“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
616
YETUKLIK DAVRIDA XULQ - ATROFDAGI O‘ZGARISHLAR.
ADPI Urayimjonova O‘lmasxon
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yetuklik davrida sodir bo‘ladigan ijtimoiy o‘zgarishlar,
organizmdagi fiziologik holatlar, bilish jarayonlarining o‘zgarib turishi haqida ma'lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
akne, psixika, akmeologiya, inqiroz, bilish jarayonlari.
Ma’lumki, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo‘ljallangan
fanlardan biri psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida
tadbiq etish ko‘lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganidan dalolat beradi. Xudi
shu bois psixolog mutaxasislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmlarning ko‘payishi ularning hozirgi zamon
talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo etmoqda. Istiqlol sharofati tufayli ilmiy
yondashuvlar oldingi metadologik muommolarga xolisona munosabatda bo‘lish imkoni vujudga
keladi.Shu munosabati bilan bugungi kunda yurtimizda psixologik ilmiy izlanishhlar kun sayin
jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan biz bugun so‘z yuritadigan yetuklik davri haqida ham ko‘lab
ilmiy tadqiqotlar mavjud.
Yetuklik davri ancha murakkab davrdir, bu davrda shaxs ham jismoniy, ijtimoiy jihatdan
yetuklikka yetgan, jamiyat fuqarosi hamda saylash huquqini qo‘lga kiritgan bo
ʻ
ladi. Bu davrda
shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizlar kishining ruhiy dunyoqarashiga qattiq
ta'sir etadi.Natijada unda takabburlik, mag‘rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida yosh o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib hozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX-asr
boshlaridagiga nisbatan, qariyb bir yarim ikki marta o‘zgarganini o‘z ifodasini topgan. Qadimgi
greklar yetuklik davrini "akne" deb atashgan, cho‘qqi, oliy bosqich, gullagan davr degan ma'nolarni
anglatadi.[1.118b] A. Nafar. Ribnikov "1920 - yillarda katta odamlarning rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini akmeologiya"[1. 117b] deb atagan. Bu g
ʻ
oya so
ʻ
nggi 10
yillikda akmeologiyaning insonni yetuklik davridagi rivojlanish qonuniyatlari va mexanizmlarini
o‘rganadigan mustaqil, ilmiy fanga aylanishiga sabab bo‘ldi. Yetuklik davri asosan, uch bosqichda
namoyon bo
ʻ
ladi.
1-bosqich: Ilk yetuklik davri
2- bosqich: O‘rta yetuklik davri
3- bosqich: keksalik davri
Ilk yetuklik ya'ni yoshlik davri 23 - 28 yoshlardan iborat bo
ʻ
lib, bu davrning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol
ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat. Yoshlik davri
insonning kuch - quvvatga, orzu - havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy
imkoniyatlarga boy davridir. Yoshlik davrida yigit - qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik
mexanizm ta'sir ko‘rsatadi:
1) mehnat jamoasi;
2)oila muhiti;
3)ulfatlar davrasi;
Bu jarayonlar ya'ni yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvi, ijtimoiy faoliyatga kirishishini
eng yuqori cho‘qissi 25 yosh deb belgilanadi.[2.199b] Olimimiz V.Shevuk ham bu yosh bo‘yicha o‘z
fikrlarini bildirib o‘tkan. Ilk yetuklik ya'ni yoshlik bosqichida yoshlar asosan, saylov huquqiga ega
bo
ʻ
lishi, to‘liq huquqiy va iqtisodiy javobgarligi, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan
shug
ʻ
ullanish imkonitlari paydo bo
ʻ
ladi. Bu bosqichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy
ta
ʼ
lim olish tugab, kasbiy faoliyat egallanadi, muloqot doirasi shakllanadi. Dastlabki inqiroz ilk
yetuklikka o‘tishda, 20 - 22 yoshda namoyon bo
ʻ
ladi va bu inqiroz " ota - ona ildizlaridan bo‘linish"
inqirozi deb ataladi.[2.198b]
2 - bosqich, o‘rta yetuklik bosqichi sanalib, kamolot topishning bu bosqichiga 28-35
yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, ayrim
xatolar, tushunmovchiliklar sababli ko
ʻ
ngilsizliklar vujudga keliganini anglay boshlaydi. O‘ziga o‘zi
hisob bera boshlaydi. Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi, kishini qattiq tashvishga
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
617
va iztirobga soladi. Bu yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizlar
kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta'sir etadi, natijada unda takabburlik, mag‘rurlik hislari paydo
bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi, yoki hayot zahmatlariga, narsa va hodisalarga
nisbatan loqaysizlik vujudga keladi. Boshqa davrlarda bo‘lgani kabi bu davrda ham bir necha
inqirozlar sodir bo‘ladi. Bu davrda inqirozlarning kechishi davomiyligi shaxsiy hayotdagi
sharoitlarga bog‘liqdir. 30 yoshlar - o‘rta yetuklik, "oltin yoshga" olish yuqori darajada ishchanlik
davri. 30 yosh inqirozi -to‘plangan tajriba asosida hayotiy rejalarni karreksiya qilish vazifalari bilan
bog‘liq, kasbiy faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratishi bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat qiladilar,
voqelikka, turmush ikir - chikirlariga, tabiat, jamiyat, koinot hodisalariga befarq qaramaydilar.[3. 45-
50b]
Yetuklik davrining so
ʻ
nggi oxirgi bosqichi, qarilik va keksayish bosqichi sanalib, asosan 36 -
55 (60) yoshdagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga,
yashashning maqsadiga, inson qadr - qimmatiga, tevarak - atrofga, o
ʻ
zlariga va boshqa odamlarga
yangi mezon bilan qaray boshlaydilar.[4.210b] Yetuklik davrining bu bosqichida qarilik alomatlari
ko‘proq o‘rin egallab boradi. Uning boshlanish nuqtasi 45 -50-yoshlar oraligini belgilaydi. Yu. N.
Kulyutkin bir xil yosh davrdagi odamlarda har xil jarayonlar, holatlar, xossalar xususiyatlarning
o‘sishi, o
ʻ
zgarishi barobar emas, balki ularning birovda oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda
aksincha, rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisini jadal sur'at bilan o‘sishini
ta'kidlaydi. Yetuklik davrida erkak va ayollarning o‘zligini anglashi asosan, "Men" ko
ʻ
rinishida
ifodalanadi.[4.207b] Insonning keksayishi ham quvonchli ham o‘kinchilik damlarga, kechinmalarga,
his - tuyg
ʻ
ularga serobligi bilan boshqa yosh davrdagi odamlardan ajralib turadi.
Xulosa qilib aytganda,, yetuklik davri eng katta davrlardan sanaladi. Bu davr 3 bosqichga
bo‘linishi bilan boshqa davrlardan farqlanib turadi. Bu davrning har bir bosqichida insonning
rivojlanish xususiyatlari, xulq - atvoridagi o‘zgarishlar, mehnat jarayonlaridagi faolliklari, bunda
sodir bo‘ladigan qiyinchiliklar, psixikasidagi bir qancha o‘zgarishlar, kuch - quvvati, aqliy faoliyati,
bilish jarayonlaridagi o‘zgarishi, yosh o‘tkan sari kuch - quvvati, ishchanlik faoliyati, tafakkur, xotira
kabi holatlarning susayishi yuzaga keladi. Boshida aytib o‘tkanimizdagi umur ko‘rishning o‘rtacha
hisobi, asosan, yetuklik davrida erkak va ayollarning jismoniy baquvvatligi, ma'naviyati va ruhiyati
tetikligi, ijtimoiy faollikni susaytirish haqida so
ʻ
z bo‘lishi mumkin emasligini ko
ʻ
rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vasila Karimova " Psixologiya", Toshkent, 2000y.C.
117-118-betlar
2. G‘oziyev. E. "Umumiy psixologiya", 1 - kitob, Toshkent, 2004yil N-1.C.198-199-betlar
3. M. G. Davletshin. " Umumiy psixologiya ", Toshkent, 2002yil 11-son 45-50-betlar
4. G‘oziyev. E. " Yosh davrlar psixologiyasi", Toshkent. 2007y.207-210-betlar
