MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
218
TARBIYACHINING KASBIY PEDAGOGIK TAYYORGARLIGI QO‘YILADIGAN
PEDAGOGIK TALABLAR
Andijon davlat pedagogika instituti
Oxunov Ilxomjon Abdunabıyevıch
Maxsus pedagogika kafedrasi dotsent (PhD)
oxunovilhom75@gmail.com
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15228370
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda tarbiyachining kasbiy mahorati va
kompetentligiga qo’yiladigan talablar pedagogik muammo sifatida yoritilgan. Shu bilan birga
pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi, bolani har
tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirish tizimi yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Tarbiyachi, tarbiyachining kasbiy mahorati, kompetentlik, kasbiy
kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, psixologik kompetentlik, metodik
kompetentlik, informatsion kompetentlik, kreativ kompetentlik, innovatsion kompetentlik,
kommunikativ kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal
kompetentlik.
Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning
mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim
tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik
va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan,
kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat
ko’rsatuvchi shaxsdir.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim,
faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni
tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya
vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi
o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi.
Zero, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va
jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya
pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini
bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi
nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga
imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini
yuqori baholamoqda.
Tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda olib
boriladi:
1) tarbiyachining shaxsiy fazilatlar bo’yicha tayyorgarligi;
2) tarbiyachining ruhiy-psixologik tayyorgarligi;
3) tarbiyachining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy-nazariy jihatdan tayyorgarligi;
4) tarbiyachining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Tarbiyachi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay
oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Muloqot
jarayonida tarbiyachining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do’stona
munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. Hozirgi sharoitda jamiyatning tarbiyachilik kasbiga
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
219
nisbatan qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda
to’g’ri tashkil qilish vazifasi tarbiyachiga bog’liq. Ijodiy faoliyat olib boruvchi tarbiyachi faqatgina
bolalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiyalash, ilg’or pedagoglar ish tajribalarini o’rganish
bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur.
Hozirgi zamon tarbiyachisi fan va texnika taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan foydalanishi,
o’z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo’llay olishi taqozo etiladi.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida ishlash, o’z- o’zini rivojlantirish
muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi
baholash orqali aniqlanadi. O’z ustida ishlash – tarbiyachining izchil ravishda o’zining kasbiy
bilim, ko’nikma va malakalar va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo’lida amaliy harakatlarni
tashkil etishi. O’z ustida ishlash quyidagilarda ko’rinadi:
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni takomillashtirib borish;
faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o’zlashtirish.
Tarbiyachining mutaxassis sifatida:
aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish;
izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish;
ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish;
faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;
kasbiy va malakalarini takomillashtirish;
ko’nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash
yo’lida olib boradigan amaliy harakati uning o’z ustida ishlashini ifodalaydi.
Tarbiyachining kasbiy kompetentlikka ega bo’lishida o’zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli
sanaladi. O’zini o’zi tahlil qilish tarbiyachi tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o’z
amaliy harakatlari mohiyatining o’rganilishidir. O’zini o’zi tahlil qilish orqali tarbiyachi o’zini
o’zi ob'ektiv baholash imkoniyatiga ega bo’ladi. Zero, tarbiyachilarning kasbiy kompetentlik
sifatlariga ega bo’lishida ularning o’z-o’zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O’zini
o’zi baholash (O’O’B) – shaxsning o’z-o’zini tahlil qilishi orqali o’ziga baho berishi. O’zini o’zi
baholash sub'ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o’ziga ob'ektiv baho berish,
o’zidan qoniqishni ta'minlaydi. O’z-o’zini baholash shaxsning qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga
chiqishiga yordamlashishi zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita
tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi tarbiyachining ham o’zini o’zi
samarali baholay olishiga bir qator omillar ta'sir ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning
munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani
bajaradi. Tarbiyachining ijtimoiy-siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda
jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z
mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi.
Bugungi kun talabi tarbiyachi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim,
ko’nikma va malakalarning egallashi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay bilishi, bir so’z bilan
aytganda kasbiy kompetentlikka ega bo’ilshi talab etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli
“O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi Qarori.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
220
3.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016.
4.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017.
5.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1991. – 256 b.
6.
Rahimov B.X. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning
shakllanishi: Ped.fanl. nomz. … diss. – T.: 2002. – 161 b.
7.
Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1993. – 264 b.
8.
www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.
