Mualliflar

  • Gulnora Rahmonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74123

Kalit so‘zlar:

O‘smirlik davri fiziologik xususiyatlari o‘smirlarning bilish jarayonlar bolalarning psixik rivojlanishi ta’lim va tarbiya

Annotasiya

Maqolada O‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning anatomik
fiziologik xususiyatlari va o‘smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

389

O‘SMIRLIK DAVRIDAGI FIZIOLOGIK O‘ZGARISHLARNING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rahmonova Gulnora Raximovna

ADPI, Aniq fanlar fakulteti

Texnologik ta’lim (sirtqi)

yo‘nalishi 102-guruh talabasi

Annotatsiya:

Maqolada O‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning anatomik

fiziologik xususiyatlari va o‘smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

O‘smirlik davri, fiziologik xususiyatlari, o‘smirlarning bilish jarayonlar,

bolalarning psixik rivojlanishi, ta’lim va tarbiya.

O‘qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o‘smirlik davri psixologiyasini bilish

psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz
yana o‘tish davri ham deb ataymiz. O‘smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o‘z
ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o‘quvchilarini.

O‘smir o‘quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim

qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan etarli
darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta

yoshdagi maktab o‘quvchilariga qaraganda o‘smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda

juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni
juda qiyin kechadi. Bu jarayon o‘smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo‘lgan munosabat
formalarining jiddiy ravishda o‘zgarishi, hamda hayot sharoitining o‘zgarishi bilan
bog`liqdir.Bu davrda o‘smirlarning o‘z shaxsiy fikrlari paydo bo‘ladi. Ularda o‘z qadr-
qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo‘yicha
o‘smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan
tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi dialektik
qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir.

Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab

shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib
toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar. Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq
bosqichiga o‘tiladi.sana shu nuqtai nazardan o‘smirlik yoshini yanada oydinroq qarab
chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. Bolaning o‘rta maktabda o‘qishga o‘tishi uning
hayotida burilish davri hisoblanadi.

O‘smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan

faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat
qiladi. Shunday qilib, o‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishning yangi to‘g`ri usullari hamda
vositalarni topishi uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos hususiyatlarini jismoniy va
psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kerak.

O‘smirlik yoshining mazmuniy xarakteritsikasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi,

chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o‘zgaradi. Psixologiya taraqqiyotining
biologik omillariga o‘smirlar ongiga og`ir, ba’zan kuchi yetmaydigan bo‘lib tushadigan,
ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: o‘smirlar uchun xarakterli
bo‘lgan norozilik, qo‘pollik, qaysarlik, o‘z-o‘zini analiz qilishga moyillik sub’ektiv olamga
va shunga o‘xshash hislatlarni keltiradigan jinsiy etilishga nihoyatda katta ahamiyat
beradilar. Jinsiy yetilish munosabati bilan paydo bo‘ladigan yangi sezgilar fikrlar, maylliklar,
kechinmalar go‘yo o‘smirlar ongida hukmron bo‘ladi. Ularning xulqi atvorini belgilaydi.
Mana shu tariqa oqibat natijada o‘smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg`iz sof
biologik omil deb qaraladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

390

O‘smirda bosh miya po‘tsining po‘tsi otsida qismlari utsidan kontrolligi ortib boradi

po‘st va po‘st otsida qismlari doimiy ravishda birga harakat qiladi. Ayrim xollarda po‘tsloq
osti qismining faoliyatini nazorat qilmay qoladi. Bu o‘smirning betayinligi, jizzakiligi va
emotsional xislariga berilganligidan dalolat beradi. Tormozlash reaktsiyasini paydo qilish
xarakteri turg`un bo‘lmay qoladi. Qo‘zg`alish jarayonlari ba’zan shu qadar kuchli bo‘ladiki,
o‘smir yoqimsiz xarakterlarini tormozlay olmay o‘zini to‘ta olmay qoladi.

Qo‘zg`alish jarayonlari jo‘shqin, lekin tez o‘sadi. Ikkinchi tomondan o‘smir kuchli

hayajonlanish paytida ayniqsa tegishli ijtimoiy sabablari asosida hayajonlanganda o‘z hatti-
harakatlarini idora etaolmaydi. O‘smirlik yoshida ikkinchi signal sitsemasining roli kuchaya
boradi. Qo‘zg`ovchi vazifasini bajaruvchi so‘z bilish jarayonida bashqa kishilar bilin
munosabatda bo‘lishda va o‘z hatti- harakatlariga baho berishda ko‘proq rol o‘ynay
bashlaydi. Shu bilan bir qatorda o‘smirning nerv sitsemasining o‘sishi hali tug`ilmagan
bo‘lib, tarkib topish bosqichida bo‘ladi. U uzoq vaqt davom etadigan kuchli qo‘zg`aluvchiga
bardosh bera olmaydi. Ba’zan shu sababli ancha tez qo‘zg`alish holatiga o‘tib ketadi. Bu esa
o‘smir nerv sistsemasining ma’lum darajada bo‘shligidan dalolat beradi.

O‘smirning nerv sitsemasining tarkib topayotgan munosabatlari tarkibiy natijasida

kuchayadi va mutsahkamlanadi. O‘smirni ish o‘qish hamda sport mashg`ulotlari paytida
to‘g`ri va chuqur nafas olishga o‘rgatish zarurdir. Bu narsa shuning uchun ham muhimdirki,
bo‘yning tez o‘sishi organizmda modda almashishining jadallashishi bilan o‘smir ko‘p
miqdorda kislorodga muhtoj bo‘ladi. Bu yoshda o‘smirning toza havoda bo‘lishi ayniqsa
muhimdir. O‘smirlik yoshida yurak ikki baravardan ko‘proq o‘sadi, gavda esabir yarim
barobar o‘sadi. Arteriyalari diametrining o‘sishi yurakning o‘sishidan orqada qoladi. Qon
tomirining yo‘li yurak hajmiga nisbatan kamayadi va bu nerv qalqonsimon bezlari
faoliyatining kuchli darajada tezlashuvi bilan birgalikda qon bosimining ortishiga va yurak
faoliyatining kuchayishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

G‘oziyev E.G‘.. Mamedov K.K.."Kasb psixologiyasi". Toshkent 2003.

2.

Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. "Kasb psixologiyasi". Toshkent

2018.

3.

Yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolari, sabab va yechimlari.

Maqolalar to‘plami. Toshkent. 2020.

4.

Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of

Aggressive Behavior in Teenagers during Globalization.

5.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the

formation of psychological culture of students.

Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy

jurnali

,

4

(2), 428-431.

6.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of

aggressive behavior in adolescence.

Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali

,

4

(2),

122-125.

Bibliografik manbalar

G‘oziyev E.G‘.. Mamedov K.K.."Kasb psixologiyasi". Toshkent 2003.

Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. "Kasb psixologiyasi". Toshkent

Yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolari, sabab va yechimlari.

Maqolalar to‘plami. Toshkent. 2020.

Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of

Aggressive Behavior in Teenagers during Globalization.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the

formation of psychological culture of students. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy

jurnali, 4(2), 428-431.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of

aggressive behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2),

-125