“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
306
O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA “ 4 K ” MODELINING JORIY
ETILISHI VA UNING AHAMIYATI
Mamashokirova Fotima Kenjaboy qizi
ADPI talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “4K” modeli haqida umumiy tushunchalar,
O‘zbekiston ta’lim tizimida “4K” modelining qo‘llanilishi, bu modelning ahamiyatli taraflari
to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘z:
“4K” modeli, ta’lim tizimi,
kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash,
kritik (tanqidiy) fikrlash, innovatsiya, yondashuv, metodologiya, PISA, Platforma.
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini
takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha
muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari
yangidan “4K” modeli asosida tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan
o‘tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko‘proq
e’tibor qaratganmiz, diktantlar yozdirganmiz. Yangi tajriba bilan esa o‘quvchilarning
tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta olishiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ushbu yangi
zamonaviy maktab darsliklari innovatsion yondashuvni taqdim etadi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari
asosida ta’lim oladi. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K tamoyili
asosida ishlab chiqilganidadir. Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki
shunchaki o‘qish va yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi. Bugungi kunda ta’lim
muassasalarida sifatli ta’limni ta’minlash,o‘quvchilarni zamonaviy dars o‘tish metodikalari
va axborot texnalogiyalari orqali fanlarga qiziqtirish borasida qator islohotlar olib
borilmoqda. Hozirgi vaqtda o‘quvchilardan tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy
hamda ijodiy fikrlash, atrofidagi insonlar bilan sog‘lom hamkorlik qilish hamda
moslashuvchan bo‘lishi talab etiladi. Bunda ta’lim jarayoniga keng tatbiq etilayotgan “4K”
modeli o‘quvchilarga yordam beradi. “4K” boshlang‘ich sinflarda qo‘llanishi
boshlanayotgan yangi tamoyil hisoblanadi. “4K ” modeli o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z
ichiga oladi:
ü
Kollaboratsiya
ü
Kommunikativlik
ü
Kreativ fikrlash
ü
Kritik (tanqidiy) fikrlash
Kollaboratsiya:
Darsliklar
o‘quvchilarning
jamoada
ishlash
qobiliyatini
rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish,
samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga
ko‘maklashadi. O‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda dasr
jarayonlarida o‘quvchilar bilan umumiy maqsadlarni muhokama qilish, o‘z harakatlarini
jamoadoshlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, ma’lum bir maqsadga erishishda
jamoa bo‘lib harakat qilishga alohida urg‘u beriladi.
Kommunikativlik:
Darsliklar o‘quvchilarning boshqalar bilan muloqot qilish
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga,
suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli
foydalanishga o‘rganadi. O‘quvchilarda muloqot qilish ko‘nikmasini shakillantirishda
bolalarning muloqotdan cho‘chimaslik, suhbatdoshiga savollar berish va ularga javob berish
ko‘nikmasini shakillantirish, boshqa odamlarning fikrini tinglashni o‘rganish jihatlariga
alohida e’tibor beriladi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
307
Kreativ fikrlash:
O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni
qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda o‘quvchilarning tevarak atrofga
qiziqish, u haqida ko‘roq bilishga intilish va bunda axborotni mustaqil izlash, o‘z savollariga
javob topish qobilyatini shakillantirish ustunlik qiladi. Shu bilan birga o‘z maqsadlariga
yetishda samarali usullardan foydalanish, berilgan muammolarga samarli yechim topish,
yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish kreativ fikrlashning asosini tashkil etadi.
Kritik (tanqidiy) fikrlash:
Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy
baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga
oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va
mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. Tanqidiy fikrlashni
shakillantirish barobarida o‘quvchilarda tahlil va vazyatni tog‘ri baholash ko‘nikmalari ham
rivojlanadi. Shuningdek o‘quvchilarning o‘z o‘zini boshqarish va tekshirish, mulohaza
yuritish, mavjud muommoga turli nuqtai nazardan baho berish qobilyatini shakillantirishda
mazkur yo‘nalishning o‘rni katta.
Ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishni istasab, o‘quv
jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi
har bir dars o‘quvchilar faqat fan mazmunini o‘zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim
oladigan va qobiliyatini rivojlantiradigan jarayondir. Boshlang‘ich sinflar uchun yangi
darsliklar esa kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama rivojlantiribgina
qolmay, balki zamonaviy jamiyatga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarni ularda shakllantirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir. 4K modelining
4ta tamoyilini ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning
muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llaniladigan namunaviy topshiriqlar o‘rganib chiqildi va
asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA).
PISA dasturida 15 yoshli o‘quvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan
foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali
yechimlar, yutuqlar va ta‘savvurni ta'sirchan ko‘rinishlarga olib keladigan g‘oyalarni ishlab
chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobilyati deb ta'riflanadi.
O‘quv metodik komplekslar faol o‘quv jarayoni uchun to‘liq materiallar to‘plami: darsliklar,
mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar
uning yordamida o‘zlashtirgan materialni mustahkamlash bilan birga, mustaqil ravishda
dasturdan ilgarilab ketishlari ham mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, bolalar bir xillikdan zerikadi. Endi faqatgina
kreativ o‘ylagan insongina hammadan ajralib tura oladi.Ijodiy sermahsullik,bazaviy resurs
boshqacha qilib aytganda sohaga bog‘liq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik
ko‘nikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak bo‘ladigan
qobiliyatlar tayyor qo‘llanmalardan voz kecha olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Gafforov Ya. X. (2020). Methods for developing a system of teaching history
and increasing the effectiveness of history teaching.
Индия
. EPRA International
Journal of Multidisciplinary Research. 2020, 108.
2. G‘afforovYa.X. Maktab islohdagi
Мактаб
ислохдти
ва
укитиш
методларини
такомиллаштириш
. Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482.
3. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy
muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. No 1 (86). -S.5
4. Gafforov Ya. X. (2019). Technical approach in the education system.
International journal on Integrated Education. England. 2019. 40-41
