“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
608
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.
Andijon davlat pedagogika insituti
Tabiiy fanlar Fakulteti Kimyo yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Tohirjonova Latofatoy Jahongir qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bog‘cha yoshidagi bolalarning, maktab davrigacha bo‘lgan
faoliyatlari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ontogenez, predmmetli o‘yinlar, sujetli-rolli o‘yinlar, korreksion, individual,
realizasiya.
Аннотация
:
В
данной
статье
представлена
информация
о
дошкольной
образовательной
деятельности
детей
детсадовского
возраста
.
Ключевые
слова
:
Онтогенез
,
игры
с
предьетами
,
ролевые
игры
с
предметами
,
коррекция
,
индивидуальность
,
реализация
.
Abstract:
This article provides information about the activities of children of kindregarden ega
before school.
Key words:
Ontogeny, games with subjects, role-playing games with subjects, correction,
individual, realization.
Kirish:
Barkamol shaxsning tarbiyalashda, Bolani dunyoga kelaganidan boshlab to voyaga
yetguniga qadar bo‘lgan davrdagi pisxologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va
psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bolaning psixik taraqqiyoti haqidagi bilimlarni
esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi- Bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, bolaning tug‘ilganidan to
yetuklik davrida psixik taraqqiyotini, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos
xususiyatlarini o‘rganadi.
Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalarda bog‘cha davri yoki maktabgacha yosh davr
deb ataladi. Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan didaktik o‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat
shakllarida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolalar bilan ananaviy maktab darsi shaklida
zinhor – bazinhor ishlab bo‘lmaydi. Bolalar bog‘chada ta’lim olishlari uchun ta’lim jarayoni ularning
tabiiy rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Psixolog mashg‘ulotidan maqsad bilim va ko‘nikma
bilan qurollantirish emas, rivojlantirish ekanini unutmasligi kerak. Psixolog rivojlantiruvchi
ishlarning mohiyati shundaki, ular yordamida bolaning turli tuman bilish jarayonlari va shaxsiy
xususiyatlari rivojlanishiga ijobiy turtki beriladi, ular takimillashtiriladi.Psixolog ishining natijalari
darhol namoyon bo‘lmaydi. Shu tufayli ko‘pincha tarbiyachi va ota-onalarning hafsalasi pir bo‘lib
ketadi. Shuning uchun ota – ona va bog‘cha tarbiyachisi ongiga shuni yetkazish kerakki, psixologning
ishi o‘qitish emas, balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz beradi. Shu sababli bolaning
rivojlanish jarayoni sezilmay o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan
rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o‘yindir, chunki o‘yin ushbu davrdagi yetakchi faoliyat
sifatida bolaning psixik rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni vaqtda bola o‘yin davomida
yangi bilimlarni egallab boradi. [1] Maktabgacha yosh davrida bolaning yetakchi faoliyati bu o‘yinlar
hisoblanadi.
1.
Predmetli o‘yinlar (15-20 minut)
2.
Sujetli-rolli o‘yinlar (30-60 minut)
3.
Qoidali o‘yinlar (1 soatdan – 2 kungacha davom etishi mumkin)
Psixolog, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug‘ullanar ekan, ularning rivojlanishi
istiqbolini ularda maktab ta’limiga to‘laqonli psixologik tayyorgarlikda ko‘radi. Uning bosh vazifasi
rivojlanishining to‘laqonli va ko‘p qirraliligi nuqtai nazaridan, bola o‘zining maktabgacha bolaligini
mahsuldor o‘tkazishi uchun tobora maqbul pedagogik – psixologik sharoitlarni yaratish. Psixolog
go‘yo bolaning kelajagiga qarab, uning bir yosh davridan boshqasiga – maktab yoshiga qanchalik
omadli qadam qo‘yilishini aniqlaydi, bolaning psixik va shaxsiy rivojlanishi uyga maktabda
qo‘yiladigan yangi talablarga muvofiq bo‘lishi uchun yana nimalar qilish kerakligini belgilaydi.
Korreksion ish zarurati yosh va individual imkoniyatlari o‘z vaqtida realizasiyalanmasa,
yoshga oid yangi tuzilmalar va yorqin individual xususiyatlar ontogenezning u yoki bu bosqichida
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
609
bo‘lgan bolarning barchasida shakllantirilmasagina yuzaga keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarga turli
xil metodlar yoki o‘yinlar orqali ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: “Barmoq”
o‘yini, uning qoidalari quyidagilar:
1. O‘ng qo‘lining barmog‘ini stolning uchida katta odam predmetni aytmagunicha ushlash.
Barmoqni vaqtidan avval olmaslik kerak.
2. Sovg‘a tarzidagi rasmni kim birinchi kim birinchi barmog‘ini bilan shu rasmni ko‘rsatgan
bo‘lsa o‘sha oladi.
3. Yutgan bolani o‘yinning barcha ishtirokchilari aytishadi.
Va yana “O‘yinchoqlar bilan berkinmachoq”, “Esnamasdan, javob ber!” kabilar kiradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktabgacha yosh davridagi bolalarga
turli xildagi metodlar yoki o‘yinlar orqali ma’lumotlarni yetkazib berishimiz. Bolaning tasavvurini,
iqtidorini, ongini, dunyoqarashini, xotirasini yanada rivojlantirishimiz zarur. Hayolida maktabga
bo‘lgan hislari faqatgina ijobiy bo‘lishi lozim. Bunda ota-onalar va bog‘cha tarbiyachilarining hissasi
katta bo‘ladi albatta. Chunki bu davrda bola ko‘proq vaqtini shu insonlar bilan o‘tkazadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
M.X.Asranbayeva, D.D.Oribboyeva, D.D. Boymirzayeva. Bolalar psixologiyasi va
psixodiagnostikasi. “Tafakkur avlodi” 2023
2.
Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davr- lari va pedagogik
psixologiya». —
Т
.: Fan va texnologiyalar nashri- yotining bosmaxonasi. 2013.
3.
arxiv.uz
