Mualliflar

  • Mashxura Tursunova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74194

Kalit so‘zlar:

maktabgacha yosh davri kichik guruh o‘rta guruh katta guruh diqqat

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri psixikasi, kichik guruhdan katta
guruhga qadar rivojlanish bosqichlari haqida ma`lumot berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

614

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Tursunova Mashxura

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta`lim (SIRTQI) yo‘nalishi

104-guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri psixikasi, kichik guruhdan katta

guruhga qadar rivojlanish bosqichlari haqida ma`lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha yosh davri, kichik guruh, o‘rta guruh, katta guruh, diqqat,

inqirozlar.

Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri maktabgacha yosh davri hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida o‘zgarishlar juda ham tez sodir bo‘ladi. Shuning
uchun ham biz bu davrni 3 ga bo‘lib o‘rganamiz:

1.

Kichik maktabgacha davr (3-4 yosh)

2.

O‘rta maktabgacha davr (4-5 yosh)

3.

Katta maktabgacha davr (6-7 yosh)

Rus pedagogi Lestgafning fikricha, insonning maktabgacha yosh davri shunday bosqichki, bu

davrda bolalarda harakter xislatlarini na`munalari shakllanadi. Axloqiy xarakterining asoslari yuzaga
keladi. Bog`cha yoshidagi bolalarni ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri bu ularning
harakatchanligi va taqlidchanligi hisoblanadi.

Maktabgacha yosh davrining asosiy mashg`uloti o‘yin hisoblanadi. O‘yin turlari uchga

bo‘linadi:

1.

Predmetli o‘yinlar (legolar) – 15 daqiqadan 20 daqiqagacha

2.

Syujetli-rolli o‘yinlar (do‘kon-do‘kon, mehmon-mehmon) – 30-60 daqiqa

3.

Qoidali o‘yinlar (ma`lum qoidalar asosida) – 1 soatdan 2 kungacha

Maktabgacha yosh davrining asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
1.

Predmetlarni o‘rganadi

2.

Individual predmetli o‘yinlar

3.

Individual va guruhiy ijod

4.

Musobaqa o‘yinlar

5.

Munosabat o‘yinlar

6.

Muloqot o‘yinlar

7.

Uy o‘yinlari (mehnat)

Maktabgacha yosh davrida bolalar tez o‘suvchan bo‘ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqning miyasi

380-400 grni tashkil etsa, bu ko‘rsatgich bog`cha yoshiga kelib 1100-1200 gmni tashkil etadi,
fiziologik jihatdan bog`cha yoshidagi bolaning oyoqlari nisbatan tez o‘sadi. Suyaklari esa
tog`aysimon bo‘ladi.

Maktabgacha yosh davridagi kichik guruh 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga

oladi. Bunday bolalarning inqirozi o‘z “meni” shakllanayotgan davri hisoblanadi. Bunday bolalarda
asosan predmetli o‘yinlar o‘ynaladi. Diqqati tarqoq bo‘ladi. Kichik guruh bolalarida aqliy
mashg`ulotlarni haftasiga ikki marotaba o‘tish maqsadga muvofiq.

Maktabgacha yosh davrining o‘rta davri 4-5 yosh bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. Bu

bolalarda ko‘proq syujetli-rolli o‘yinlar o‘ynaladi. Bu guruh bolalari kuniga bitta o‘yin va bitta
mashg`ulot o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha yosh davrining uchinchi turi, ya`ni katta davri 6-7 yoshli bolalarni o‘z ichiga

qamrab oladi. Bunday bolalarda asosan mashg`ulotlar o‘tiladi. O‘yin turlaridan esa qoidali o‘yinlar
ko‘proq qo‘llaniladi. Diqqatni jamlash uchun esa biror takroriy harakatdan foydalaniladi.

Maktabgacha yosh davrida bolalarning xotirasi mexanik xotira hisoblanadi. Bu shunday

deganiki, bola bir narsani takror qaytarish orqali, garchi ma`nosini tushunmasa ham yodlab oladi. Bu
davrda bolalarga gapirib tushuntirgandan ko‘ra ko‘rsatib tushintirgan ma`qulroq hisoblanadi. Chunki
bola ko‘rgan narsasini ko‘proq anglab yetadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

615

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu davrda bolalarning o‘z yosh davriga qarab muloqotga

kirishimiz kerak. Ko‘proq narsalarni ko‘rsatish orqali o‘rgatishimiz lozim. Zero, yoshlikda olingan
ilm, toshga chizilgan naqsh kabidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
5.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16- dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va

tarbiya to‘g‘risida”giURk;-595- son qonuni

6.

Nishonava Z.T., Alimova G. K.Bolalar psixologiyasi va psixodiognostika Toshkent:

“Fan texnologiyalar” , 2019

7.

Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”

8.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘zFMJ,2008

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16- dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va

tarbiya to‘g‘risida”giURk;-595- son qonuni

Nishonava Z.T., Alimova G. K.Bolalar psixologiyasi va psixodiognostika Toshkent:

“Fan texnologiyalar” , 2019

Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘zFMJ,2008

Халимова, М. В. (2023). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ФЕНОМЕНА ОТВЕТСТВЕННОСТИ В МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЯХ. In Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности (pp. 89-90).

Xalimova, M. V., & Aliyeva, X. F. (2023). O ‘SPRINLIK DAVRIDA MUSTAQIL KASBIY MALAKALARNI SHAKLLANTIRISHDA BILISH JARAYONLARINING O ‘RNI. Tafakkur manzili, 4, 60-65.

Jahongir o’g’li, B. J., & Vaxidovna, X. M. (2024). BOSHQARUVDA RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MASALASI. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari, 3(1), 20-24.