Mualliflar

  • Malohatoy Mo‘minjonova
    ADPI
  • Ro‘zimuhammad Mashrabov
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74119

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizlik subyekt omil yo‘nalish

Annotasiya

Ushbu maqolada axborot asrining o‘ziga xos xususiyatlari, mazmun -
mohiyati haqida va shaxsning Axborot psixologik xavfsizligini ta’minlashning asosiy
yo‘nalishlari, uning xavfsizlik tug‘diruvchi subyektlari va omillari borasida keng tahlil olib
borilgan hamda fikrlar bildirilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

398

AXBOROT ASRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA SHAXSNING

AXBOROT - PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY

YO‘NALISHLARI

Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika

va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Karimova Malohatoy Mo‘minjonova

Andijon davlat pedagogika instituti

“Tasviriysan’at va muhandislik grafikasi”

yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mashrabov

Ro‘zimuhammad Baxodirjon O‘g‘li

Anotatsiya:

Ushbu maqolada axborot asrining o‘ziga xos xususiyatlari, mazmun -

mohiyati haqida va shaxsning Axborot psixologik xavfsizligini ta’minlashning asosiy
yo‘nalishlari, uning xavfsizlik tug‘diruvchi subyektlari va omillari borasida keng tahlil olib
borilgan hamda fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar

: Axborot, xavfsizlik, subyekt, omil, yo‘nalish, globallashuv.

Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir.

Sh. M.Mirziyoyev

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ma’naviy - ma’rifiy ishlarga davlatimiz

siyosatining muhim ustuvor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi. Yurtimizda Ozod va
obod Vatan, erkin va mustaqil jamiyat barpo etish kabi ko‘zlangan g‘oyalarini yurt ravnaqi,
millatlararo totuvlik, inson kamoloti, barkamoli hamda Ijtimoiy- siyosiy hamkorlik tashkil
etuvchi milliy mafkuraning metodologik va konseptual asoslari yaratildi. Eng avvalo
kelajagimizning egalari, ertangi kunimiz poydevorlariga e’tibor kuchaydi, ularni o‘qishi,
bilim olishi, biror sohani egasi bo‘lishligi uchun bir so‘z bilan aytganda yoshlarni yetuk va
barkamol shaxs bo‘lib yetishishi uchun barcha shart- sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda
barchamiz uchun keng imkoniyatlar mavjud, faqatgina o‘zimizda xohish- istak, harakat
bo‘lsa yetarli. Hozirgi tez sur’atlarda rivojlanayotgan, taraqqiylashayotgan davrda barcha
shart- sharoitlar yaratilayotgan ekan, ulardan unumli foydalanish zarur. Zamon shiddat bilan
o‘sib, rivojlanmoqda. Texnika, texnologiya, fan, iqtisodiyot, aloqa kabi barcha sohalarda
rivojlanish sezilarli darajada desak yanglishmagan bo‘lamiz. Zamon taraqqiylashayotgan
shunday davrda biz yoshlar barcha imkoniyatlarimizdan foydalangan holda zamon bilan
hamnafas bo‘lib o‘zimiz egallayotgan sohani, kasbni rivojlanishiga, taraqqiylashishiga o‘z
hissamizni qo‘shishimiz lozim.

Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul qilishi

hamda shu asosda o‘z Ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib
kelgan, hozir ham shunday davom etmoqda. Insoniyatning XXI asrga qadam qo‘yishi
axborot ko‘lami hamda sifati misli ko‘rilmagan darajada o‘sishi bilan nishonlandi. XXI asr
boshlanishida tezkor, keng ko‘lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari
zamonaviy rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan
ayni paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan
va ko‘rsatayotgan omil sifatida e’tirof etilmoqda. Hozirda axborot ko‘proq ma’lumotlar,
xabarlar shaklida namoyon bo‘lmoqda. Albatta, zarur axborotlarga ega bo‘lishga intilish -
davr talabi. Axborot atrof - muhit obyektlari va hodisalari, ularning parametrlari,
xususiyatlari va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ular haqidagi bilimlarning noaniqligi va
to‘liq emasligi darajasini kamaytiradi. Axborot atamasi lotincha

information

- axborot


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

399

so‘zidan olingan bo‘lib,

tushuntirish

,

xabardorlik

taqdim etish degan ma’noni anglatadi.

Keng ma’noda esa axborot bu- odamlar, insonlar o‘rtasida axborot almashish, jonli va jonsiz
tabiat, insonlar va qurilmalar o‘rtasidagi signal almashishni o‘z ichiga olgan umumiy ilmiy
tushunchadir. Hozirgi kunda zamon shu qadar shiddat bilan rivojlanyapdiki, yangidan yangi
texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari yaratilmoqda. Ming yilliklar
ayrilishida jamiyatda bo‘lgan axborot hajmining keskin o‘sishi odamlar kamolotiga,
birgalikdagi faoliyati takomillashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va shu bilan birga “Tanganing
ikkinchi tomoni bor” degandek har narsaning yaxshi va yomon tomonlari bo‘ladi. Ya‘ni bir
qancha ijobiy hodisalarda bo‘lgani singari mazkur hodisalarning ham salbiy jihatlari mavjud.
Odamlar hozirda axborot almashinuvisiz hayot kechirishlari mushkul sanaladi. Chunki
axborot almashinuvisiz hayot kechirish bu atrof- olamdan, jamiyatdan, umuman Ijtimoiy
hayotdan uzilish demakdir, ammo o‘sha jarayonning shunday salbiy jihatlari mavjudki, ular
shaxs hamda jamiyat rivojini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi. Hozirgi zamon axborot
texnologiyalarining ijtimoiy hayotning turli jabhalariga iqtisodiyot, transport, aloqa tizimiga,
madaniyat, ilm- fan sohasiga tatbiq qilinishi butun jamiyatni va har bir insonni ana shu
axborot infratuzilmasining faoliyat tarziga bog‘lab qo‘ydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
insoniyat o‘zi yaratgan axborot texnologiyalarining va ulardan xavfsiz foydalanishning
muayyan darajada garoviga aylanib qoldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi kunda
shaxsning kamoloti, har tomonlama yetukligi, ijodiy salohiyatga ega bo‘lishi taraqqiyotning
eng oliy maqsadi hisoblanadi, shuning uchun hozirda axborot psixologik xavf va undan
homoyalanish ya’ni xavfsizlikni ta’minlash tushunchalari paydo bo‘ldi. Axborot psixologik
xavfsizlik bu bevosita inson ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali o‘z aqidalari, muqaddas
ideallari hamda e’tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi , yomon g‘oyalardan saqlashdir. Shuning
uchun axborot psixologik xavfsizlikka ehtiyoj zarur va u eng avvalo inson va jamiyat, inson
va davlat, milliy qadriyatlar, urf- odatlar, an'analar, meroslar, avlodlar vorisiyligi bilan
bo‘lgan qadriyatlarga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi buzg‘unchi g‘oyalar, tajovuzkor
mafkuralar mavjudligidan kelib chiqadi. Agarda axborot psixologik xavfsizlikka rioya
etilmasa, unga ta’sirchan choralari ko‘rilmasa, bunday buzg‘unchi g‘oyalar, milliy an'ana,
qadriyatlarni barbod etishi bilan birga tarixan mavjud bo‘lgan millat va elatlarning g‘oyaviy

genodsid

ga olib kelishi muqarrar.

O‘zbekistonda axborot- psixologik xavfsizlikni ta’minlashda tashkiliy masalalarning

o‘rni muhimdir. Yurtimizda hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
boshchiligidagi davlat hokimiyati, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati organlari,
shuningdek jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar davlatni boshqarishdek bitta, yagona
maqsad yo‘lida o‘z vakolati va huquqlari doirasida izchil, samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Barchamiz ijtimoiy tarmoqlardan, axborot resurslaridan foydalanamiz albatta busiz imkon
yo‘q, lekin kim qanday maqsadda internetdan, axborot vositalaridan foydalanishi o‘ziga
bog‘liqdir. O‘zimiz uchun kerakli bilimlarni olish uchun, axborot xabarlarini, yangiliklarni
o‘rganib borishimiz menimcha zarar emas, zero kim qanday maqsadda foydalansa shuni
topadi. Biz kelajak, ertangi kun egalarimiz shunday ekan hozirda bizga bildirilayotgan
ishonchni oqlagan holda o‘z ustimizda ishlashimiz,ertaga yurt uchun foydamiz tegadigan
yetuk kadr bo‘lib yetishishga harakat qilmog‘imiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarining to‘plamlari. 2006, 25, 26- sonlar.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Miliy Xavfsizlik Konsepsiyasi.

3.

F. Mo‘minov, SH. Barotov va boshq. Ochiq Axborot tizimlarida Axborot-

Psixologik xavfsizlik. Darslik.- T.: “Fan va texnologiya”, 2013.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarining to‘plamlari. 2006, 25, 26- sonlar.

O‘zbekiston Respublikasining Miliy Xavfsizlik Konsepsiyasi.

F. Mo‘minov, SH. Barotov va boshq. Ochiq Axborot tizimlarida AxborotPsixologik xavfsizlik. Darslik.- T.: “Fan va texnologiya”, 2013