“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
331
BOLALAR PSIXIKASINI RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILAR
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti
Pedagogika yo‘nalishi 202-guruh talabasi
Maxamattayirova Mehrigiyo
Annotatsiya
: ushbu maqolada kelajak avlod egalari bo‘lgan bolalarni psixikasini
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar shuningdek, uning rivojlanish davrlari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: Psixika, yosh avlod, kelajak, mobile, idrok, bolalar, bolalar
psixologiyasi, in’ikos.
Bolalarning psixik jihatdan o‘sishida ta’lim va tarbiya g‘oyatda muhim
ahamiyatga ega ekanligi XIX asrlarning o‘rtalaridan tobora ko‘p ta’kidlana boshlandi.
Bolalar psixikasining o‘sishi bilan ta’lim va tarbiyaning o‘zaro munosabati haqidagi
masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozir ko‘p.
Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta Aristotel
(eramizdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli
Aristotel alohida fan bo‘lgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining
«otasi» hisoblanadi.[1-6]
Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo‘lib, obyektlarning belgilari
va alomatlarini turli darajada to‘g‘ri idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa obyektlarning
munosabatlari va tuzilishining tavsiflarini ifodalaydi. In’ikosning xususiyati materiyaning
tashkil topganlik darajasiga bog‘liq, chunki u organik va noorganik tabiatda, hayvonot
olamida, ijtimoiy hayotda o‘ta sodda va yuksak tashkil topgan tizimda sifat jihatdan xilma-
xildir.[3-27]
Ta’lim va psixik o‘sish bir-biridan mustaqildir, degan nazariyaning namoyandalari
ta’lim va psixik o‘sishni bir-biriga duch kelmaydigan ikkita parallel jarayon deb
hisoblaydilar. Bu nazariyaning namoyandalari aqliy qobiliyatni aniqlash uchun dastlabki
testlarni vujudga keltirgan edilar (Bine va Simón). Bu namoyandalar va ularning hozirgi
izdoshlari aqliy qobiliyat «tug‘ma» bo‘lib, unga ta’lim ham, muhit ham ta’sir etmaydi, degan
fikrga asoslanadilar. Ta’lim va psixik taraqqiyot bir-biridan mustaqil, degan nazariya amalda
ta’lim-tarbiya ishlarining hammasini bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olmasdan
tuzishga olib keldi.[2-13]
Bolalar psixologiyasi
— psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining
umumiy va alohida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni
harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar
psixologiyasini ko‘pincha yosh psixologiyasi deb ataydilar. Bolalar psixologiyasi bolalarda
psixik jarayonlar (ma
ʼ
rifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo bo‘lishi va rivojlanishini,
psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma-xil faoliyatning rivojlanishini, bolaning shaxs
sifatida shakllanishini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab
chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini o‘rganishda ko‘ndalang kesma va longityud deb
nomlangan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Birinchi holatda birgina psixik jarayonning o‘zi bir vaqtda
turli yosh guruhlariga taalluqli bo‘lgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud)
da esa ma
ʼ
lum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari ko‘p yillar
davomida tadqiq qilinadi. Bu esa o‘z navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy
kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga
unga bo‘lgan ishonch, hurmat,qo‘llab-quvvatlash, unga bo‘lgan e'tiborlarini his qildirish,
mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan holatlar o‘rgatiladi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
332
Bola psixik rivojlanishi va organizm yetilishining biologik omillari
Rivojlanishning
biogenetik konsepsiyasi tarafdorlari shaxsning asosiy psixik xislatlari insonning hayotiy
taqdirini belgilovchi uning tabiatini o‘ziga (biologik boshlanish) joylashtirilganligini taxmin
qiladi. Ular intellekt, shaxsning amoral xislatlari va boshqalarni genetik dasturlashtirilgan,
deb hisoblaydilar. [2-79] “Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko‘zlari bilan anglaydi. Ota-
onaga nima yomon bo‘lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko‘rsa, bola
uchun u inson yaxshi bo‘ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin
bola o‘zi xulosa qilishga o‘rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu
ko‘zgudagi sizning aksingiz. Bolaning ongi gul barglariday nozik va go‘zaldir. U eng
ahamiyatsiz haqoratlarga nisbatan zaifdir. Shuning uchun uni sevgi va mehr bilan tarbiyalash
kerak. Shuni tushunish kerakki, bolaning manfaatlarini ko‘zlab, bolalar ruhiy tushkunlikka
tushganda, bolaning farovonligi va porloq kelajagi uchun yordam so‘rash kerak”- deb Doktor
Sravanti Sanivarapu ta’kidlagan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: bizning kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni
tarbiyalash hamda hozirgi turli axborot vositalari davrida yoshlarimizning turlicha psixik
xastaliklar bilan dunyoga kelayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz, ushbu holatlarni bartaraf etish
hamda bunday holatlarni oldini olish uchun turli mobil qurilmalar va texnologik
qurilmalardan homiladorlik davrida va go‘daklik davrida e’tibor qaratish kerakligini xulosa
qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari:
1. P.Ivanov, M.Zufarovalarning “Umumiy psixologiya” [Toshkent -2008]
2. Z.Nishanova, M.Xolnazarovalarning “Rivojlanish psixologiyasi” [Toshkent-2018]
3. E.G‘oziyevning “Umumiy psixologiya” [Toshkent-2002]
4. uz.wikipedia.org
