“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
130
PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONLARIDA INTERFAOL METODLAR
QO‘LLANILISHI
Saydullayeva Ziyodaxon
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti
O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishda
interfaol metodli darslarning afzalliklari haqida yortilgan. Darslardagi interfaol metodlar
mazmun-mohiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
pedagogika, metod, ta’lim jarayoni, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi,
interfaol, interfaol metod, samaradorlik, singan tuxum metodi, boomerang metod.
Har bir metod darsning didaktik vazifasidan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga
muvofiqdir. Ta’limning an'anaviy shaklini saqlab qolgan holda, ta’lim oluvchini faoliyatini
faollashtiradigan metodlardan foydalanish o‘zlashtirish samaradorligini oshirib beradi.
Buning uchun ta’lim uchun ajratilgan vaqtdan oqilona foydalanish, ta’lim beruvchi
tamonidan ta’lim olguchilarni qiziqtirishni yanada ortirib, ularning bu vaqtdagi faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida rag‘batlantib turish, o‘quv materialini kichik-kichik
bo‘laklarga bo‘lish hamda aqliy hujumlar uyushtirish, bahs va munozalarga sabab bo‘luvchi
muommoli vaziyatlar yaratish, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlardan
foydalanish va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni muttassil bajarishga undash talab
etiladi. An’anaviy hamda interfaol metodli darslar orasida ayrim farqlar mavjud
bo‘lib ular quyidagilarni tashkil etadi.
1.
Qo‘llanilish darajasi. An’anaviy darslarning barcha ta’lim jarayonlarida
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar uchun qulay bo‘lgan shaklda qo‘llanilsa, interfaol
metodli darslarda esa ayrim mavzularga interfaol darsning qulay bo‘lgan turlari shaklida
qo‘llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars qo‘llaniladi.
2.
Darsning maqsadi. An’anaviy darslarda bilim, ko‘nikmalar va malakalar
shakllantirilib mustahkamlanadi. Interfaol darsda dars mavzusi bo‘yicha mustaqil fikr
yuritish, xulosa chiqarish hamda ularni bayon etib himoyalashga o‘rgatiladi.
3.
Darsga tayyorgalik talablari. An’anaviy dars uchun dars reja, konspekt hamda
didaktik vositalar mavjudligi yetarli bo‘lsa, interfaol darslarda esa interfaol dars ishlanma,
mustaqil bajarish uchun topshiriqlar, tarqatma materiallari va boshqa zaruriy vositalar ham
kerak bo‘ladi.
4.
Ta’lim oluvchining tayyorgaligi. Bunda o‘quvchi an’anaviy darslarda avvalgi
dars konspekti hamda o‘qituvchi bergan topshiriqni bajarganligi kifoya qilsa, interfaol
darslarda esa o‘tiladigan mavzu yuzasidan ham boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lishi talab
etiladi.
5.
Ta’lim oluvchining ta’lim jarayoniga tayyorgaligi uchun talablar. An’anaviy
ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi oldingi dars uchun berilgan vazifalarni bajarsa, interfaol
uslubdagi ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi oldingi dars bo‘yicha vazifalarni bajaribgina
qolmay, yangi mavzu yuzasida ham boshlang‘ich tushuncha va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
talab etiladi.
6.
Ta’lim oluvchining vazifaviy usullari. An’anaviy darslarda ta’lim oluvchining
asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tinglash, o‘zlashtirish, yuklatilgan topshiriqlarni bajarish.
Interfaol uslubdagi maktablarda esa ta’lim beruvchi tamonidan berilgan topshiriqlarga ta’lim
oluvchi o‘zining mustaqil fikrlari bilan yondashish hamda o‘zining mustaqil fikrlarini,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
131
xulosalarini boshqa ta’lim oluvchilarning fikrlari bilan solishtirsh va yakuniy xulosaga kelish
ham darkor.
7.
Ta’lim jarayoni uchun ajratilgan vaqtning to‘g‘ri taqsimlanishi. Ta’lim
jarayoniga ajratilgan vaqtning ko‘p qismini ta’lim beruvchining yangi mavzu tushuntirilishi,
tahlil qilish, bajariladigan topshiriqlarning tushuntirilishi, ta’lim oluvchilarning
o‘zlashtirishini nazorat qilishga sarflanadi. Interfaol uslubdagi ta’lim jarayonida esa ta’lim
jarayoning ko‘p qismi ta’lim oluvchilarning mustaqil topshiriqlarning bajarilishi, o‘zaro fikr
almashinishi, mushohada qilishlik, o‘z xulosalarini bayon qilish hamda uni himoyalashga
sarflanadi.
8.
Ta’lim jarayonining modul va algoritmlari. An’anaviy ta’lim vaqtida
darslarning moduli va algoritmlaridan har bir ta’lim beruvchi o‘zi qo‘llayotgan metodga
muvofiq foydalanadi. Interfaol metodli darslarda esa oldindan tayyorlangan modular va
algoritmlarga, loyihalarga muvofiq ravishda tanlanadi va o‘tkaziladi.
9.
Ta’lim jarayonida ta’lim ta’lim oluvchilarda talab qilinadigan faollik darajasi.
An’anaviy talim jarayonlarida ta’lim beruvchi har tamonlama faol bo‘lmog‘i,
o‘quvchilarning diqqatini jamlash, tushunish, fikrlar topshiriqlarini bajarish bo‘yicha ham
faol bo‘lishi lozim. Ushbu tipdagi darslarda muloqot shaklari quydagicha bo‘ladi: ta’lim
beruvchi – guruh, ta’lim beruvchi – ta’lim oluvchi ta’lim oluvchi – talim beruvchi, guruh –
ta’lim beruvchi. Interfaol metodli darslarda ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchi ham har
tamonlama faol bo‘lmog‘i lozim. Bunday usuldagi darslarda hamkorlik, hamijodlik shaklari
mavjud bo‘lib ular quydagilar: ta’lim beruvchi – ta’lim oluvchi, ta’lim oluvchi – ta’lim
oluvchi, ta’lim oluvchi – kichik guruh, kichik guruh – kichik guruh, ta’lim oluvchi, ta’lim
oluvchi – ta’lim beruvchi, kichik guruh – ta’lim beruvchi, umumiy guruh – ta’lim beruvchi.
10.
Bilimlarni o‘zlashtirishning asosiy usullar. An’anaviy darslarda bilimlarning
o‘zlashtirishning asosiy usullari sifatida mulaqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara,
mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar kirsa, interfaol metodli darsda mulaqot,
mutolaa, mushohada, muhokama, munozara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar
kiradi.
11.
Mashg‘ulot shakllari. An’anaviy usuldagi ta’lim jarayonida quydagi
mashg‘ulot shakllaridan keng foydalanilmoqda: ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot,
labaratoriya mashg‘uloti, davr suhbatlari, bahs, munozara, konsultatsiya va boshqalar.
Interfaol metodli darslarda esa quydagi mashg‘ulot shakllaridan keng qo‘llaniladi: ma’ruza,
guruh yoki juft bo‘lib ishlash, taqdimotlar, bahslar, munozara, davra suhbatlari, amaliy
mashg‘ulotlar va boshqalar.
12.
An’anaviy darsdan va interfaol usuldagi darsdan kutiladigan natijalar.
An’anaviy darslarda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini
o‘zlashtirishlari kutilsa, interfaol metodli darslarda mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning o‘z
fikrlari, xulosalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilim olishga o‘rgatish ham natija
sifatida kutiladi.
Yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, interfaol metodli darslar ta’lim jarayonini
samaradorligini oshiribgina qolmay, ta’lim oluvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini
ortiradi. Ta’lim beruvchi tamonidan ta’lim jarayonidagi darsga mos va hos ravishda
tanlangan metodlar doim samara beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. D.Ro‘ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova. "Interfaol metodlar: mohiyati va
qo‘llanilishi". Metodik qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashrivoti, 2013.108
bet.
2. Hayitov A.I & Abdurasulova F. Interfaol metodlar asosida boshlang‘ich sinflar
darslarini samarali tashkil etish usullari. Science and innovation ISSN: 2181-3337
