“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
420
ONTOGENEZ TARAQQIYOTDA SHAXSNING TARKIB TOPISHI.
Xakimova Dilnoza Mo‘minjonovna
Andijon davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 102-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shaxsning ontogenetik taraqqiyot davrida shaxsdagi
etnopsixologik
xususiyatlarning
tarkib
topishi,
dunyoqarashining
shakillanishi,
ijtimoiylashuv jarayonida ta’lim va tarbiyaning hamda etnopsixologik ma’daniyatning
ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim psixologik xususiyatlari.
Kalit so‘z:
Ontogenez taraqqiyotida, shaxsning tarkib topishi, ta’lim-tarbiya, madaniy
va manaviy, millatlararo munosabat, etnik qadriyat, ijtimoiy va siyosiy hayotda
etnopsixologik qarashlar,
На
r tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi
dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan
boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini
bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, hamda ota-onalar uchun muhim ahamiyatga
ega. Eng mashhur rus psixologi va faylasuflaridan biri L.S. Vigotskiy o‘z ilmiy qarashlarida
ilgari surgan ko‘plab g‘oyalar bevosita bolalarning psixik taraqqiyotiga oiddir.
L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar ma’naviy
tarbiyasi va ta’limini rivojlantirishda, tarkib toptirishda katta ahamiyatga ega. Psixolog ilmiy
qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti masalasi birinchi o‘rinda
turar edi.
L.S. Vigotskiyning izlanishlari, ya’ni shaxsning ontogenetik taraqqiyot davrida oliy
psixik funksiyalar ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatlarni bevosita
miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo‘lmasligini, ushbu funksiyalarning mohiyatini
tushunish uchun ularning ildizlarini organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitdan izlash
lozimligini ko‘rsatdi. Aynan L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini
aniqlashtirishda muhim yetakchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi. L.S. Vigotskiyning fikricha,
muhit oliy psixik funksiyalar taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi roli yosh
o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Shuning uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish
kerak. Insonda xulq-atvorning tug‘ma shakllari mavjud bo‘lmaydi. Odamning psixik
taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllangan turlari va usullarini o‘zlashtirish orqali kechadi.
Miyaning morfofiziologik xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida
xizmat qiladi. [1,c.54]. Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ma’naviy ta’lim va
tarbiyadir. L.F.Obuxovaning fikricha, L.S. Vigotskiyning katta xizmati shundaki, u bolalar
psixologiyasi faniga tarixiylik tamoyilini kiritgan. Ushbu tamoyilga ko‘ra, psixik xodisalar
harakatdagi narsa sifatida o‘rganilishi lozim. Madaniy-tarixiy kontseptsiya L.S. Vigotskiy
tomonidan XX asming 20-30 yillarida ishlab chiqilgan inson psixik taraqqiyoti haqidagi
nazariyadir. Kontseptsiyaning asosiy mazmuni quyidagilardan tashkil topgan. Mehnat
qurolarini ishlatishi tufayli odam tabiatdan ajralib chiqqan. Tabiatga ishlov berish uchun
odam ushbu qurollardan foydalansa, o‘z psixikasiga ta’sir ko‘rsatish uchun u psixologik
qurollarni qo‘llaydi. Psixologik qurollar belgilardan iboratdir. Ushbu qurollar ixtiyoriy psixik
funksiyalar, ixtiyoriy diqqat va xotira, mantiqiy fikrlash, irodaviy harakatlar va
etnopsixologik bilimlarning asosini tashkil etadi. Masalan, bolaning manaviy ortda qolish,
odatiy kiyim kiyishda ketma- ketlikni buzishi ham bilish jarayoni ya’ni xotirasining
zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan psixologik
qurollarni egallamaganligi tufaylidir. Shunday qurol sifatida, bolaga kiyimlarni to‘g‘ri
ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. Madaniy-tarixiy
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
421
kontseptsiyaning muhim g‘oyalaridan biri rivojlanishning eng yaqin zonasi haqidagi nazariy
qarashdan iborat. Rivojlanishning eng yaqin zonasi bola rivojlanishining ayni vaqtdagi
darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bo‘lgan taxminiy darajasi o‘rtasidagi vaqtinchalik
masofadan iborat. Bu zonaga yetilmagan, ammo yetilish jarayonida bo‘lgan funksiyalar
kiradi. Bolaning aktual rivojlanish darajasi uning bugungi kundagi taraqqiyot darajasini, bola
rivojlanishining eng yaqin zonasi ertangi kunda bola o‘z taraqqiyotida erishishi mumkin
bo‘lgan taraqqiyot darajasini ifodalaydi. Rivojlanishning eng yaqin zonasini bola katta odam
yordami bilan bajara oladigan vazifalar darajasi belgilaydi. Agar bola o‘zi uchun qiyin
bo‘lgan vazifani katta odam yordami bilan bajara olsa, bu vazifa bola rivojlanishining eng
yaqin zonasida joylashgan bo‘ladi.
Rus pedagogi va psixologi L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning
harakatlantiruvchi kuchi ta’limdir. Ta’lim psixik taraqqiyotni o‘z ortidan tortadi va uni
tezlashtiradi. U kutilgan natijani berishi uchun taraqqiyotdan oldin bo‘lishi, ya’ni
rivojlanishning eng yaqin zonasiga mo‘ljal olishi lozim. Millat va millat bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘plab omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muxim ro‘l o‘ynab kelgan va bundan keyin ham
uzoq davrgacha o‘z axamiyatini yo‘qotmaydi. Olimlarning ko‘rsatishicha ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan to‘rt mingga yaqin millat, ellat va turli
xalqlar mavjud ekan. Ularning xar birini o‘z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor.
Ularni o‘rganish millatlararo munosabatlarini tashkil qilishda, turli iktisodiy, madaniy
aloqalarni o‘rnatishda katta yordam beradi.
Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda
psixologik omillarning tutgan o‘rniga yetarlicha baho berilmay kelindi. Ayrim xollarda esa
asossiz ravishda inkor etildi. Xatto ba’zi bir tadqiqotchilar milliy xususiyatlar,
etnopsixologiya masalalarini o‘rganishga shubxa bilan qarashdi. Bunda ular etnopsixologiya
masalalarini o‘rganish bir xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchilik,
millatchilikni kelib chikishiga sabab bo‘ldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum
asos xam bor edi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o‘z millatlarni
xaddan tashqari ko‘klarga ko‘tarib yuborish, boshqa qo‘shni xalqlardan ustun qo‘yish xollari
bo‘lganki, bu tabiiy turli noroziliklarni tug‘ilishiga sabab bo‘lgan.*3, c.153+. Shuning bilan
birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar
o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘ziga xosligini xisobga olmaslik xam mumkin emas. Etnik
o‘ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda xisobga olmaslik turli salbiy
munosabatlarni, xatto etnik nizolarni keltirib chiqishiga ham sababchi bo‘lib qolishi
mumkun.
Etnopsixologiya fani ham xar bir ontogenez davrining psixolog xususiyatlarini hisobga
olgan holda talimiy-tarbiyaviy ta'sir o‘tkazish insonda o‘z vaqtida o‘zini o‘zi anglashni
vujudga kiltiradi. Bolada o‘zini o‘zi anglash tuyg‘usi qancha erta uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai
nazar, o‘z huquqini o‘zi his etish, o‘zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash
shunchalik tez paydo bo‘ladi. Huddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va qaysarlik kabi illatlar
tarkib topishiga ruhiy to‘siq sifatida poydevor vazifasini o‘tashda vujudga keladi.
Shahslararo munosabatlardagi qarama-qarshilik, ziddiyat, inqirozlarning kelib chiqishi va
rivojlanishi manaviy va tarixiy hamda etnopsixologik qonunlariga loqayd qarashning
oqibatidir.
Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoy adolat uchun kurashish ruhining nazariya bilan
turmush nomutanosibligining mahsulidir. Odamlarda, dunyoqarash, muomila, muloqot,
mustaqil hulq-atvorni samarali tarzda yuqoridagi yuqori darajadagi idealarga bog‘liqdir.
Kishidagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlarni yengishga intilish, iroda sifatlarini aniqlash va
ularga yosh (ontogenez) psikologiyasi xususiyiyatlaridan kelib chiqqan xolda ruhiy turtki
berish maqsadga muvofiqdir. *5, c. 273+ Ta’limning barcha bosqichlarida, ijtimoiylashishda
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
422
uning samaradorligini oshirishda ontogenez psixologiyasining taraqqiyotiga hamda
qonuniyatlariga suyanmog‘i zarur. Bolalar jamoasi, oila muhiti, mehnat jamoalarida
shaxslararo iliq munosabatlarni shakllantirish va yosh davrlar xususiyatlarini inobatga
olishning mahsuli sanaladi. Hatto, kishining uzoq umr ko‘rishi va unda ishchanlik
kobiliyatining saklanishi, istiqbol rejasi va ezgu-maqsadi bilan yashashi ham yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda muloqotda bo‘lishning mevasidir. Umuman, ijtimoiy
hayotning barcha jabhalarida oila, tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat
tashkilotlarida ontogenez psixologiyasidan foydalanish ta’lim va tarbiyaning, shaxslararo
ijobiy munosabatlar o‘rnatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning garovidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
E.G‘.
G‘oziyev
“Ontognez
psixologiyasi”
o‘quv
qo‘llanma
Toshkent. NIF MSH 2020
2.
N. Ismoilova D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” T. 2013
3.
Ergash
G‘oziyev “Ontogenez psixologiyasi” nazariy
eksperimental
tahlil noshir t 2020
4.
Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of
aggressive behavior in adolescence.
Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2),
122-125.
5.
Tolibdjanovna, A. Z. (2024). social And psychological factors in the formation of
psychological culture of students.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 428-
431.
6.
Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of Aggressive
Behavior in Teenagers during Globalization.
7.
Xosilbekovna, S. F. (2024). Social and psychological determinants of increasing
women's labor efficiency are related to the topic.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy
jurnali
,
4
(2), 440-443.
