Mualliflar

  • Husanboy Rasulov
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Malikaxon Alaydinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74071

Kalit so‘zlar:

bo‘lg‘usi pedagog kasbiy deformatsiya psixodiognastika psixokorreksiya psixologik salomatlik emotsiogen omillar

Annotasiya

Mazkur maqolada bo‘lg‘usi pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi,
psixodiognastikasi va psixikorreksiyasi hamda bu jarayonlardagi turli psixologik
buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish omillari keltirilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

60

BO‘LG‘USI PEDAGOGLARDA KASBIY DEFORMATSIYA,

PSIXODIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI

Rasulov Husanboy Rasuljon o

ʻ

g

ʻ

li,

Alaydinova Malikaxon Ravshanbek qizi

ADPI Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya yo

ʻ

nalishi 2- bosqich talabalari

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bo‘lg‘usi pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi,

psixodiognastikasi va psixikorreksiyasi hamda bu jarayonlardagi turli psixologik
buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish omillari keltirilgan.

Kalit so

ʻ

zlar:

bo‘lg‘usi pedagog, kasbiy deformatsiya, psixodiognastika,

psixokorreksiya, psixologik salomatlik, emotsiogen omillar, pedagogik kasb, pedagogik
mahorat.

Ta’lim jarayonining asosiy markaziy omillaridan biri sifatida pedagog shaxsi

shakllanishi muammosi xozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb mavzularidan biridir.
Zero ta’limning sifati va samarasi pedagogik jarayonda faoliyat yuritayotgan kadrlarning har
tomonlama tayyorgarligiga va kasbiy deformatsiyasiga bog‘liqdir. Pedagog-tarbiyachi ishida
tayyorgarlikni shakllantirish uning turli tarkibiy qismlari qarama-qarshi yo‘nalishlarga ega
bo‘lishi bilan murakkablashadi. Demak, intellektuallik ham tayyorgarlikning tarkibiy
qismidir, chunki u vazifalar va masuliyatlarni tushunadi, shuningdek faoliyatning asosiy
tarkibiy qismi - o‘qitilayotgan mavzuni bilish va uning muammolarini tushunishdir. Hissiylik
- hozirgi paytda kayfiyat, va hissiylik kommunikativ madaniyat sifatidir.Tayyorgarlikning
ushbu ikki tarkibiy qismi o‘rtasida kelishmovchilik munosabatlari rivojlanishi mumkin.
Binobarin, tarbiyachi kun davomida bir necha bor tayyorlik holatini shakllantirishi, uning
barcha tarkibiy qismlarini uyg‘unlashtirishi kerak.Shunday qilib, pedagogning stressga
chidamliligi kasbiy faoliyat samaradorligi va ishonchliligini ta’minlashning eng muhim
omilidir.

Deformatsiya tushunchasi, odatda, organizmga ta’sir etuvchi va unda muhim xarakter

xususiyatini hosil qiluvchi o‘zgarish sifatida talqin qilinadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar “Inson-
Inson” tipidagi kasblarda kasbiy deformatsiyaning paydo bo‘lishi va shakllanishini
ta’kidlaydilar. Insonning muayyan mehnat muhitiga moslashuvi uning kundalik
muomalasida, mehnat faoliyatining aniq ko‘rsatkichlarida, mehnat samaradorligida, ijtimoiy
axborot va uning amalda ro‘yobga chiqarilishida, faollikda namoyon bo‘ladi. Mehnatga
moslashish birlamchi bo‘lishi (xodimning mehnat muhitiga kirishida) va ikkilamchi (kasbni
almashtirgan va almashtirmagan holda ish o‘rnini almashtirishida yoki muhitning jiddiy
ravishda o‘zgarishida) bo‘lishi mumkin. Kasbiy moslashuv - shaxsning kasbiy ko‘nikmalar
va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning
shakllanishida, xodimning o‘z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining
rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish bilan tanishuvida, kasb mahorati
ko‘nikmalarini, funktsional vazifalarni sifatli bajarishida va mehnat sohasidagi ijodkorlikda
namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy - psixologik moslashuv ta’lim muassasasining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini o‘zlashtirishda, unda qaror topga o‘zaro munosabatlar tizimiga
kirishda, uning a’zolari bilano‘zaro ijobiy hamjihat bo‘lishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy -
tashkiliy moslashuv - ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ishlab
chiqarish jarayoniga, hizmat ko‘rsatish tizimini, mehnat va dam olish rejimini o‘zlashtirishni
bildiradi. Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz
ko‘rsatkich va tavsifnom alarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va
xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. Psixologik diagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

61

bilish degan tna'noni anglatadi) shaxs individual - psixologik xususiyatlarining hozirgi
holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytish (prognoz qilish) va psixodiagnostik
tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog
faoliyatining so‘nggi natijasidir. Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz:

Didaktik diagnostika - pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir

(o‘quv jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). Shaxslarning og‘zaki va
yozma javoblarini, javoblardagi tipik xatolarni, ularning sabablarini, o‘quv faoliyatidagi
salbiy o‘zgarishlarni, shaxslarda o‘quv mehnat malaka va ko‘nikmalarning rivojlanganlik
darajasini, ta’lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi. Ijtimoiy-pedagogik
diagnostika - shaxslarning pedagogik qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og‘ir
bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo‘nalishdir.

Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobatsiyasi, talablar yo‘riqnomasini

ishlab chiqish, tadqiqotlarni o‘tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining
usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini
muhokama qilish tashkil etadi. Diagnostik faoliyat o‘z maqsadiga ko‘ra tashhis (diagnoz)
yo‘nalishining turli ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Qo‘yilgan tashhis o‘rganilayotgan
xususiyatlarni_shakllantirishga_yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy
tavsiyalar bilan ifodalanadi. Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo‘luvchi
individual-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash
bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir. Bolalar
bog‘chasidagi bolalarning qobiliyat va layoqatlarini_har_tamonlama rivojlantirishga, ular
shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi
fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida
sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik diagnoz
(diagnosis - grekcha, aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) - shaxs individual- psixologik
xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz
qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga
qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida
psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnozda dasturi
mavjud har qanday EHM_bajarishi_mumkin_bo‘lgan_tadqiqotda olingan natijalar qayta
ishlanadi. 2. Etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning
mavjudligini_emas,_balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. 3. Tipologik
diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va_o‘rni aniqlanadi.
Psixodiagnostika psixologiyaning ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari uning boshqa
sohalarida_keng_qamrovda_qo‘llaniladi. Diagnostik faoliyatning maqsadi o‘qituvchiga
pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va baholash mezonlarini belgilashga, muammolarni oson
hal qilish yo‘llarini aniqlashga, o‘quvchilarning faoliyatini boshqarishga va o‘zining kasbiy
faoliyatini tuzatishga, pedagogik o‘zaro ta’sir samaradorligini baholashga imkon beruvchi
yaxlit axborotni_aniqlashdan_iborat. Tuzatish va psixologik diagnostika birligi printsipi
psixologik amaliyotning alohida turi sifatida psixologik F.V.Dubrovin, D.B.Elkonin va
boshqalarning asarlarida batafsil ko‘rilgan bu tamoyil barcha korreksiya faoliyatining asosi
sifatida tan olingan, chunki tuzatish faoliyatining samaradorligi 90% ilgari amalga oshirilgan
psixologik diagnostika jarayonining chuqurligi va jiddiyligiga bog‘liq. Belgilangan tamoyil
ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Avvalo, axloq tuzatish ishlarini amalga oshirishdan oldin,
o‘ziga xos psixologik diagnostika tadqiqotlarini o‘tkazish kerak, buning asosida birlamchi
xulosa chiqariladi va korrektsion-rivojlanish ishining maqsad va vazifalari aniqlanadi.
Samarali tuzatish ishlarini faqat batafsil psixologik o‘rganish asosida qurish mumkin.
Shunday qilib, korreksiya samaradorligi dinamikasini nazorat qilish, o‘z navbatida, tuzatish


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

62

ishlari jarayonida ishtirok etuvchi psixologga kerakli ma'lumotlarni va o‘z-o‘ziga ishonishni
ta'minlaydigan diagnostika tartib-qoidalarini amalga oshirishni talab qiladi. Ijtimoiy
amaliyotning turli sohalari va psixologlar tayyorlash jarayonini psixokorreksiya ishlarisiz
amalga oshirish mumkin emas. Shu sababli, bu ukuv kullanni tayyorlash zarurati paydo
bo‘ldi. Ushbu qo‘llanmada psixokorreksiyaning asosiy nazariy va amaliy masalalari tizimli
ravishda tavsiflanadi.

O‘quv jarayonida kasbiy deformatsiyadan foydalanishdan asosiy maqsad psixologik

yordam turini o‘rganayotgan shaxslarning o‘z xohish-istaklariga ko‘ra o‘z kasbiy mahoratini
oshirishga qaratilgan ushbu psixologik yordamning har tomonlama tasavvurini va nazariy-
uslubiy bazasini shakllantirishdan iborat. Amaliy psixolog o‘zining kasbiy salohiyatini to‘liq
ro‘yobga chiqarishi uchun u o‘zining shaxsiy resurslarini to‘ldirishi, psixokorreksiya ishlari
bo‘yicha qarashlarini chuqurlashtirishi va kengaytira olishi kerak. Psixologlar, ijtimoiy
ishchilar va barcha psixologik yordamchilarga taklif qilinadigan ushbu tadqiqot turli amaliy
vazifalarni hal qilishga yordam beradigan psixokorreksiya asoslari bo‘yicha bilim berishga
qaratilgan. Ushbu tadqiqot ushbu talabalarga psixokorreksiyaning asosiy nazariy va uslubiy
tamoyillarini o‘zlashtirishga imkon beradi.

Xulosa o ‘rnida shuni aytish joizki, bo‘lajak pedagogda dastavval ilmiy va tjribaviy

mahorat bo‘lishi kerak. Chunki o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida turli xil holatlarga duj
kelib qolishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy deformatsiyasi, psixodiagnostikasi va hamda
psixokorreksiyasi jarayonlarida mukammal darajada tajribaviy holatga ega bo‘lishi kerak deb
o‘ylayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. N.P.Anikeev Jamoada ruhiy muhit.- T.: “O‘qituvchi”, 1993 y.
2. SH.A.Do‘stmuhammedova “ O‘qituvchilarning o‘quv faoliyatlarini boshqarish
psixologiyasi”- T. , 2000 y.
3. Z.T.Nishanova Psixologik xizmat.- T.:, 2015 y.
4. Boynazarovna, A.S. Innovatsion faoliyat va axborotlar bilan ishlashga ijtimoiy-

madaniy adaptatsiya hosil qilish muammosining psixologik asoslari. “Ta’lim fidoyilari”,
(2022), 21, 73-77.

5. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/psixologiya-1/psixolog-konsultantning-

shaxs-xususiyalari-va-kasbiy-deformatsiyasi

Bibliografik manbalar

N.P.Anikeev Jamoada ruhiy muhit.- T.: “O‘qituvchi”, 1993 y.

SH.A.Do‘stmuhammedova “ O‘qituvchilarning o‘quv faoliyatlarini boshqarish

psixologiyasi”- T. , 2000 y.

Z.T.Nishanova Psixologik xizmat.- T.:, 2015 y.

Boynazarovna, A.S. Innovatsion faoliyat va axborotlar bilan ishlashga ijtimoiy-

madaniy adaptatsiya hosil qilish muammosining psixologik asoslari. “Ta’lim fidoyilari”,

, 21, 73-77.

shaxs-xususiyalari-va-kasbiy-deformatsiyasi

Abdullaeva, S. H. (2014). Shaping to emotional stability future teachers of the professional education. European Journal of Natural History, (4), 23-24.

Khamidovna, A. S. The Role of a Psychologist in Creating a Learning Environment in Higher Education Institutions.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари