Mualliflar

  • Sarvinoz Sattarova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74030

Kalit so‘zlar:

kredit modul ball baholash kredit to‘plash

Annotasiya

Ushbu maqolada, kredit-modul o‘qitish tizimi, kredit-modulning asosiy
vazifalari haqida, modulning afzallik va muammoli jihatlari tog`risida ma`lumotlar keltirib
o‘tildi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

81

KREDIT- MODUL OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING

MUSTAQIL TA`LIM FAOLIYATI

Sattarova Sarvinoz Abdurashid qizi

ADPI, biologiya yo‘nalishi 203- guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, kredit-modul o‘qitish tizimi, kredit-modulning asosiy

vazifalari haqida, modulning afzallik va muammoli jihatlari tog`risida ma`lumotlar keltirib
o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

kredit, modul, ball, baholash, kredit to‘plash, o‘quv dasturi, o‘qish

yuklamasi, ta`lim natijalari.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “O‘zbekiston Respublikasi

oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g`risida”gi
Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturi amal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta oliy
ta`lim muassasasini xalqaro e`tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi
oliy ta`lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va oliy ta`lim muassasalarida o‘quv jarayonini
bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish” belgilab berildi. Shuningdek, 2030-
yilga qadar respublikadagi barcha oliy ta`lim muassasasining 85 foizi, 2020-2021 o‘quv
yilining o‘zida 33 ta oliy ta`lim dargohini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgan
edi. O‘zi aslida kredit-modul nima ?

Kredit- modul tizimi, bu – ta`limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul

texnologiyalari jamlanmasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda olib boorish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit- ta`lim olish
natijalariga ko‘ra o‘quvchi tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv
yuklamasining o‘lchov birligi. Ta`lim moduli esa- o‘zida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni
qamrab oladigan, o‘quvchida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan
ta`lim dasturining tarkibiy elementi sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan
yakunlanadigan alohida o‘quv fanidir. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida
quyidagilar e`tirof etiladi:

- O‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
- Bitta fan, kurs(kredit)ning qiymatini aniqlash;
- Talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
- Talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
- Ta`lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan

kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi;

- Ta`lim jarayonida mustaqil ta`lim olishning ulushini oshirish.
- Talabaning fanni boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan

malakasiga qo‘yiladigan talablar;

- Modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni, ya`ni maruzalar

mavzulari, seminar va amaliy mashg`ulotlarning rejasi, mustaqil ta`limni baholash uchun
mo‘ljallangan topshiriqlar;

- O‘qitishning qisqacha bayoni: ta`lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni

baholashning usul va shakllaridan iborat.

Bu tizimning afzallik jihatlarini aytib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kredit

tizimida eng avvalo talabaning mustaqil ishiga alohida jiddiy e`tibor qaratiladi. Kredit bu
baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Bu tizimning asosiy tamoyillari va elementlari
qisman O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimiga tatbiq qilingan. Ilg`or xorij tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, bakalavriatni ikkita bosqichga ajratish orqali, 1-2- kurslarda tayanch
fanlarni, 3-4- kurslarda esa tanlov asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitish mumkin. Demak,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

82

endilikda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun 4 yil emas, 2 yil yetarli bo‘ladi. Bu esa
oliy ta`limning ish unumini, samaradorligini 2 barobar oshiradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston
oliy ta`lim tizimida maxsus fanlarni past kurslardan boshlab rejalashtirish, o‘quv rejalardagi
takrorlanadigon fanlarni har xil mutaxassisliklar bo‘yicha alohida o‘qitish, auditoriya soatlari
hajmini oshirish kabi holatlar mavjud. Bunday jarayonlar o‘quv yuklamalarining keskin
oshishiga sabab bo‘ladi.

Oliy ta`lim

muassasalarida o‘quv

jarayoniga kredit-

modul tizimini

bosqichma-bosqich

joriy etish sxemasi

Bosqichlar

Tadbirlar

Ijro uchun

mas`ullar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ta`lim dasturi doirasida o‘quv

jarayonini tashkil etish uchun

quyidagilarni amalga oshirish

kerak ;

1.O‘quv rejasi va fan

dasturlarini jahon

standartlariga

moslashtirishtirish .

Oliy ta`lim
muassasasi

O‘quv yili boshlangunga

qadar

2-bosqich

Ta`limning kredit tizimi

bo‘yicha talabalarini

belgilangan tartibda 1-kursga

qabul qilish.

Oliy ta`lim
muassasasi

O‘quv yili boshlangunga

qadar

3-bosqich

Talaba tomonidan ketma-

ketlikda bilimlar to‘plash
uchun talabaning shaxsiy

trayektoriyasini belgilash.

Oliy ta`lim
muassasasi

2020/2021 o‘quv yilidan

boshlab har bir o‘quv yili

boshlangunga qadar

4-bosqich

Mobillikni tashkil etish.

1.hamkor tashkilotlar bilan

kelishuvlar tuzish.

2.magistratura talabalariga

ta`lim trayektoriyasini tashkil

etish.

3.bakalavriyat talabalarining

mobillik dasturlarini ishlab

chiqish.

Oliy ta`lim
muassasasi

,

Tegishli

vazirliklar

va

idoralar

2020/2021 o‘quv yilidan

boshlab doimo

5-bosqich

Ta`lim sifatini ta`minlash

uchun quyidagilarni amalga

oshirish kerak;

ta`limning kredit-modul

tizimini akkredatsiyadan

o‘tkazish bo‘yicha vakolatli

tashkilotlar bilan bitim tuzish.

Oliy ta`lim

muassasasi

,

Tegishli

vazirliklar

va

Idoralar.

2021/2022 o‘quv

Yilidan boshlab doimo

6-bosqich

Ta`lim berish natijasini

tasdiqlash maqsadida xalqaro

tan olinadigan oliy ma`lumot

to‘g`risidagi diplom berish.

Oliy ta`lim

muassasasi

.

2022-yildan boshlab

ta`lim dasturi yakunida.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

83

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, kredit-modul o‘qitish tizimi oliy o‘quv yurti

o‘qituvchilarini yana ham o‘z ustida ko‘proq ishlashiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida
talabalarga bilim berish sifatini oshishiga olib kelmoqda desak, mubolag`a bo‘lmaydi. Bu
tizim talabalarni baholash uchun juda qulay va samarali hisoblanadi va hozirgi zamon talabi
shuni taqazo etmoqda. Bu tizim biz talabalar uchun ham juda foydali.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yi 31-dekabrdagi “Oliy

ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonlarini tashkil etish bilan bog`liq tizimni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g`risida” gi qarori.

2

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi

“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi qarori

.

3.

Tojiyev. M, Mamadaliyev.K, Xurramov.A. rivojlangan xorijiy mamlakatlar oliy

ta`lim tizimi rivojlanishida kredit sistemasining o‘rni va ahamiyati. Oliy ta`lim taraqqiyoti
istiqbollari. Toshkent 2015.

4. Jalilovna M.M. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish uchun

tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy
jurnali, 4(2), (2024). 130-133.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yi 31-dekabrdagi “Oliy

ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonlarini tashkil etish bilan bog`liq tizimni takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g`risida” gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi qarori.

Tojiyev. M, Mamadaliyev.K, Xurramov.A. rivojlangan xorijiy mamlakatlar oliy

ta`lim tizimi rivojlanishida kredit sistemasining o‘rni va ahamiyati. Oliy ta`lim taraqqiyoti

istiqbollari. Toshkent 2015.

Jalilovna M.M. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish uchun

tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy

jurnali, 4(2), (2024). 130-133.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари