Mualliflar

  • Muborak Maxmudjonova
    Namangan davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74087

Kalit so‘zlar:

til sistema belgi semiotika til birliklari

Annotasiya

Ushbu maqolada tilning tizim sifatidagi xususiyatlari hamda semiotik tabiati haqida so‘z boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

101

TILNING SISTEMAVIY XARAKTERI VA UNING BELGI SIFATIDAGI

TABIATI

Maxmudjonova Muborak Farxodjon qizi

Namangan davlat universiteti filologiya

fakulteti 1-kurs talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tilning tizim sifatidagi xususiyatlari hamda semiotik

tabiati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

til, sistema, belgi, semiotika, til birliklari, til belgisi, sistemstruktur

tilshunoslik.

Tilning sistemaviyligi haqida so‘z ketganda, avvalo, sistemaning xususiyatlariga

to‘xtalish o‘rinlidir. O‘zaro bog‘liq va shartlangan ikki va undan ortiq elementlarning
munosabatlaridan tashkil topgan va yangi sifatga ega bo‘lgan barqaror butunlik sistemadir
[1]. Til birliklari voqelanish belgisiga ko‘ra ham, tuzilish (ontologik) tabiatiga ko‘ra ham
sistema sanaladi va u mavhum belgilardan tuzilgan. Har bir sohaning o‘ziga xos guruhlari
sistemasi bor. Masalan, fonetikaning o‘ziga xos birliklari bor yoki morfologiyadagi har bir
konkret forma ziddiyatli sistemaga ega. Chunonchi, o‘zbek tilida -(i)m, -(i)ng, -i/si; -(i)miz,
-(i)ngiz, -lari qo‘shimchalarining o‘rnida boshqa birini qo‘llab bo‘lmaydi. Bu xususiyat
ularning qarama-qarshi jihatlarini ifodalasa, boshqa bir tomondan ular bir guruh sifatida
muayyan pradmetning boshqa bir predmetga qarashli ekanligini ko‘rsatadi. Aynan bu
belgilar bilan ular bir sistemani tashkil qiladi. Sistema bo‘lgan joyda, albatta, struktura ham
bo‘ladi. Sistema butunlik, struktura esa qismlilikdir. Tilning strukturasi til birliklari sanalgan
fonema, morfema, leksema va modellardan iborat. Amaerika tilshunosligi til struktura
tuzilishi nazariyasini birinchi navbatda gap tuzilishi va undagi ma’lumotlarni o‘rganishga
asoslangan holda ishlab chiqdi [T.Bushuy, 2011:224].Til so‘z, morfema va fonemalarning
oddiy yig‘indisi emas, balki butun bir tizim bo‘lib, u har bir pog‘onaga xos birlik 2 yoki
undan ortiq uzvlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir. Tilning turli
qirralarini jamlagan holda, uni butunlik, bir sistema sifatida o‘rganuvchi tilshunoslik XX
asrning 20-yillaridan sistemstruktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo‘ldi. Shuni ham aytib
o‘tish joizki, Ferdinand de Sossyur asos solgan XXasr system tilshunosligi bag‘rida o‘nlab
oqim va maktablar vujudga keldi, bu sohada ulkan zamonaviy yutuqlar qo‘lga kiritildi.[2]

Til semiotika nuqtayi nazaridan belgilar sistemasi sanaladi. Semiotika

axborot,ma’lumotlarni saqlash va uzatishga xizmat qiluvchi belgilar tizimini o‘rganuvchi
sohadir. Semiotikaning umumiy qoidalari, xususiyatlari dastlab amerikaliak mantiqshunos
Ch.S.Pire va tilshunos F.De. Sossyur asarlarida yoritilgan. Ferdinand de Sossyur tilning
sistemaviy xarakteri va uning belgi sifatidagi tabiatini asoslab berdi. Til belgisi (belgi
tanlashga nisbatan) shartli va erkin, lekin boshqa bir tomondan, ya’ni jamiyat uchun
majburiydir. Olim til belgisi nazariyasini yaratib, uni sintagmatik va paradigmatik
tushunchalar bilan bog‘ladi.uning ta’rificha, tilshunoslik fanining manbayi shartli ishora-
znaklar tizimi bo‘lgan tilni o‘rganishdir. Shu bois tilshunoslik ishoralarni o‘rganadigan
semiotik fanlar turkumiga kiradi. Ferdinand de Sossyur:”Til g‘oyalarni ifodalovchi belgilar
sistemasidir” degan g‘oyani ilgari surdi. Til axborot beradi. Avvalo, o‘zi va shu bilan birga
borliqdagi boshqa narsa-buyum, hodisalar haqida ma’lumot beruvchi vositalar, ya’ni sotsial
axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.[3] Belgi moddiy, hissiy
idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakatdir. Belgi tushunchasi serqirra, u falsafa, mantiq,
tilshunoslik, psixologiya, sotsialogiya fanlari tomonidan tahlil qilinadi. Til belgisi esa ifoda
va mazmun jihatiga ega bo‘ladi, predmet, xossa, munosabatni ifodalovchi moddiy-ideal
hosila sanaladi. Til fikr, ma’no, tushunchalarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

102

mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Tilning ma’nolar tashuvchi
belgilar sistemasi ekanligi fiziologik jarayonda voqelanadi. Shu bois tilshunoslik va
semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni
belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi
belgilar tizimini boshqa lisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi.[2]

Bugungi kunda tilshunoslikda “til va nutq” dixotomiyasiga asoslangan tadqiqot

ishlari ancha bo‘lishiga qaramay, til belgilarining nutqqa ko‘chirilishi bilan bog‘liq
muammolar endigina o‘rganilmoqda. Bu sohada izlanilishi lozim bo‘lgan ko‘p masalalar bor.

Ko‘rinadiki, tilning sistemaviy tuzilishi murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, til belgisi

esa mazkur sistemani tashkil etuvchi omil hisoblanadi. Til sistemasi keng ma’noda til
qurilishining barcha sohasining majmuyidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2019.
2.Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: 2007.
3.Turniyozov N. Tilshunoslikka kirish (ma’ruzalar matni). – Samarqand:2006.
4. Turobov A. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: 2022.
5. arxiv.uz

Bibliografik manbalar

Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2019.

Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: 2007.

Turniyozov N. Tilshunoslikka kirish (ma’ruzalar matni). – Samarqand:2006.

Turobov A. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: 2022.

arxiv.uz

Xalimova, M. V., & Aliyeva, X. F. (2023). SHARQ ALLOMLARI ASARLARIDA KASB-HUNAR VA KASB TANLASH MASALALARI. Tafakkur manzili, 4, 102-112.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари