Mualliflar

  • Sitora Azamova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74139

Kalit so‘zlar:

ekologiya globallashuv ekologik madaniyat biosfera ekologik ong

Annotasiya

Bugungi kunda ekologik inqirozning oldini olishda aholining ayniqsa,
o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasi, madaniyati va
ma’naviyatini hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Maqolada ekologik globallashuv sharoitida yoshlarda ekologik madaniyatni oshirishda ekologik tarbiyaning o‘rni haqida ma’lumot berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

286

EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TA’LIM

MUASSASALARIDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI VA

RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Azamova Sitora Ayonovna

Shahrisabz davlat

pedagogika instituti Ijtimoiy

fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Bugungi kunda ekologik inqirozning oldini olishda aholining ayniqsa,

o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasi, madaniyati va
ma’naviyatini hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Maqolada ekologik globallashuv
sharoitida yoshlarda ekologik madaniyatni oshirishda ekologik tarbiyaning o‘rni haqida
ma’lumot berilgan

.

Kalit so‘zlar:

ekologiya,globallashuv, ekologik madaniyat, biosfera, ekologik ong,

ehtiyoj, ekologik ta’lim, ma’naviyat,ekologik vaziyat.

Jahonda kechayotgan global o‘zgarishlar ekologik jarayonlarni avj oldirib yubordi.

Bugungi kunda ekologik ta’lim va tarbiyaning mushtarak-mujassam, uzluksiz, barcha
uchun tushunarli tizimini yaratish muammosi ham dolzarb bo‘lib turibdi. Kishilarda
ekologik madaniyatni tarbiyalash, ularning dam olishini, atrof-muhitni asrash borasidagi
faoliyatini tashkil etish masalalari kun tartibida turgan eng muhim muammolardan biridir

.

Keng jamoatchilikni ekologik savodxon qilish ish joylari, mahalla ayniqsa ommaviy axborot
vositalarining sa`y harakatlariga ko‘p jihatdan bog`liqdir. Buning uchun har bir gazeta va
jurnal sahifalarida televideniya, radio eshittirishlarida tabiat muhofazasi va aholi
salomatligini yaxshilash mavzusiga oid maxsus maqolalar chop qilib borish, joylarda va
berayotgan ekologik noxush hodisalarning kelib chiqish sabablarini ko‘rsatib o‘tish zarur.
Ekologik hatolar u tanbeh berish, tanqid qilish, noxush ekologik hodisalarning kelib
chiqishiga sababchi bo‘lgan shaxslarning qonuniy jazolashning joriy qilish vaqti endilikda
keldi. Xullas, tabiatga nisbatan shafqatsiz bo‘lganlarga matbuot, televideniya, radio, jazo
organlari orqali shafqatsiz bo‘lish maqsadga muvofiq. Ekologik jihatdan tartivsiz odamni
tegishli yo‘l bilan ya`ni qonun yo‘li orqali

tarbiyalash

ǁ

lozim. Ekologik savodxonlikni o‘rta

maktabda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki maktab yoshidagi
bola hayotga endi qadam qo‘yayotgan bo‘ladi. Ekologik ta`lim-tarbiya BMT va bu
tashkilotning YUNESKO va YUNEP ni ham diqqat markazidagi masaladir.
Mamalakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashda, atrof tabiiy muhitni asrab-avaylash
yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni yoshlarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu bois, maktab ta’limida ekologik ta’lim-tarbiyaga yanada katta e’tibor qaratilishi,
maktabgacha ta’limdan boshlab bolalarda ekologik tushunchalarni shakllantirib borish zarur.
Chunki,

yoshlar

ongida

ekologik

dunyoqarashni

shakllantirmasdan

va

uni

mastahkamlamasdan turib, ekologik barqarorlikka erishish qiyin. Ekologik ta’lim esa inson
faoliyatining barcha qirralariga ta’sir eta oladigan kuchga ega bo‘lishi darkor. Ekologik
ta’limda ekologik dunyoqarashni shakllantirishning eng muhim jihatlaridan biri bo‘lgan
inson bilan tabiat uyg‘unligiga amal qilinishiga erishish zarur. Bundan tashqari, zamonaviy
ekologik ta’lim shu jihatni e’tiborga olishi kerakki, bilim orqasidan darrov ungaishonch
tug‘ilmaydi, demak, ishonchdan harakatlar kelib chiqmaydi. Ma’lum hayvon va o‘simlik
turlari haqida bilim berish – bolalar ularni asrab-avaylashni boshlaydi, degani emas.
Zamonaviy ta’limning vazifalaridan biri – bu, istagan yo‘nalishda vaziyatni ijobiy tomonga
o‘zgartirish bo‘yicha harakatlarda mujassam topgan ekologik irodani tarbiyalash ham
hisoblanadi. Tabiat muhofazasini amalga oshirishda har qanday chora-tadbirlari qo‘llash


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

287

bilan birga aholining ekologik ongini va madaniyatini ham rivojlantirish muhim ahamiyat
kasb etadi. Ekologik ong, madaniyat tabiatni avaylab asraganda, unga ongli munosabatda
bo‘lganda, boyliklaridan me`yorida foydalanishda, noxush hodisalarning oldini olishda, eng
zaruri atrof-muhit doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Ekologik tarbiyalanmagan kishi
tabiatni e`zozlay olmaydi. Ekologik ta`lim tarbiyaning barchasi barobar zarurdir. Atrof-muhit
muhofazasida aholi ekologik ongning, madaniyatning ahamiyati – tabiat inson uchun yagona
makon, u odamni turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechak, uy-joy va boshqa zaruriy
buyumlar bilan ta`minlaydi. Ekologik ong – bu har bir insonning hayotiy faoliyatida atrof
tabiiy muhit uning yashash makoni ekanligini aniqlash darajasi. Ekologik ongni insonni har
doim ham ekologik madaniyatli deb bo‘lmaydi. Chunki ekologik barqarorlik zaruriyatini
anglash haqi uni inson o‘z faoliyatida tadbiq qildi, degan so‘z emas. Insonlarning ona tabiatga
nisbatan ekologik ongli faoliyatlari ularning ekologik madaniyatini belgilaydi.Ekologik
ta`lim-tarbiyani rivojlantirish uchun Jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar
o‘tkazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon, madaniyatli bo‘lishi va o‘z
faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta`lim-tarbiyani rivojlantirishga xissasini
qo‘shish lozimdir. O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta`lim-tarbiyani rivojlantirish
sohasida ma`lum tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizda ekologik ta`lim-tarbiya amalga
oshirishning uzluksiz konsepsiyasi ishlab chiqilga. Lekin bu borada hma kamchiliklar ham
ko‘p. Jumladan; O‘zbekiston Respublikasining

Tabiatni muhofaza qilish to‘g`risidagi

qonunida ushbu masalaga ham o‘rin berilgan. Ekologik axborot tizimi yashi shakllangan.
Atrof-muhit muhofazasi borasida ko‘pdan-ko‘p ilmiy-tadqiqot ishlari, kuzatishlar, nazorat
ishlari olib boriladi. Ko‘p sonli mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladigan mavzuli ekologik
ilmiy tadqiqotlar, monitoringlar natijasida butun respublika miqyosida juda ko‘p turli
axborotlar va ma`lumotlar yig`ildi. Har yilgi mazkur axborotlar yig`indisi katta hajmni
tashkil qiladi. Ularni bir tizimga solib foydalanish uchun qulay holatga keltirilsa,
ma`murayatlar bazasi vujudga keladi. Biroq turli muassasalarda bu nodir ahamiyati jihatidan
tengi yo‘q ma`lumotlar ko‘p hollarda foydalanish va ulardan tegishli ilmiy xulosalar
chiqarish uchun mazkur soha egalariga yetib bormaydi, qo‘sha-qo‘sha kulfatlar ortidagi temir
sandiqlarda qalashib yeta boradi. Unda ularni yig`ishni nima keragi bor. Ular asosida nafaqat
nufuzli ilmiy-texnika hisobotlar yoki oddiy hisobotlar tayyorlash, balki tegishli mavzularda
yirik monografiyalar, ilmiy maqolalar va xabarlar yozish, ilmiy hamda keng jamoatchilikka
yetkazsh maqsadga muvofiqdir. Ekologiya axborotlarining keng jamoatchilikka yetkazib
turishda aynan bir paytda ularning tabiat muhofazasida faol qatnashishlariga jalb qilishda
vaqtli matbuot, televideniya, radioning ahamiyati nihoyatda katta. Ekologik matbuotning
hududda ekologik vaziyatni xususiyatni aniqlovchi eng maqbul va samarali mezon
hisoblanadi. Muvozanatning holatiga qarab tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz berayotganligi
va buning natijasida nimalar sodir bo‘lishi mumkinligi to‘g`risida oqibatlarni bilib olish
mumkin. Tabiatda ekologik muvozanat juda nozik o‘zgaruvchan bo‘lib, uni tashkil qilgan
tabiat unsurlari va majmualari (landshaftlarning morfologik qismlari) ning o‘zaro
munosabatlari, aloqadorligi va o‘zaro ta`sirlari asosiy rivojlantuvchi omillar, kuchlar
hisoblanadi.Tabiat kishilik jamiyatining va taraqqiyotining barcha bosqichlarida insonning
hayotiy faoliyati uchun zaruriy energiya va moddalar manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Shuning uchun ham birinchi bobda koinot, atrof muhit, «birlamchi tabiat» va «ikkilamchi
tabiat», ekologiya, ekologik bilim, ekologik ong, ekologik e’tiqod, ekologik munosabat,
ekologik faoliyat, ekologik madaniyat, ekologik inqiroz, ijtimoiy ekologiya tushunchalari,
tabiat bilan jamiyat o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshiliklar tahlil etildi. jtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasini aks etdiradi. Jamiyat rivojlanish darajasini belgilab beruvchi
siyosiy munosabatlar majmuasi – insonning tabiatni muhofaza qilishdan iborat ekologik
faoliyatining asosi hisoblanadi. Bu holda ekologik munosabatlarning nisbatan mustaqilligi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

288

xususiy hodisa emas. Aslida «tabiat-jamiyat-inson» tizimidagi amaliy munosabatlar ekologik
siyosat yordamida boshqariladi. Shunga ko‘ra, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi amaliy
munosabatlarni, ekologik borliqni yalpi ekologik tafakkurdan, ekologik siyosatdan ayricha
olib qarash va o‘rganish mumkin emas. Zero, ekologik madaniyat shunchaki biror talafotni
bartaraf etuvchi tadbir bo‘lmasdan, insonlarning davr talabidagi komillik saviyasini
belgilovchi bir mezon bo‘lib qolmoqda. Ekologik madaniyat «tabiat-jamiyat-inson»
tizimidagi qismlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradigan, insoniyatga borliqdagi
barcha mavjudotlarning dialektik bog‘liqligini anglatadigan, atrof-muhit musaffoligini
saqlashga undaydigan va shu orqali butun koinotni tanazzuldan saqlashga xizmat qiladigan
falsafiy-axloqiy kategoriyadir. Muayyan hudud aholisining ko‘pligi yoki kamligi har doim
ham ekologik holatining yaxshi yoki yomonligini belgilayvermaydi. Chunki ayrim
rivojlangan mamlakatlarning aksariyat megapolislaridagi ekologik vaziyat o‘sha shaharlarda
yashayotgan aholining ekologik madaniyati yuksakligi tufayli barqarordir. Ekologik
madaniyat darajasining yuqori yoki pastligi, atrof-muhitga ta’siri o‘zini mahalliy,
mintaqaviy va global miqyoslarda namoyon qiladi. Xulosa Ekologik madaniyatning
shakllanishi-ekologik ong va tushunchasi shakllanishi bo‘lib, atroh-muhit bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lishdir. Ekologik madaniyatning asosiy g‘oyasi-inson va tabiat o‘rtasidagi
bog‘liqlik moddiy tomondan emas, balki ma'naviy jihatdan bo‘lishi kerak . Tabiatga zarar
bermaslik va global o‘ylash har bir insonning burchi bo‘lishi lozim. Yerda abadiy hayot
borishi uchun insoniyat o‘zi yashaydigan yerni doimo asrashi, qayta yashartirishi va ekologik
madaniyatni rivojlantirishi zarur. Ekologik tarbiya bolaning yoshligida to‘g‘ri berib borilishi
bugungi kunda asosiy vazifaga aylanib bormoqda. Ta'lim muassasalarida berilayotgan ta'lim-
tarbiya bilan birgalikda ekologik ongni rivojlantirib borish juda to‘g‘ri va dolzarb bo‘lgan
muammoning yechimi deyishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 392 b.
2. Mustafoyev S. Ekologik tarbiya – milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashning ajralmas qismi. // Fuqarolik jamiyati. T.: - 2018.

1. – 7 b.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-
sonli Qarori.
4. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Kayumova N.M., A’zamova M.N. Maktabgacha
pedagogika.// 5111800 - Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
darslik. – Toshkent, 2019.
5.

М

a

р

a

р

.O.

И

.

Эк

o

л

o

гическ

a

я

культур

a

в

с

o

временн

o

м

р

o

ссийск

o

м

o

бществе

.

A

вт

o

рефер

a

т

дис

.

д

o

кт

o

р

a

с

o

ци

o

л

o

гических

н

a

ук

. –

М

o

скв

a, 2012. – 41

с

.

6. . «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
https://lex.uz/docs/-107115.
7. Iqlim bo‘yicha xalqaro sammit o‘z ishini boshladi.// https://ittiloot.com, 2021, 23 aprel
8. Kamoliddin, A., & Iskandar, M. (2020). Geochemical barriers in irrigated soils and the
impact of them on plants. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 3082-
3089
9. Karimov I.A.

O‘zbekiston XXI asr bo‘sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari

va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent

O‘zbekiston, 1997 yil, 315 bet.

10. Dernqolts V. Berlin. 1975. WWW. Neture. P. 213.
11. Ziyomuxamedov B. Ekologiya va ma’naviyat. – T., 1997. – B. 4
12.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-
sonli Qarori.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

289

13. Azamova.S.A. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda ekologik tarbiyaning
samarali yo‘llari va bosqichlari // FarDu Ilmiy xabarlari.2023.-

6-B. 223-227.

14. Azamova.S.A. Ekologik globallashuv sharoitida ekologik tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojning
ustuvor vazifaga aylanishi. // NamDu Ilmiy axborotnomasi. 2023.-

5-B. 96-992.

15. Azamova.S.A. Ekologik tarbiya – maktab o‘quvchilari ekologik ongini yuksaltirishning
muhim ko‘rsatkichi. // Ilm sarchashmalari. 2024.-

2.- B. 93-96.

16. Azamova.S.A. Ekologik globalashuv sharoitida o‘quvchilar ekologik madaniyatini
shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari. // ADPI Ilmiy xabarnomasi.2024.-

1.- B.

38-41.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 392 b.

Mustafoyev S. Ekologik tarbiya – milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida

tarbiyalashning ajralmas qismi. // Fuqarolik jamiyati. T.: - 2018. № 1. – 7 b.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston

Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-

sonli Qarori.

Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Kayumova N.M., A’zamova M.N. Maktabgacha

pedagogika.// 5111800 - Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun

darslik. – Toshkent, 2019.

Мaрaр.O.И.Экoлoгическaя культурa в сoвременнoм рoссийскoм oбществе.

Aвтoреферaт дис.дoктoрa сoциoлoгических нaук. – Мoсквa, 2012. – 41 с.

. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.

Iqlim bo‘yicha xalqaro sammit o‘z ishini boshladi.// https://ittiloot.com, 2021, 23 aprel

Kamoliddin, A., & Iskandar, M. (2020). Geochemical barriers in irrigated soils and the

impact of them on plants. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 3082-

Karimov I.A. ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari

va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent ―O‘zbekiston, 1997 yil, 315 bet.

Dernqolts V. Berlin. 1975. WWW. Neture. P. 213.

Ziyomuxamedov B. Ekologiya va ma’naviyat. – T., 1997. – B. 4

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston

Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-

sonli Qarori.

Azamova.S.A. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda ekologik tarbiyaning

samarali yo‘llari va bosqichlari // FarDu Ilmiy xabarlari.2023.- №6-B. 223-227.

Azamova.S.A. Ekologik globallashuv sharoitida ekologik tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojning

ustuvor vazifaga aylanishi. // NamDu Ilmiy axborotnomasi. 2023.- №5-B. 96-992.

Azamova.S.A. Ekologik tarbiya – maktab o‘quvchilari ekologik ongini yuksaltirishning

muhim ko‘rsatkichi. // Ilm sarchashmalari. 2024.- №2.- B. 93-96.

Azamova.S.A. Ekologik globalashuv sharoitida o‘quvchilar ekologik madaniyatini

shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari. // ADPI Ilmiy xabarnomasi.2024.- №1.- B.

-41.