Mualliflar

  • Sevara Maxammadjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74137

Kalit so‘zlar:

STEAM ta’limi integratsiya samaradorlik ta’lim berish fan

Annotasiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida STEAM ta’lim tizimini
qo‘llash usullari uning samaradorligi, qanday ta’lim sohalarida qo‘llash mumkinligi haqida
ma’lumotlar berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

293

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA STEAM TA’LIMINING QO‘LLANISHI

VA UNING SAMARADORLIGI

Maxammadjonova Sevara Fayzulla qizi

ADPI, Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida STEAM ta’lim tizimini

qo‘llash usullari uning samaradorligi, qanday ta’lim sohalarida qo‘llash mumkinligi haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

STEAM ta’limi, integratsiya, samaradorlik, ta’lim berish, fan,

texnologiya, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoniga ko‘ra innovatsion ta’lim jarayoniga o‘tish zamonaviy
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda intensive til, AKT va ta’lim berishning
yangi metodlarini o‘rganish, STEAM pedagogika asoslarini o‘zlashtirish, uchun zarur
bilimlar bazasini shakillantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi.

STEAM

texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro

munosib holda olib borishni taminlab beradi. O‘quvchi o‘zida nostandart fikrlash,
muammoga bir nechta yechim toppish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakillantiradi va bu
uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi.

STEAM bu

S-science, T-technology, E- engineering, A-art va M-math, ya’ni tabiiy

fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy
dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda

STEAM

tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda

. STEAM

ta’limi

yo‘nalishi va amliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim
tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.

STEAM

ta’limining asosiy g‘oyasi shundan

iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o‘rganish paytida biz nafaqat
miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan ham ishlashimiz kerak.

STEAM

ta’limi nafaqat o‘qitish

usuli, balki fikirlash tarzidir.

STEAM

ta’limi muhitida bolalar bilimga ega bo‘ladilar va

darhol undan foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun, ular o‘sib ulg‘ayganlarida va
hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim
o‘zgarishi bo‘ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib
va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu yerda faqat bitta mavzu
bo‘yicha bilimga tayanish yetarli emas.

STEAM

ta’lim tizimi birinchi marta AQSHda

qo‘llanilgan. Ba’zi maktablar o‘quvchilarini martabalarini etiborga olishadi va fan,
texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va

STEAM

tizimi shu tarzda shakillandi. O‘qituvchilar ushbu fanlardan egallangan bilimlar

kelajakda talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb
hisoblashadi. Oxir oqibqt, bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda
qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu
bilimlardan fikirlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak,

STEAM

yondashuvi bizni

olgan bilimlarni birlashtirishga o‘rgatadi.

STEAM ta’lim tizimining bir nechta asosiy vazifalari:

1.

STEAM ta’limi amaliy, loyihaga asoslangan ta’lim faoliyatiga urg‘u beradi, bunda

talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini haqiqiy dunyo muammolariga qo‘llaydilar. Ushbu
loyihalar ko‘pincha talabalarda hamkorlik qilish, tanqidiy fikirlash va yechim topish uchun
innovatsiyalarni talab qiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

294

2.

STEAM ta’lim tizimining yana bir vazifasi talabalarda ijodkorlik va

innovatsiyalarnirivojlantirishdir. O‘quv dasturiga san’at va dizaynni kiritish orqali talabalar
o‘zgacha fikir yuritishga, turli g‘oyalar bilan tajriba o‘tkazishga va muammolarning original
yechimlarini ishlab chiqishga undaydi.

3.

STEAM ta’limi o‘quvchilarni axborotni tahlil qilish, dalillarni baholash va mantiqiy

xulosalar chiqarishni talab qiladigan ochiq, so‘rovga asoslangan faoliyatga jalb qilish orqali
ularni tanqidiy fikirlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu talabalarga
muammoni hal qiluvchi va qaror qabul qiluvchi bo‘lishga yordam beradi.

Shuningdek

STEAM

metodikaning boshqa metodikalardan yana bir farqli jihati

auditoriyada qo‘llanilishdan tashqari talabalarni mustaqil ta’limni yakka tartibda emas balki
guruh-guruh bo‘lib amalga oshirish hamda talabalarni ijodkorlikda birlashtirishda. Bu
metodikani amalga oshirishda o‘qituvchi auditoriyada o‘tilgan mavzuni mustahkamlash yoki
kelgusi mavzuni o‘rganib kelish uchun bir nechta topshiriqlarni guruhlarga bo‘linib, o‘rganib
kelishni vazifa sifatida berishi kerak bo‘ladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida

STEAM

ta’lim tizimidan foydalanishdan maqsad talabalarga nafaqat ushbu fanlarning asoslarini
o‘rgatish, balki ularning ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish, hamkorlik va muloqotni
rivojlantirishdan iborat.

STEAM

ta’limida qanday amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin?

Ø

Dasturlash va kompyuter texnologiyalari ko‘nikmalari.

Ø

Muammoni hal qilish va tanqidiy fikirlash qobilyatlari.

Ø

Muhandislik tizimlari va uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalari.

Ø

Dizayn va ijodkorlik qobiliyati.

Ø

Matematik tahlil va statistika bo‘yicha ko‘nikmalar.

Ø

Guruhda muloqot va hamkorlik qobiliyatlari.

Ø

Ilmiy usullar va tadqiqotlar bilan ishlash malakalari.

Ø

Ma’lumotlarni tahlil qilish va axborot savodxonligi ko‘nikmalari

STEAM

ta’lim tizimi o‘quvchilarda dasturlash, muammolarni yechish, texnologiya,

dizayn, hisob-kitoblar, aloqa va ilmiy uslub kabi ko‘nikmalar to‘plamini rivojlantirishga
intiladi. Bu tez o‘zgaruvchan dunyoga muvaffaqiyatli moslasha oladigan va malakali
bitiruvchilarni yaratadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, STEAM ta’limi bilan bilan
shug‘ullanuvchi talabalar standartlashtirilgan testlardan yaxshiroq natijalarga erishadilar,
yuqori mativatsiya va faollik ko‘rsatadilar hamda oliy ta’lim va ishchi kuchiga yaxshiroq
tayyorlanishadi.

Xulosa:

STEAM kundalik hayotning ilmiy tadqiqot, texnika tarqqiyoti konsepsiyalari

bilan ta’limning integrativ yondashuvini taqozo etadi. Bunday yondashuvdan maqsad ta’lim
berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda
maktab, jamoatchilikni jalb qilish, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga
qaratilgan.

Fodalanilgan adabiyotlar:

1.

Maxmutazimova

Y.R.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarni

kommunikativ

kompetensiyalarini shakillantirish (STEAM ta’lim texnologiyasi asosida) “Turon Iqbol”
T;2021
2.

Preschool educational practice. Guidelines for preschool teachers. State of Israel

ministry of eduqation preschool eduqation division. 2010
3.

Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific

purposes research. The University of Michigan Press 2011.
4.

Jalilovna, M. M.(2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish

uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn
ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.

Bibliografik manbalar

Maxmutazimova Y.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kommunikativ

kompetensiyalarini shakillantirish (STEAM ta’lim texnologiyasi asosida) “Turon Iqbol”

T;2021

Preschool educational practice. Guidelines for preschool teachers. State of Israel

ministry of eduqation preschool eduqation division. 2010

Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific

purposes research. The University of Michigan Press 2011.

Jalilovna, M. M.(2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish

uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn

ilmiy jurnali, 4(2), 130-133.