Mualliflar

  • Feruza Qurbonova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Sadoqat G‘ulomova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Mubinabonu Oribjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74174

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta`lim ta`lim pedagogik yondashuvlar metod maktab

Annotasiya

Ushbu maqolada 2020-2025 yillarda xalq ta`lim tizimida inklyuziv ta`limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati, yuksaltirish masalalari hamda
inklyuziv ta`lim sharoitida ta`lim olayotgan bolalar uchun pedagogik yondashuvlar va nazariy hamda amaliy metodikalar qo‘llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

236

INKLYUZIV TA`LIM SHAROITIDA FANLARNI O‘QITISH JARAYONIGA

TADBIQ ETILGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Qurbonova Feruza

Maxamatjon qizi

ADPI, Pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi

G‘ulomova Sadoqat Murodjon qizi,

Oribjonova Mubinabonu Ilhomjon

qizi

“Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari”

yo‘nalishi 2-bosqich talabalari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 2020-2025 yillarda xalq ta`lim tizimida inklyuziv

ta`limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati, yuksaltirish masalalari hamda
inklyuziv ta`lim sharoitida ta`lim olayotgan bolalar uchun pedagogik yondashuvlar va
nazariy hamda amaliy metodikalar qo‘llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta`lim, ta`lim, pedagogik yondashuvlar, metod, maktab,

imkoniyati cheklangan bolalar, muammolar.

Inkulyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil

sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan
bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF- 5712-son farmoniga muvofiq O‘zbekistonda
inklyuziv Ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya
berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigon ta’lim xizmatlari sifatini
yaxshilash maqsadidad:

2020-2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli
ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim tarbiyasida teng
huquqiylik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo
bugungi kunda juda ham ko‘plab bolalar turli xildagi sabab va muammolarga ko‘ra ta’limdan
chetta qolmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy ilmiy- uslibiy choralarini
ko‘rib chiqish ya’ni mutaxasislarini tayyorlash malakasini oshirishga doir chora tadbirlar
ishlab chiqish lozim. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ham sog‘lom tengdoshlari bilan
yonma- yon o‘qish, ta’lim olish huquqiga egadirlar.Inklyuziv ta’lim rasmiy ta’lim
tushunchasidan ancha kengroq. Bu ta’limda ko‘proq o‘qishda o‘rganishda imkoniyati
cheklangan bolar bilan ishlaydi. Yangi qabul qilingan qonunda keltirilganidek umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida har bir sinfda nogironli bo‘lgan bolalar ta’lim tarbiya olishi va ularga
barcha qulayliklar yaratib berilishi hamda ularga biriktirilgan pedagoglarning inklyuziv
tafakkurga ega bo‘lishi va ta’lim sifati ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishi shart, deb qayd
qilib o‘tib ketilgan.

Kelgusida biz ham maktablarga malakali pedagog sifatida o‘quvchilarga ta’lim tarbiya

berish uchun boramiz . Har bir yangi pedagogka yangi sinflar biriktiriladi u hoh sog‘lom
bolalar sinifi hoh inklyuziv sinf bo‘lishidan qatiy nazar. Agar biz tahsil berayotgan sinfda
nogironli bo‘lgan bolalar bo‘lsa ularga o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda fan doirasidan
amaliy tipshiriqlar berish zarur. Masalan: Kar-soqovligi bor bolalar uchun

“Geografiya va

uni o‘qitish”

metodikasida - ularga dars berish jarayonida audio manbalar va ko‘rgazmali

qurollar orqali tushuntirilasa bolada o‘qish holatidan ko‘ra, ko‘rib o‘rgatgan ma’lumot va


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

237

bilimlari ko‘proq esda qoladi. Nogironli bo‘lgan bolalarga asosan nazariy jihatdan ko‘ra
amaliy bilimlar berish ularni yanada tezroq bilim olishiga yordam beradi. Ularga nazariy
bilimlarni sog‘lom bolalar bilan birga berib turib amaliy darslarni ular uchun alohida tashkil
etish maqsadga muvofiq. Chunki sog‘lom bola bu bolalarga qaraganda bilim olish darajasi
tez bo‘lganligi uchun amaliy dars jarayonlarini o‘rganish nogironligi bor bolalar uchun qiyin
tuyulishi mumkin. Amaliy dars mashg‘ulotlarini inklyuziv ta’lim jarayonidagi bolalar uchun

“Geografiya va uni o‘qitish”

metodikasidagi turli metodlar orqali masalan: nogironligi

bo‘lgan bola uchun

Materiklar va okeanlar -

mavzusini tushuntirishda bolaga tabiiy

holatda biror bir materik hududini yasab o‘rgatsa bolada qiziquvchanlik darajasi oshishi
mumkin. Agarda u oyoqlaridan ayrilgan bo‘lsa o‘sha tasvirlayotgan hududiga borolmasligi
mumkin. Shuning uchun bola o‘z tasavvur va talablaridan kelib chiqqan holatda fanga oid
materiklar maketlarini yasashi ham mumki. Inklyuziv ta’limning asosiy moohiyati shundaki
nogironligi bo‘lgan bolarni ruhan qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga qo‘shish hamda
sog‘lom bolalar qatori ta’lim olishini taminlashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi

PQ-4860-soni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

www.edu.uz.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi

PQ-4860-soni.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

www.edu.uz.