Mualliflar

  • Dildora Abduraximova
    Andijon viloyati Paxtaobod tumani 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74134

Kalit so‘zlar:

kichik maktab yoshi ta’lim o‘quv faoliyati motiv motivatsiya

Annotasiya

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda motivatsiyaning ahamiyati, kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishish, shaxsiy tayyorgarlik. motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi borasida fiklar yuritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

319

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXIK

RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Abduraximova Dildora Muxtorovna

Andijon viloyati Paxtaobod tumani

43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

Kadr menejer

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

kichik

maktab

yoshidagi

o‘quvchilarda

motivatsiyaning ahamiyati, kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga
qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishish, shaxsiy tayyorgarlik. motivatsion sohaning
rivojlanganlik darajasi borasida fiklar yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

kichik maktab yoshi, ta’lim, o‘quv faoliyati, motiv, motivatsiya,

tasavvur, tafakkur, xotira, ijtimoiy omil, aqliy rivojlanish,senzitiv, davr.

Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Kichik

maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishadi,
Shaxsiy tayyorgarlik. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning
mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim
baholanadigan faoliyatni bajarish — o‘quvchi bo‘lish fan asoslarini o‘rganish uchun biologik
va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada
rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining
qiziquvchanligi,

ishonuvchanligi,

xayolining

yorqinligi,

xotirasining

kuchliligi,

tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. “Har xil ertaklarni
eshitib yurgan bola endi real tashqi olamn, uning qanday bor bo‘lsa, shunday mavjud
hususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi.”

Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatdan va

shartli barqaror bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish
hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsning
shakllanishidaga o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman?
motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Ta’lim jarayonida
tafakkur operasiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshidgi o‘quvchilarni
kamol toptirishning garovidir. O‘quv faoliyati psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik
darajasini talab etadi. Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin,
odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yuqori darajada tashkil etish
hali birmuncha murakkabdir. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning
ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit
yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mexnat qilish, misol-masalalar yechish,
mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib
topadi. Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to‘plash, Tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli
ravishda boshqarish o‘quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bola ma’lum
darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday
ketma-ketlikda bajarishini so‘z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning
diqqatini Tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik
maktab yoshidagi bolalar so‘zsiz o‘z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu
juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivasiyalarni tashkil etilishini talab qiladi. Bolaning
xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini yetarli darajada aks ettirishda
vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol
paydo bo‘ladi. O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni
talab etadi. o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

320

beradi. O‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat
qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolannng xotirasida
saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini
tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Dars jarayonida o‘qituvchi turli
vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu holat. albatta, biron-bir yordamchi qurollar-
predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi
mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur harakatlar qilishga qiynaladilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga axborot bosimining psixologik xususiyatlariga alohida
e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi
emotsional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu
axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish irodasi bilan zarur ma’lumotlar
to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu
faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan
ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkuri jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola
boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi o‘quvchining
turmush tarzini, ijtimoiy mavqeyini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o‘rnini o‘zgartiradi.
Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan
iborat bo‘lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda
o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligdir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra muayyan bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki faqat o‘quvchilik istagini aks
ettirishdan ham iboratir. Shu ehtiyojlar asosida o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars
tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish
istagi yotadi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘zining tub mohiyati va vazifasini tushunib
yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi, Kattalarning ko‘rsatishlariga
amal qilib tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach,
shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o‘z
ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi.
Shunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda
umidsizlik hissi vujudga keladi. O‘qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga
ta’limning o‘yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga
tayyorlashi kerak.

Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi o‘z aqliy mehnati

natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi
bilan amalga oshiriladi va o‘quvchida samaraliroq ishlash moyili, istak va ishtiyoqini
shakllantiradiyu. bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni
o‘zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni
o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponetlari: o‘quv vaziyatlari, o‘quv
harakatlari, nazorat etish va baholash bilan (V.V.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan
boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishda qulay bo‘lgan
sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu
uning o‘quv harakatlarini nazorat va baholash bilan bog‘lik harakatlarni bilmasligi, yoki
ularni yaxshi egallamaganligidai bo‘lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajargan
harakatlari natijalarini o‘z xatti-harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o‘z-
o‘zini nazorat etish xususiyatlarini ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. O‘quv
vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo‘llari bilan tanishadilar va ularni-
egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar. O‘quv faoliyatining
boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-
munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-ona”
munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

321

ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini
to‘liq anglashi va o‘zi xatti harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga
me’yorlar quyishi, ularning xatti-xarakatlarini baholashi mumkin. O‘z xatti-harakatlarini
boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar
o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga
to‘la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab
beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman
tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi
munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muxtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
aytganidek “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevoori bilim dargohlarida
yaratiladi,

boshqacha

aytganda,

xalqimizning

ertangi

kuni

qanday

bo‘lishi

farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq” deb aytib o‘tgan.

Ma'lumki, yoshlarning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta'lim

muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-
p

е

dagog kadrlar shug`ullanadilar. Kichik maktab yoshida o‘qishga qiziqishning pasayish

sabablaridan biri sifatida V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p
qo‘yilishi, bu esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoniyatlariga
nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida deb biladi. Vaholanki, o‘qituvchi ustozlar kichik
maktab yoshidagi bolalarni maktabga bo‘lgan qiziqishlari, ta’lim olishga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirish uchun ularni rag‘batlantirish, ruhlantirish, baholarini past qo‘ymaslik
lozim. Tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilarining hamjamjixatlik bilan olib boradigan
ishlarigina o‘zining ijobiy natijalarini b

е

rishi mumkin. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni

amalga oshirish vazifalari hozirgi yangi O‘zbekistonda yaratilgan barcha shart- sharoitlardan
foydalanib, kelajagimiz poydevori bo‘lmish yosh avlodga hozirdanoq mustahkam bilim
berish, jamiyatdagi o‘rni va mavqeni ko‘tarish vazifalarini hozirdanoq bajarish ana shuni
taqozo qiladi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

1. I.A Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 yil. 38-bet
2. M.V

ох

id

о

v. B

о

l

а

l

а

r psi

хо

l

о

giyasi. T

о

shkent.1974 y.

3. V. Karimova. «Psixologiya» T.Sharq 2002 y. 144-bet
4. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of aggressive

behavior in adolescence.

Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali

,

4

(2), 122-125.

5. Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of Aggressive

Behavior in Teenagers during Globalization.

5. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of

psychological culture of students.

Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali

,

4

(2), 428-

431.

6. Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi

olish.

Образование

наука

и

инновационные

идеи

в

мире

,

39

(4), 56-58.

Bibliografik manbalar

I.A Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 yil. 38-bet

M.Vохidоv. Bоlаlаr psiхоlоgiyasi. Tоshkent.1974 y.

V. Karimova. «Psixologiya» T.Sharq 2002 y. 144-bet

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Psychological factors in the manifestation of aggressive

behavior in adolescence. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 122-125.

Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of Aggressive

Behavior in Teenagers during Globalization.

Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of

psychological culture of students. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 428-

Xosilbekovna, S. F. (2024). Psixologik holatlarga tushishni oldingi

olish. Образование наука и инновационные идеи в мире, 39(4), 56-58