“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
341
O‘SMIRLIK DAVRINING PSIXIK RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Ismoilova Dilnoza Saidalixonovna
Andijon davlat pedagogika instituti
Texnologik ta`lim yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Maqolada O‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning anatomik
fiziologik xususiyatlari va o‘smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi.
Kalit so‘zlar:
O‘smirlik davri, fiziologik xususiyatlari, o‘smirlarning bilish jarayonlar,
bolalarning psixik rivojlanishi, ta’lim va tarbiya.
O‘qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o‘smirlik davri psixologiyasini bilish
psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz
yana o‘tish davri ham deb ataymiz. O‘smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o‘z
ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o‘quvchilarini.
O‘smir o‘quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim
qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan etarli
darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va kattayoshdagi maktab
o‘quvchilariga qaraganda o‘smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko‘p qiyinchiliklar
bo‘ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu
jarayon o‘smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo‘lgan munosabat formalarining jiddiy
ravishda o‘zgarishi, hamda hayot sharoitining o‘zgarishi bilan bog`liqdir.Bu davrda
o‘smirlarning o‘z shaxsiy fikrlari paydo bo‘ladi. Ularda o‘z qadr-qimmatlari haqidagi
tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo‘yicha o‘smirlarning psixik
taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar
bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni
yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir
Psixologlarning fikricha, yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz biologik
jihatidan etilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo‘lmay balki bolaning ijtimoiy hayot
sharoitlari va faoliyatlarining o‘zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy omillarning paydo
bo‘lishi natijasida o‘smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan maktabdagi ta’lim va tarbiya
berishni aniq tashkil qilish o‘smirlarning konkret hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli
deb qarab bo‘lmaydi. Bu davrda yurak qon tomirlari sitsemasining taraqqiyotida mos
kelmaslik hodisasi kuchlaniladi. Bu paytda yurak xajmi jihatidan ancha kattalashadi, ancha
kuchli ishlay boshlaydi. Ko‘pincha qon aylanishining vaqtincha bo‘zilishida qok bosimining
yoshga bog`liq xolda ko‘tarilishiga, yurak faoliyatining zo‘r berilishiga olib keladi. Natijada
o‘smirlarda uchraydigan bosh aylanishi, yurak urishi, bosh og`rig`i paydo bo‘ladi.
O‘smirlarning yoshi ham jismoniy psixik xususiyatga egadir, organizm Pavlov
ta’limotiga ko‘ra, bir butun sitsemadan iborat bo‘lib, bunda barcha to‘qimalar va organlar
fiziologik jarayonlar uzviy ravishda bir-biri bilan bog`langan bo‘ladi. Lekin bir butunlikda
nerv sitemasi va uning bilan bog`langan yuqori qismi I.P.Pavlov so‘zi bilan aytganda
organizmda sodir bo‘ladigan barcha hodisalarni boshqarib turuvchi bosh miya po‘tsi asosiy
yetakchi rolni o‘ynaydi. O‘smirlik yoshida nerv sitsemasining yuqori qismi sifat jihatidan
o‘sa boshlaydi va miya ichki tuzilishining murakkablashishga o‘tadi. Katta yarim sharda nerv
hujayralarning etilishi tugallanadi. O‘smirlik yoshida o‘pkaning xajmi kattalashadi nafas
olish ancha miqdorda tezlashgan va sayoz bladi. O‘smirlik yoshida bola qancha toza havoda
yursa shuncha foydalidir.Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining qayta qurishiga bog`liq
bo‘lgan jinsiy etilish davridir. Bu bezlarning yetilishi kishi organizm faoliyatida xizmati juda
kattadir. O‘smirlik yoshining xarakterli xususiyatlaridan biri jinsiy etilish jarayonidir.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
342
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, jinsiy yetilishning boshlanish davri o‘g`il bolalarda 12-
13 yoshda, qiz bolalarda 11-12 yoshda boshlanadi. Ko‘pchilik o‘g`il bolalar hozirgi vaqtda
jinsiy yetilish 15-16 yoshda, qiz bolalarda 13-14 yoshlarda kuzatiladi. O‘qituvchilar sinf
rahbarlari datsavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy
taraqqiyotiga ta’sir qilishdan ularning psixik rivojlanishiga ham katta ta’sir kursatadi.
Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining
rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi o‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni
ishlatish qoidalari - “qanday qilib to‘g`ri yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish
mumkni?” kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdaga o‘qituvchilar. kattalar ota-
onalar nutqidagi kamchiliklarga kitob, gazeta radio va televidenie diktorlari xatolariga tez
e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat qilish o‘rgatsa,
ikkinchi tomondai kattalar ham nutq, qoidalari bu’zilishi mumkinligini bilishlariga va o‘zida
mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
Aynan maktab talimi o‘smir bilshi jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan
o‘zgarishdi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham
oshadi, ham yozma mavjud bo‘lishi bilan ham kuchli vosita xisoblanadi. Maktabdagi o‘quv
jarayonlarining to‘g`ri tashkil etiliishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g`ri
rivojlanishiga sharoit yaratiladi
Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirniig muomala, bilish va ijodiy faoliyatga
kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O‘smirlik davrida o‘qish va yozma monologik nutq
jadal rivojlanadi. 5 sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g`ri, tez va ifodali bo‘lish
darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monilogik nutq
esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar
tayyorlash, ogzaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi.
Yozma nutq ham yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha
mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli
tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. O‘smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko‘tarila
olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini
belgilab beradi.
Foydalangan adaboyotlar
1. G‘oziyev E.G‘.. Mamedov K.K.."Kasb psixologiyasi". Toshkent.
2. Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. "Kasb psixologiyasi". Toshkent.
3. Yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolari, sabab va yechimlari. Maqolalar
to‘plami. Toshkent.
4. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of aggressive
behavior in adolescence.
Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 122-125.
5. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of
psychological culture of students.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 428-
431.
6. Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of Aggressive
Behavior in Teenagers during Globalization.
7. Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi
olish.
Образование
наука
и
инновационные
идеи
в
мире
,
39
(4), 56-58.
