“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
304
DARSLARDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING
QO‘LLANISH AFZALLIKLARI
U.A.Alibekova
Andijon shahar 22-umumta’lim maktabi
birinchi toifali o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada p
е
dagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma,
malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. P
е
dagoglar tomonidan innovatsion
faoliyat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega
bo‘lishlari to‘g‘risida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
zamonaviy pedagogik texnologiya, an’anaviy ta’lim, o‘qituvchi
mahorati, pedagogik texnika, tashabbuskorlik
Yangi O‘zbekistonni yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida ta’lim
jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda.Shuningdek ta`lim-tarbiya borasida olib
borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini to‘laqonli anglab olmoq lozim. Bu
yo‘nalishlar:
Ø
ta`lim mazmunini, tizimini isloh qilish;
Ø
ta`lim- tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
Ø
ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta`lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini
shakllantirish;
Ø
nihoyat, bu tub islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik
texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Bularni hisobga olgan holda ta`lim sohasidagi islohatlar, erishilayotgan yutuqlar, yo‘l
qo‘yilayotgan kamchiliklar, xatolar; kamchiliklarni yuzaga keltirayotgan muammolarga
yuzlanamiz. “Nima sababdan kamchiliklar yuzaga kelyapti?” Biz aytib o‘tayotgan yangi
pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etishda o‘quvchi asosiy o‘rinda turishi, bosh
figura bosh rolda o‘quvchi bo‘lishi kerak. Bizda esa aksincha, o‘qituvchi bosh figura, u
axborot berish, darsni tezroq o‘tish, o‘quvchilarni tezroq o‘qitish bilan ovora. Ammo,
o‘quvchilarning qiziqishlari, bilim darajasi, yangiliklarni qabul qilish, tushunishi turlicha.
Buni hisobga olmoq kerak. Qanday bo‘lsa-da har bir o‘quvchini darsda faol ishtirok etishga
jalb etish darkor. An`anaviy tarzda o‘tilayotgan darslarda esa o‘quvchi passiv eshituvchi,
quloq soluvchi xolos, u o‘z fikri, mushohadasi bilan darsda ishtirok etmaydi. Bu darsning
kamchiliklarini ko‘rib chiqaylik:
- Darsning bir qolipdaligi; - Boshlang`ich ma’lumot berilib, uni o‘zlashtirish jarayoni uyga
reja, vazifa orqali amalga oshadi;
- O‘quvchilar passiv eshituvchi va mustaqilligi yo‘q;
- O‘quvchilar bir-biri bilan fikr almashmaydilar, nutqiy fikr almashuv amalga oshmaydi;
- Qayta aloqalar yo‘lga qo‘yilmaydi;
- Har bir faoliyat o‘rtacha o‘quvchiga yondashuv asosida kechadi;
- Ta’lim mazmuni asosan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Bu dars o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ma’suliyatini, javobgarlik hissini,
mustaqil xulosa chiqarish qobiliyatini susaytiradi. Muammoning yechimini topmoq uchun
nima qilmoq kerak?! Dars jarayonida, ta`lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi
kuch, ta`lim jarayoni bo‘lishi kerak, ya`ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilishda o‘quvchi faol
ishtirokchi bo‘lishi kerak. O‘qituvchi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rganishda, bilim berishdan
o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egalashlariga ko‘maklashish zarur. O‘qituvchi
o‘quvchini faol ishtirokchi bo‘lishi uchun muhit yaratishga va uni mas`uliyatni sezishga
yo‘llashi kerak.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
305
Ma`lumki, har bir dars uchun ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, ya`ni birbiri bilan
uzviy aloqada bo‘lgan uch yoqlama maqsad qo‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli, dars
ishtirokchilarining o‘zaro aloqalariga bo‘g`liq bo‘lib, yuqorida keltirilgan maqsadlarga
erishish o‘quv materiali xususiyatlariga, ta`lim metodlariga, o‘quv imkoniyatlari, o‘qituvchi
mahorati va texnikasiga bo‘g`liq. Bularning barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
o‘qituvchi rahnamoligida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi
mana shu samarali amalga oshirilsagina u o‘quv jarayoni deyiladi.
O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch-o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi
uchun ham ichki motivatsiya (diqqatni tortish, ichki tuyg`u, istak, zaruratini shakillatirish)
bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilar bilim olishga intilishi, bilim olishga ehtiyoji yuqori bo‘lishi
kerak. O‘quvchi real hayotga kirib borishi uchun bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga
ilmiy bilish metodlariga ega bo‘lishi kerakligini ongli ravishda tushunib yetishi lozim.
Chunki ochiq jamiyatning asosiy belgisi - bu dunyoni anglab yetish va unda o‘zining
munosib o‘rnini topish uchun erkin ishlash, izlanish demakdir. O‘qituvchidan o‘quvchilarga
tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va
ko‘nikmalarni, kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog`lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni
tarbiyalashda imkon beruvchi didaktik prinsip bu - ta`limdagi faollikdir. Bunday tizimda
o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ta`lim tarbiya jarayoniga birgalikda mas`uldir. Ular birgalikda
har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual intilish va ehtiyojlarini aniqlaydilar.
Bunday holatda o‘qituvchi faqat “baholovchi” emas, balki yangi bilim yetkazuvchi manbaga
aylanadi. Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta`lim
jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud.
Bunda ta`limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa boshlang`ich ta`lim
tizimidagi qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarning samaradorligi deganidir. Pedagogik
texnologiyaning boshqaruvchanligi – ishlangan model boshqa pedagoglar qo‘llaganda ham
yaxshi samara – natija berishi kerakligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda ta`lim jarayoniga
yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta`lim samarasi yangi -
samarali bosqichga ko‘tariladi. O‘quvchilarga dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay
muhit yaratiladi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr almashishlariga imkon beriladi. O‘zaro axborot
olish va berish uchun sharoit tug`diriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda
muhokama etadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari
asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish
hosil qiladilar. Bir-birlarini tushunib, balki qiziqish paydo bo‘lib, vaqt o‘tganini bilmay
qoladilar. Har bir ishtrokchi ta’lim mazmunini mualliflardek his etadilar. Ta’lim mazmunini
to‘la o‘zlashtiradilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugun biz o‘quvchiga “sen buni bilishing
shart” degan majburlovchi da`vatdan “menga bu zarur, men buni bilishga, uddalashga, uni
hayotga tadbiq etishga qodirman” degan bir ichki tuyg`u – xohish-istakni uyg`otishga harakat
qilmog`imiz zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik- har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil,
104 bet.
2. Xoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005
3. R.A. Mavlonova M. Arabova, G`. Salohitdinova “Pedagogik texnologiya”
Toshkent. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi. “Fan” nashriyoti. 2008 y.
4. J.G`.Yo‘ldoshev, F.Yo‘ldosheva, G.Yo‘ldosheva “Interfaol ta’lim sifat kafolati”
(Bolaga do‘stona munosabatdagi ta’lim) Toshkent-2008 y.
