“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
119
YANGICHA YONDASHUVLAR ASOSIDA BO‘LAJAK MAKTABGACHA
TA’LIM MUTAXASISLARIDA KASBIY VA KREATIV QOBILIYATLARINI
SHAKLLANTIRISH
Oxunov Ilxomjon Abdunab
ı
yev
ı
ch
ADPI, Maktabgacha ta’lim
nazariyasi kafedrasining
v.b.dotsenti (PhD)
Murodova Muxtasar Xabibullo Qizi
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yang
ı
cha yondashuvlar asos
ı
da bo‘lajak maktabgacha
ta’l
ı
m mutaxas
ı
slar
ı
da kasb
ı
y va kreat
ı
v qob
ı
l
ı
yatlar
ı
n
ı
shakllant
ı
r
ı
shning pedagogik-
psixologik asoslari yoritilgan. Shu bilan birga, bo‘lajak maktabgacha ta’l
ı
m mutaxas
ı
slar
ı
da
kasb
ı
y va kreat
ı
v qob
ı
l
ı
yatlar
ı
n
ı
rivojlantirishning ayrim pedagogik shartlari xususida fikr
yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Maktabgacha davr, ta’lim va tarbiya jarayoni, kreativlik, o‘quv-tarbiya
jarayonga kreativ yondashuv, tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini
ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur
va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual
merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika
va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Maktabgacha davr – bu bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish,
o‘rganishga, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davrdir. Aynan shu davrda bolaning insoniy
sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi
bola bilan ta'lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi
va bolaning butun hayotiga ijobiy ta'sir qiladi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7ga yetgunicha
davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga
oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy vazifasi – har bir bola shaxsini yosh
bosqichiga mos tarzda sifatli rivojlantirish va uni navbatdagi ta'lim bosqichiga puxta
tayyorlashni ta'minlash hamda muassasada ijobiy muhit va zarur sharoit yaratishdan
iboratdir. Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim
tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi.
Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga,
pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga
ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida
faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek
muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi
bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas'uliyatini anglashga,
ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
120
va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Zero, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat
va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha
tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh
xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil
qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish
muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan
respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda.
Tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda
olib boriladi:
1) tarbiyachining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi;
2) tarbiyachining ruhiy-psixologik tayyorgarligi;
3) tarbiyachining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy-nazariy jihatdan tayyorgarligi;
4) tarbiyachining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Tarbiyachi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri
baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi
kerak. Muloqot jarayonida tarbiyachining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik,
samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. Hozirgi sharoitda
jamiyatning tarbiyachilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda
va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi tarbiyachiga bog‘liq. Ijodiy faoliyat olib
boruvchi tarbiyachi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or
pedagoglar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik
ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisi fan va texnika
taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi
pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli
vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga
alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan,
tarbiyachining masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali
mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning
natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Tarbiyachining ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda
kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi. Tarbiyachi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi.
Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o‘qib- o‘rganish, o‘z ustida ishlash
orqali shakllanadi.
Zamonaviy ta'lim barcha turdagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi,
pedagoglarning ijodkor bo‘lishlarini taqozo etmoqda.
“Kreativlik”
tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari
uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida
noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud
bo‘lishiga e'tiborni qaratadilar.
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb
tushunadilar. Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha
bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori
baholaydilar.
Ko‘pgina pedagog-tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb
hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:
-
birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
121
qanday ma'noni anglatishini etarlicha izohlay olmaydilar;
-
ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik
qobiliyatiga ega. Xo‘sh, ular o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta
olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o‘zingizni
kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga
qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor
va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil
etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
Xulosa o‘rnida shunga to‘xtalib o‘tish joizki, tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning
munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani
bajaradi. Tarbiyachining ijtimoiy-siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq
hamda jamiyat oldidagi o‘z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy
yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga
yordam beradi.
Bugungi kun talabi tarbiyachi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarning egallashi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay bilishi,
bir so‘z bilan aytganda kasbiy kompetentlikka ega bo‘ilshi talab etmoqda.
Tarbiyachining kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va
ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Binobarin,
kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi,
ilg‘or, bolalarning o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan
g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil
o‘rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr
almashish tajribasiga ega bo‘lishga e'tibor qaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-
sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori.
2.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-
sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi Qarori.
3.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017.
4.
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash”. G. Q. Jalolova,
metodik tavsiya. Toshkent, 2004 yil. 56-b.
5.
Nemov R.S. Psixologiya. Kniga 2. Psixologiya obrazovaniya. – Moskva:
Vlados, 2000. – S. 598.
6.
Rahimov B.X. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning
shakllanishi: Ped.fanl. nomz. … diss. – T.: 2002. – 161 b.
7.
Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI,
2003. 7-b
8. www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.
