Mualliflar

  • Gulsanamxon Asqarova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Munavvarxon Abdumutaliyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74175

Kalit so‘zlar:

shaxs korreksion sinf internat korreksiya pedagog

Annotasiya

Ushbu maqolada Inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflar o‘quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta’lim olishlari uchun maxsus sharoitlar
yaratilgan maktablarda tashkil etilishi. Inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflar tashkil etilgan maktablar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi
hamda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan metodik taminlanishi va
muvofiqlashtirilishi haqida bayon etilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

233

TURLI DARAJADAGI INTELLEKTUAL YETISHMOVCHILIGI BO‘LGAN

BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM STRATEGIYALARI VA ULARNI

AMALGA OSHIRISH SHART-SHAROITLARI

Asqarova Gulsanamxon Mirzaabdulla qizi

Abdumutaliyeva Munavvarxon Numonjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 2 –bosqich

202 – guruh talabalari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion

sinflar o‘quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta’lim olishlari uchun maxsus sharoitlar
yaratilgan maktablarda tashkil etilishi. Inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflar tashkil etilgan maktablar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi
hamda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan metodik taminlanishi va
muvofiqlashtirilishi haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: i

nklyuziv ta’lim, shaxs, korreksion sinf, internat, korreksiya, pedagog,

individual, psixonevrolog.

O‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga

qabul qilish o‘quv yili boshlanguncha hamda o‘quv yili davomida amalga oshiriladi va
maktab direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Inklyuziv ta’lim sinflari va
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga yo‘llangan har bir o‘quvchiga ota-onalari yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi
va maktab rahbariyatiga taqdim etiladi.O‘quvchining shaxsiy hujjatlar yig‘majildida
quyidagi hujjatlar bo‘ladi:

Ø

Ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;

Ø

Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosaci;

Ø

Ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan

bolalar uchun);

Ø

O‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-

atvori, o‘quvchiga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim
muassasalarida o‘qiyotgan bolalar uchun);

Ø

O‘quvchining yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan,

uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma.

Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga quyidagi

toifadagi bolalar qabul qilinadi: eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (eshitish qobiliyatining
yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rish qobiliyatining buzilishi 0,1 gacha bo‘lgan
rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar); somatik kasalliklar (psixofizik va
nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos kelmaydigan bolalar)nutqida og‘ir nuqsonlar
bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi
sustlik, duduqlanish); tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar serebral
falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputasiya, bo‘y o‘sishining
yetishmovchiligi — pakanalik); aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch-xarakat
tizimidagi buzilishi bo‘lgan bolalar; aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

234

orqada qolgan bolalar (o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik
aravachasida harakatlana oladigan bolalar serebral falaji);

O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'iy nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim

maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan
pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning
boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu
borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:

·

alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta'lim

muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan

;

·

alohida

ta'lim

ehtiyojlari

bo‘lgan

bolalar

o‘qitiladigan

ta'lim

muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga
mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta'minlanmagan;

·

alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv

ta'lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini
olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan
farzandlarini umumta'lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma'lumotga
ega emas;

·

alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilish bilan

bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan
yetarli e'tibor qaratilmayapti;

·

pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta'lim berish

metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;

·

pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta'lim dasturlari

kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy
tayyorgarlik sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Xulosa qilib aytganda inklyuziv ta'lim - bu nogiron bolalar uchun maxsus ochilgan

alohida sinfda tuzatish va reabilitatsiya qilish emas. Bu bolalarning qobiliyatlari,
yutuqlari va individual ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, oqilona turar
joy bilan ta'minlash uchun individual yordam xizmatlaridir. Buning uchun asosiy to‘siq -
bu ko‘pchilikning ongida stigmaning oqibati bo‘lgan alohida ehtiyojli bolalarning
salohiyatiga ishonch yo‘qligi. Ammo biz doimo yodda tutishimiz kerak: xilma-xillik inson
hayotining barcha jabhalarini yaxshilaydi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

235

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. ‘’Bola huquqlari kafolatlati’’. Toshkent 2008 yil. OOO “Kvinta Print” MChJ

bosmaxonasi.

2. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya 1989 y.
3. Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish

ǁ

mavzusidagi

ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-

Uzinkomsentr.-2002 yil.

4. Ta’lim hamma uchun. Milliy dastur rejasi-Toshkent-2003 yil.
5. Xalqaro forum materiallari. -Toshkent - Respublika bolalarni ijtimoiy

adaptatsiyalash - 2005 yil.

6. Aleynikova S.A. Mejdunarodnaya konferensiya “Problem

ы

vnedreniya

inklyuzivnogo obrazovaniya i sposob

ы

ix resheniya” Defektologiya

2, 2002g.

Bibliografik manbalar

‘’Bola huquqlari kafolatlati’’. Toshkent 2008 yil. OOO “Kvinta Print” MChJ

bosmaxonasi.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya 1989 y.

Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirishǁ mavzusidagi

ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-―Uzinkomsentr.-2002 yil.

Ta’lim hamma uchun. Milliy dastur rejasi-Toshkent-2003 yil.

Xalqaro forum materiallari. -Toshkent - Respublika bolalarni ijtimoiy

adaptatsiyalash - 2005 yil.

Aleynikova S.A. Mejdunarodnaya konferensiya “Problemы vnedreniya

inklyuzivnogo obrazovaniya i sposobы ix resheniya” Defektologiya №2, 2002g.