“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
52
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ECTS KREDIT-MODUL TIZIMI
TAMOYILLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Tayanch doktorant
Ismoilov Usmonjon Baxramjon o‘g‘li
Annotatsiya:
ECTS kredit - modul tizimi muayyan tamoyillari. Talabaga yo‘naltirgan
ta’limni tashkil etish (student-centered education). Ta’limda shaffoflikka erishish
(transparent education). Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi (improving flexiblity).
Talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility).
Kalit so‘zlar:
ECTS kredit, shaffoflik, moslashuvchanlik, mobillik, ta’lim, baholash,
tizim, kredit-modul, dars, o‘qituvchi, talaba.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich
kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi
deyarli barcha OTMlar kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi.
Ma’lumki, hayotda ko‘p narsalarning o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov
birligi – sekund, uzunlik o‘lchovi – metr, og‘irlik– kilo, suyuqlik – litr, elektr kuchlanish
o‘lchovi – amper. Shunda bir savol tug‘iladi: ta’limning, xususan oliy ta’limning ham o‘lchov
birligi bormi? Aytishingiz mumkin, ha oliy ta’limning o‘lchov birliklari bu bakalavr,
magistratura va doktorantura deb. Lekin bular ta’limning o‘lchov birliklari emas balki uning
bosqichlari hisoblanadi. Afsuski, hozirda mamlakatimizda oliy ta’limning talabalar
progressini, ularning mutahasis sifatida shakllanishini muntazam ravishda baholab boruvchi
hamma uchun tushunarli bo‘lgan o‘lchov birligi mavjud emas.
ECTS kredit - modul tizimi muayyan tamoyillar asosiga qurilgan. Ular quyidagilar:
1)
Talabaga yo‘naltirgan ta’limni tashkil etish (student-centered education);
2)
Ta’limda shaffoflikka erishish (transparent education);
3)
Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi (improving flexiblity);
4)
Talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility).
Quyida har bir tamoyil tafsilotlariga qisqacha to‘htalib o‘tamiz.
a) Talabaga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish
Ta’lim tizimilarini odatda ikki toifaga bo‘lish mumkin: o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va
talabaga yo‘naltirilgan ta’lim. Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin:
O‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida ta’limga, o‘quv dasturlariga, dars
jarayonlariga qat’iy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o‘qituvchi hohishi
nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi
kerakligi masalalarini belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning ehtiyojlar, fikrlari
ko‘p ham e’tiborga olinmaydi. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha
markazlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaraladi. Talabalar asosan
nofaol tinglovchi sifatida shakllanadi, chunki ta’lim jarayonlari ularni faollikka undamaydi
(darslar asosan ma’ruza shaklida tashkil etiladi). Bunday ta’lim tizimida talabalarda mustaqil
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
53
fikrlash, o‘z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish,
o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish saloxiyatlari shakllanmaydi.
Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim ECTS kredit – modul tiziming quyidagi qoidalarida o‘z
aksini topgan:
•
Ta’lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda o‘tirgan vaqti bilan emas balki
uning fan bo‘yicha o‘qish va o‘rganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib
belgilanadi.
Bunda talabaning ta’limi o‘qituvchining “o‘rgatish” uchun sarflagan soatlaridan
kelib chiqib emas balki talabaning “o‘rganish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib
o‘lchanadi. YA’ni 1 kredit o‘zida 25-30 soat o‘qish yuklamasini aks ettirsa, u o‘z ichiga
talabaning fanni o‘zlashtirish bo‘yicha u auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan
umumiy vaqtini qamrab oladi.
•
O‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ta’limdan kutilayotgan aniq o‘qish natijalari
asosida shakllantiriladi.
YA’ni OTM o‘quv dasturlarini va o‘quv rejalarini yaratish
jarayonida o‘z oldiga talaba mazkur o‘quv dasturi so‘ngida nimalarni bilishi, tushunishi va
qila olishi kerak degan savollarni qo‘yadi va o‘quv dasturlarni shu savollarning javoblari
asosda shakllantiradi. O‘qish jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda OTM
faoliyatiga u talabalarga nimalar “o‘rgatilganligi” ga qarab emas, balki talabalar undan
nimalarni “o‘rganganligi” ga qarab baholanadi. Bunda yana OTMlarning vazifasi talabalarga
nafaqat bilim berish, balki ularda ko‘nikma va mahoratlar shakllantirish ham ekanligi
belgilgan.
b) Ta’limda shaffoflikka erishish
ECTS kredit – modul tizimi talabalarning ta’lim jarayonlariga taaluqli bo‘lgan barcha
ma’lumotlarni talabalarga oldindan, tushunarli, to‘liq va shaffof tarza etkazishni talab qiladi.
Bunda OTM talabalarga ular butun o‘qishlari davomida qaysi fanlarni o‘zlashtirishlari zarur
yoki mumkinligi, ulardan kutilayotgan o‘qish natijalari, talabalar qanday usul va me’zonlar
asosida imtihon qilinishlari haqida oldindan to‘liq va shaffof tarzda ma’lumot berishi kerak
bo‘ladi. OTMlar sonining ko‘payishi, o‘quv dasturlariga tanlov fanlarini kirib kelishi ham
ta’limda shaffoflikka bo‘lgan extiyojni yanada kuchaytiradi. ECTS kredit – modul tizimida
ta’lim shafoffligi ta’minlash quyidagi qoidalarda o‘z aksini topadi:
•
O‘quv dasturidagi har bir fanni ma’lum miqdordagi kreditlarda aks ettiriladi.
YAni har bir kredit o‘rtacha 25-30 soat o‘qish yuklamasini anglatishini hisobga olinsa, talaba
muayyan fanga taqsimlangan kreditlar miqdoriga qarab, ushbu fanning o‘qish yuklamasi
haqida dastlabki ma’lumotga ega bo‘ladi.
•
O‘quv dasturidagi har bir fan muayyan ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan
holda kodlanadi.
O‘quv dasturida har bir fan uning darajasi, boshqa fanlar bilan
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
54
aloqadorligi, tanlov yoki majburiy fan ekanligi va shu kabi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan
holda kodlanadi va bu kodlar mazmuni haqida talabalarga tushuntiriladi.
•
O‘qituvchilar tomonidan o‘z fanlari bo‘yicha fan dasturlarini tayyorlanishi va
talabalarga taqdim etilishi.
ECTS kredit – modul tizimida har bir o‘qituvchi OTM o‘quv
dasturdagi u o‘qitishi kerak bo‘lgan har bir fani bo‘yicha “fan dasturini” ishlab chiqadi va
uni semestrning dastlabki haftasida halabalarga taqdim etadi.
c) Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi
YUqorida ta’kidlaganimizdek, ECTS kredit – modul tizimi OTMlar o‘zlarining o‘quv
dasturlarini ishlab chiqishda muayyan qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bu degani o‘quv
dasturlari, o‘quv rejalari OTM darajasida tayyorlanadi. Bu oliy ta’limni boshqarishning
markazlashgan tizimiga qaraganda ancha samarali, rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan
usullaridan biridir. CHunki OTMlar individual tarzda zamon, mehnat bozori talablariga
tezroq moslashish, ushbu ehtiyojlarga tezroq javob qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
d) Talabalar mobilligini kuchaytirish
ECTS kredit – modul tizimida faoliyat yuritadigan OTMlar ta’limni tashkil etish, uni
hisobini yuritish bo‘yicha standard tamoyillar asosida ishlaganligi, ta’lim jarayonlari
shaffoflikka asoslanganligi tufayli talabalar bir OTMda qo‘lga kiritgan kreditlari boshqa
OTMda tan olinishi imkoniyati kengayadi. SHu tufayli ECTS kredit – modul tizimiga o‘tgan
va uning tamoyillariga (tom ma’noda) amal qilayotgan OTMlarning halqaro jozibadorligi
oshadi. Ularning xorijiy OTMlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari kengayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “O
ʼ
zbekiston Respublikasi oliy ta
ʼ
lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasi"
2.
European
Commission
ECTS
Guide
of
2004.
Available
at
https://www.uc.pt/ge3s/pasta_docs/ects-users-guide170804.pdf
3.
European
Commission
ECTS
Guide
of
2015.
Available
at
https://ec.europa.eu/education/ects/users-guide/docs/ects-users-guide_en.pdf
4. Jessica Shedd (2003), "The History of the Student Credit Hour". New Directions for
Higher Education.
5.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
2019
йил
8
октябрдаги
ПФ
-5847-
сон
билан
тасдиқланган
“
Ўзбекистон
Республикаси
олий
таълим
тизимини
2030
йилгача
ривожлантириш
концепцияси
", 1-
иловаси
, 9
банди
.
