“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
66
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKT
VOSITASIDA TA’LIM MUHITINI RIVOJLANISHI
Muhammadamin Fozilov Qudratjon o‘g‘li
Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va
bu boradagi jaxon tajribasi qolaversa AI vositasida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish
borasida amaliy tajribalar o‘rin olgan. Ta’lim jarayoniga ushbu texnologiyalarni jalb etish
uchun bir qancha maslahatlar ham mavjud.
Kalit so‘zlar:
Raqamli texnologiyalar, robototexnika, AI ta’lim, AI savodxonlik,
ta’lim, raqamli ta’lim
.
Ta’lim islohoti bugungi kunda har qanday mamlakat rivojining eng muhim va shu bilan
birgalikda eng dolzarb masalalaridan birdir. Bu masala har qanday davrni eng muhim
masalasi sifatida qaralgan. Ayniqsa XXI asrda bu masala yana ham yuqori darajaga yetdi.
Raqamli texnologiyalar bizga bu masalani hal etishda juda ham bir saviyali o‘rinli
yechimlarni tuhfa eta oladi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol
qo‘llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta
ʼ
lim jarayonini ham tez
sur
ʼ
atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar,
jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali
jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan
tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank
sektorida, robotlar va ishchilar o‘rtasidagi raqobat masalasi ham ko‘tarilmoqda. Raqamlardan
foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so‘zsiz foydasi bilan
axloqiy, shaxsiy ma
ʼ
lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o‘rtasidagi
raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar tobora ko‘proq e
ʼ
tiborga
olinmoqda.Shu
jihatdan,
mamlakatimiz
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev ta
ʼ
kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy
axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot
texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli
infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq,
qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda
kech bo‘ladi”
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni jalb etish avvalo oliy ta’lim muassasalarida
va qolaversa barcha turdagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining eng muhim
tomonlaridan biri bo‘lgan axborot resurs markazi tizimiga raqamli kutubxona faoliyatini
keng yo‘lga qo‘yish va elektron darsliklarni ommaga va ta’limga keng ravishda
foydalanishga topshirish kerak. Biz bu orqali kitob chop etishga ketadigan sarf xarajatlarni
ham bir qanchaga kamaytirgan bo‘lamiz. [2]Qolaversa tadqiqotlarga ko‘ra OTMda raqamli
ta’lim muhitini yaratish muammosini tadqiq qilish chog‘ida tanlangan masalani nazariy
jihatdan o‘rganilish holatini tahlil qilish bilan birga uning pedagogik amaliyotda qanday
vaziyatda ekanini aniqlashga ham e’tibor qaratildi. Bu boradagi harakatlar quyidagi
natijalarni berdi: respondentlar “raqamli ta’lim” tushunchasini “onlayn ta’lim” (86 foiz),
“kompyuter yordamida tashkil qilingan o‘qitish” (14 foiz) ekanini aytib o‘tgan bo‘lsalar-da,
“raqamli ta’lim muhiti” atamasini “kompyuterlar bilan jihozlangan auditoriya” (85 foiz),
“kompyuter va Internet asosidagi ta’lim” (15 foiz) deya talqin etgan. Talabalarning aksariyati
raqamli ta’lim komponentlari sifatida kompyuter, Wi-Fi yoki modemni (73 foiz), shaxsiy
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
67
kompyuter, planshet, Internet hamda Wi-Fini (19 foiz) tushunishlarini qayd etgan bo‘lsalar,
8 foizi javob bermagan. Respondentlar uchinchi savolni avvalgi savolning mantiqiy davomi
sifatida qabul qilgan hamda ko‘rsatilgan foizlar asosida OTMda raqamli ta’lim muhiti
yaratilgan, deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan.
Bundan tashqari sun’iy intellekt ham bugungi kunda jadallashib rivojlanmoqda va buni
bir qancha davlatlar buni qabul qilib o‘zining bir qancha soxalariga xususan ta’lim jarayoniga
ham jalb etishgan. Misol tariqasida Yaponiyada bir qancha maktablarda robotlar
o‘qituvchilar o‘rnini egallab dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda o‘quvchilar esa o‘zlari
istagan ta’lim mavzusi bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda. Shu o‘rinda
Stanford unversiteti professori Endryu Ng sun’iy intellektni bu asrning yangi elektr
energiyasi deb ta’kidlaganini [3] aytib o‘tish lozim. Xavfsizlik va rivojlanayotgan
texnologiyalar markazi (Center for Security and Emerging Technology) tomonidan nashr
etilgan Xitoy va Qo‘shma Shtatlarda SI ta’limi qiyosiy baholash bo‘yicha hisobotida
quyidagilar e’tirof etiladi “Xitoy AI ta’limini yosh talabalar ta’limiga faol integratsiya
qilmoqda. Bu sa’y-harakatlar, birinchi navbatda, boshlang‘ich maktab darajasida Python
kurslari va robototexnika, uchuvchisiz dronlar va 3D printer va boshqalarni o‘z ichiga olgan
laboratoriyalarga kirish bilan tavsiflanadi”.
Ushbu katalog talabalar, ota-onalar, o‘qituvchilar va siyosatchilar kirishi mumkin
bo‘lgan 650 ga yaqin AQShning AI va sun'iy intellektga oid dasturlari ro‘yxatini o‘z ichiga
oladi. Biz nafaqat o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha ta’limni
yanada qulayroq qilish, balki federal, shtat va mahalliy darajadagi ta’lim ma’murlari va
siyosatchilarga AI ta’limidan umumiy foydalanish imkoniyatini oshirishga yordam
beradigan vositani ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rdik. Har qanday foydalanuvchi uchun
ma'lumotni qidirish mumkin bo‘lishi uchun biz alohida dastur toifalarini yaratdik: maktabdan
keyingi dasturlar, shogirdlik, muammolar, konferentsiyalar, o‘quv dasturlari, stipendiyalar,
xakatonlar, amaliyotlar, robototexnika, stipendiyalar va yozgi lagerlar. Foydalanuvchilar
qidiruvni joylashuvi, dastur turi, xosting tashkiloti va maqsadli auditoriya bo‘yicha
qisqartirishi mumkin (qidiruv foydalanuvchi tanlagan dastlabki mezonlarga ko‘ra
mavjudlikdan kelib chiqqan holda avtomatik ravishda boshqa parametrlarni filtrlaydi). Ba'zi
ro‘yxatga olingan dasturlarda bir nechta takliflar bo‘lishi mumkin; Bu sodir bo‘lganda, biz
dasturni belgilash uchun eng mashhur taklifni tanladik. Biz, shuningdek, STEM sohalarida
kam ifodalangan yoki jamiyatga yo‘naltirilgan bepul, maqsadli populyatsiyalar bo‘lgan
dasturlarni aniqlaymiz.Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki mamlakatimizda bu
tizimga erkinlik berish uchun eng avvvalo axborot savodxonligi va xavfsizligini va AI
savodxonlikni ta’lim jarayonining barcha turlari va bo‘g‘inlariga jalb etish orqali dastlabki
eng muhim bo‘lgan qadamni qo‘ygan bo‘lamiz.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz o‘z yurtimizni rivojlanishiga xissa
qo‘shish jarayonida eng muhim bo‘lgan insonlar ya’ni o‘qituvchi va murabbiylarimizni har
tomonlama savodxon bo‘lishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratib berilishi va mavjud
imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Ayniqsa yosh avlodni tarbiyalash va ularga
ta’lim berish jarayonida raqamli texnologiyalar va AI texnologiyalridan maqsadli va unumli
foydalanishimiz va shu orqali yuqorida ta’kidlanganidek yosh avlodda AI va raqamli
savodxonlikka ham erishgan bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatida axborot xavfsizligi
muammolariga yechim topishda o‘rinli ishlardan biri bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda
Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
68
2.“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
№
3, may-iyun,
2020 yil 156 3/2020 (
№
00047) http://iqtisodiyot.tsue.uz https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-
respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25- 01-2020.
3.Ng, A. (2017, January 25). Artificial intelligence is the new electricity. Speech
presented
at
Stanford
MSx
Future
Forum
in
California,
Stanford.
https://www.youtube.com/watch?v=21EiKfQYZXc
4.Xavfsizlik
va
rivojlanayotgan
texnologiyalar
markazi.
https://cset.georgetown.edu/publication/ai-education-catalog/
