“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
633
O‘SMIRLIK DAVRIDA INTERNET TARMOG‘IGA TOBELIK
Andijon shahor 40-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi kadrlar bo‘yicha menejer Asqarova Oybarchin
Annotatsiya:
Ushbu maqola o‘sib kelayotgsn o‘smirlar o‘rtasida internet tarmog‘ida
no‘g‘ri foydalanish o‘smirlar tarbiyasining psixologik jihatlari, ularning ma’naviy-xulqiy
dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri bo‘lmish ijtimoiy tarmoqning psixologik
jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Kalit so‘zlar:
O‘smirlik davri, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy tarmoq vertual olam
kibersport.
Bugungi axborot tasrida dunyoning bir nuqtasida yuz berayotgan voqea va hodisalar
to‘g‘risida boshqa bir nuqtada turib xabardor bo‘lish mumkinligi hech kimga sir emas. Bu
esa dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarning yanada globallashuviga imkon yaratib
bermoqda. Axborot asrida yoshlar ongiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi bu kabi tashqi va ichki
omillar oqibatida, hali o‘z imkoniyatlarini to‘liq anglab yetmagan yosh avlod o‘rtasida
noxush xolatlarning bo‘lib turganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni uchratamiz. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “ Harakatlar strategiyasi
” da keltirib o‘tilgan qator yo‘nalishlari doirasining to‘rtinchi ya’ni “ Ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ”ning to‘rtinchi bandida ham ta’lim va fan sohasini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunonchi, komputer texnikasi va o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish kabi muhim ko‘rsatmalar berilgan. Bunga yana
shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy
sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni
ilgari surildi. Ushbu besh tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida komputer
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shu o‘rinda
Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi fikrini keltirib o‘tmoqchimiz: “ Tarbiya – Pedagogika,
ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya
qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak,
yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdir”.
Erta o‘smirlik davrida shaxsiyat rivojlanishining shakllanish darajasi va ularning
keyingi rivojlanishi ko‘p jihatdan shaxsning hayot yo‘lini belgilaydi, shaxsiyatning yangi
shakllarining paydo bo‘lishi uchun asosdir. O‘yin kompyuteriga qaramlikning yosh
o‘smirning aqliy va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri muammosi yetarlicha o‘rganilmagan.
Psixologik tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, yosh o‘smirlik davrida kompyuter o‘yinlariga
qaramlikning xususiyatlarini aniqlaydigan psixologik omillar, shartlar va mexanizmlar
masalasi
yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Zamonaviy bolalar kompyuter o‘yinlari olami
hamda ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o‘sib, ulg‘aymoqda. Bu quvonarli hol
albatta. Biroq har narsaning me‘yori bo‘lmogi zarur. Bolalar virtual olamning haqiqiy olam
emasligini bilib borishlari shart. Ba‘zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning
ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar. Bolalar va o‘smirlar
Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga duch
kelishlari mumkin. Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan bola va o‘smirni o‘ziga ko‘proq
jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda
shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg‘onishi barchaga ma‘lum. O‘smirlar tarmoqdagi
nosog‘lom turmush tarzidan axborot beruvchi ayrim manbalarga duch kelsalar, yanada
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
634
qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e‘tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas. Shu sababdan
kattalar farzand tug‘ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish,
pichoq, qaychi kabi o‘tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari
kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan
to‘g‘ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur. Albatta, Internet tarmog‘i
manbalari zamonamiz o‘smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim
jihatlariga ko‘ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta‘sir ko‘rsatishi ham
mumkinligini unutmasligimiz zarur.
Yaqindagina ota-onalar bolalarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog‘lanib
qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda bu xavfga
yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi. Bolalar va o‘smirlarning hovli va ko‘chalardagi
muloqotlari hozirda haqiqiy hayotdan asosan, aynan, cheti- chegarasi yo‘q ijtimoiy
tarmoqlarga ko‘chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga shunisi bilan ham qiziqroqki, avvolo,
tarmoqda o‘zlariga ko‘proq «do‘st» orttirish imkoni mavjud. Tarmoqda muloqot qilarkan,
bolalar o‘zlarini omadli bola qilib ko‘rsata oladilar. O‘zgalar rolida o‘zlarini taqdim etib, turli
yolg‘on dunyolarga berilib ketadilar. Uyatchang va tortinchoq bolalar uchun ehtimol
tarmoqdagi muloqotlarning foydali jihatlari bordir, vaqti kelib, haqiqiy hayotda bu
muloqotlar o‘z samarasini berishi ham mumkin.
Shunday ekan ma’naviy tarbiyasi yuzasidan taklif etuvchi muayyan axloqiy fazilatlar
yoshlarda kelajakka nisbatan ishonch hislarini to‘g‘ri shakllanishida va ularning barkamol
bo‘lib unib-o‘sishida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. O‘sib borayotgan shaxsning
ma’naviy tarbiyasini shakllantirish muammosi ko‘p qirrali bo‘lganligi uchun, ushbu
tushunchani din psixologiyasi, pedagogik psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, differensial
psixologiya kabi psixologiyaning turli tarmoqlari o‘rganib kelmoqda.
“Shaxsning ichki ma’naviy dunyosi ma’naviy ehtyoj, ma’naviy qiziqish va faoliyat,
ma’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iboratdir.” Ko‘pgina psixologlar inson
ma’naviy tarbiyasining asosini hissiyot, iroda, hayol, motivlar, bilimlar va shu kabi bir qator
xususiyatlaridan iborat deb bilishadi. Shu o‘rinda yoshlar hayotida yuqoridagi barcha
xususiyatlarni birlashtirib turadigan yetakchi va sog‘lom tarbiyaning asosi nimada degan
savolga javob berish muhim ahamiyatga ega.
Bizning fikrimizcha, kompyuter o‘yinlariga qaramlik fenomenini o‘rganish o‘smirlik
davrida, o‘z-o‘zini bilish va o‘z taqdirini o‘zi belgilash zarurati paydo bo‘lganda,
tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo muloqot jadal shakllangan, mantiqiy va nazariy
fikrlash rivojlanayotganda alohida ahamiyatga ega, sifat o‘zgarishlar tengdoshlarni
baholashda, shuningdek, kattalar bilan munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jamiyatimizning katta va kichik a’zolarida
ayniqsa, yoshlar onggida ma’naviy tarbiyani shakllantirishda milliy va ma’naviy
qadriyatlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat taraqqiyoti keng
dunyoqarashli, qobiliyatli, iste’dodli kadrlar orqali yuz beradi. Yoshlar dunyoqarashining
yuksalishi natijasida ularning o‘z kuchi, imkoniyati bilan ozod va obod vatan, erkin va
farovon hayot, demokratik, fuqarolik jamiyati qurishga bo‘lgan ishonchi kuchayadi. Har bir
mamlakat o‘z milliy taraqqiyotida yetishib kelayotgan avlodining ko‘plab fazilatlarni qamrab
olgan ijtimoiy psixologiyasiga tayanadiIjtimoiy tarmoq yutuqlaridan foydalanish barobarida
yosh avlodning ma’naviy dunyosini shakllantiruvchi tarbiya metodlaridan foydalanish
lozimligi begungi kunning ham e’tiborga molik jabhalaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
E.G‘oziev. Ontogenez psixologiyasi-Nazariy-eksperimental tahlil. Monografiya-
Toshkent:
Ўз
.
Мил
.
Универ
., 2010.-
Б
222
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
635
2.
E.G‘oziev. Umumiy psixologiya-Toshkent:
Ўз
.
Мил
.
Универ
., 2012.-
Б
312
3.
T.S.Safarov va boshq.“Informatika va axborot texnologiyalari”- O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti,Toshkent-2006. B-37.
4.
P.I.Ivanov “Umumiy psixologiya”-Toshkent, “O‘qituvchi”.
5.
O.Sodiqova, S.Madaliyeva-“Psixologiya”-Toshkent-2010. B.248.
https://kun.uz.
6. Xosilbekovna, S. F. (2024). SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL
DETERMINANTS OF INCREASING WOMEN'S LABOR EFFICIENCY ARE
RELATED TO THE TOPIC.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI
,
4
(2), 440-443.
