“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
284
ZAMONAVIY DARSLARNI TASHKIL ETISH - PEDAGOGIK MAHORATNI
OSHIRISHNING VOSITASI SIFATIDA
Umarjonova Malika
ADPI, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada o‘qituvchining zamonaviy dars jaroyinini qanday tashkil
qilishi kerakligi, darsga pedagogik mas'uliyat bilan yondashishi lozimligi, darslarda gi
uchrab turadigan xato va kamchiliklar yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
dars samaradorligi, tashhislash, bashoratlash, loyihalashtirish
(rejalashtirish).
Bugungi kunda zamonaviy
darsning samaradorligi o‘qituvchining puxta
tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan,
yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga
moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng
yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini
ta'minlash,
kompleks
chora-tadbirlarni
ishlab
chiqishdir.O‘qituvchining
darsga
tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash. bashoratlash.
loyihalashtirish (rejalashtirish).Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi,
o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak
mashg‘ulotning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga
olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Pedagogik jarayonda tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni
oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning
faoliyatlari va xulqlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilim donlik darajasi,
o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, mustahkamlash va
tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar
namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan
qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Lovihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini
yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga
kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi
o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotida keng
tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt
yetmaydi, ular shoshilinch beriladi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo‘lgan talablarda o‘zining aniq
ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
- fanning ilg`or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-
tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
- darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta`minlash;
- o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular
tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- o‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog`liqliklarni o‘rnatish;
- zarur bilim, konikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini
shakllantirish;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
285
- mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, yuqoridagi talablarga javob bera oladigan dars
tashkil qilish pedagogning mahoratiga, uning izlanishlariga, malakasiga bog‘liq. Agarda
o‘qituvchi hamma talablarga javob beradigan dars tashkil eta olsa u mukammal va zamon
talabiga mos pedagog bo‘la oladi.O‘qituvchi mahoratli bo‘lish bilan birga tajribaga, hamda
keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. U mas'uliyatli bo‘lishi, o‘quvchilarga e'tiborli
bo‘lishi,darsga to‘liq tayyorlangan holda kelishi, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob
berishi va o‘quvchining kelajagiga befarq bo‘lasligi kerak.Dars o‘tishda zamonaviy va
qiziqarli metodlardan foydalanish o‘quvchini o‘z darsiga qiziqtira olishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik T:SANO-
STANDART, 201
2. Pedagogika.// M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida, Darslik,- T.:Ozbekiston
Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
3. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T, Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi,
Darslik,- T.:Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
