy, ruhiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat’iy nazar barcha bolalar
umumiy tarzda, o‘z uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlar yaratilgan
maktablarda, o‘z tengqurlari bilan birga ta’lim olishi demakdir. Inklyuziv ta’limning
maqsadi—alohida ehtiyojli bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumta’lim
muassasalarida to‘laqonli ta’lim olishlarini ta’minlash, ta’lim muassasalarida har bir bola
uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’limning
turli shakllari tashkil etilgan: maxsus ta’lim, uydagi ta’lim, inklyuziv, integratsion ta’lim va
muruvvat uylari.
10 yoki 12 yil maxsus ta’lim muassasasi (internat, maktab) da, o‘zi kabi bolalar bilan
tahsil olganda,sog‘lom insonlar bilan muloqoti birmuncha cheklangan bo‘ladi. Bitirib chiqib,
sog‘lom insonlar orasida samarali yashab qolishi uchun yana kimningdir yordamiga muhtoj
bo‘ladi, bu davrda bola 19 yoshga kirgan bo‘lib ota-onasi ham o‘rta yoki undan katta yoshli
bo‘ladi,kollej yoki boshqa turdagi ta’limga jalb etilmasa,bu shaxs oilasi qaramog‘ida qoladi
chunki aksariyat ota-onalar avaylash maqsadida uyda boqib o‘tirishga harakat
qiladilar.Sabab: farzandining sog‘lom insonlar orasida ishlab yoki boshqa munosabatlarga
kirishishiga ishonchi yetmaydi.
Boz ustiga ular atrofdagilarning farzandiga nisbatan salbiy munosabat qiladi degan
xavotirda bo‘ladilar. Natijada imkoniyati cheklangan shaxs tor doiradagi kishilar jamoasida
qolishga nahkum bo‘ladi. Kech oila quradi. Agar turmush o‘rtog‘i ham o‘zi kabi bo‘lsa,ota-
ona yana kichik oilani “tortishi” ga to‘g‘ri keladi. Ular bolalik bo‘lsa, yana mas’uliyat
ko‘payadi. Biroq, bu davrda ota-onaning yoshi ancha ulg‘ayib ularning o‘zlari ham o‘zgalar
g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lishlari mumkin.
Demak, ota-ona keksalikka, shu bolasining taqdirini o‘ylash bilan umr kechiradi.
Imkoniyati cheklangan bola inklyuziv ta’limga erta jalb etilsa, mahallada bolalikdan qo‘shni
bolalar bilan o‘ynaydi, ular bilan tanishadi, milliy qadriyatlarni anglay boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim davrida atrofdagi sog‘lom insonlar va tengdoshlari bilan muloqotga,erta
o‘z-o‘ziga o‘rganadi, maktab ta’limiga tayyor bo‘ladi.
UO‘TM da to‘siqlar, muvaffaqiyatlar va kelajakka ishonch, toblanish davrida sog‘lom
odamlar bilan muloqotda davom etadi, atrofdagilarning salbiy va ijobiy qarashlarida duch
kelayotganini anglaydi va ularga nisbatan o‘zining mustaqil pozitsiyasini topib oladi. Endi u
mustaqil hayotga qadam qo‘yadi mustaqil fuqaro sifatida o‘qishi, ishlashi, turli
munosabatlarda ishtirok etishga tayyor. Ota-ona va yaqinlari uning tashqariga chiqishidan
xavotirga tushmaydi. Jamiyatda uning kimligi, nimaga qodirligini bilgan, taniganlar unga
ishonadi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
218
Natijada u oila qurish,oilasini boqish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda inklyuziv
ta’lim ilk asoschilari va olimlari. 1996-yilda xorijiy delegatsiya mamlakatimizga kelib, ilk
muzokaralarni o‘tkazgan. Ushbu muzokaralar A.Avloniy nomidagi XTTXQTMOI Maxsus
ta’lim kafedrasi va RTM maxsus ta’lim bo‘limi va Nizomiy nomidagi TDPU Defektologiya
fakulteti
professor
o‘qituvchilari
ishtirokida
o‘tkazilgan.
O‘zbekistonlik
olima
R.Sh.Shomahmudova mamlakatimizga boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik orqali ilk bor
Angliya tajribasini olib kirishga muv
о
ffaq bo‘lgan.
Hozirgi kunda inklyuziv ta’lim amaliyoti respublika bolalar ijtimoiy moslashuv
markazi tomonidan olib borilayotgan loyihalar asosida takomillashib bormoqda. Muammolar
aniqlanib, tegishli yechimlar topish borasida tajriba sinov ishlari olib borilmoqda. Hukumat
O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni
rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan, umumta’lim maktablarida alohida
ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish
tartiblari belgilandi.
2020
−
2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga
ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha quyidagi asosiy ustuvor
vazifalarni nazarda tutadi:
·
alohida ta’limga muhtoj bolalar o‘qiydigan ta’lim muassasalari binolariga
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
·
ushbu ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o‘quv qurollari, turli kasblar bo‘yicha
o‘qitish uchun moddiy-texnik baza va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
·
inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim muassasalarini maxsus asbob-
uskunalar bilan (yuk ko‘tarish moslamalari, panduslar, panjara va boshqalar), shuningdek,
tegishli xodimlar bilan ta’minlash (maxsus o‘qituvchilar, bolalarni psixologik-pedagogik
nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar);
·
alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning moslashuvi va integratsiyalashuvi
uchun maktab-internatlarni maxsus jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash
va boshqalar.
Qaror bilan umumiy ta’lim muassasalarida alohida ta’limga muhtoj bolalarni
inklyuziv o‘qitish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
·
inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari;
·
maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tuzatish sinflarini tashkil etish tartibi
va alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun o‘quv jarayoni;
·
bolalarni inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich asosiy tuzatish sinflariga qabul qilish
tartibi;
·
inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich asosiy tuzatish sinflarida ta’lim sifatini nazorat
qilish va boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Shuningdek, qarorda alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim
davlat muassasalarida kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari
belgilangan.
Bu tamoyilning mohiyatida yordamga muhtoj bolalarga ilk yosh davrida erta
yondashish ham yotadi. Alohida yordamga muhtoj bolalar ta‘limi boshlang
ʻ
ich va
o
ʻ
rtamaxsus ta‘limni olishlari bilan yakunlanmasligi kerak. Alohida yordamga muhtoj
bolalarning kasb-hunar ta‘limi va oliy ta‘limi ham amalga oshirilishi talab etadi. Chunki
inklyuziv ta‘lim tizimining vazifalaridan biri alohida yordamga muhtoj bolalarni har
tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta‘minlashdan iboratdir.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
219
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli
yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash.
Pedagogik ta’lim innovatsiyon klasteri, 1(1), 350-352.
2. Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta’lim sharoitida maktabgacha
yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta’lim, 1(2),
111-113.
3. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi bo‘lgan ota-ona qaramogida
bo‘lgan yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Ta’lim va innovatsion
tadqiqotlar, 6(1), 280-286.
4. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Ta’lim klasteri sharoitida erta inklyuziyaga
erishish kozlear implantli bolalar ijtimoiylashuvining eng optimal omili. Yangi
O‘zbekistonda xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvlar, 1(1),
55-65.
5. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Ta’limda tolerantlikka erishish kelajak
o‘qituvchisini inklyuziv ta’limga tayyorlashga erishish sharti sifatida. Zamonaviy maktabda
va jamiyat aloqadorli, 1(1), 61-65.
6. Ibadullayeva, S. N., Jurayeva, Z. (2021). Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni
inklyuziv ta’limga tayyorlashda korreksion mashg‘ulotlarning ahamiyati. Inklyuziv
ta’limning dolzarb masalalari, 1(1), 35-70.
7. Sh.N.Ibadullayeva magistrlik dissertasiya “Ta’lim klasteri asosida inklyuziv ta’lim
samaradorligini oshirishning samarali omillarini aniqlash” 2022 y.
