“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
618
BO‘LAJAK BOSHLANGICH SINF O‘QITUVCHILARI VA O‘QUVCHILARINING
O‘ZIGA HOS HUSUSIYATLARI
ADPI pedagogika va psixologiya
kafedrasi o‘qituvchisi
Xo‘jamov Bek Alimovich
Annatatsiya:
mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf oqituvchilari va o‘quvchilarining
o‘zaro munosabatlari hamda ularning individual psixologik xususiyatlari, yoshga hos xususiyatlari
haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kalit so‘zlar:
ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, kichik maktab yoshi, axloq, ong, qiziqish, jamoa, or-
nomus, mehr-oqibat
Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy
fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz va biz
bolalarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy - ahloqiy jihatdan yetuk, jismonan
sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur. Buninh uchun o‘zgarishlarni
o‘zimizdan boshlamog‘imiz zarur. Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor
qilinmasa, kelajak boy beriladi. Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus,
mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida
tarbiya yotadi. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish ishlarini
o‘qituvchilar amalga oshiradilar. Shu bois bo‘lajak o‘qituvchilar har tomonlama bilimli va yosh
davrlariga hos pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur bilmogi zarur. Ayniqsa qaysi yosh yoki
qaysi sinf bilan ishlasa o‘sha o‘quvchilarning psixologik hususiyatlari, holatlari va qiziqishlarini
bilishi va ta’lim jarayonida ularni inobatga olib yondashishi kerak.
Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi ahamiyatli hisoblanadi.
O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida
to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfi va boshqa
jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Yangi faoliyatga o‘tish o‘quvchi
bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U
o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi
shartligini anglaydi. O‘zini haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo
bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida
muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi va
bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bo‘lgan yaxshi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham,
lekin u o‘zini
―
Menligini his qiladi. O‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uyga berilgan
vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni anglab yetadi. Bu yoshdagi bolalarni
maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu
qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham
namoyon bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun
tashvishlanish kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy
faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bo‘lish uchun o‘qishning
muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini
bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar
hisoblanadi. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan
qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha,
dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar
hosil bo‘ladi. III - IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro
bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi
qator salbiy xarakteristikalari ham mavjud. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:
-yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;
- qatiy emas, vaziyatli;
-tez qondiriladi va ustozning qo‘llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
619
-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga
keltiradi;
– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun
yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi;
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi belgilarigagina qarab
umumlashtirish;
-o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga yo‘nalganligi.
Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan
qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi,
ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni yengishga harakati emas, balki natija
baholaniladi). Bularning barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli darajada
rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning shu kabi pedagogik va psixologik
hususiyatlarini yaxshi bilmog‘i kerak. Chunki o‘quvchi qiziqishlari va psixologik holatlar va
hususiyatlari doimiy ravishda o‘zgarib boradi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu
o‘quvchilarni
―
o‘qishga, bilim olishga o‘rgatishdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik
rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining
ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi. Kichik maktab davrida hayot
uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-
o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi
rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan
munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan
munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida
foydalanishlari mumkin. I – IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, turli materiallardan har
xil buyumlar yasash, o‘simliklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha
ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.
ADABIYOTLAR:
1. SH.A.Do‘stmuhamedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova, SH.K.Karimova, SH.T.Alimbaeva.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. darslik T- 2013
2. Amonashvili Sh.A.Obuchenie.Otsenka.Otmetka. –M., 1980.
3. Anan’ev B.G. Izbrann
ы
e psixologicheskie trud
ы
. :V 2 t.-M. 1980.T 2.
4. M.G.Davletshin va boshqalar "Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya" T.TDPU. 2009.
5. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. Izd. vtoroe, dop., ispr.
i pererab. - M.: Logos, 2002.- 384 s.
