SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
597
O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH
ULARNI IJTIMOIY HAYOTDA ONGLI VA FAOL ISHTIROK ETISH IMKONIYATLARI
Oxunov Ilxomjon Abdunabiyevich
Andijon davlat pedagogika instituti
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15360976
Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarning ijtimoiy ongi va madaniyatini yuksaltirish
ularni ijtimoiy hayotda ongli va faol ishtirok etish imkoniyatlari masalalari pedagogik muammo
sifatida yoritilgan. Shu bilan birga o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirish aynan kompetensiyaviy
yondashuv bilan chambarchas bog‘liqligi, o‘quvchilarning fan bo‘yicha tayanch kompetensiya yoki
ijtimoiy, kommunikativ kompetensiyalari aynan muayyan vaziyatda egallagan bilimlarini, hayotda
kuzatgan va orttirgan tajribalari, izlanuvchanligi, mustaqil axborot qidira olishi qobiliyatlaridan
foydalanib yechim topa olish lozimligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ijtimoiy ong, rivojlantirish, madaniyat, yuksak
ma’naviya, bilim, mustaqil fikr, dunyoqarash, zamonaviy ta’lim, uzluksiz ta’lim, atrofimizdagi olam,
tabiatshunoslik, tarbiya, texnologiya, nutq, matn, gap.
Annotatsiya:
V state kak pedagogicheskaya problema rassmatrivaetsya pov
ы
shenie
ob
щ
estvennogo soznaniya i kultur
ы
ucha
щ
ixsya, vozmojnostey ix osoznannogo i aktivnogo
uchastiya v ob
щ
estvennoy jizni. Pri etom podcherkivaetsya, chto razvitie sotsialnoy osvedomlennosti
ucha
щ
ixsya tesno svyazano s kompetentnostn
ы
m podxodom, i chto ucha
щ
imsya neobxodimo
naxodit resheniya, ispolzuya imeyu
щ
iesya u nix bazov
ы
e predmetn
ы
e kompetensii ili sotsialno-
kommunikativn
ы
e kompetensii, znaniya, poluchenn
ы
e v konkretnoy situatsii, nablyudaem
ы
y i
priobretenn
ы
y v jizni op
ы
t, lyuboznatelnost, umenie samostoyatelno iskat informatsiyu.
Klyuchev
ы
e slova:
ucha
щ
iesya mladshix klassov, ob
щ
estvennoe soznanie, razvitie, kultura,
v
ы
sokaya duxovnost, znaniya, samostoyatelnoe m
ы
shlenie, mirovozzrenie, sovremennoe
obrazovanie, neprer
ы
vnoe obuchenie, okrujayu
щ
iy mir, yestestvoznanie, vospitanie, texnologiya,
rech, tekst, beseda.
Abstract:
This article discusses the issues of improving students' social awareness and culture,
their opportunities for conscious and active participation in social life as a pedagogical problem. At
the same time, it is emphasized that the development of social awareness in students is closely related
to the competency-based approach, and that students should be able to find solutions using their basic
subject competences or social and communicative competencies, the knowledge they have acquired
in a particular situation, the experience they have observed and gained in life, their inquisitiveness,
and their ability to independently search for information.
Keywords:
primary school students, social awareness, development, culture, high spirituality,
knowledge, independent thinking, worldview, modern education, lifelong learning, the world around
us, natural science, upbringing, technology, speech, text, talk.
Hozirgi globallashuv va zamonaviy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy ongi va
madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy hayotda ongli va faol ishtirok etishini ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. O‘quvchilarning ijtimoiy ongi va madaniyatini shakllantirish, ularning ijtimoiy
hayotda faol ishtirok etishini rag‘batlantirish va bu boradagi imkoniyatlarni muhokama qilish bugungi
kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Ma’lumki, bolalarda siyosiy, iqtisodiy, milliy, ekologik ongni rivojlantirish maktabgacha ta’lim
tashkilotlaridan boshlanadi va o‘quv dasturlari mazmunida o‘z ifodasini topgan. Bu esa umumiy o‘rta
ta’limning boshlang‘ich sinflarida “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik”, “Tarbiya”,
“Texnologiya” kabi o‘quv fanlari orqali shakllantirilib boriladi. Mazkur fanlar kesimida ijtimoiy
ongni rivojlantirish va fanlarga oid tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalasiga quyidagicha
yondashish mumkin:
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
598
─
o‘quvchi shaxsining yosh va psixologik xususiyatlari inobatga olinishi;
─
darslikdagi mavzular mazmunida matn, rasm, chizma, jadvallar va qo‘shimcha
xaritalarning uzviyligi;
─
mavzular bayonida o‘quvchilar doirasi, ularning tahsil olish sharoitlari va
qobiliyatlarining e’tiborga olinishi;
─
darslikdagi mavzular mazmunini yorituvchi bilimlarning o‘quvchilarni faollika
undash darajasi;
─
amaliy mashqlar va nazorat savollarining talab darajasida ekanligi;
─
matnning mantiqan to‘g‘ri tuzilishi;
─
o‘quv predmeti mazmunining boshqa o‘quv predmetlari bilan uyg‘unlashuvi;
─
mavzular ketma-ketligining ta’minlanganligi;
─
o‘quv fanlari bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlarning rang-barangligi, uzviyligi va
ilmiyligi;
─
dars jarayonida ta’limning ijtimoiy shakllarini tadbiq etish imkoniyati (kichik
guruhlarda ishlash v.h.);
─
o‘quv fanlarini o‘qitishda ko‘proq innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
─
o‘quv-ko‘rgazmali qurollarning zamonaviylashgan turlari, jumladan kompyuter
texnikasi, turli xil fanga doir hujjatli filmlar, rangli xaritalar, plakatlar, globus (erkin harakatlanuvchi)
va turli asbob-uskunalardan samarali foydalanish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ongni rivojlantirishda uzviylik muhim ahamiyatga
ega. Tadqiqotchilar tomonidan quyidagi tarkibiy qismlar uzviyligi ta’minlanishi lozimligi ko‘rsatib
o‘tilgan:
─
o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimi uzviyligi (hodisalar, tushunchalar,
qoidalar, ta’riflar tizimi);
─
tanlangan ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalar tizimi uzviyligi;
─
o‘quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish uzviyligi, faoliyat esa qayta xotirlash,
qisman ijodiy va ilmiy-ijodiy darajada bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan yoki
darslikda berilgan namunaga qarab mashqlar, topshiriqlar bajarish qayta xotirlash faoliyatiga misol
bo‘ladi. Bu o‘quvchining faollik darajasini chegaralab, uning yangi axborotlar qidirish, ular ustida
ishlash, izlanish, kashf qilishiga ehtiyoj sezmaydi. Qisman izlanuvchanlik faoliyati esa yo‘naltiruvchi
topshiriqlar yordamida til hodisalarining o‘xshash va farqli tomonlari, fikr yuritish, uni topishi va
qisman avvalgi bilimlarini noma’lum sharoitlarda qo‘llash bilan xarakterlanadi. Ilmiy-ijodiy faoliyat
darajasi esa o‘quvchining hech qanday tashqi yordamsiz, olgan bilimlarini butunlay yangi sharoitda
foydalana olish, mustaqil axborot qidirish, manbalar bilan ishlab, nutqiy vaziyat taqozosiga ko‘ra
unumli foydalanish usullarini egallashi talab qilinadi. O‘quvchilarning ijtimoiy ongini rivojlantirish
bevosita ularning ijodiy faoliyat tajribasiga asoslanishi hisobiga samaradorlik darajasi yuqori bo‘ladi;
─
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi uzviyligi. Bu
munosabatlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslanmog‘i lozimMa’lumki,
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi islohotlar, jumladan “Davlat ta’lim standartlari”ning
yangilanishi, ta’lim jarayonini modernizatsiyalashtirish orqali o‘quvchilarni jamiyat hayotiga
tayyorlash, o‘z taqdiri, hayot yo‘li va shaxsiga ongli munosabatda bo‘lish, butun hayoti davomida
o‘z-o‘zini rivojlantira oladigan faol, mustaqil va erkin shaxsni shakllantirishni maqsad qiladi.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini
inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada
chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim
muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida” qabul
qilingan Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol
g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari birlashtirildi va mazmuni
integrativ yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqilib, yagona “Tarbiya” fani amaliyotga tatbiq etildi.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
599
Mazkur Qaror mazmun va mohiyati ham aynan fanlararo bog‘liqlik, ularning integratsiyasi va bu
orqali o‘quvchilarning turli ijtimoiy fanlar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanishiga,
ijtimoiy ongi rivojlanishiga olib keladi. Integrativ yondashuv dunyo ta’lim tizimidagi zamonaviy
an’analardan biri hisoblanib, o‘zgarib borayotgan jamiyatda globallashuv jarayonlariga ta’lim
tizimining munosib ta’siri sifatida baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ijtimoiy ongini rivojlantirib borishning ketma-ketligini tahlil asosida kuzatish mumkin bo‘ladi.
Jumladan, davlat ta’lim standartining “4-§. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar” qismida
ijtimoiy ongni rivojlantirishda zaruriy talab, ya’ni “ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi
va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda” qanday
kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab o‘tilgan. Belgilangan tayanch kompetensiyalarning tahlili
shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy ong shakllarining barcha turlari mazkur kompetensiyalar mazmunida
to‘laqonli aks etgan. Jumladan, kommunikativ kompetensiyada “ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida
hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal
qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi” deb belgilab o‘tilgan. Ma’lumki, ijtimoiy ongning rivojlanishida
axborotlarning o‘rni beqiyos. “Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi”da o‘quvchilarning „media
manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi” deb keltirib o‘tilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy ongni
rivojlantirishning barcha jihatlarini uning mazmunida aks ettiradi. Jumladan, ta’lim muassasalarida
ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi etib “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini
anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy
kompetensiyani rivojlantirish” deb belgilangan. Bu fanni o‘zlashtirish orqali boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari ona tilida erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini yozma, og‘zaki bildira olishi, jamiyatda
boshqa kishilar bilan muloqotga kirisha olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi. Misol tariqasida
ona tili fani orqali:
-
nutq, matn va gapni farqlash;
-
og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishni to‘g‘ri shakllantirish;
-
matn mazmunini qayta hikoyalatish;
-
matndagi asosiy fikrni aniqlay olish;
-
matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish;
-
ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish;
-
matnga sarlavha topish kabi kompetensiyalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
O‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirish aynan kompetensiyaviy yondashuv bilan
chambarchas bog‘liq. O‘quvchilarning fan bo‘yicha tayanch kompetensiya yoki ijtimoiy,
kommunikativ kompetensiyalari aynan muayyan vaziyatda egallagan bilimlarini, hayotda kuzatgan
va orttirgan tajribalari, izlanuvchanligi, mustaqil axborot qidira olishi qobiliyatlaridan foydalanib
yechim topishdan iborat. O‘z navbatida yechim ijtimoiy ong shakllari nuqtai nazaridan baholanishi
lozim. O‘quvchi topgan muammoli vaziyat yechimi milliy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, huquqiy,
estetik nuqtai nazaridan mukammal yechim ekanligi o‘quvchida rivojlanayotgan ijtimoiy ong mahsuli
sifatida ko‘riladi.
O‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishda maktab quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-
o‘quvchilarni mustaqil fikrlash va tanqidiy fikrlashga tayyorlash;
-
ijtimoiy hayotga yo‘naltirilgan ijobiy hayot tarziga tayyorlash;
-
jamiyat hayoti uchun faol shaxsni tayyorlash;
-
dinamik qobiliyatlarni shakllantirish, jumladan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
-
boshqalar bilan hamkorlik qilish, tashabbuskorlik, ijtimoiy hayotni shakllantirish va
rivojlantirishda ishtrok etish;
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
600
-
fikr va tanqidni targ‘ib qilish, qaror qabul qilish, boshqalarga mas’uliyatli ta’sir o‘tkazish;
-
ochiq fikrlilik, insonparvarlik, birdamlik, bag‘rikenglik, tinchlik, adolat, tenglik
tushunchalarini yetkazish;
-
atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish.
Maktabning mazkur funksiyalarni bajarishi o‘quv jarayoni uchun quyidagilarni anglatadi:
-
o‘qituvchilar mavzu bilan emas, balki o‘quvchilar bilan ishlashi;
-
sinfdagi ijtimoiy muhitga katta e’tibor qaratishi;
-
sinfda jamoa muhitini shakllantirish;
-
har o‘quvchining individual rivojlanish sur’atlarini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash;
-
intellektual, hissiy va ijtimoiy rivojlanishini rag‘batlantirib borish.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarning ijtimoiy ongi va madaniyatini yuksaltirish ularni
ijtimoiy hayotda ongli va faol ishtirok etish, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, ijtimoiy
muammolarni oldini olish, “o‘quvchi – ijtimoiy muhit – jamiyat” munosabatlarida uyg‘unlikni
ta’minlash va o‘quvchilarning o‘z ijtimoiy huquqlaridan samarali foydalanishining muhim omilidir.
O‘quvchilarning ijtimoiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni ijtimoiy hayotda faol va ongli
ishtirok etishga da’vat qilish – bu jamiyat rivoji uchun muhim yo‘nalishdir. Ijtimoiy faollik va
madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning jamiyatda o‘zini tanitish va unga mas’ul a’zo bo‘lishga yordam
beradi. Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi tarbiya, tashkilotchi faoliyatlar, texnologik imkoniyatlar
va fuqarolik javobgarligi – bu barchasi o‘quvchilarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini
ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gi 2020 yil 6 iyuldagi “Umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 422-son Qarori / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020 y.,
09/20/422/1033-son.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
187-son Qarori / O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 14-son, 230-modda.
3.
Abduvalieva D. Rivojlantiruvchi ta’limda tafakkurni rivojlantirishning o‘ziga
xosliklari // “Boshlang‘ich ta’limda integratsiyaviy-innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi
respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –TDPU, 2019. 4-bet.
4.
Pedagogika fanidan izohli lug‘at. J.Hasanboev va boshqalar. –T.: Fan va
texnologiyalar, 2008. 60-bet.
5.
Shirinov M.K. Tabiiy fanlarni o‘qitishda integrativ yondashuv asosida uzviylikni
ta’minlash strategiyasi. “Zamonaviy ta’lim” jurnali, 2016 yil,
№
7. 50-56-betlar.
