“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
93
TALABALARNING O‘QUV JARAYONIDAGI MOTIVATSIYASINING
TA'LIM SIFATIGA TA'SIRI
Xamdamova Muazzamxon Xabibullo qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalarning o‘quv jarayonidagi motivatsiyasining
ta’lim sifatiga ta’siri va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida mulohaza yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
motivatsiya, talaba, ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, omil, motiv, maqsad,
ehtiyoj, o‘quv jarayoni.
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berish har doimgidek
dolzarblik kasb etmoqda. Ta'lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan.
Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Kelajakda
erishishimiz lozim bolgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali,
zamon
talabiga
javob
beradigan
mutaxassis
kadrlar
tayyorlashimiz
kerak.
Sh.M.Mirziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori
aynan shu masalaga qaratilgandir.
Ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat darajasi va samaradorligini oshirish bir
qator omillar bilan chambarchas bog‘liq. Dars jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilarni
bilim olishga bo‘lgan qiziqishning uyg‘onishiga turtki berish zamonaviy pedagoglardan
pedagogik-psixologik hamda uning texnologiyalarini bilishni talab etadi.
Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarni kasb-hunar egallashga tayyorlashni
takomillashtirish, bitiruvchilar tayyorgarligining ko‘plab omillari va ularning kasbiy
faoliyatga real tayyorlik darajasi bilan shartlanganganligini e’tirof etish zarur. Ular orasida
pedagogik oliy o‘quv yurtlari talabalarining o‘qishga oid faoliyat motivatsiyasi, bu
jarayondagi o‘rganish strategiyalarini mukammal egallash o‘ta muhim hisoblanadi.
Ma’lumki fanda motivatsiya keng ma’noda inson hayotining (uning xulq-atvori,
faoliyatining) murakkab ko‘p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, ko‘p darajali tizimi bo‘lib, u
o‘zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni,
emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Motivatsiya – murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi
bo‘lib, u o‘zida mayillar, ideallar ko‘rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita
aniqlab, boshqarib turadi. Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar
majmuidir. Motivatsiya jarayoni quyidagi psixik jarayonlardan iborat: motiv mazmunini
idrok etish, uning mazmunini emotsional baholash, motivni mazmunini anglash va baholash,
motivga ishonish.
Hech bir o‘qituvchi, hatto juda malakali o‘qituvchi ham, agar uning harakatlari
muayyan o‘quv jarayonining motivatsion asoslari bilan muvofiqlashtirilmasa, kerakli
natijaga erisha olmaydi. Aytish kerakki, ta'lim motivatsiyasi muammosi ta'lim
psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. O‘quv motivatsiyasini boshqarish o‘quv
jarayonini boshqarishga imkon beradi. Ushbu muammo hozirgi kunga qadar psixologiya va
pedagogikada asosiy va eng muhimlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu muammoni tadqiq qilish
ucnun juda ko‘p izlanishlar olib borilgan.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
94
Oliy ta’lim tizimidagi o‘qitishning modul-kredit shaklida talabalarning ta’lim
motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagilarni e`tirof etishimiz mumkin:
1. O‘quv rejaning tuzilishi – bunda talabalar o‘quv rejasini, ya’ni mavzular ketma-
ketligi, nazorat muddatlarini oldindan bilishlari, aniq tartib asosida ta’lim olishlari ularni
rivojlantiradi. Talabalar o‘quv rejasi va o‘quv materiallari oldindan tayyorlanganligini sezsa
yoki ko‘rsa, bu ularga ko‘proq hotirjamlik hissini beradi. Bu o‘quv muhitida ta'minlanganda,
talabalarga o‘quv materialiga to‘liq e’tibor qaratish imkonini beradi.
Talabalar o‘quv materiallarini oson o‘zlashtirishiga yordam berish uchun o‘qituvchilar
darslar va o‘quv dasturlarini rejalashtirishlari kerak. Darsda qo‘llaniladigan barcha
materiallar oldindan tayyorlanishi kerak. O‘qituvchilar, shuningdek, semestr yoki sinf
boshida kurs yoki sinfning maqsadlarini bayon qilishlari mumkin.
2. O‘qituvchining xulq-atvori va shaxsiyati - o‘qituvchi yoki mentorlar, o‘quvchilarni
yaxshi tushunishlari va ularning muammolarini yechishlari uchun yordam bera olishlari
muhimdir. Agar talaba o‘qituvchisidan qo‘rqish yoki yoqtirmaslik kabi salbiy his-
tuyg‘ularga ega bo‘lsa, bu uning umuman fanga bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Agar o‘qituvchi ma’lum talabalarga nisbatan boshqacha muomala
ko‘rsatsa yoki kamsituvchi so‘zlarni ishlatsa, bu ularning ta'limga bo‘lgan motivatsiyasini
pasaytiradi, talabalar ichida diskriminatsiya holatlarini keltirib chiqaradi.
Boshqa tomondan, mehribonlik, e’tibor, ijobiy fikr-mulohazalar va rag‘batlantirish
talabalarning ta’lim motivatsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
3. O‘qitish metodikasi - agar o‘qituvchilar turli xil o‘qitish usullaridan foydalansa,
talabalar ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini saqlab qolish ehtimoli ko‘proq. Bu orqali darslarda
xilma-xillik yaratiladi va talabalarning zerikishini oldi olinadi. Muayyan tanlovlar uchun
imkon berish, masalan, guruhda talabalar koloborativ ishlashlarini ta’minlash ham yaxshi
natijalarga olib kelishi mumkin. Ta’lim metodining o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlanishi,
dars jarayonida turli vositalar yordamida mavzuning tushuntirilishi ta'lim sifatining oshishiga
yordam beradi. Ta’lim metodlarini malakali o‘gituvchining usuli bilan birlashishi natijasida
fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni va o‘ziga xosliklari to‘liq ochib beriladi. Bu
esa talabalarning fan yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka kompetensiyalarining shakllanishi
va rivojlanishiga asos vazifasini o‘taydi.
Shunday qilib, o‘qituvchi turli xil o‘qitish usullarini qo‘llash orqali yanada yuqori
natijalarga erishish imkoniyatini kengaytiradi.
Ba’zi hollarda darsdan tashqari mashg‘ulotlarga yozilish yoki repetitorning yordami
talabalarning dars davomida qondirilmagan ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonidagi ijobiy muhitda talabalar o‘zlarini yaxshi his qiladilar, ta’lim olish
go‘yoki “kundalik ovqatlanish” kabi asosiy ehtiyojlarini qondiradigan darajada bo‘lishligi va
sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish uchun maqbul muhitni ta’minlaydi.
Topshiriqlarning haddan ziyod ko‘pligi va o‘ta jiddiy bo‘lgan o‘quv muhiti ham ta'lim
motivatsiyasini pasaytiradi. O‘quv materialining va o‘quv topshiriqlarining murakkabligi
faqat bu qiyinchilikni vujudga keltirish yoki yengib o‘tish mumkin bo‘lgandagina o‘quv
jarayoniga qiziqishning ortishiga olib keladi, aks holda qiziqish tezda pasayadi.
Motivatsiya inson hayotining har bir sohasida asosiy o‘rinni egallaydi. Insonlarni
maqsadli faoliyatga undaydi. Kasbiy rivojlanishda ham, shaxsiy hayotda ham insondagi
sabab va ehtiyojlar majmuini tashkil etadi, ehtiyojlarni imkoniyatlarga aylantirishga turtki
bo‘ladi. Motivatsiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatida, uni muayyan o‘quv harakatlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga undovchi bir qancha sabab va ehtiyojlarini keltirib
chiqarish majmui sifatida baholanadi. Motivatsiyani qaysidir ma’noda insondagi
qobiliyatlarini namoyon etuvchi kuch ham deb qarash maqsadga muvofiqdir.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
95
Ta’lim motivatsiyasi muammosini hal qilishning ahamiyati uning didaktik jarayonini
samarali amalga oshirish uchun muhim ekanligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, aynan o‘qishga
nisbatan salbiy yoki befarq munosabat talabaning past o‘zlashtirishi yoki o‘rganish
faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli, talabalarni yetarli bilim va
ko‘nikmalarni egallashlari uchun ta’lim motivatsiyasiga ta’sir qiluvchi omillarni bilish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 05.06.2018 yildagi PQ-3775-sonli Qarori //http://lex.uz.
2.
https://apriori-nauka.ru/uz/simulacra/osobennosti-formirovaniya-
vnutrennei-uchebnoi-motivacii-studentov.html
3.
Jo‘rayev N.S. “O‘quv motivlarini shakllantirish” - Toshkent:TDPU 2008.-62-
b.
4.
Xaydarov F., Halilova N. “Umumiy psixologiya ” Toshkent 2010. – 330-b.
