Mualliflar

  • Diyoraxon Ergashova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74184

Kalit so‘zlar:

globallashuv yoshlar axborot axborot psixologik xavfsizlik svilizatsiya

Annotasiya

Ushbu maqolada kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yoshlar va ularda
axborot psixologik xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratiladi. Yoshlar va ularning axborot
psixologik xavfsizligi tushunchasi va mohiyati yoritib beriladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

639

YOSHLAR VA AXBOROT PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI MASALALARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi yo‘nalishi 203-guruh talabasi

Ergashova Diyoraxon

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yoshlar va ularda

axborot psixologik xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratiladi. Yoshlar va ularning axborot
psixologik xavfsizligi tushunchasi va mohiyati yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, yoshlar, axborot,axborot psixologik xavfsizlik,

svilizatsiya, axborot huruji.

Annotation:

This article focuses on young people, who are the creators of our

future, and the issues of information psychological security in them.

Key words:

globalization, youth information, information support, civilization,

information crisis.

Аннотация

:

Данная

статья

посвящена

молодым

людям

,

которые

являются

творцами

нашего

будущего

,

и

вопросам

информационной

психологической

безопасности

у

них

.

Ключевые

слова

:

глобализация

,

молодежь

,

информация

,

информационная

психологическая

безопасность

,

цивилизация

,

информационный

кризис

.

Bugun biz XXI asr globallashuv jarayonida yoshlar va axborot psixologik xavfsizligi

haqida so‘z yuritganda avvalambor Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi -
“Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot,
Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon
axborot maydoni tobora kengayob borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini
faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning
atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu
maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va
erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va
bu yo‘lda hech qachon qaytmaymiz”

1

gaplarini e’tirof etamiz. Axborot asri bevosita

globallashuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ushbu atamaga izoh berish maqsadga
muvofiqdir. Bugun tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv har bir davlat, xalq,
millat, yoxud insoniyat ongida, ma’naviyatida o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etmoqda.
Globallashuv jarayonidan chetda turaman degan davlatlar uning ta’siriga ko‘proq tushib
qolmoqda. Mana shunday sharoitda dunyoning har bir davlati qolaversa bizning yurtimizda
ham ertangi kun kelajagimiz poydevori, bunyodkori bo‘lgan yoshlarimizni turli xil axborot
hurujlari ta’siriga tushib qolmasliklari, axborot psixologik xavfsizligi masalalariga e’tibor
yanada kuchaygan. Chunki har bir mamlakatning taraqqiyot poydevori bu o‘sha
mamlakatning-yoshlari.

Axborotning globallashuviga kelsak, bu tushuncha zamonaviy axborot

texnologiyalaridan foydalanib, ma’lum bir mamlakat doirasida va alohida davlat manfaatini
himoya qiluvchi axborotlarni ishlab chiqish va butun dunyo bo‘ylab tarqatishdir. Bugungi
kunda yurtimizda axborot psixologik xavfsizligi deganda, fuqarolarimiz, ularning alohida
guruhlari va ijtimoiy qatlamlari, shuningdek umuman olganda aholini salbiy axborot-
psixologik ta’sirlardan muhofaza qilinganlik holatiga aytiladi.

Har bir shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi haqida so‘z borganda

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunning 13-moddasida “shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin
foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarni


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

640

saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish
yo‘li bilan taminlanadi”

2

deb belgilab o‘tilgan. Axborot xavfsizligi tushunchasi

davlatimizning oliy bosh qomusi bo‘lgan konstitutsiyamizda ham keltirib o‘tilgan.Axborot
psixologik xavfsizlik, avvalambor kishining ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali uni o‘z
aqidalaridan, e’tiqodidan ayiradigan turli xil buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Axborot
psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa hamda unga qarshi choralar ko‘rilmasa turli xil salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasining mohiyatiga to‘xtalsak, muayyan

inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib ketib, yaxlit umumiy insoniyat, butun kishilik
taqdiri bilan bog‘liq global masalalarni qamrab oladigan, hozirgacha mavjud bo‘lib kelgan
global muammolarni eng tajovuzkor, buzg‘unchi ko‘rinishidir.

Ayni damda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari axborot olish va almashish,

jamiyatning ahvoli va xalqaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishida keng imkoniyatlarni
ochadi.

Bugungi kunda endi rivojlanayotgan, shakllanayotgan o‘sib kelayotgan yosh

avlod ertamiz kelajaklarini turli axborotlarning salbiy ta’siridan himoya qilish
mamlakatimizning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.Shunday ekan yoshlar har bir
millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy e’tibor berilishi kerakligini anglatadi. Bugungi
kunda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib bormoqdaki, ushbu texnologiyalardan
foydalanishda yoshni ahamiyati qolmadi. Globallashuv sharoitida yoshlarni turli xil
tahdidlardan asrash, ularning axborot xavfsizligini ta’minlash davlatimiz oldidagi eng muhim
masala sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008

2. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi.12.12.2002
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023.
4. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-y

Bibliografik manbalar

I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi.12.12.2002

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-y