Mualliflar

  • Zilolaxon Muminjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74124

Kalit so‘zlar:

Psixik rivojlanishdagi inqiroz organizm to‘qimalarining o‘sishi ijtimoiylashuv jarayoni ijtimoiy tafakkur o‘smirning rivojlanishi

Annotasiya

Maqolada O‘smirlik davrida psixik rivojlanish holatlari, o‘smirlarning o‘tmishdoshlariga nisbatan holatlari, o‘smirlik yoshiga o‘tish, xarakterlari og‘irlashib borishi, psixik rivojlanishida nuqsonlar, xarakterlari tez o‘zgarib qolishi va o‘sish davrida
qizg‘onchiq bo‘lib qolishi haqida gap boradi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

385

O‘SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

“Tabiiy fanlar” fakulteti “Kimyo” yo‘nalishi

1-bosqich talabasi

Muminjonova Zilolaxon Nasirillo qizi

.

Annotatsiya:

Maqolada O‘smirlik davrida psixik rivojlanish holatlari, o‘smirlarning

o‘tmishdoshlariga nisbatan holatlari, o‘smirlik yoshiga o‘tish, xarakterlari og‘irlashib
borishi, psixik rivojlanishida nuqsonlar, xarakterlari tez o‘zgarib qolishi va o‘sish davrida
qizg‘onchiq bo‘lib qolishi haqida gap boradi.

Kalit so‘zlar:

Psixik rivojlanishdagi inqiroz, organizm to‘qimalarining o‘sishi,

ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiy tafakkur, o‘smirning rivojlanishi, psixik rivojlanish davri,
jinsiy yetilish, psixik taraqqiyot.

Abstract:

In the article, the conditions of mental development during adolescence, the

conditions of adolescents in relation to their predecessors, transition to adolescence,
worsening of character, defects in mental development, it is said that their characters change
quickly and become hot during the growth period.

Key words

: Crisis in mental development, growth of div tissues, socialization

process, social thinking, adolescent development, period of mental development, sexual
maturity, mental development.

A

нно

m

ация

:

В

статье

рассмотрены

условия

психического

развития

в

подростковом

возрасте

,

состояние

подростков

по

отношению

к

своим

предшественникам

,

переход

в

подростковый

возраст

,

ухудшение

характера

,

дефекты

психического

развития

,

Говорят

,

что

их

характеры

быстро

меняются

и

становятся

горячими

в

период

роста

.

Ключевые

слова

:

Кризис

психического

развития

,

роста

тканей

организма

,

процесс

социализации

,

социальное

мышление

,

развитие

подростков

,

период

психического

развития

,

половая

зрелость

,

психическое

развитие

.

Kirish:

O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil

etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan
birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish
oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-
sinflardan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas” ayni shu ta‘rif
o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish
davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli
narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma‘naviy dunyosi
boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar
va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarni paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu
yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir.
Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalarda 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm
o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining
kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida
tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘proq darajada
sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminroq bo‘lib qoladi, do‘rillaydi. Garchi bu
davrda mushaklar tez sur‘at bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va
qo‘l suyaklarining o‘sish sur‘ati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay
xatti – xarakatlarida, yurish – turishlaridagi qo‘pollikka, katta – katta odim qadam
tashlashlariga sabab bo‘ladi. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

386

bog‘liq ravishda tanadagi barcha a‘zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va
organizm tuzilmalarining qaytadan shakllasha boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi
o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda
ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi.Uning faoliyati
organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez,
buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi,
jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo
bo‘lishi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin
rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning yelkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa
o‘z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi
natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham
yog‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi
barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba‘zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi.

Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-

jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.
O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy
yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy
biologik omil sifatida ta‘sir ko‘rsatib, bu ta‘sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat
va imkoniyatlarini ma‘lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu
holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri “o‘tish
davri”, “krizis davr”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan
xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakati muqobil, yangi sharoitlarda
o‘z o‘rnini topa olamaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida
L.S.Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb nomlagan. Kichik maktab
davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish
jarayonida asosan ikki xil davrga – kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davriga to‘g‘ri
keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini “bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga
mansubligini ta‘kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning
asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti – harakatlariga taqlid
qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta
yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq
darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir
endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z
shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi
fikrlari ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga
harakat qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z - o‘zini anglash
layoqatlarida, mustaqil xatti – harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi.

O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e‘tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs

xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”,
“Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim dunyoqarash, e‘tiqod va
boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror
bo‘lib qoladi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e‘tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari
asosida tashkil qila boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof – muhitga,
ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan
tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘zmirlarning ko‘pchiligi qat‘iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik,
samimiylik, dilkashlikkabi ma‘naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning
turmush tajribasidafan asoslarini egallash natijasida barqaror e‘tiqodiy va ilmiy dunyoqarash
tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma‘lumki, o‘smirlik


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

387

davrida o‘smirning “men”i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofdagilari ayniqsa, o‘z -
o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. O‘smir
yoshdagi bolani birinchi galda intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib
qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir
shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini - o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib
qldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni
shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. L.S.Vigotskiy
o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy)
ajratib ko‘rsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy
qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunda quyidagi salbiy xulq – atvor ko‘rinishlari
namoyon bo‘ladi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va
yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va boshqalar.

Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

O‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo bo‘ladi.
O‘smirlik davridagi inqiroz - o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat‘iy
o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan.
Inqirozdan keyingi davrlar (14-15 yosh) ota – onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv
yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi
kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini
mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda
munosabatlarni o‘zgartirishga bog‘liq. Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi,
depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. G.V.Xrulnovaning fikricha,
o‘smirlarning stressli vaziyatlardan chiqish malakalarining mavjud emasligi somatik,
emotsional, xulq – atvor, kognitiv, shaxsiy bosqichda ma‘lum darajada stressdan keyingi
buzilishlarni vujudga keltiradi. U o‘smirlarda stress reaksiyalarini vujudga kelishiga oiladagi,
tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muammolar, travmatik
malaka sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi. O‘quvchilarda emotsional barqarorlik va uning
shakllanish masalalariga e‘tiborini qaratgan M.G.Davletshinning shogirdi G.A.Bogdalova
emotsional barqarorlik xususiyatlari tarkibi, mexanizmlarini hamda uning o‘smirlik
yoshidayoq shakllanish imkoniyatlari va prinsiplarini o‘rgangan. G.A.Bogdalova tadqiqot
natijalariga asoslanib, emotsional barqarorlikni quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida
ko‘rsatadi:

a)

xulq – atvor barcha emotsiyalarning e‘tiborsiz namoyon etilishi;

b)

emotsiyalarning osonlik bilan, silliqqina bir holatdan ikkinchi holatga

ko‘chirilishi;

c)

kishining o‘z xulq – atvoriga mustaqil baho berishi.

O‘smirlik davri xususiyatlari va emotsional o‘zgarishlarni tadqiq etish B.M.Umarov

ishlarida ham ko‘rinadi. U bolalar hamda o‘smirlar suitsidining yosh va ijtimoiy – psixologik
xususiyatlarini yoritib bergan bo‘lib, olimning fikricha, o‘qituvchi o‘quvchi hamda oila
a‘zolari o‘rtasidagi shaxslararo nizolar, “sevgi – muhabbatga bog‘liq bo‘lgan nizolar”,
“qo‘rquv”, “his – hayajon”, “g‘am - g‘ussa” va yosh davri “inqirozlari” bolalar, o‘smirlar
suitsidining asosiy sabablari bo‘lib hisoblanadi.

Z.Nishanova o‘z izlanishlarida ijodiy tafakkurning ijtimoiy tafakkurga ta‘sir etuvchi

ijtimoiy psixologik omillarni o‘rganadi. Z.T.Nishanovaning ta‘kidlashicha, mustaqil ijodiy
fikrlash darajasi yuqori shaxslar o‘zlarini noadekvat baholaydilar. Guruh muhitida tan
olingan a‘zolari o‘zlariga guruhiy baholashga nisbatan quyi baho beradilar, lekin ularda
mustaqil ijodiy fikr yuqori ko‘rsatkichga ega. Guruhdan ajralib qolgan a‘zolar esa guruhiy
baholashga nisbatan o‘zlarini yuqori baholaydilar, biroq ularda mustaqil, ijodiy fikr
ko‘rsatkichi quyi rivojlangan. O‘smir o‘quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlarini tadqiq


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

388

etgan T.S.Jo‘rayev aqliy taraqqiyotini ro‘yobga chiqaruvchi asosiy omil sifatida o‘quv
faoliyatining umumlashgan usullarini ko‘rsatadi. Muallifning fikricha, o‘quvchilarning yoshi
va saviyasi orta borishi bilan murakkab usullarni yangi sharoitga ko‘chirish uquvi ularda
takomillashadi, usullarning ko‘chish ko‘lami kengayadi va fanlararo xususiyat kasb etadi, bu
aqliy faoliyatning ko‘rsatkichi bir xil emasligini ta‘kidlab, bu xususiyat ularning saviyasiga,
topshiriqni yechish motivatsiyasiga bog‘liqligini aytib o‘tadi. Muallif ta‘lim jarayonida
o‘smir o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish shaxs aqliy kamolotini
ta‘minlashning muhim mezoni deb hisoblaydi.

Xulosa:

O‘smirlarning o‘z-o‘zini anglashda sifat jihatidan o‘zgaradi. O‘zi haqida

o‘ylash, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash o‘smirlarda kuzatiladigan holatlardan biri
hisoblanadi. O‘smirlik davrida bola juda injiq va tanti bolib ovozlari o‘zgarib qoladi. O‘zini
kattalarga taqlid qilib ularga o‘xshab yurishni boshlashadi, o‘zlariga yarashmaydigan
qiliqlarni qila boshlashadi. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘lishi
bilan xarakterlanadi. Bunda quyidagi salbiy xulq – atvor ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi: ish
qobiliyatining,

o‘zlashtirishning

pasayishi,

o‘smirning

qo‘polligi

va

yuqori

qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va boshqalar. O‘smir
bolalarda men degan tushuncha kuchayib o‘z teng qurlariga taqlit qila boshlaydi, baholangi
bolada pisxik va ongliy xarakterlari o‘zgara boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Do‘stmuxammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Y.,

Ziyavitdinova G.Z., “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”-Darslik Toshkent. Nizomiy
nomidagi TDPU, 2021y.

2.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.

3.

Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”.T “Fan va texnologiya”

markazining bosmaxonasi: 2009.

Bibliografik manbalar

Do‘stmuxammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Y.,

Ziyavitdinova G.Z., “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”-Darslik Toshkent. Nizomiy

nomidagi TDPU, 2021y.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.

Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”.T “Fan va texnologiya”

markazining bosmaxonasi: 2009