“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
345
KEKSALIK VA KEKSAYISH DAVRINING AHAMIYATI.
ADPI Filologiya yo‘nalishi
1-kurs talabasi Ko‘charova Mohinur
Annotatsiya
:Ushbu maqolada keksalik davrining psixologik xususiyatlari,keksayish
jarayonlaridagi biologik va fiziologik o‘zgarishlar va uzoq umr ko‘rish uchun amal qilinishi
kerak bo‘lgan vaziyatlar hamda jahon miqyosida keksalikning o‘rtacha umr ko‘rish
statistikasi haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: keksalik,uzoq umr ko‘rish sirlari,biologik keksayish, statistika,
donishmand, psixologik jarayon, muammo, inson umrini uzaytirish.
Donishmand xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan o‘lmas
qadriyatlaridan biri-bu keksa avlod vakillariga chuqur hurmat va ehtiromdir.''Yoshlikda
insonning kuch-quvvati oyoqlarida,o‘rta yoshda belida,keksayganda esa tilida''degan
purma'no so‘zlar bejizga aytilmagan.
Insonning uzoq umr ko‘rishi bevosita undagi biologik va psixologik
jarayonlarning kechishiga bog‘liq.Masalaning mohiyatini biologik tomondan tahlil qiladigan
bo‘lsak,keksalik haqida turli davrlarda,turli xil olimlar tomonidan bir qancha nazariyalar
ilgari surilgan. Keksalik sabablari va inson umrini uzaytirish masalalariga oid ilk qarashlar
Gippokrat,Ibn Sino,Klavdiy Gallen asarlarida uchraydi.
Keksalik va keksayish davrini Gerontologiya fani o‘rganadi va bu fan XX asrning
ikkinchi yarmiga kelib shakllana boshlagan.Keyinchalik,Gerontologiyaning rivojlanishi
uning gerontopsixologiya (umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib
keksalar ruhiyati va fe'lining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi), geriatriya (klinik
tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarini o‘rganadigan, shuningdek, ularning oldini olish va
davolash usullarini,ishlab chiqadigan bo‘lim), (dori-darmonlar va ular tarkibini keksaygan
organizm uchun moslashtirish),gerogigiena (katta yoshli kishilar gigienasi haqidagi ta'limot)
kabi bir necha tarmoqlarga bo‘linishiga olib keldi va bu bo‘limlarning bari keksalarning uzoq
umr ko‘rishiga xizmat qiladi.
Qayd etilishicha,O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz
keksalarning soni 18 417 nafarga yetdi.Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot
xizmati xabar berdi.Ularni,asosan,yolg‘izlik,salomatlik va xavfsizlik masalalari,harakatlarini
cheklanganligi,kundalik uy ishlarini bajarishda qiyinchilik, noto‘g‘ri ovqatlanish, xotira
susayishi, o‘z-o‘zini parvarish qilolmaslik va ijtimoiy xodimlar tomonidan parvarishlash
grafigining noto‘g‘ri shakllantirish kabi muammolar qiynab keladi.
Qariyalarning eng katta muammolaridan biri bu noto‘g‘ri ovqatlanish masalasi
bo‘lib, bu holat ularning o‘z umriga zomin bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gerodietologlar (keksalar parhezi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar) fikriga ko‘ra,
yoshi ulug‘ insonlar taomnomasida geroproteklar (qarishni oldini oluvchi moddalar)ning
mavjud bo‘lishi muhim ahamiyatga ega ekan.Ulardan antioksidlar(saraton(rak)huhayralari
paydo bo‘lishining oldini oluvchi moddalar) yaxshi o‘rganilgan.Ibn Sino bobomizning "Tib
qonunlari" kitobida barvaqt qarimaslik uchun olma va sutni doimiy iste'mol qilish kerakligi
haqida ma'lumotlar keltirib o‘tilgan.
Qarishni rad etgan doktor Muriel.R.Gillick keksayishning tezlashib ketishida o‘z
zamondoshlarini ayblaydi va ular to‘g‘ri jismoniy mashqlar va parhez bilan qarilik balosidan
qochib,o‘rta yoshdagidek ko‘rishinda to umrning oxiriga qadar yashash mumkinligini
ta'kidlaydilar.Ammo ular sog‘lom turmush kechirgan qariya ham 85 yosh va undan yuqori
yoshda ham "nimjon va nogiron"bo‘lishi mumkinligi haqida zid fikrni ham aytib o‘tishadi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
346
Keksalik davrida ''qarilik gashti'' haqida gapirilsa-da,qarilik gashtini surib
yashayotganlar,afsuski,kam.
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra,1960-yilda dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish 52
yoshni tashkil etgan bo‘lsa,hozirda bu ko‘rsatgich 75 yoshni tashkil qilmoqda.Natijada biz
ko‘proq resurslarga ehtiyoj sezyapmiz,hukumatlarda pensiya va sog‘liqni saqlash tizimi
borasida bosimlar ham kuchaymoqda.Shunday bo‘lsa-da,davlatimiz bu muammolarni
samimiyat va ma'suliyat bilan hal etib kelmoqda.
''Qariyalar mamlakati" bo‘lgan Yaponiyada 65 yoshdan oshgan qariyalar soni
birinchi marta 36.4 million kishiga yetdi.Bu aholi sonining 29.1 foizini tashkil etuvchi rekord
ko‘rsarkichdir. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy tomondan bosimga uchragan davlatning
qariyalarning oiladagi va davlat nazdidagi o‘rni nechog‘liq muhim ahamaiyat kasb etishini
ham ko‘rsatib beradi.Keksalar soni ko‘p bo‘lgan davlatlarda ular xavfsiz hayot
kechirayotgani sezilib turadi.
Keksalarni e’zozlash, ularga doimo e’tiborli, mehrli bo‘lish qon-qonimizga singigan
qadriyatlarimizdan. Ularning hayot tajribalarida sinalgan bebaho o‘gitlari oilalarning tinch-
totuv, to‘kis yashashida, farzandlar tarbiyasida qanchalar zarurligini hammamiz yaxshi
bilamiz.
Keksa avlod vakillariga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish izchil va tizimli ravishda oshirilganligi hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilishni,
moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirilganligi natijasida sezilarli
darajada namoyon bo‘ladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy normalarni hayotiyligini
ta’minlashni o‘zining oliy maqsadi sifatida belgilab olganligini 2016 yil dekabr oyida
“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy
xizmatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini birinchilar qatorida
imzolaganligida ham ko‘rishimiz mumkin.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
25 martdagi «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi
Farmoni qabul qilinishi ham e'tiborga loyiqdir.
Darhaqiqat, keksalari bor xonadonda quvonch, fayzu baraka, xotirjamlik bor.
Keksalarga ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish esa azaliy qadriyatlarimizdan
hisoblanadi. Mamlakatimiz asosiy Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Yangilangan Konstitutsiyamizda
ham nuroniylarimiz haq-huquqlari mustahkamlab qo‘yildi. Xususan, Konstitutsiyaviy qonun
loyihasining 46-moddasida “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda,
ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga egaligi, qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va
boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol
xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi, 57-moddada esa “Mehnatga layoqatsiz va
yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand
boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir”, deb yozib qo‘yildi. 80-moddada
“Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga
majburdirlar, degan normalar belgilandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
;
1.
E.G‘.G‘oziyev ''Psixologiya",–Toshkent.1994 y.
2.
P.Ivanov,M,Zufarova "Umumiy psixologiya"– Toshkent.2008 y.
3.
P.Kelder ''Yosharish sirlari'',–Toshkent.2011 y.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
347
4.
J.Majidov va G.Majidova(2020)Shaxs ijtimoiy taraqqiyotida oila muhitining
o‘rni.Arxiv.
Научных
Публикации
.JSPI.
5.
''Sog‘lom avlod"gazetasi.2010 y.
6.
''Gerontology–definitoin
of
gerontology
bu
The
Free
Dictionary"Thefreedictionary.com.Archived from the original on 2016.03.31.Retrived
2016.04.04.
7.
''Human rights of the older persons OHCHR.org.Office of the United Nations
High Commissioner for Human Rights.Archived from the original on 2021.04.28.Retrived
2016.10.24.
8.
Sof.uz. Jahongir Ergashev .07.03.2019.
