“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
343
IJTIMOIYLASHUV JARAYONIDA TA'LIM TARBIYANING PSIXOLOGIK
AHAMIYATI.
Jonibekova Zulayho
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq fanlar fakulteti
Texnologik ta’lim yo‘nalishi
1-kurs 101-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, uni
jahon miqyosida oldingi o‘rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi
kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan. Buning uchun bo‘lajak pedagoglarni, ya’ni talabalarni yuqori ta’lim
texnologiyalari bilan ta’minlash, ularda ruhiy va ilmiy potensialini oshirish masalalari
muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar:
Pedagog, o‘quvchi, shaxs kamoloti, ta’lim-tarbiya, ta’lim psixologiyasi,
tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat.
Pedagogik faoliyatning tuzilishi o‘qituvchining o‘z iga xosligi faqatgina uning har
tomonlama pedagogik faoliyatidagi fazilatlari bilan bog‘liqdir. O‘qituvchi faoliyati o‘z aro
komponentlardan iborat. Pedagogik faoliyatning 3 komponenti farqlanadi: konstruktiv,
kommunikativ va tashqilotchilik. Konstruktiv komponenti. O‘qituvchining
ishida
konstruktiv dars katta o‘rin egallaydi, ya’ni sinfdan tashqari ishlar maktab dasturlari bilan
bog‘liq o‘quv materiallarni ta’lim oluvchilar uchun turli metodik ishlanmasi va uni ta’lim
oluvchilarga ifodasini qamrab olgan. Ushbu barcha ishlar dars konspekti tarkibida o‘z
ifodasini topadi, ya’ni: o‘z faoliyatining tartibi va tizimi ta’lim oluvchilarning faoliyat tartibi
va tizimi (yaxlit sinfni va alohida o‘quvchilarni). Ayni vaqtda pedagogik faoliyatning ushbu
komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik
holatida tarbiyalash o‘qituvchi shaxsiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. O‘qituvchi
o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin
nazariy savollarni oson o‘zlashtirilishi uchun o‘quv materialni tanlash va qayta ishlashi lozim.
Birinchi navbatda ta’lim oluvchilarning faoliyati faol bo‘lmasa, chuqur bilim va o‘zlashtirish
jarayoni amalga oshirilmaydi.
Muhit, ta`lim-tarbiya va tegishli mashq, miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga
yordam beradi. Bu jarayonda ta’lim qanday mavqega ega? Ta`lim rivojlanishga nisbatan
yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qillnishi ta’lim
jarayonining mazmuni va metodikasini, o‘quv darajalari va darsliklarning mazmunini
belgilab beradi. Bu borada nemis psixologi V.SHtern: ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan
boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg‘a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus
psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli
bor, degan qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi va uni: ta’lim rivojlanishdan oldinda
boradi va uni o‘z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab, beradi. Yuqorida
bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta`lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan
narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik,
unga, xalaqit bermaslik, balki ta`lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv
kutib turish kerak. Shveytsariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g‘oyalar
bilan yug‘rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari
asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi.
ishlar maktab dasturlari bilan bog‘liq o‘quv materiallarni ta’lim oluvchilar uchun turli
metodik ishlanmasi va uni ta’lim oluvchilarga ifodasini qamrab olgan. Ushbu barcha ishlar
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
344
dars konspekti tarkibida o‘z ifodasini topadi, ya’ni: o‘z faoliyatining tartibi va tizimi ta’lim
oluvchilarning faoliyat tartibi va tizimi (yaxlit sinfni va alohida o‘quvchilarni). Ayni vaqtda
pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi o‘sib
kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash o‘qituvchi shaxsiga ma’lum bir
talablarni qo‘yadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak,
buning uchun esa u eng qiyin nazariy savollarni oson o‘zlashtirilishi uchun o‘quv materialni
tanlash va qayta ishlashi lozim. Birinchi navbatda ta’lim oluvchilarning faoliyati faol
bo‘lmasa, chuqur bilim va o‘zlashtirish jarayoni amalga oshirilmaydi.
Ta`lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki
sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta`sir
ko‘rsata olmaydi. Demak, ta`lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Masalan, bolada
mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir.
Ta`limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan
muayyan yoshidan qat`iy nazar bogliqligi ana shundan kelib chiqadi.
Ta`limning imkoniyatlari juda keng bo‘lsada, biroq cheksiz emas. Yirik rus
psixologi L.S.Vigotskiy ta`lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon
nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o‘zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida
yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta`kidlaydi. U olga surgan psixik
funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko‘ra, psixik faoliyat taraqqiyoti
uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so‘ng
ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» shaklini egallash tushuniladi.
Bolalar ta’lim-tarbiyasida bo‘ladigan kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri
o‘qituvchining psixologiyasiga bog‘liq. Lekin bunga ko‘pincha e’tibor berilmaydi. Shuning
uchun o‘qituvchilar jamoasini psixologik nuqtai nazardan o‘rganish, uni muvaffaqiyatli
boshqarishning psixologik yo‘llarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga egadir. Pedagogik
jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun jamoa tarkibini o‘rganish, kamchiliklarini
korreksiyalash va haqiqiy pedagogik jamoa sifatida shakllantirish lozim. Jamoada ishlash
ko‘nikmalarining rivojlangan darajasi ham muvaffaqiyatli jamoa uchun asosiy omillardan
biridir. Jamoada ishlash muloqot vositasida amalga oshadi. Pedagogik jamoaning
rivojlanishida shaxslararo muloqot muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G‘oziyev, E. (2010).
Umumiy psixologiya
. Yangi asr avlodi.
2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3.Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of
psychological culture of students.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 428-
431.
4. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of aggressive
behavior in adolescence.
Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 122-125.
5. Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi
olish.
Образование
наука
и
инновационные
идеи
в
мире
,
39
(4), 56-58.
