Mualliflar

  • Gulchexraxon Xoldarova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74110

Kalit so‘zlar:

Psixologiya inson komil inson tarbiya ta’lim

Annotasiya

Ushbu maqolada psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan
holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqlini dalillar
asosida izoxlab berilgan. Bola tarbiyasidagi o‘zgarishlar hamda ta’lim-tarbiyaning o‘zaro
uzviy holda bog‘liq ekanligi va bola tarbiyasida to‘g‘ri ta’lim berishning usullari haqida so‘z
yuritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

423

PSIXIK TARAQQIYOT VA TA'LIMNING AHAMIYATI

Xoldarova Gulchexraxon Qosimjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti

Texnologik ta`lim yo‘nalishi talabasi

.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan

holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqlini dalillar
asosida izoxlab berilgan. Bola tarbiyasidagi o‘zgarishlar hamda ta’lim-tarbiyaning o‘zaro
uzviy holda bog‘liq ekanligi va bola tarbiyasida to‘g‘ri ta’lim berishning usullari haqida so‘z
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Psixologiya, inson, komil inson, tarbiya, ta’lim, ijtimoiy munosabat,

shaxsning mohiyati, psixik rivojlanish, senzitiv davrlar.

Ma’lumki, har bir odam o‘ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy

muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida
yashab ulg‘ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida,
ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil
qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo‘lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi
sifatida qatnashadi.

Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga

keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning
psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va
dunyoqarashi tarkib topadi. Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan
berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina
bo‘lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik

imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib topishi uchun
muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo‘lishi shart. Bu tabiiy
xususiyatlar psixik rivojlanigani harakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat
dastlabki sharoitlardir, xolos.

Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay,

insoniyat psixik taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi.

Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo‘llarini va

usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o‘z-o‘ziga shaxsning hyech
qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi, Hyech bir me’yordagi bola dadil yoki qo‘rqoq,
irodali yoki irodasiz, mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo‘lib tug‘ilmaydi,
Agarda tarbiya to‘g‘ri tashqil qilinsa, nerv sistemasida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli
xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o‘z-o‘zini tuta bilish xislatini
nerv sistemasining tipi shiddatli bo‘lgan bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipi vazmin
bo‘lgan bolalarda ham tarbiyalash mumkin bo‘ladi. Biroq birinchi hol bolalarni tarbiyalash
ikkinchi holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Har ikkala holda kerakli
sifatlarni tarbiyalash yo‘llari va usullari ham turlicha bo‘ladi. Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar
odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan,
qobiliyatda tug‘ma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba’zi odamlar boshqa odamlardan
ma’lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishadi. Bazida esa aksincha,
biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati jihatidan esa ulardan ortda qolishlari mumkin.
Mana shu ma’noda odamlar o‘z qobiliyatlarini baravar rivojlantirish imkoniyatiga ega
emaslar. Garchi tabiiy ko‘nikishlar o‘quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma’lum
ahamiyatga ega bo‘lsa ham (shu sababli, masalan, ta’lim jarayonida ayrim o‘quvchilardan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

424

boshqa o‘quvchilarga nisbatan ko‘proq- zo‘r berish talab qilinadi, ayrim o‘quvchiga
o‘qituvchi ko‘proq kuch sarflaydi, e’tibor beradi va ko‘proq vaqt ajratadi), bu
ko‘nikishlarning o‘zi psixik taraqqiyotda hal qiluvchi rol o‘ynamaydi.

Turli yo‘nalishga ega bo‘lgan psixologlar, bir tomondan ta’lim va tarbiya, ikkinchi

tomondan esa rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabati muammosini keng doirada
muhokama qilmoqdalar.

Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi

va unga moslashadi, degan fikrni olg‘a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixolog
L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan
qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi va uni ta’lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o‘z
orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi
fikrga muvofiq ta’lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi
Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki
ta’lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak.

Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g‘oyalar bilan

yo‘g‘rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida
rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. Ta’lim -
bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir, lekin u
aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hyech qanday jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta’lim
rivojlanish qonunlariga buysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib,
uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Ta’limning turli bosqichlari bolaning
tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar
bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi.

Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib

ko‘rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu
qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va tarbiyaga bog‘liqdir.
Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi
qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning
eng qo‘lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funktsiyalari va xususiyatlari
rivojlanishning bitta darajasida to‘xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida
psixikaning u yoki bu yo‘nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo
bo‘ladi va bu sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik, o‘tkinchi xarakterda bo‘ladi. U yoki bu
psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo‘lgan ana
shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. Bunday senzitivaik davrining
mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilgan qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va
xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

E.G‘. G‘oziyev “Ontognez psixologiyasi” o‘quv qo‘llanma Toshkent.

NIF

MSH 2020

2.

N. Ismoilova D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” T. 2013

3.

Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” nazariy

eksperimental

tahlil NOSHIR T 2020

4.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of

aggressive behavior in adolescence.

Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali

,

4

(2),

122-125.

5.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the

formation of psychological culture of students.

Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

425

jurnali

,

4

(2), 428-431.

6.

Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of

Aggressive Behavior in Teenagers during Globalization.

7.

Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation

of aggressive behavior in adolescence.

Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy

jurnali

,

4

(2), 134-137.

8.

Khosilbekovna, S. F. (2024). Ethnopsychological Predictors of the Process of

Acculturation in Migrant Students.

International Journal of Formal Education

,

3

(2), 199-

203.

Bibliografik manbalar

E.G‘. G‘oziyev “Ontognez psixologiyasi” o‘quv qo‘llanma Toshkent. NIF

MSH 2020

N. Ismoilova D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” T. 2013

Ergash G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” nazariy eksperimental

tahlil NOSHIR T 2020

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of

aggressive behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2),

-125.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the

formation of psychological culture of students. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 428-431.

Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of

Aggressive Behavior in Teenagers during Globalization.

Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation

of aggressive behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy

jurnali, 4(2), 134-137.

Khosilbekovna, S. F. (2024). Ethnopsychological Predictors of the Process of

Acculturation in Migrant Students. International Journal of Formal Education, 3(2), 199-