Mualliflar

  • Surayyo Usmonova
    Asaka pedagogika kolleji

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74106

Kalit so‘zlar:

mediamatn mediasavodxonlik axborot texnologiyalari mediapedagoglar kreativ

Annotasiya

Maqolada mediasavodxonlik borasida fikr yuritilgan. Shuningdek, talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirishda medisavodxonlikni rivojlantirish,
texnologiyalar rivojlanganligi bois, mediamatnlar bilan ishlash bo‘yicha talabalar ijodkorligini ta’minlash kabi masalalar yoritilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

164

BOLALARDA NUTQ VA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH.

Usmonova Surayyo Nizomiddinovna

Asaka pedagogika kolleji katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada mediasavodxonlik borasida fikr yuritilgan. Shuningdek,

talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirishda medisavodxonlikni rivojlantirish,
texnologiyalar rivojlanganligi bois, mediamatnlar bilan ishlash bo‘yicha talabalar
ijodkorligini ta’minlash kabi masalalar yoritilgan

Kalit

so‘zlar:

mediamatn,

mediasavodxonlik,

axborot

texnologiyalari,

mediapedagoglar, kreativ, virtual

Talabalarining nutqi va tafakkurini rivojlantirishda hayotimiz mazmun-mohiyatiga

aylanib borayotgan media, internet, televideniye, telefon va boshqa axborot texnologiyalari
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mazkur holatni tajriba va kuzatishlarimiz asosida tahlil
etadigan bo‘lsak tabiiy holatda ijobiy va salbiy jihatlari ko‘zga tashlanadi. Axborot
texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarining ijobiy jihatlariga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, mazkur texnologiyalar talabalarini mediamatnlarni qabul qilish, tahlil qilish,
baholash va yaratish qobiliyatlarini shakllanishiga yordam beradi.

Masalaga ilmiy jihatdan yondashib “mediasavodxonlik” tushunchasining lug‘aviy

ma’nosiga diqqatimizni qaratsak. G

ʻ

arb mediapedagoglari “mediasavodxonlik” (media

literacy) tushunchasini quyidagicha izohlashadi:

“Mediasavodxonlik”-mediamatnlarni sharhlash, tahlil etish va yaratish qobiliyati

“Mediasavodxonlik” - turli shakllardagi axborotlarni olish, tahlil etish, baholash va uzatish
qobiliyati

“Mediasavodxonlik” – pedagog va talabalarda axborot texnologiyalari bilan

muloqotda, ularning hayotidagi media mazmunini tushunishda tanqidiy nuqtai – nazar bilan
qarashga yordam beradi. Mediasavodxon pedagog va talabalarda mediamatnlarga baho
berishda tanqidiy va tahliliy yondashuvi, manipulyasiyaga qarshilik qilishga xizmat qilishi
kerak

Uzluksiz ta’lim tizimini modernizasiyalash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar oliy

ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayonini mediatexnologiyalar asosida tashkil etish, uning
samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalari talabalariningnutqi va tafakkurini
rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tahlillarimiz asosida aytish o‘rinliki, kreativ yondashuv asosida oliy ta’lim

muassasalari talabalarining nutqi va tafakkurini rivojlantirishda mediatexnologiyalarning
foydalanish masalasida o‘z yechimini kutayotgan bir qator muammolar ko‘zga tashlanadi.
Birinchidan, mediatexnologiyalar asosida amalga oshiriladigan ta’limiy faoliyat
samaradorligi talaba shaxsini pedagogik va psixologik jihatdan o‘rganish ularning individual
tipologik xususiyatlarini bilish bilan bog‘liq. O‘rganish maxsus dastur asosida tashkil etilishi
va unda talaba shaxsining tarbiyasi va taqdiri omillari, insonlar bilan muloqot tajribasi, atrof-
muhit, bo‘layotgan voqea-hodisalarga, mehnatga munosabati, ichki va tashqi dunyosi, hatti-
harakati, ongi va tafakkuri darajasi, axloq-odobi aks etishi lozim. U talaba shaxsining
madaniyatida, idrok va tafakkurida, ehtiyojlarida, qiziqishlarida, xarakteri va
temperamentida, odatlarida, fikrlash xususiyatlarida, muloqotida, munosabatida namoyon
bo‘ladi. Shundagina talabani qaysi guruhga mansubligi yoki maylini bilish va tarbiyaviy
ta’sir yo‘llarini aniqlash mumkin. Vaholanki, aksariyat oliy ta’lim muassasalari talabalarida
maxsus dastur asosida faoliyat yuritayotganlari ko‘zga tashlanmadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

165

- kuzatuvlarimiz asosida aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili

yakuniga yetganidan so‘ng talaba guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringga asosan amalga
oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlanadi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari
o‘tkaziladi, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari hamda oliy ta’lim muassasalarining keyingi
o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilanadi. Keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan
ustuvor vazifalarni belgilashda pedagoglarning amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini
rivojlantirish, kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish va kreativ va ijodiy fikrlash,
mushohada yuritishda mediasavodxonlik roli va o‘rni benihoya samaralidir.

- fikrimizcha, bugungi kundagi texnik va ilmiy o‘sish, bir tomondan, oliy ta’lim

muassasalari talabalar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
aynan inson hayotiga bo‘lgan yangi tahdidlarni keltirib chiqarmoqda (virtual borliqda
yashash, psixologik jihatdan virtual borliqni afzal ko‘rish, virtual tahdidlar v.b.). Shu nuqtai
nazardan, oilada va oliy ta’lim muassasalarida talabalar nutqi va tafakkurini rivojlantirishga
bo‘lgan munosabat aslida milliy va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning asosiy
kategoriyasiga aylanib bormog‘i darkor.

- mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari talabalari tarbiyasiga alohida e’tibor

qaratilayotganligi texnogen o‘sish va globallashuv ta’siri talabalar g‘oyaviy va huquqiy,
ta’bir joiz bo‘lsa texnik savodxonligini o‘sishi bilan mushtarak holda kechadi. Bu muammo
jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar amalga oshirilayotgan,
yangilanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda, ayniqsa dolzarblik kasb etadi. Chunki
olamshumul voqealarga boy, intellektual va axborot texnologiyalari rivoj topayotgan media
ta’lim tizimi rivojlanayotgan, g‘arb ommaviy axborot vositalaridagi axloqsizlik targ‘iboti,
o‘zining demokratiya modelini olg‘a siljitishning asl maqsad-muddaolari bilan kirib
kelayotgan hozirgi davrda shaxs mediasavodxonligini rivojlantirish yuqori darajadagi siyosiy
madaniyatga ega bo‘lish talab etiladi. Mediasavodxonlikni shakllantirishni esa talabalikdan
boshlash maqsadga muvofiqdir.

Kuzatuvlarimiz natijasi shundan dalolat beradiki, tarbiyada noan’anaviy usullarga,

pedagogik texnologiyaga, ijtimoiy pedagogika va psixologiyadagi ilg‘or milliy hamda
xalqaro tajribaga asoslanish, hayotdagi shaxsiy namuna, o‘z faoliyatini rejalashtirish,
sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etish, ehtiyoj va imkoniyatning mosligi, natijani
oldindan ko‘ra bilgan holda maqsadni qo‘yish, pedagogik mahorat va texnika muhim rol
o‘ynaydi.

Ilmiy manbalarda bayon etilganidek har bir pedagog psixolog bo‘lishi, yoshlar qalbiga

yo‘l topa olishi, shuningdek zamon bilan hamnafas (talabalar dunyoqarashiga mos o‘z ustida
ishlashi) dunyoqarashini shakllantirishi, axloq qoidalariga monand yoki o‘z mamlakatining
talablariga tayangan holda ijtimoiy faol shaxs sifatida faoliyat yuritmog‘i lozim.

O‘rganishlar shundan dalolat beradiki, bu borada ba’zi o‘ziga xos yechimini

kutayotgan masalalar mavjud. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida “Nutq ”, “Badiiy
adabiyot”, “Ikkinchi til” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ma’lum bir qolib asosida
tashkil etiladi. Bu yaxshi albatta. Biroq bugungi kun talabalarini “kechagi ma’lumot”,
“qolibdagi xabarlar” bilan dunyoqarashini o‘stirib bo‘lmaydi. Vaholanki, kichik yoshidan
boshlab kichkintoylarga axborot tahlili madaniyatini shakllantirish ijtimoiy – ma’naviy
himoyasi uchun ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan har bir pedagog birdek mas’ul
va javobgardir. Shuning uchun zamonaviy pedagog o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi bilan
bir qatorda, “psixolog”, “aktyor”, “san’atkor”, “texnolog” “ota–ona”bo‘lishi, talabalar
“dunyosiga” ham kirib bilishi ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlashda muhim
pedagogik ahamiyat kasb etadi.

- ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan ta’limiy

ishlarning samaradorligi talaba shaxsini pedagogik va psixologik jihatdan o‘rganish ularning


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

166

individual tipologik xususiyatlarini bilish bilan bog‘liq. Shuningdek, axborottexnologiyalar
vositasida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar

tuzilishi jihatdan o‘qitish va o‘qish

elementlaridan tarkib topgan bo‘lishi lozim. pedagog o‘z oldiga o‘qitish maqsadi, ta’lim
tamoyillari, ta’lim qoidalari, ta’lim mazmuni, metodlari, didaktik ta’lim vositalaridan
samarali foydalanish mexanizmlarini loyihalashtirib oladi.

Fikrimizcha, kreativ yondashuv oliy ta’lim muassasalari talabalariningnutqi va

tafakkurini rivojlantirish jarayonini samarali tashkil etish va uzviyligini ta’minlashda
mediatexnologiyalardan foydalanish, didaktik ta’lim vositalarini bir vaqtning o‘zida bir
necha yo‘nalishlarda qo‘llash imkonini beradi. Ayni vaqtda “Apparatmatnlar” tizimi
(videokitoblar, o‘quv disklari, matnli albomlar va boshqalar)dan ommaviy ravishda
foydalanilmoqda. Bu esa pedagoglarning o‘zaro muloqot va bahs munozara qilish
imkoniyatini kengaytirishi bilan birga, o‘quv biluv faoliyati loyihalarini yaratishda pedagog-
texnolog va metodistlarning kasbiy mahoratlarini oshirishga yordam beradi.

Foydalangan adabiyotlar.

1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun
xujjatlari to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.

Bibliografik manbalar

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun

xujjatlari to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.